Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ТЕКСИВЕЛ ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ТЕКСИВЕЛ ТАБЛЕТКА 20МГ №10

42 000 so'mdan
(4948)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
TENOXICAMI
Ishlab chiqaruvchi
ARENA GROUP SA
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Нестероидные противосполительные препараты
Dori tafsilotlari
Teksivel dori preparati oʻzi nima va u nima uchun ishlatiladi
Teksivel preparatini shish qoʻllashni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
Teksivel dori vositasi qanday qabul qilinadi
Kuzatilishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlari
Teksivel preparatini qanday saqlash kerak
Oʻramini ichidagisi va boshqa maʼlumotlar
Teksivel dori preparati oʻzi nima va u nima uchun ishlatiladi

Teksivel dori preparati tarkibida tenoksikam faol modda saqlaydi. Ushbu preparat nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparat yoki NYAQP hisoblanadi.

Teksivel dori preparati quyidagi holatlarda:

–           sizning mushaklaringiz va boylamlaringizda muammolar boʻlsa, masalan, boylamlarni choʻzilishi, boylamlarni choʻzilishi bilan birga boʻgʻimlarni chiqishi yoki tanada shikastlanishlar boʻlsa.

–        artritda.

ogʻriq, shish, qizarish va qizib ketish kabi belgilarni kamaytirishi mumkin.

 

 

Teksivel preparatini shish qoʻllashni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak

Agar sizda quyidagilarga:

  • Teksivel preparati yoki ushbu preparatning biron-bir boshqa ingradiyentiga (6 punktda sanab oʻtilgan);
  • Aspirin yoki biron-bir boshqa NYAQP (masalan, ibuprofen, salitsilatlar yoki diklofenak kabilar) ga

nisbatan allergik reaksiya (yuqori sezuvchanlik) boʻlsa, Teksivel preparatini qabul qilmang.

 

Quyidagi holatlarda:

  • Hozirgi vaqtda yoki ilgari sizda meʼda yoki ichak (ichaklar) da muammolar, masalan, meʼda-ichak yarasi yoki qon ketishi kuzatilgan boʻlsa;
  • Ilgari sizda NYAQP ni qabul qilish natijasida meʼdani perforatsiyasi yoki qon ketishi kuzatilgan boʻlsa;
  • Sizning buyraklaringiz, jigaringiz yoki yuragingizda jiddiy muammolar boʻlsa;
  • Sizda homiladorlikni oxirgi uch oyligi boʻlsa,

Teksivel preparatini qabul qilmang.

Agar yuqorida koʻrsatilgan holatlardan birortasi sizda oʻrin tutsa, Teksivel preparatini qoʻllash mumkin emas. Agar sizda shubhalar tugʻilsa, Teksivel preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari

Agar sizda quyidagilar boʻlsa, Teksivel preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing:

  • Sizda yurakda muammolar boʻlsa, sizda infarkt kuzatilgan boʻlsa yoki sizda quyidagi holatlar (masalan, agar sizda yuqori qon bosimi, diabet yoki xolesterolning darajasi yuqori yoki agar siz cheksangiz) ni rivojlanish havfi mavjud boʻlsa;
  • Astma yoki allergik reaksiyalar (masalan, changga nisbatan allergiya) yoki ilgari sizda yuz, lab, koʻz yoki tilni shishi kuzatilgan boʻlsa;
  • Keksa yoshda boʻlsangiz (sizda muammolarni rivojlanish ehtimoli bor);
  • Buyrak yoki jigaringizda muammolar boʻlsa;
  • Tromblarni hosil boʻlishi bogʻliq boʻlgan muammolar boʻlsa;
  • Qon hajmi kam boʻlsa (qon ketishi yoki yanada jiddiyroq suvsizlanish bilan bogʻliq);
  • Tanangizning istalgan sohasidagi qon-tomirlar (arteriyalar) bilan muammolar boʻlsa;
  • Qoningizda yogʻ toʻqimasi (lipidlar) ning miqdori haddan tashqari koʻp (giperlipidemiya) boʻlsa;
  • Autoimmun holatlar, masalan, “tizimli qizil yugurik” (boʻgʻimlarda ogʻriq, terini taʼsirlanishi va isitmaga olib keladigan TQYU) va yarali kolit yoki granulematoz kasallik (ovqat hazm qilish yoʻllarini yalligʻlanishi, ovqat hazm qilish yoʻllarida ogʻriqlarni rivojlanishi, diareya, qusish va tana vaznini yoʻqolishiga olib keluvchi holatlar) boʻlsa;
  • Sizda jarrohlik muolajasini oʻtkazish, masalan, son qismini oʻzgartirish yoki yanada jiddiyroq jarrohlik aralashuvini oʻtkazish rejalashtirilayotgan boʻlsa;
  • Agar sizda Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (TEN) va eksfoliativ dermatitning simptomlari va belgilari, masalan terida va ogʻiz, burun, koʻz va genitaliyning shilliq qavatlarida poʻrsildoqni hosil boʻlishi bilan teri toshmalari rivojlansa, preparatni qabul qilishni zudlik bilan toʻxtatish kerak.

Agar yuqorida koʻrsatilganlardan birortasi sizda oʻrin tutsa, yoki agar sizda shubhalar boʻlsa, Teksivel preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shfokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Boshqa tibbiy preparatlar va Teksivel preparati

Agar siz boshqa tibbiy preparatlarni ayni vaqtda qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki ehtimol qabul qilmoqchi boʻlsangiz, shifokoringizga xabar bering. Ularga retseptsiz sotib olishingiz mumkin boʻlgan tibbiy preparatlar va dorivor oʻsimliklar asosidagi tibbiy preparatlar kiradi. Xususan, agar siz ayni vaqda quyidagilarni qabul qilayotgan boʻlsangiz, shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering:

  • Boshqa NYAQV, masalan, aspirin, ibuprofen yoki diklofenak.
  • Qon lahtalari hosil boʻlishini toʻxtatish uchun qoʻllanadigan tibbiy preparatlar, masalan varfarin, geparin yoki klopidogrel.
  • Sulfanilamid preparatlar, masalan, gidroxlorotiazid, atsetazolamid, indapamid, shuningdek sulfanilamid antibiotiklar (inyeksiya uchun ishlatiladigan).
  • Sulfomochevina (diabetni davolash uchun ishlatiladi), masalan, glimepirid yoki glipizid.
  • “AAF ingibitori” yoki yuqori qon bosimini davolash uchun qoʻllanadigan har qanday boshqa tibbiy preparatlar, masalan silazapril, enalapril yoki propranolol.
  • Yuqori qon bosimini davolash uchun qoʻllanadigan diuretik preparatlar (siydik haydovchi preparatlar), masalan, furosemid.
  • “Yurak glikozidi” guruhiga oid preparatlar (yurak kasalligini davolash uchun ishlatiladi), masalan, digitoksin.
  • Steroid preparatlar (oʻsmalar va yalligʻlanishni davolash uchun ishlatiladi), masalan, gidrokortizon, prednizolon va deksametazon.
  • Xinolon antibiotiklar (infeksiyani davolash uchun ishlatiladi), masalan siprofloksatsin yoki moksifloksatsin.
  • Litiy preparatlari (ruhuy kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi).
  • Metotreksat (teri kasalliklari, artrit yoki rakni davolash uchun ishlatiladi).
  • Siklosporin yoki takrolimus (teri kasalliklarini davolash uchun yoki aʼzolar koʻchirib oʻtkazilganidan ishlatiladi).
  • Zidovudin (OITS va OIV infeksiyasini davolash uchun ishlatiladi).
  • Mifepriston (homiladorlikni toʻxtatish uchun yoki goʻdak nobud boʻlganida mehnat faolyatini tiklash uchun ishlatiladi).
  • SQQSI (depressiyani davolash uchun ishlatiladigan dori preparatlari, masalan, fluoksetin, sitalopram, paroksetin, fluvoksamin).
  • Antatsidlar (ovqat hazm boʻlishini buzilishi, jigʻildon qaynashi kabi holatlarni davolash uchun ishlatiladi).
  • Dekstrometorfan (koʻpchilik yoʻtalga qarshi preparatlarning tarkibida aniqlanadi).
  • Xolestiramin (xolesterolning yuqori darajasini davolash uchun ishlatiladi).
  • Probenetsid (podagrani davolash uchun ishlatiladi).

Agar yuqorida sanab oʻtilgan vositalardan birortasi sizga tegishli boʻlsa, yoki sizda shubhalar boʻlsa, Teksivel preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Homiladorlik, emizish va fertillik

Agar siz homiladorlikni oxirgi uch oyligi muddati boʻlsangiz, Teksivel preparatini qabul qilmang, chunki bu sizning homilangizga ziyon yetkazishi mumkin.

Agar homilador boʻlsangiz yoki emizsangiz, yoki homilador boʻlishingiz mumkin yoki rejalashtirayotgan boʻlsangiz, ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin tavsiyalar olish uchun shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Teksivel preparati homiladorlik bilan bogʻliq boʻlgan qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Agar siz homilador boʻlishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz yoki agar sizda homilador boʻlish bilan bogʻliq muammolar boʻlsa, shifokoringizga xabar berish kerak.

Mexanizmlarni boshqarish va ulardan foydalanish

Teksivel preparati toliqish, mudrash, bosh aylanishi, koʻrish va muvozanat saqlash bilan bogʻliq muammolar, tushkunlikka tushish holati yoki uxlashda muammolarni yuzaga kelishiga sabab boʻlishi mumkin. Agar sizda ushbu holatlardan birortasi kuzatilsa, shifokoringizni xabardor qiling, va biror bir jihozlar yoki mexanizmlardan foydalanmang va boshqarmang.

 

Teksivel preparati tarkibida laktoza saqlaydi

Ushbu preparat tarkibida laktoza saqlaydi, va agar shifokoringiz sizga, sizda ayrim qandlarni oʻzlashtira olmaslik bor deb aytgan boʻlsa, ushbu preparatni isteʼmol qilishni boshlashdan oldin, shifokoringiz bilan maslahatlashing.

 

Teksivel dori vositasi qanday qabul qilinadi

Siz preparatni doimo shifokoringiz tayinlagan koʻrsatmaga qatiy rioya qilgan holda qabul qiling. Agar sizda, tabletkani qanday qabul qilish kerakligi yuzasidan birorta shubha tugʻilgan boʻlsa, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Teksivel kabi dori preparatlari yurak huruji (miokard infarkti) yoki yurakni urib ketishi havfini biroz oshishi bilan assotsiatsiyalanishi (bogʻliq boʻlishi) mumkin. Har qanday havfni rivojlanish ehtimoli yuqori dozalarda va uzoq muddat (yana uzoqroq) davolanganda yuqori boʻladi. Preparatning tavsiya etilgan dozasini oshirmang (yuqori dozada qabul qilmang yoki davolash davomiyligini (muddatini) uzaytirmang.

Birorta shubha tugʻilsa, shifokoriningiz bilan maslahatlashing.

Tabletkani koʻp boʻlmagan miqdordagi suv bilan yuting, ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin, har kuni aynan bir vaqtda qabul qilgan afzal.

Teksivel preparatini qabul qilish vaqtida, shifokoringiz preparatning dozasi siz uchun toʻgʻri tanlanganligini tekshirish hamda biror-bir nojoʻya taʼsirlari yoʻqligini aniqlash maqsadida, siz bilan uchrashishni taklif etishi mumkin. Agar siz keksa yoshda boʻlsangiz, bu uchrashuv ayniqsa muhim.

Bolalar

Bolalarni davolash uchun Teksivel preparatini qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Kattalar

Odatdagi doza har kuni 1 tabletkani tashkil etadi.

Boylamlarni choʻzilishi va suyaklarning chiqishini davolash uchun, odatdagi davolash davomiyligi 7 kungacha (maksimal 14 kun) boʻlgan muddatni tashkil etadi.

Keksa yoshdagi odamlar va jigar hamda buyrak kasalliklari boʻlgan odamlar.

Shifokor sizga preparatning dozasini tayinlashi lozim, va bu doza odatda boshqa katta odamlar uchun qoʻllanadigan dozaga nisbatan kamroq dozani tashkil etadi.

Teksivel preparatini qabul qilish vaqtida, shifokoringiz preparatning dozasi siz uchun toʻgʻri tanlanganligini tekshirish hamda biror-bir nojoʻya taʼsirlari yoʻqligini aniqlash maqsadida, siz bilan uchrashishni taklif etishi mumkin. Agar siz keksa yoshda boʻlsangiz, bu uchrashuv ayniqsa muhim. Har qanday havfni rivojlanish ehtimoli yuqori dozalarda va uzoq muddat qabul qilinganida yuqori boʻladi. Preparatning tavsiya etilgan dozasidan oshrmang yoki davolash davomiyligini uzaytirmang.

Agar siz Teksivel preparatini sizga tayinlangan miqdoriga nisbatan katta miqdorda qabul qilgan boʻlsangiz

Agar siz Teksivel preparatini sizga tayinlangan miqdoriga nisbatan katta miqdorda qabul qilgan boʻlsangiz, u holda holsizlik, bosh ogʻrigʻi, uyquchanlik, bosh aylanishi va koʻrishni noaniqligi yuz berishi mumkin. Sizda buyrak huruji, buyrak yetishmovchiligi, past arterial bosim, uyquchanlik hissi, hansirash yoki koma boʻlishi mumkin. Siz zudlik bilan tibbiy maslahat olishingiz yoki bevosita yaqin atrofdagi kasalxonaga murojaat qilish va oʻzingiz bilan preparatni olib olishingiz kerak.

Agar siz Teksivel preparatini qabul qilishni unutgan boʻlsangiz

Agar siz dozani qabul qilishni unutgan boʻlsangiz, oʻtkazib yuborilgan dozani qabul qilmang. Soʻngra navbatdagi dozani odatdagidek qabul qiling. Oʻtkazib yuborilgan dozaning oʻrnini toʻldirish uchun ikki marta yuqori doza qabul qilmang.

Ushbu preparatni qoʻllashga nisbatan birorta qoʻshimcha savollar tugʻilgan holda, shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

 

Kuzatilishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlari

Barcha tibbiy preparatlar kabi, ushbu preparat ham, garchi ayrim shaxslarda nojoʻya taʼsirlari namoyon boʻlma-da, nojoʻya taʼsir qilishi mumkin.

Teksivel kabi, tibbiy preparatlar, yurak huruji (miokard infarkti) yoki yurakni urib ketishi havfini biroz oshishi bilan assotsiatsiyalanishi (bogʻliq boʻlishi) mumkin.

Eʼtibor berish kerak boʻlgan muhim nojoʻya taʼsirlari:

Agar quyidagi nojoʻya taʼsirlardan birortasi namoyon boʻlsa, Teksivel preparatini qabul qilishni toʻxtating va darhol shifokorga murojaat qiling.

Sizga shoshilinch tibbiy yordam talab etilishi mumkin:

Meʼda yoki ichak bilan kuzatiladigan jiddiy muammolarning belgilari quyidagilardan iborat:

  • Meʼdadan, qon aralash qusish yoki kofe granulalari kabi koʻrinishga ega boʻlgan katta boʻlmagan boʻlakchalar koʻrinishida namoyon boʻluvchi, qon ketishi.
  • Orqa teshik (anus) dan, qora rangli yopishqoq axlat yoki qon aralash diareya koʻrinishida namoyon boʻluvchi qon ketishi.
  • Meʼda yoki ichagingizda hosil boʻluvchi yaralar yoki teshik. Belgilari meʼdaning faoliyatini buzilishi, meʼdada ogʻriq, isitma, noxush his qilish yoki ogʻriqdan iborat boʻlishi mumkin.
  • Meʼda osti bezi bilan kuzatiladigan muammolar. Belgilari meʼdada belgacha tarqaladigan kuchli ogʻriqdan iborat boʻlishi mumkin.
  • Ogʻriq, diareya, qusish va tana vaznini yoʻqolishi koʻrinishida namoyon boʻluvchi granulematoz kasallik yoki yarali kolitni yomonlashishi boʻlishi mumkin.

Allergik reaksiyalar belgilari quyidagilardan iborat:

  • Xiqildoqni kutilmagan shishi, yuz, qoʻllar, oyoq kaftini shishi;
  • Nafas faoliyatini qiyinlashishi, koʻkrak qafasini ezilish hissi;
  • Teri toshmasi, poʻrsildoq yoki terini qichishishi.

Jiddiy teri toshmalari belgilari quyidagilardan iborat:

  • Organizm boʻylab tez tarqaladigan jiddiy toshmalar poʻrsildoqni hosil boʻlishi yoki terini qipiqlanishi bilan kechadi, ogʻiz, xiqildoq yoki koʻzlarda poʻrsildoq paydo boʻlishi mumkin. Bir vaqtning oʻzida isitma, bosh ogʻrigʻi, yoʻtal va belda sanchiqli ogʻriq paydo boʻlishi mumkin.

Jigar kasalliklarining belgilari quyidagilardan iborat:

  • Teringizni yoki koʻzlaringiz oqini sargʻayishi (sariqlik).
  • Toliqish hissi, ishtahani yoʻqolishi, noxush his qilish yoki ogʻriq va axlatning rangini oqarishi (gepatit) va qon tahlillarida namoyon boʻluvchi muammolar (shu jumladan gepatit).

Yurak-qon tomir kasalliklarining belgilari quyidagilardan iborat:

  • Koʻkrakda, boʻyningiz va yelkangiz va pastga chap qoʻlingizga tarqalishi mumkin boʻlgan ogʻriqlar.

Insultning belgilari quyidagilardan iborat:

  • Mushaklarni boʻshligi va qotib qolishi. Bunday belgilar tanangizning faqat bir tomonida namoyon boʻlishi mumkin.
  • Hid bilish, taʼm bilish hissini, eshitish yoki koʻrishni kutilmagan buzilishi, ongni chalkashishi.

 

Meningitning belgilari quyidagilardan iborat:

  • Ichitma, noxush his qilish yoki ogʻriq, boʻyin mushaklari tangligi, bosh ogʻrigʻi, yorqin yorugʻlikka sezuvchanlikni oshishi va ongni chalkashishi (“tizimli qizil yugurik” kabi autoimmun holatlari boʻlgan odamlarda ehtimoli yuqori) boʻlishi mumkin.

Agar siz yuqorida koʻrsatilgan jiddiy nojoʻya taʼsirlardan birortasini sezsangiz, Teksivel preparatini qabul qilishni toʻxtating va zudlik bilan shifokoringizga xabar bering.

Boshqa kuzatilishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlari

Juda tez kuzatiladigan nojoʻya taʼsirlari (10 nafar odamdan 1 va undan ortigʻida namoyon boʻladi):

  • Jigʻildon qaynashi
  • Meʼdada ovqat hazm boʻlishini buzilishi

Keng tarqalgan nojoʻya taʼsirlari (100 nafar odamdan 1 va undan ortigʻida namoyon boʻladi):

  • Meʼdada ovqat hazm boʻlishini buzilishi
  • Yarali stomatit
  • Meʼdaning shilliq qavatini, meʼda faoliyatini buzilishi, meteorizm, koʻngil aynishi, ogʻriq, xiqichoq tutish bilan namoyon boʻluvchi yalligʻlanishi.
  • Ogʻizni qurishi
  • Anoreksiya
  • Bosh aylanishi
  • Bosh ogʻrigʻi

Kam kuzatiladigan nojoʻya taʼsirlari (1000 nafar odamdan 1 va undan ortigʻida namoyon boʻladi):

  • Terini qichishishi
  • Terini qizarishi
  • Qoʻllaringizda, tana yoki yuzda teri toshmasi, eshakemi, husnbuzar toshmasi va poʻrsildoq
  • Buyrak kasalliklari
  • Toliqish hissi
  • Organizmda suyuqlikni ushlanib qolishi va shish boʻlishi mumkin.

Juda kam kuzatiladigan nojoʻya taʼsirlari (10000 nafar odamdan 1 va undan ortigʻida namoyon boʻladi):

  • Tana vaznini yoʻqolishi
  • Qonda qandni oshishi koʻrinishida namoyon boʻluvchi giperglikemiya
  • Uyquni buzilishi
  • Turli tushlar koʻrish
  • Depressiya
  • Asabiylik
  • Xonani harakatlanishi yoki aylanishi hissi koʻrinishida namoyon boʻluvchi vertigo
  • Yurakgingizni xilpillashi (yurakni kuchli urishi) hissi, yurak urishini sekinlashishi yoki qon bosimini oshishi boʻlishi mumkin.

Juda kam kuzatiladigan nojoʻya taʼsirlari (10000 nafar odamdan 1 va undan ortigʻida namoyon boʻladi):

  • Tirnoqlaringizni oʻzgarishi
  • Sochlarni toʻkilishi (alopetsiya)
  • Pankreatit (meʼda osti bezini yalligʻlanishi)

Uchrash tezligi nomaʼlum nojoʻya taʼsirlari (mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida uchrash tezligini hisoblash mumkin emas):

  • Anemiya yoki oq qon tanachalarining sonini oʻzgarishi kabi qondagi oʻzgarishlar;
  • Koʻrishni oʻzgarishi, koʻzni shishi yoki taʼsirlanishi;
  • Ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar (yoʻq jismlarni koʻrishi yoki eshitishi mumkin);
  • Paresteziyalar (qoʻl-oyoqlarda sanchish va chimchilash hissi yoki ayniqsa qoʻl va oyoq kaftlarini qotib qolishi kabi normada kuzatilmaydigan hislar).
  • Tinnitus (quloqlarni shangʻillashi)
  • Tanangizda qon aylanishini buzilishi. Buning belgilari toliqish, hansirash, holsizlik hissi, ogʻriqdan iborat boʻlishi mumkin.
  • Gipertenziya (yuqori qon bosimi)
  • Isitma, ishtahani yoʻqolishi, toliqish, umumiy holsizlik va azoblanish koʻrinishida namoyon boʻluvchi vaskulit;
  • Terini quyosh nurlariga nisbatan sezuvchanligini oshishi.
  • Ayollar bepushtligi boʻlishi mumkin.

 

Teksivel preparatini qanday saqlash kerak

Bolalar ololmaydigan joyda saqlaqsin!

Karton qutida koʻrsatilgan, yaroqlilik muddati tugaganidan soʻng Teksivel preparatini ishlatmang. Yaroqlilik muddati koʻrsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.

25°C dan past xaroratda original oʻramida saqlansin.

Tibbiy preparatlarni oqar suvlarga yoki maishiy chiqindilarga tashlamang. Yaroqsiz holga kelgan dori preparatlarni qanday yoʻqotish kerakligi toʻgʻrisida shifokoringiz bilan maslahatlashing. Bunday choralar atrof muhitni himoya qilishga yordam beradi.

 

Oʻramini ichidagisi va boshqa maʼlumotlar

Teksivel preparati tarkibida nima saqlaydi

  • Faol modda boʻlib tenoksikam hisoblanadi. Har bir tabletka 20 mg tenoksikam saqlaydi.
  • Boshqa ingrediyentlari quyidagilar: laktoza monogidrati, makkajoʻxori kraxmali, magniy stearati, talk.