Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Тетурам ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Тетурам ТАБЛЕТКА 150мг №50

33 000 so'mdan
(1784)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Disulfiram
Ishlab chiqaruvchi
ФАРМСТАНДАРТ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Прочие
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi:

Faol modda: disulfiram (teturam) – 150 mg;

Yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, kolloid kremniy dioksidi (aerosil), povidon (tibbiy quyi molekulyar polivinilpirrolidon), stearin kislotasi, kroskarmelloza natriy (primelloza).

 

Taʼrifi: 

oq yoki biroz sargʻish-yashilroq tusli oq rangli, yassitsilindrik, faskali tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 alkogolga qaramlikni davolash uchun vosita

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Etanolning metabolizmida ishtirok etuvchi atsetaldegidrogenazani ingibirlaydi; etanolning metaboliti boʻlgan va  u isteʼmol qilinganidan keyin qator noxush xissiyotlarni (yuz terisiga qonni “oqib kelishlari”, koʻngil aynishi, qusish, sirqovlanish xissi, taxikardiya, arterial bosimni pasayishi) chaqiruvchi atsetaldegidning konsentratsiyasini oshiradi. Natijada etanolning taʼmi va hidiga jirkanish shartli-reflektor reaksiya ishlab chiqarilishi yuz beradi.

Maksimal terapevtik samaraga peroral qabul qilinganidan keyin 12 soat oʻtgach erishiladi va davolash toʻxtatilganidan keyin 10-14 kun davomida davom etishi mumkin.

 

 

Farmakokinetikasi

Peroral qabul qilinganidan keyin disulfiramning MIY dan soʻrilishi 70 dan 90% gachani tashkil qiladi. U ditiokarbamatgacha tiklanib, tez metabolizmga uchraydi, uning oʻzi glyukuron-konʼyugati koʻrinishida chiqariladi yoki dietilamin va karbon sulfidiga aylanadi, uning bir qismi (4-53%) oʻpka orqali chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Surunkali alkogolizmning qaytalanishlarini davolash va oldini olish.

Preparat qoʻshimcha nikel bilan surunkali zaharlanishda dezintoksikatsion vosita sifatida ishlatiladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Davolash bemor sinchiklab tekshirilganidan va asoratlari haqida ogohlantirilgandan keyin buyuriladi. Preparat ichga 150-500 mg dan sutkada 2 marta shaxsiy sxema boʻyicha qabul qilinadi. 7-10 kundan keyin teturam alkogolli sinama (500 mg teturam qabul qilinganidan keyin 20-30 ml 40% li etanol (aroq) qabul qilish), kuchsiz reaksiya kuzatilganda alkogolning dozasi 10-20 ml ga oshiriladi (maksimal doza 100-200 ml aroq). Sinama zaruratga qarab, alkogolning dozasini va/yoki preparatning dozasini toʻgʻirlash bilan 1-2 kun oʻtgach statsionarda va 3-5 kun oʻtgach ambulotoriyada takrorlanadi. Keyinchalik 1-3 yil davomida sutkada 150-200 mg tutib turuvchi dozani ishlatish mumkin.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Disulfiramning xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan:

– Ogʻizda metall taʼmi.

– Kolostomasi boʻlgan bemorlarda noxush xid (karbon sulfiti bilan bogʻliq boʻlgan).

– Alkogolizmi boʻlmagan nikelli ekzemali bemorlarda baʼzida uchrovchi gepatitning kamdan-kam xollari.

– Oyoqlarning polinevriti, koʻruv nervining nevriti.

– Xotirani pasayishi, ongni chalkashishi, asteniya.

– Bosh ogʻrigʻi.

– Teri allergik reaksiyalari.

Disulfiram-etil spirtinining majmuasi bilan bogʻliq boʻlgan:

Nafas yetishmovchiligi, kollaps, yurak ritmini buzilishi yoki oʻtkir stenokardiya, baʼzida miokard infarkti, gemorragik insult, shuningdek nevrologik buzilishlar, miya shishi hollari taʼriflangan.

Uzoq muddat qabul qilishdagi asoratlar: alkogolli psixozni eslatuvchi psixozlar, gepatit, gastrit; yurak-qon tomir kasalliklari boʻlgan shaxslarda miya qon tomirlarining trombozi boʻlishi mumkin, shuning uchun oyoq-qoʻllarda va yuzdagi parasteziyalarga shikoyatlarda preparatni darxol bekor qilish kerak; polinevritni zoʻrayishi.

Alkogol 50-80 ml dan yuqori dozalarda (40% li etanolga qayta xisoblaganda) qabul qilinganida, Teturamni qabul qilish fonida yurak-qon tomir va nafas tizimini ogʻir buzilishlari, shishlar, tirishishlar rivojlanadi. Bunday hollarda shoshilinch dezintoksikatsion terapiya oʻtkaziladi, analeptiklar yuboriladi, simptomatik davolash oʻtkaziladi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Mutloq: Oʻta yuqori sezuvchanlik, tireotoksikoz, dekompensatsiya bosqichidagi yurak-qon tomir kasalliklari (shu jumladan yaqqol ifodalangan ateroskleroz, miya qon tomirlarining aterosklerozi, infarkt oldi va infarktdan keyingi holatlar, aorta anevrizmasi, koronar yetishmovchilik, II-III darajali arterial gipertenziya, surunkali yurak yetishmovchiligi), qon tupurish bilan kechuvchi oʻpka tuberkulyozi, bronxial astma, oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, oʻpkaning yaqqol ifodalangan emfizemasi, meʼda-ichak yoʻllari shilliq qavatini eroziv shikastlanishlari, meʼda va 12-barmoqli ichakning yara kasalligi (zoʻrayish bosqichidagi), meʼda-ichak yoʻllaridan qon ketishi, buyrak kasalliklari, buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet, tutqanoq, nerv-ruxiy kasalliklar, MNT infeksion kasalliklari, polinevropatiya, eshitish va koʻz nervlarining nevriti, glaukoma, xavfli oʻsmalar, homiladorlik, laktatsiya davri.

Nisbiy: kompensatsiya bosqichidagi yurak-qon tomir kasalliklari, keksalik yoshi (60 yoshdan oshganlar), remissiya bosqichidagi meʼda va 12-barmoq ichakning yara kasalligi, miyada qon aylanishini buzilishlaridan keyingi oqibatlar, endarteriit, ilgari oʻtkazilgan teturamli (antabusli) psixozlar.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Qoʻllash mumkin boʻlmagan majmualar:

– Alkogol. Oʻzlashtiraolmaslik reaksiyalari (qonni “oqib kelishlari”, eritema, qusish, taxikardiya). Spirtli ichimliklar va spirt saqlovchi dori vositalarini qabul qilishdan saqlanish kerak.

Maqsadga muvofiq boʻlmagan majmualar:

– Izoniazid: xulqni va koordinatsiyani buzilishi.

– 5-nitroimidazol hosilalari (metronidazol, ornidazol, seknidazol, tinidazol): delirioz buzilishlar, ongni chalkashishi.

– Fenitoin: toksik simptomlari bilan qon plazmasida fenitoinning konsentratsiyasini ahamiyatli va tez oshishi (uning metabolizmini bostirilishi).

Agarda majmuadan saqlanishning iloji boʻlmasa, disulfiram bilan davolanish davomida va keyinchalik klinik kuzatuv va qon plazmasida preparatning konsentratsiyasini nazoratini oʻtkazish kerak.

Ehtiyotkorlikni talab qiluvchi majmualar:

– Varfarin (va boshqa peroral antikoagulyantlar): peroral antikoagulyantlarning yuqori samarasi va qon ketishining xavfi (jigarda varfarinning metabolizmini pasayishi). Varfarinning konsentratsiyasini tez-tez nazorat qilish va disulfiram bekor qilinganidan keyin 8 kun davomida antikoagulyantlarning dozasini toʻgʻrilash tavsiya qilinadi.

– Teofillin: disulfiram teofillinning metabolizmini ingibirlaydi. Buning natijasi sifatida, klinik simptomlar va plazmadagi preparatning konsentratsiyasiga qarab, teofillinning dozasini toʻgʻrilash kerak (pasaytirilgan dozalash).

– Benzodiazepinlar: disulfiroam benzodiazepinlarning (ayniqsa xlordiazepoksid va diazepamning) oksidlanishli metabolizmini ingibirlash yoʻli bilan ularning sedativ taʼsirini kuchaytirishi mumkin. Klinik koʻrinishlarga muvofiq ravishda benzodiazepinning dozasi toʻgʻrilanishi kerak.

– Tritsiklik antidepressantlar: alkogolni oʻzlashtiraolmaslik reaksiyasini kuchayishi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Ongni xatto komagacha susayishi, yurak-qon tomir kollapsi, nevrologik asoratlar.

Davolash simptomatik.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 150 mg.

10 yoki 15 tabletkadan kontur uyali oʻramda.

10 tabletkadan 3 yoki 5 kontur uyali oʻram yoki 15 tabletkadan 2 kontur uyali oʻram qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

 

Retsept boʻyicha.