Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Тамник PR

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Тамник PR ТАБЛЕТКА 0.4мг №30

55 000 so'mdan
(3991)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Tamsulosin
Ishlab chiqaruvchi
Scott-Edil Pharmacia Limited
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dozani oshirib yuborilishi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Maxsus saqlash sharoitlari
Dozirovkasi
Farmakologik ta'sir
Farmakokinetikasi
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi oqibatida AB keskin pasayganida yurak qon-tomir tizimini normal faoliyatini tiklashga qaratilgan tutib turuvchi davolashni o'tkazish (masalan, bemorni gorizontal holatda yotqizish) kerak. Agar bunday harakat ta'sir ko'rsatmasa, infuzion davolash o'tkaziladi va vazopressor vositalar buyuriladi. Buyrak faoliyatini nazorat qilish va umumiy quvvatni tutib turuvchi davolash o'tkazish kerak. Tamsulozinni plazma oqsillari bilan bog'lanish darajasi yuqori bo'lganligi sababli, gemodializ o'tkazish maqsadga muvofiq emas.
Preparatni keyinchalik yana so'rilishini to'xtatish maqsadida sun'iy ravishda qusishni chaqirish mumkin. Preparatning dozasi ahamiyatli darajada oshirib yuborilganida me'dani yuvish bilan birga faollashtirilgan ko'mir qabul qilish hamda natriy sulьfati kabi osmotik bosimi past bo'lgan surgi vositalarni qo'llash kerak.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Har bir ajralib chiqishi modifikatsiyalangan tabletkalar quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: tamsulozin gidroxloridi – 0,4 mg.
yordamchi moddalar: makkajo'xori kraxmali, laktoza, polisorbat 80, etiltsellyuloza (N-10), metilen xloridi, tozalangan talьk, suvsiz kolloid kremniy, magniy stearati, AF-coat Non aqueous Extra white, tozalangan suv.

Qo'llanilishi
Siydik chiqarish yo'llarining quyi qismlarini, prostata bezining havfsiz giperplaziyasi bilan bog'liq bo'lgan, dizurik simptomlarini davolash uchun qo'llanadi.
 
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

preparatning komponentlariga aniqlangan yuqori sezuvchanlik;
ortostatik gipotenziya;
yaqqol ifodalangan jigar yetishmovchiligida qo'llash mumkin emas.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

Tamsulozin gidroxloridi atenolol, enalapril, nifedipin yoki teofillin bilan bir vaqtda qo'llanganida dorilarning o'zaro ta'siri kuzatilmagan. Simetidin bilan bir vaqtda qo'llash qon plazmasida tamsulozinning kontsentratsiyasini oshiradi, furosemid bilan bir vaqtda qo'llash – pasaytiradi, ammo ushbu darajalar me'yoriy chegaralarda qolganligi tufayli, tamsulozinning dozasiga maxsus tuzatish kiritish shart emas.
In vitro sharoitlarida o'tkazilgan tadqiqotlarda diazepam, propranolol, trixlormetiazid, xlormadinon, amitriptilin, diklofenak, glibenklamid, simvastatin va varfarin odamning qon plazmasidagi tamsulozinning erkin fraktsiyasiga ta'sir qilmagan. Shunga o'xshash tarzda, tamsulozin odamning qon plazmasida diazepam, propranolol, trixlormetiazid va xlormadinonning erkin fraktsiyalari darajasini o'zgartirmaydi.
Tamsulozin gidroxloridini CYP3A4 kuchli ingibitorlari bilan bir vaqtda qo'llash tamsulozin gidroxloridining ta'sirini oshishiga olib kelishi mumkin. Ketokonazol (CYP3A4 ma'lum kuchli ingibitori) bilan birga qo'llash Smax va kontsentratsiya vaqt egri chizig'i ostidagi maydon (AUC) ni muvofiq ravishda 2,2 va 2,8 marta oshishiga olib kelgan.
Tamsulozin gidroxloridi va paroksetinni (SYP2D6 ni kuchli ingibitori) bir vaqtda qo'llash Smax va AUC muvofiq ravishda 1,3 va 1,6 marta oshishiga olib keladi, ammo klinik jihatdan ahamiyatli hisoblanmaydi.
Tamsulozin gidroxloridi CYP2D6 metabolizmi past bo'lgan patsiyentlarda CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari bilan birga buyurish mumkin emas.
Tamsulozin gidroxloridini CYP3A4 ning kuchli hamda o'rtacha ingibitorlari bilan birga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
α1-adrenoretseptorlarining boshqa blokatorlari bilan bir vaqtda qo'llash gipotenziv samarasini kuchaytirishi mumkin.

Maxsus saqlash sharoitlari

30oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.

Dozirovkasi

Tamnik ichga sutkada 1 tabletkadan ovqatdan keyin (24 soatlik interval bilan) yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi. Tabletkani chaynamasdan yutish kerak, aks holda faol komponentning nazoratli davomli ajralib chiqishi buzilishi mumkin.
Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi.

Farmakologik ta'sir

Tamnik prostata bezi, qovuqning bo'yin qismi va uretraning prostata bezi qismidagi silliq mushaklarda joylashgan postsinaptik α1-adrenoretseptorlar, xususan, α1A va α1D adrenoretseptorlarni tanlab va raqobatli bloklaydi. Bu holat prostata bezi, qovuqning bo'yin qismi va uretraning prostata bezi qismidagi silliq mushaklar tonusini pasayishiga va siydikni ajralib chiqishini yaxshilanishiga olib keladi. Bir vaqtning o'zida prostata bezining havfsiz giperplaziyasi bilan bog'liq bo'lgan obstruktsiya hamda ta'sirlanish simptomlarining yaqqolligini kamaytiradi.
Odatda, terapevtik samarasi preparatni qabul qilish boshlanganidan so'ng 2 haftadan keyin rivojlanadi. Uzoq muddat davolanganda ushbu samaralari uzoq vaqt davomida saqlanib turadi va jarrohlik operatsiyasi yoki kateterizatsiya muolajasini o'tkazishni ahamiyatli darajada kechiktiradi.
α1-adrenoretseptorlarning antagonistlari periferik qon-tomirlar tonusini pasaytirishi orqali arterial bosim (AB) ni pasaytirish hususiyatiga ega. Preparat tizimli AB ni klinik jihatdan ahamiyatli darajada pasayishini chaqirmaydi.

Farmakokinetikasi

So'rilishi
Tamnik me'da-ichak yo'llari (MIY) dan yaxshi so'riladi, uning biokiraolishligi deyarli 100% ni tashkil etadi. Tamsulozinni so'rilishi ovqatlangandan so'ng biroz sekinroq yuz beradi. Patsiyent Tamsulozina gidroxlorid preparatini ovqatlangandan so'ng aynan bir xil vaqtda qabul qilganida preparatni bir maromda so'rilishiga erishiladi. Tamnikning farmakokinetikasi to'g'ri proportsional xarakterga ega.
Tamsulozin gidroxlorid preparatining bir martalik dozasi ovqatdan so'ng qabul qilinganidan keyin tamsulozin qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) taxminan 6 soatdan keyin erishiladi. Muvozanatli kontsentratsiya holatida (bir kurs qabul qilingandan so'ng 5 kundan keyin tamsulozinning Cmax bir martalik dozasi qabul qilingandan so'ng erishiladigan kontsentratsiyaning taxminan uchdan ikki qismiga yuqori bo'ladi.
Taqsimlanishi
Erkaklarda tamsulozin plazma oqsillari bilan taxminan 99% ga bog'lanadi. Preparatning taqsimlanish hajmi ahamiyatsizdir (taxminan 0,2 l/kg).
Metabolizmi
Tamsulozin gidroxloridi jigar orqali birinchi marta o'tish samarasiga uchramaydi va jigarda sekin metabolizmga uchrab, α1-adrenoretseptorlarga yuqori selektivlikni saqlagan farmakologik jihatdan faol metabolitlarni hosil qiladi. Faol moddaning katta qismi qonda o'zgarmagan holda bo'ladi.
Chiqarilishi
Tamsulozin va uning metabolitlari organizmdan asosan siydik bilan chiqariladi, bunda preparatning dozasini taxminan 9% o'zgarmagan holda chiqariladi.
Tamsulozina gidroxlorid preparatining bir martalik dozasi ovqatdan so'ng qabul qilinganida va qon plazmasida muvozanatli kontsentratsiyasida yarim chiqarilish davrlari muvofiq ravishda taxminan 10 va 13 soatni tashkil etadi.

Nojo'ya samaralari

Nojo'ya samaralarning uchrash tezligini quyida keltirilgan ko'rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam hollarda (< 1/10000).
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh aylanishi (1,3% gacha); tez-tez emas – bosh og'rig'i; kam hollarda – xushni yo'qotish.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – yurak urishini his etish, ortostatik gipotenziya.
Nafas a'zolari va ko'ks oralig'i a'zolari tomonidan: tez-tez emas – rinit.
MIY a'zolari tomonidan: tez-tez emas – qabziyat, diareya, ko'ngil aynishi, qusish.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: tez-tez emas – toshma, eshakemi, qichishish; kam hollarda – angionevrotik shish; juda kam hollarda – Stivens-Djonson sindromi.
Reproduktiv tizimi tomonidan: tez-tez – eyakulyatsiyani buzilishi, juda kam hollarda – priapizm.
Umumiy buzilishlar: tez-tez emas – asteniya

Maxsus shartlar

Quyidagi holatlar: surunkali buyrak yetishmovchiligini terminal bosqichi (kreatinin klirensi minutiga 10 ml dan pasayishi), arterial gipotenziya (shu jumladan, ortostatik), og'ir darajadagi jigar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
α1-adrenoretseptorlarning boshqa blokatorlari qo'llanganida bo'lgani kabi, tamsulozin bilan davolashda ayrim hollarda AB pasayishi mumkin, bunda kam hollarda xushni yo'qolishi kuzatilgan. Ortostatik gipotenziyani birinchi belgilari (bosh aylanishi, holsizlik) paydo bo'lganida gipotenziyaning simptomlari yo'qolgunicha bemorni o'tkazish yoki yotkazish, keyinchalik AB ning darajasini muntazam ravishda nazorat qilish kerak.
Preparatni qo'llashni boshlashdan oldin, simptomlari prostata bezining havfsiz giperplaziyasi simptomlariga o'xshash bo'lishi mumkin bo'lgan kasalliklarni istisno qilish maqsadida tashxisni verifikatsiya qilish kerak. Davolashni boshlashdan oldin va davolanish vaqtida muntazam ravishda barmoq to'g'ri ichak tekshiruvini o'tkazish kerak va zarurat bo'lganida prostata beziga spetsifik antigenning darajasini nazorat qilish kerak.
Preparatni qabul qilish fonida katarakta yuzasidan o'tkazilgan jarrohlik aralashuvida ko'zning rangli pardasini intraoperatsion nostabilligi (toraygan qorachiq sindromi) ni rivojlanishi mumkin, jarroh patsiyentni operatsiyadan oldin tayyorgarlik vaqtida va operatsiya vaqtida yuqoridagini hisobga olishi kerak. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Davolanish vaqtida avtotransportni haydashda va diqqatni jamlash hamda psixomotor reaktsiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potentsial havfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.