Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Тоникар РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Тоникар РАСТВОР ДЛЯ ВНУТРЕННЕГО ПРИМЕНЕНИЯ 1000МГ/10МЛ 50МЛ №1

50 255 so'mdan
(3638)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
REMEDY GROUP
Chiqarilish shakli
Р-Р ВНУТРЬ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalar berish tartibi
Dori shakli:

 ichga qabul qilish uchun eritma.

 

Tarkibi:

10 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: levokarnitin – 1 g.

yordamchi moddalar: 70% li sorbitol eritmasi, metilparaben Ye218, saxarin natriy, suvsiz natriy sitrati, apelsin aromatizatori, xlorid kislotasi (kerakli rN darajasiga erishish uchun), in‘eksiya uchun suv.

 

Ta‘rifi: 

rangsizdan och-sariq rangligacha bo‘lgan apelsin hidli tiniq eritma.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun preparat. Levokarnitin – V guruhi vitaminlariga yaqin bo‘lgan tabiiy moddadir. Moddalar almashinuvi jarayonlarida, hujayra membranalari orqali sitoplazmadan mitoxondriyaga uzun zanjirli yog‘ kislotalarni (shu jumladan, palmitin kislotasini) o‘tkazuvchi sifatida ishtirok etadi, u yerda, bu kislotalar katta miqdordagi metabolik energiyani (ATF shaklida) hosil qilib, oksidlanadi (beta-oksidlanish jarayoni). Qonninng ishqoriy zahirasini to‘ldiradi, serebral gemodinamikaning autoregulyasiyasini tiklanishiga va shikastlangan sohani qon bilan ta‘minlanishini oshishiga yordam beradi, shikastlangan o‘choqda reparativ jarayonlarni tezlashtiradi va anabolik ta‘sir ko‘rsatadi. Neyrotrofik ta‘sir ko‘rsatadi, apoptozni rivojlanishini tormozlaydi, shikastlanish sohasini cheklaydi va nerv to‘qimasining strukturasini tiklaydi. Oqsil va yog‘ almashinuvini normallashtiradi, ortiqcha tana vaznini, mushaklardagi yog‘ miqdorini kamaytiradi, jismoniy zo‘riqishlarga chidamlilikni va harakat faolligini oshiradi. Me‘da va ichak shirasining sekresiyasini va fermentativ faolligini oshiradi, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi. Tiroksinning qisman antagonisti bo‘lib, gipertireozda oshgan asosiy moddalar almashinuvni normallashtiradi.

 

Farmakokinetikasi

Parenteral yuborilganida barcha to‘qimalardan yaxshi o‘tadi, skelet mushaklarida va miokardda yuqori konsentrasiyalari hosil bo‘ladi. Buyrak orqali (24 soatda 80% dan ko‘pi) asosan asil efirlari ko‘rinishida chiqariladi, erkin karnitin qayta so‘riladi.

 

 

Qo‘llanilishi

Preparatni karnitin tanqisligida kattalarga, bolalarga va chaqaloqlarga qo‘llanadi.

  • birlamchi va ikkilamchi karnitin tanqisligida;
  • yurak ishemik kasalligida (stenokardiya, infarktdan keyingi holat) miokard metabolizmini buzilishida qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat ichga qabul qilinadi. Iste‘mol qilishdan oldin 100 ml sovutilgan qaynagan suvda suyultiriladi. Adekvat dozani aniqlash uchun plazmada va siydikda erkin va asil levokarnitinning konsentrasiyasini o‘lchab, davolashni nazorat qilish tavsiya qilinadi. Karnitinning plazmadagi konsentrasiyasi 35-60 mkmol/l ni tashkil qiladi. Asil va erkin levokarnitinning plazmadagi nisbati 0,35 ni tashkil qiladi.

Sutkalik doza pasientning yoshi va tana vazniga bog‘liq.

Kattalarga va 12 yoshdan katta bolalarga preparatni sutkada 2-3 g dan buyuriladi.

6-12 yoshdagi bolalarga – sutkada 75 mg/kg, 2-6 yoshda– sutkada 100 mg/kg, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda – sutkada 150 mg/kg dozada buyuriladi.

Preparatni birlamchi va ikkilamchi karnitin tanqisligida doza moddalar almashinuvini tug‘ma buzilishiga va davolanish davridagi og‘irlik darajasiga bog‘liq. Ko‘pchilik holatlarda ichga qabul uchun tavsiya qilinadigan doza sutkada 2-4 marta qabul qilish uchun 100-200 mg/kg ni tashkil qiladi. Agar klinik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar yaxshilanmasa, doza qisqa muddatga  oshirilishi mumkin.

Preparatni o‘tkir metabolik dekompensasiyada yuqori dozalarda sutkada 400 mg/kg dan buyuriladi.

Ikkilamchi tanqislikda, gemodializda preparatni ichga sutkada 2-4 g dan buyuriladi.

Stenokardiyada va infarktdan keyingi holatda preparatani ichga sutkalik 2-6 g dozada buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: epigastral sohada og‘riqli hislar, dispeptik simptomlar.

Suyak-mushak tizimi  tomonidan: mushak zaifligi kuzatilishi mumkin.

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparatni qandli diabetda, homiladorlik va laktasiya (emizish) davrida juda zarur bo‘lgan hollarda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni buyurishdan oldin, bemor qanday dori vositalarni qabul qilayotganini aniqlash kerak. Preparatni turli anabolik vositalar, antioksidant va/yoki antigipoksant faollikga ega bo‘lgan preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.

Xolinning juda yuqori dozalari levokarnitin sintezini va faolligini tormozlaydi. Glyukokortikosteroidlar levokarnitinni to‘qimalarda (jigardan tashqari) to‘planishiga yordam beradi. Anabolik vositalar karnitinini samarasini kuchaytiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatning adekvat dozasini aniqlash uchun qon plazmasida va siydikda erkin va asil levokarnitining konsentrasiyasini tekshirib, davolashni nazorat qilish tavsiya etiladi. Levokarnitin o‘rganib qolishni chaqirmaydi, chunki odam organizmining endogen moddasi hisoblanadi. Insulin yoki peroral gipoglikemik preparatlarni qabul qilayotgan qandli diabeti bo‘lgan pasientlarga preparatni yuborish, gipoglikemiyani chaqirishi mumkin. Shuning uchun, bu toifa pasientlarni preparat bilan davolash vaqtida, gipoglikemik preparatlarning dozalash tartibiga darhol tuzatish kiritish uchun qonda glyukoza miqdorini doimiy nazorat qilish lozim.

Preparat avtotransportni boshqarish va boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: diareya.

Davolash: simptomatik davolash, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish kerak.

 

 

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun eritma 1000 mg/10 ml, 10 ml va 50 ml dan flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Kuruk, yorug‘liqdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalar berish tartibi

Reseptsiz.