Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
СУЛЬФАЦИЛ-НАТРИЯ ГЛАЗНЫЕ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

СУЛЬФАЦИЛ-НАТРИЯ ГЛАЗНЫЕ КАПЛИ 20% 5МЛ №1

3 000 so'mdan
(4528)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
SULFACETAMIDE
Ishlab chiqaruvchi
БЕЛМЕДПРЕПАРАТЫ
Chiqarilish shakli
ГЛ/КАПЛИ
Farma. Guruh
Антибактериальные средства
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Dori shakli

ko‘z tomchilari

Farmakologik xususiyatlari

Sulfasil grammusbat va grammanfiy bakteriyalar – streptokokklar, pnevmokokklar, gonokokklar, ichak tayoqchalari, xlamidiya, aktinomisetlarga nisbatan bakteriostatik samaraga ega. Ta‘sir mexanizmi paraaminobenzoy kislotasi (PABK) bilan raqobatli antagonizmi va digidropteroatsintetazani raqobatli susaytirishi bilan bog‘liq, bu purin va pirimidin asoslarining sintezi uchun zarur bo‘lgan tetragidrofolat kislotasining sintezini buzilishiga olib keladi. Buning natijasida bakteriya xujayralari nuklein kislotalarining (DNK va RNK) sintezini buzadi va ularning ko‘payishini tormozlaydi.

Kon‘yunktivaga tomizilganida sulfasil ko‘z to‘qimalariga kiradi. Asosan mahalliy ta‘sir ko‘rsatadi, ammo preparatning bir qismi yallig‘langan kon‘yunktiva orqali so‘riladi va tizimli qon aylanishiga tushadi.

Qo‘llanilishi

Preparatning ta‘siriga sezgir bakteriyalar chaqirgan ko‘zning infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: kon‘yunktivitlar, blefaritlar, shox pardaning yiringli yaralari, kattalar va bolalardagi ko‘zning gonoreyali kasalliklari. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda blennoreyani oldini olish.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga Sulfasilning 300 mg/ml eritmasi shikastlangan ko‘zga 2-3 tomchidan sutkada 5-6 marta (har 4-5 soatda) qo‘llanadi.

Bolalarga Sulfasilning 200 mg/ml eritmasi shikastlangan ko‘zga 1-2 tomchidan sutkada 4-5 marta qo‘llanadi.

Davolash kursining davomiyligini kasallikning xarakteri va og‘irligiga qarab shifokor belgilaydi. Kursning o‘rtacha davomiyligi – 7-10 kun.

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda blennoreyani oldini olish uchun, bevosita tug‘ilganidan keyin har bir ko‘zga Sulfasilning 300 mg/ml eritmasi 2 tomchidan tomiziladi, so‘ngra 2 soat o‘tgach 2 tomchidan tomiziladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ayrim hollarda ko‘z to‘qimalarini ta‘sirlanishi (qizarish, qichishish, qovoqlarni shishi, achishish, ko‘z yoshini oqishi), allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Anamnezidagi preparatning komponentlariga va sulfanilamidlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Novokain, dikain, anestezin bilan birga qo‘llanganida bakteriostatik samarasi kamayadi; difenin, PASK, salisilatlar Sulfasilning toksikligini kuchaytiradi; bilvosita ta‘sir qiluvchi antikoagulyantlar bilan qo‘llanganida ularning spesifik faolligi oshadi. Sulfasil mahalliy qo‘llanganida kumush tuzlari bilan nomutanosib.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Furosemid, tiazid diuretiklar (gidroxlorotiazid), sulfonilmochevina hosilalari (glibenklamid), karboangidraza ingibitorlariga (diakarb) yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlar, Sulfasilga yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lishlari mumkin.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik yoki emizish davrida Sulfasil terapevtik dozalarda faqat shifokorning buyurishi bo‘yicha “xavf/foyda” nisbatini hisobga olib qo‘llanadi.

Bolalar. Preparat bolalarni davolash uchun qo‘llanadi.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Aniqlanmagan.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat tez-tez qo‘llanganida qovoqlarni qizarishi, qichishishi, shishi, ko‘zning shilliq qavatini ahamiyatli darajada ta‘sirlanishi mumkin. Bunday hollarda davolash Sulfasilning pastroq konsentrasiyasi bilan davom ettiriladi, zarurati bo‘lgan holda preparat bekor qilinadi va simptomatik davolash buyuriladi.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 8ºS dan 15ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.