Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ТАГИСТА ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ТАГИСТА ТАБЛЕТКА 8мг №30

15 800 so'mdan
(2011)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
betahistine
Ishlab chiqaruvchi
НИЖФАРМ-ШТАДА
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Препарат, улучшающий микроциркуляцию. Ангиопротектор.
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Dozani oshirib yuborilishi
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 tabletkalar.

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

ta‘sir etuvchi modda: betagistin gidroxloridi 8,0 mg; 16,0 mg; 24,0 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza – 54,75/109,5/164,25 mg, povidon (kollidon 25) – 9,0/18,0/27,0 mg, kartoshka kraxmali – 20,0/40,0/60,0 mg, limon kislotasi – 2,0/4,0/6,0 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 3,0/6,0/9,0 mg, talk – 2,8/5,6/8,4 mg, magniy stearati – 0,45/0,9/1,35 mg.

 

Ta‘rifi:

 deyarli oq yoki krem tusli oq rangli, yassisilindrik, faskali va riskali tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

gistamin preparati.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakadinamikasi

Betagistin asosan ichki quloq va MNT ning vestibulyar yadrolaridagi N1- va N3-gistamin reseptorlariga ta‘sir qiladi. Ichki quloqning qon tomirlaridagi N1-reseptorlariga bevosita agonistik ta‘sir qilish yo‘li bilan, shuningdek N3-reseptorlarga bilvosita ta‘sir qilishi orqali mikrosirkulyasiyani va tomirlarning o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi, labirintda va chig‘anoqda endolimfaning bosimini normallashtiradi. Shu bilan birga betagistin bazillyar arteriyalarda qon oqimini oshiradi.

Vestibulyar nervining yadrolaridagi N3-reseptorlarining ingibitori bo‘lib, yaqqol markaziy samaraga ega. Bosh miya ustuni darajasida vestibulyar yadrolarning neyronlarida o‘tkazuvchanlikni normallashtiradi.

Ko‘rsatilgan hususiyatlarning klinik ko‘rinishlari bosh aylanishlarining tez-tezligi va jadalligini pasayishi, quloqlarda shovqinni kamayishi, eshitish pasaygan holda uning yaxshilanishi hisoblanadi.

Farmakokinetikasi

Tez so‘riladi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – past. Qon plazmada maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti – 3 soat.

Buyraklar orqali metabolitlari ko‘rinishida (2-piridilsirka kislotasi) 24 soat davomida deyarli to‘liq chiqariladi. Yarimchiqarilish davri – 3-4 soat.

 

Qo‘llanilishi
  • kelib chiqishi turlicha bo‘lgan vestibulyar bosh aylanishi davolash va oldini olish;
  • bosh aylanishi va bosh og‘rig‘i, quloqlarda shovqin, eshitishni zo‘rayib boruvchi pasayishi, ko‘ngil aynishi va qusishni o‘z ichiga oluvchi sindromlar;
  • Mener sindromi yoki kasalligi.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik;
  • 18 yoshgacha bo‘lganlar (ma‘lumotlarning yo‘qligi tufayli);
  • homiladorlik va laktasiya davri (ma‘lumotlarning yo‘qligi tufayli).

Ehtiyotkorlik bilan:

me‘da va 12-barmoq ichak yara kasalligi (shu jumladan anamnezdagi), feoxromositoma, bronxial astma. Davolash vaqtida ko‘rsatilgan bemorlarni muntazam ravishda kuzatish kerak.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqat vaqtida.

Tabletkalar 8 mg: 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta.

Tabletkalar 16 mg: ½-1 tabletkada kuniga 3 marta.

Tabletkalar 24 mg: 1 tabletkadan kuniga 2 marta.

Yaxshilanish odatda davolashning boshidayoq kuzatiladi, turg‘un terapevtik samara ikki hafta davolashdan so‘ng yuz beradi va bir necha oy davolash davomida o‘sib borishi mumkin. Davolash uzoq muddatli. Davolash kursining davomiyligi shaxsiy aniqlanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Me‘da-ichak buzilishlari, teri qoplamalari tomonidan yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini paydo bo‘lishi (toshma, qichishish, eshakemi), Kvinke shishi.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, tirishishlar.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolash.

 

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Boshqa dori vositalari bilan nomutanosibligi yoki o‘zaro ta‘sirining hollari noma‘lum.

 

Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Betagistin sedativ samaraga ega emas va avtomobilni boshqarish yoki psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

 

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 8 mg, 16 mg va 24 mg.

10 yoki 30 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 30, 50 yoki 100 tabletkadan polimer bankada.

10 tabletkadan 3 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan, 30 tabletkadan 1, 3 yoki 3 kontur uyali o‘ramdan yoki polimer bankada qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.