Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
СУЛЬФАСАЛАЗИН ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

СУЛЬФАСАЛАЗИН ТАБЛЕТКА 500МГ №50

47 000 so'mdan
(1779)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
SULFASALAZINE
Ishlab chiqaruvchi
ОЗОН
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Противомикробное и противовоспалительное кишечное средство
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli

 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 500 mg.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Sulfasalazin (salazosulfapiridin) immunosupressiv, yallig‘lanishga qarshi va bakterisid ta‘sirga ega.

Uning ta‘siri ikki metabolitining ta‘siri bo‘lib, ular ichak devoriga mahalliy ta‘sir qiladi, o‘sha vaqtning o‘zida tizimli ta‘sir ham ko‘rsatadi.

Sulfapiridin tabiiy killer xujayralar (NK-xujayralar) ning ta‘sirini va limfositlarning transformasiyasini ingibisiya qiladi.

5-aminosalisil kislotasining yallig‘lanishga qarshi ta‘siri ichakning yallig‘lanish  davolashda. Ehtimol, eng muhim vositadir, chunki u ichak devoridagi siklooksigenaza va lipooksigenazani ingibisiya qiladi va shu bilan prostaglandinlar, leykotrienlar va yallig‘lanishning boshqa mediatorlarini hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi, shuningdek, ehtimol, kislorodning erkin radikallarini bog‘laydi.

Sulfasalazin og‘riqni qoldiruvchi samaraga ega emas.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Qabul qilingan sulfasalazinning taxminan 30% ingichka ichakdan so‘riladi; qolgan 70% yo‘g‘on ichakdagi ichak bakteriyalari tomonidan metabolizmga uchrab, sulfapiridin va 5-aminosalisil kislotasi hosil bo‘ladi.

Taqsimlanishi

Sulfasalazin va uning metabolitlarini zardobdagi maksimal konsentrasiyalarida katta farqlar mavjud; sekin asetilyatorlarda ular ancha yuqori va nojo‘ya samaralarni ko‘proq rivojlanishi bilan bog‘liq. Sulfasalazin qon zardobidagi maksimal konsentrasiyasiga preparat qabul qilinganidan so‘ng 3-12 soat davomida erishadi. Qon plazmasi va biriktiruvchi to‘qimaning oqsillari bilan bog‘lanishi juda yuqori. So‘rilgan sulfasalazinning katta qismi safro bilan ichakka qaytadi; katta bo‘lmagan qismi siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Sulfasalazinning yarim chiqarilish davri – 5-10 soat.

Hosil bo‘lgan sulfapiridinning katta qismi so‘riladi va preparat qabul qilinganidan so‘ng 12-24 soat o‘tgach qon zardobida maksimal konsentrasiyasiga erishadi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Sulfapiridin jigarda metabolizmga uchraydi (asetil guruhini qo‘shilishi, gidroksidlanish va glyukuron kislotasi bilan kon‘yugasiya) va buyraklar orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri asetil guruhini qo‘shilish tezligiga qarab – 6-14 soatni tashkil etadi.

5-aminosalisil kislotasining faqat 30% so‘riladi va jigarda asetil guruhi qo‘shiladi, so‘ngra esa buyraklar orqali chiqariladi. Qolgan qismi ahlat bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Preparat quyidagilarda tavsiya etiladi:

  • Kron kasalligi yarali kolit va proktitni o‘tkir ko‘rinishlari va zo‘rayishlarini, davolash uchun,
  • yarali kolit va proktitni remissiya fazada bir maromda saqlab turuvchi davolash uchun,
  • nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari bilan davolashga turg‘un bo‘lgan revmatoid artritlar va yuvenil ideopatik surunkali poliartritlarni davolash uchun.

Sulfasalazin kortikosteroidlar va metronidazol bilan majmuada qo‘llanishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparatning dozasi kasallikning og‘irligi va kuzatilishi mumkin bo‘lgan noxush samaralariga qarab belgilanishi kerak. Tabletkalarni ovqatlanish vaqtida suyuqlik bilan qabul qilish kerak.

Agarda navbatdagi qabul vaqti kelmagan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezroq qabul qilish kerak. Aks holda, davolash sxemasiga muvofiq faqat navbatdagi dozani qabul qilish kerak.

Yarali kolit va proktit, Kron kasalligini o‘tkir xurujlari

Kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalar 2-4 tabletkadan (1-2 g) sutkada 4 marta qabul qilishlari kerak.

Ikki yoshdan oshgan bolalarga sutkada 1 kg tana vazniga 40-60 mg preparat berish mumkin. Remissiyaga erishilganda dozani asta-sekin pasaytirish kerak.

Yarali kolit va proktitni remissiya fazasida bir maromda saqlab turuvchi davolash

Kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalar uchun tavsiya etilgan tutib turuvchi doza – 1 tabletka (500 g) kuniga 4 marta.

Ikki yoshdan oshgan bolalarga sutkada 1 kg tana vazniga 20-30 mg berish mumkin.

Samarani bir maromda saqlab turuvchi davolashning davomiyligi cheklanmagan.

Revmatoid artritlar va yuvenil ideopatik surunkali poliartritlar

Kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalar uchun tavsiya etilgan doza: sutkada 2-3 g. Davolashni kuniga 1 tabletka (500 g) sulfasalazinni qabul qilish bilan boshlash kerak. Dozani asta-sekin, to‘rt haftadan keyin preparatning dozasi 2 tabletka (1 g) dan sutkada 2-3 martani tashkil etishi uchun, bir haftalik intervallar bilan oshirish kerak. Klinik samara davolashning 6-10 haftasida ayon bo‘ladi. Preparatni eng kamida 6 oy davomida qabul qilish kerak.

6 yoshdan oshgan bolalarga preparat sutkada 1 kg tana vazniga 30-50 mg dan 2-3 marta qabul qilish mumkin. Davolashni tavsiya etilgan dozaning 1/3 yoki ¼ bilan boshlash kerak, masalan, kechasiga 1 tabletkadan boshlash kerak. Dozani bir haftalik intervallar bilan, tavsiya etilgan dozaga erishilgunicha asta-sekin oshirish kerak. Maksimal sutkalik doza
2 g (4 tabletka) dan oshmasligi kerak.

Pasientlarning ayrim guruhlari

Keksa odamlar

Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi 60 ml/min dan kam) bo‘lgan pasientlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bunday pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Davolash boshlangunicha, ba‘zida davolash vaqtida siydik tahlilini nazorat qilish kerak. Davolanish vaqtida pasientlar yetarli miqdorda suyuqlik iste‘mol qilishlari kerak.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Bunday pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Sulfasalazinning nojo‘ya ta‘sirlari asosan qondagi sulfapiridinning yuqori konsentrasiyalari bilan bog‘liq, ayniqsa uni parchalanishi sekin kechadigan odamlar (sekin asetilyatorlar) orasida. Nojo‘ya ta‘sirlari ko‘proq revmatoid artriti bo‘lgan pasientlarda uchraydi.

Sulfasalazin bilan davolanish jarayonida rivojlanishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar, rivojlanishi tez-tezligiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  • juda tez-tez (≥1/10),
  • tez tez (≥1/100 dan <1/10 gacha),
  • tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha),
  • kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha),
  • juda kam hollarda (<1/10000), noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida baholash mumkin emas.

Har bir guruh chegarasida nojo‘ya ta‘sirlar ularning og‘irligini kamayishi tartibida berilgan. Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tez-tezligi alohida a‘zolar tizimi uchun sanab o‘tilgan.

Tekshirishlar

  • tez-tez emas: zardobda amilaza, bilirubin, ishqoriy fosfatazaning konsentrasiyalarini va “jigar” transaminazalarining darajasini oshishi

Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar

  • tez-tez: leykopeniya, neytropeniya, makrositoz
  • tez-tez emas: megaloblast anemiya, gemolitik anemiya, agranulositoz, trombositopeniya
  • juda kam hollarda: aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, Xeyns tanachalari bilan anemiya, gipoprotrombinemiya, limfadenopatiya, eozinofiliya.

Nerv tizimini buzilishlari

  • tez-tez: bosh og‘rig‘i
  • kam hollarda: periferik nevropatiya, bosh aylanishi, tirishishlar, ataksiya
  • juda kam xollarda: aseptik meningit.

Eshitish va muvozanat a‘zolari tomonidan buzilishlari

  • tez-tez emas: quloqlarni shang‘illashi

Respirator, torokal buzilishlar va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar

  • kam hollarda: o‘pka infiltrasiyasi, dispnoe, yo‘tal
  • juda kam hollarda: fibroz alveolit

Me‘da-ichak buzilishlari

  • tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish
  • tez-tez emas: diareya, stomatit, parotit
  • kam hollarda: pankreatit

Buyraklar va siydik-tanosil tizimi tomonidan buzilishlar

  • kam hollarda: nefrotik sindrom, gematuriya, proteinuriya, kristalluriya

Moddalar almashinuvi tomonidan buzilishlari va ovqatlanishni buzilishlari

  • tez-tez: anoreksiya
  • tez-tez emas: porfiriyasi bo‘lgan pasientlarda sulfasalazinni qabul qilish kasallikni zo‘rayishiga olib kelishi mumkin.

Immun tizimi tomonidan  buzilishlari

  • juda kam hollarda: zardob kasalligi, tarqoq teri toshmasi, ko‘p shaklli ekzantema, eksfoliativ dermatit, fotosensibilizasiya, dorilar tasirida-induksiyalangan isitma, periorbital shish, kon‘yunktiva va shox pardani tugunli poliarteriiti, eshakemi, qichishish, qizarish.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar

  • juda kam hollarda: Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz

Gepatobiliar buzilishlar

  • kam hollarda: gepatit, siydikni, teri yoki yumshoq kontakt linzalarni sariq-zarg‘aldoq rangga bo‘yalishi

Reproduktiv tizimi tomonidan buzilishlari va sut bezini buzilishlari

  • tez-tez emas: qaytuvchan oligospermiya, erkaklardagi qaytuvchan bepushtlik.

Ruxiy buzilishlar

  • tez-tez emas: depressiya, uyqusizlik
  • kam hollarda: gallyusinasiyalar

Agarda jiddiy nojo‘ya samaralar kuzatilsa, u xolda davolashni to‘xtatish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ta‘sir etuvchi moddaga, sulfonamidlarga, salisilatlarga yoki yordamchi moddalardan birontasiga  o‘ta yuqori sezuvchanlik.

O‘tkir porfiriya va/yoki granulositopeniyasi bo‘lgan pasientlarga preparatni qabul qilish mumkin emas.

To‘g‘ri ichakni surunkali yallig‘lanish kasalliklari bo‘lgan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga va yuvenil ideopatik surunkali poliartriti bo‘lgan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki davolash xavfsizligi va samaradorligi isbotlanmagan. Bundan tashqari, preparat yuvenil ideopatik surunkali poliartritning tizimli shaklida tavsiya etilmaydi, chunki bu ko‘pincha noxush asoratlarga, jumladan zardob kasalligiga o‘xshash reaksiyalarga olib kelishi mumkin.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Sulfasalazin folat kislotasi va digoksinning so‘rilishini kamaytiradi.

Antikoagulyantlar yoki gipoglikemik sulfamidlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida, sulfasalazin ularning ta‘sirini kuchaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sulfasalazin bilan davolashni boshlashdan oldin va, zarurati bo‘lganda, preparat bilan davolash vaqtida qon (qonni klinik taxlili: davolashni boshida bir oyda 1-2 marta, so‘ngra – har 3-6 oyda) va siydik taxlilini o‘tkazish tavsiya etiladi.

Davolanish vaqtida pasientlar yetarli miqdorda suyuqlik iste‘mol qilishlari kerak.

Sulfasalazin bilan davolashda buyrak (kreatinin klirensi minutiga 60 ml dan kam) yoki jigar yetishmovchiligi, bronxial astmasi va allergiyasi bo‘lgan pasientlarga alohida e‘tibor berish kerak (furosemidga, tiazid diuretiklarga, sulfonilmochevina xosilalariga va karboangidraza ingibitorlariga kesishgan o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin.

Sulfasalazinga allergiyaning yengilroq shakllari rivojlanganida pasientlar desensibilizasiya qilinishlari mumkin.

Sulfasalazin ishlatilganida xayot uchun xavfli teri reaksiyalari: Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz qayd qilingan. Pasientga Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekrolizning belgilari tushuntirilishi kerak. Pasient teri reaksiyalarini diqqat bilan kuzatishi kerak. Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekrolizni rivojlanishining eng katta xavfi davolashning birinchi haftasi davomida kuzatiladi. Agar Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekrolizning sindromlari yoki belgilari (masalan, teri toshmasini ko‘proq bullez shikastlanishi ko‘rinishini yoki o‘sib borishi shilliq qavatlarni shikastlanishi) kuzatilsa, sulfasalazin bilan davolash to‘xtatilishi kerak.

Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz erta tashxis qo‘yilganida, ushbu kasallikni boshqarilishida yaxshi natijalarga erishiladi. Preparatni qo‘llashni erta to‘xtatish yaxshi prognozlarga erishish bilan bog‘liq. Sulfasalazinni qabul qilganda anamnezida Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz belgilari qayd etilgan pasientlar keyinchalik bu preparatni qabul qilishlari mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya

Homilador pasientlarning cheklangan miqdori ishtirokida to‘plangan ma‘lumotlar, sulfasalazinni homiladorlikni kechishiga yoki homila va yangi tug‘ilgan bolaning sog‘lig‘iga salbiy ta‘sirini namoyish qilmaydi. Bugungi kunda boshqa relevant epidemiologik ma‘lumotlar yo‘q. Homilador ayollarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Homilador ayollar sulfasalazinni yaqqol zarurati bo‘lganida va minimal samarali dozalarda qabul qilishlari mumkin. Sulfasalazinni homiladorlikning oxirgi uch oyligida qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki u yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bilirubinni plazma oqsillari bilan bog‘langan markazlaridan siqib chiqarishi va yadroli sariqlikni rivojlanishi sabab bo‘lishi mumkin. Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bu gemolitik anemiyaga olib kelishi mumkin.

Sulfasalazinning juda kam miqdori ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi; shunday qilib, sog‘lom yangi tug‘ilgan chaqaloqda yadroli sariqlikni rivojlanish ehtimoli juda ahamiyatsiz hisoblanadi, bu shuningdek tajribada tasdiqlangan. Xavfi bo‘lgan boshqa yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yoki chala tug‘ilgan chaqaloqlarda muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Sulfapiridin bilan vaziyat farq qiladi: uning sutdagi konsentrasiyasi plazmadagi konsentrasiyasining 40% ga yetadi, lekin u, plazma oqsillari bilan o‘rtacha darajada bog‘lanadi. Emizikli bolalarda sulfasalazinni qabul qilishni keyingi oqibatlari yetarlicha o‘rganilmaganligi tufayli, davolanish vaqtida emizish tavsiya etilmaydi.

Avtomobil yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Sulfasalazin avtomobil yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi yoki ahamiyatsiz ta‘sir qiladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Juda katta dozalari ko‘ngil aynishi, qusish va qorinda og‘riqni chaqirishi mumkin. Haddan tashqari yuqori dozalarda anuriya, kristalluriya, gematuriya, va markaziy nerv tizimining toksik shikastlanish simptomlari (tirishishlar) rivojlanishi mumkin.

Toksikligi qon zardobidagi sulfapiridazinning konsentrasiyasiga proporsional.

Davolash: preparatni so‘rilishini oldini olish (qusish, me‘dani yuvish, ichakni bo‘shatish), siydikni ishqoriy muhitga o‘zgartirish, jadallashtirilgan diurez. Anuriya va/yoki buyrak yetishmovchiligida, suyuqlik va elektrolitlarni iste‘mol qilishni cheklash kerak. Ko‘rilayotgan choralarning samaradorligi qon plazmasidagi sulfapiridinning konsentrasiyasini aniqlash orqali monitoring qilish mumkin.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.