Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
СУКЦИЛАТСОЛ РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

СУКЦИЛАТСОЛ РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 200МЛ №1

15 100 so'mdan
(2594)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
SODIUM CHLORIDE,POTASSIUM CHLORIDE,CALCIUM MAGNIUM CHLORIDE,SODIUM BICARBONATE
Ishlab chiqaruvchi
ТЕМУР МЕД ФАРМ
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Солевые растворы
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 infuziya uchun eritma.

 

Tarkibi:

faol modda: natriy xlorid – 0,62 g, kaliy xlorid – 0,03 g, kalsiy xlorid – 0,0082 g, magniy xlorid – 0,01 g, qahrabo kislotasi – 0,2 g, natriya gidrokarbonati – 0,3 g.

yordamchi moddalar: inyeksiya uchun suv 100 ml gacha.

 

Taʼrifi: 

tiniq, rangsiz suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Tuzli eritmalar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat boʻlib, uning taʼsiri tarkibidagi komponentlarning xususiyatlari bilan bogʻliq. Bu komponentlardan eng muhimi qahrabo kislotasidir.

Qahrabo kislotasi Krebs siklining yagona metaboliti boʻlib, toʻqimalarda kislorodning parsial bosimi pasayganda, NAD – ga bogʻliq substratlarning oksidlanishi toʻxtaganida ham oksidlanish hususiyatiga ega. Qahrabo kislotasining fosforlanish  tezligi NAD – ga bogʻliq substratlarga nisbatan axamiyatli darajada yuqori ekanligini eʼtiborga olib, vaqt birligida qahrabo kislotasining hisobiga ATF koʻproq sintezlanadi.

Preparat suv – tuz almashinuvida boshqaruvchi taʼsir koʻrsatadi va energiya almashinuvini faollashtiradi, kislota – ishqor holatini faqat qonda toʻlik oksidlanmagan maxsulotlarni passiv neytrallash, hujayralardagi metabolik jarayonlarni meʼyorlashtirish hisobiga xam meʼyorlashtiradi. Turli qon yoʻqotishlarda, shoklarda, jismoniy zoʻriqishlarda mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydi. gemodinamik koʻrsatkichlarni va yurak mushaklari faoliyatini tiklaydi. Siydik haydovchi taʼsir koʻrsatadi. Preparatning taʼsiri yuborilgandan keyin 20-30 minutdan soʻng namoyon boʻladi.

 

Qoʻllanilishi

Shoshilinch holatlar: qon ketishlari (operatsiya vaqtidagi gipotonik, operatsiyadan keyingi, meʼda-ichak, travmatik) va shoklar (travmatik, termik, gemorragik, anafilaktik, gipovolemik, septik), qon yoʻqotishlarda (1000 ml gacha) aylanayotgan qon hajmini toʻldirish, mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash, metabolik atsidozni korreksiya qilish va hujayralarda metabolizmni tiklash uchun, shuningdek oʻrtacha va ogʻir darajali temir tanqisligi anemiyasida (majmuaviy davolash tarkibida) qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Shoshilinch holatlarda: qon ketishlarda (operatsiya vaqtidagi gipotonik, meʼda-ichak, operatsiyadan keyingi, travmatik), qon yoʻqotishlarida (1000 ml gacha) va shoklarda (travmatik, termik, gemorragik, anafilaktik, gipovolemik, septik): 200-400 ml dan sutkada bir marta buyuriladi.

Tayanch-harakat apparatini shikastlanishi va kasalliklari yuzasidan operatsiyalardan oldin va keyin: 400 ml dan sutkada bir martda buyuriladi.

Operatsiyadan keyingi davrda atsidozni bartaraf qilish uchun:200- 400 ml dan sutkada bir marta buyuriladi.

Temir tanqisligi anemiyasida: asosiy davolar fonida 200 ml dan sutkada bir marta yuboriladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Doza sezilarli oshirib yuborilganida, kamdan-kam hollarda alkaloz koʻrinishlari paydo boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatni alkalozda (ayniqsa dekompensatsiyalangan), organizmga katta miqdordagi suyuqlikni yuborish mumkin boʻlmagan barcha hollarda (bosh miya ichki bosimi bilan kechuvchi bosh miya yopiq jarohatida, yurak faoliyatini dekompensatsiyasi, oʻpka shishida va shunga oʻxshashlarda) homiladorlik va laktatsiya davrida, 18 yoshgacha boʻlganlarda (bu toifa patsiyentlarida qoʻllash tajribasi yoʻqligi tufayli), shuningdek preparatga yuqori sezuvchanlikda qoʻllanmaydi.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Preparatni antibiotiklar, suvda eruvchi vitaminlar va glyukoza eritmasi bilan birga qoʻllash mumkin. Suksinasolni boshqa ishqorlantiruvchi va tuzli eritmalar bilan birga qoʻllash taqiqlanadi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparatni qoʻllash fonida (organizmda aerob jarayonlarning faollashuvi tufayli) qon va siydikda ishqoriy reaksiyani paydo boʻlishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim qilinmagan.

 

 

Chiqarilish shakli

100 ml, 200 ml, 250 ml, 400 ml va 500 ml shisha butilkalarda (flakonlarda).

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.