Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ТАУФОН ГЛАЗНЫЕ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ТАУФОН ГЛАЗНЫЕ КАПЛИ 4% 10МЛ №1

3 400 so'mdan
(3168)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
TAURINE
Ishlab chiqaruvchi
ТЕХНОЛОГ
Chiqarilish shakli
ГЛ/КАПЛИ
Farma. Guruh
Средства применяемые в офтальмологии
Dori tafsilotlari
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Taurin distrofik xarakterdagi ko‘z to‘r pardasi kasalliklarida, ko‘z to‘qimalarini jarohat shikastlanishlarida, bu to‘qimalarning metabolizmini keskin buzilishlari bilan kechuvchi patologik jarayonlarda reparativ va regenerasion jarayonlarni rag‘batlantiruvchi aminokislotali preparat hisoblanadi. Oltingugurt saqlovchi aminokislotasi sifatida, preparat xujayralar membranasining funksiyasini normallashishiga, energetik va almashinuv jarayonlarini optimallashishi, xujayralar sitoplazmasining elektrolit tarkibini doimiyligini tutib turish, sinaptik o‘tkazuvchanlikni tormozlanishiga (neyromediator rol) yordam beradi.

Preparatni glaukomasi bo‘lgan bemorlarda ko‘z ichki bosimini pasaytiruvchi vosita sifatida samaradorligi haqida ma‘lumotlar bor.

Farmakokinetikasi

Preparat tomizilganda ko‘z ichiga kiradi, u yerda o‘zining spesifik ta‘sirini namoyon qiladi. Taurin terapevtik dozalarda qo‘llanilganda tizimli qon oqimiga deyarli so‘rilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Ko‘z to‘p pardasining distrofik shikastlanishlari, shu jumladan tapetoretinal degenerasiyalar, shox parda distrofiyalari, qarilik, diabetik, jarohat va nur ta‘siridagi kataraktalar; shox pardani shikastlanishlarida tiklanish jarayonlarini rag‘batlantiruvchi vosita sifatida.

Ko‘z shox pardasini shikastlanishi va distrofiyasi, shu jumladan nasliy tapetoretinal degenerasiyalar. Katarakta (yoshga doir, diabetik, jarohat, nur ta‘siridagi). Ochiq burchakli glaukomada (timolol bilan birga) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat kattalarga buyuriladi. Qo‘llashdan bevosita oldin preparat saqlovchi flakonni tana haroratigacha isitish uchun uni kaftda ushlab turish maqsadga muvofiq. Shikastlangan ko‘zning kon‘yunktival qopchasiga 2-3 tomchidan sutkada 2-4 marta tomiziladi.

Davolash davomiyligi jarohatlarda – 1 oy, kataraktada – 3 oy (1 oy interval bilan takrorlansin).

Ko‘z to‘r pardasining tapetoretinal degenerasiyasi va boshqa distrofik kasalliklari, shox pardani teshib o‘tuvchi jarohatlarni davolashda preparat kon‘yunktivaga yuboriladi: 4% li eritma 0,3 ml dan sutkada 1 marta 10 kun davomida. 6-8 oydan keyin davolash kursi takrorlanadi.

Ochiq burchakli glaukomada timololni qo‘llashdan 20-30 minut oldin har bir kon‘yunktival qopchaga sutkada 2 marta 2-3 tomchidan instillyasiya qilinadi. Davolash kursi individual ravishda belgilanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparatni qo‘llaganda preparatning komponentlariga individual o‘ta yuqori sezuvchanlik bilan chaqirgan allergik kon‘yunktivit ko‘rinishida allergik reaksiyalar yuzaga kelishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Timolol ko‘z tomchilari bilan bir vaqtda qo‘llanganda ko‘z ichki bosimini kuchayishi, shu jumladan arterial bosimini pasayishini kuchayishi kuzatiladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ochiq burchakli glaukomada preparat timololni tomizishdan 20-30 minut oldin timolol bilan birga qo‘llanadi.

Bolalar. Bolalarda preparatni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan, shuning uchun bu toifadagi pasientlarda preparatni buyurish mumkin emas.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.

Avtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaksiya tezligiga ta‘sir ko‘rsatish qobiliyati. Timolol ko‘z tomchilari bilan bir vaqtda qo‘llaganda ko‘z ichki bosimini pasayishi, shuningdek arterial bosimni pasayishi kuzatiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramida saqlansin.

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Flakon ochilgandan keyin yaroqlilik muddati – 14 sutka.

Dori shakli

ko‘z tomchilari