Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Стрессон КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Стрессон КАПСУЛА 250мг №20

28 000 so'mdan
(2828)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
УЗБЕКИСТАН
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Farmakologik ta'sir
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Maxsus saqlash sharoitlari
Dozirovkasi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Faol moddalar:
Inkarnat passiflora ekstrakti 130 mg
Dorivor qulmoq gʻuddalari ekstrakti 36 mg
Arslonquyruq ekstrakti 20 mg
Yordamchi moddalar: maltodekstrin.

Farmakologik ta'sir

Inkarnat passiflora ekstrakti tarkibida terpenoidlar, organik kislotalar, efir moylari, R, S vitaminlari, viteksin – flovanoid mavjud. Ular birgalikda markaziy asab tizimidagi qoʻzgʻalish jarayonlarini kuchsizlantiradi va tormozlash jarayonlarini kuchaytiradi, tomirlar, ovqat hazm qilish organlari silliq mushaklarining siqilish jarayonlariga sabab boʻladigan omillar hosil boʻlishiga toʻsqinlik qiladi.
Qulmoq gʻuddalari tarkibida efir moyi (1,8% gacha), polifenol birikmalar (2–5%) va 5 dan 26% gacha achchiq moddalar (qatronsimon moddalar) mavjud. Qatronsimon moddalar orasida quyidagilarni ajratib koʻrsatish mumkin: lupulin, gumulen kislota, gumulon, lupulon va boshqalar. Qulmoq tarkibida shuningdek flavonoidlar (0,85% gacha), mumlar, kumarinlar, oshlovchi moddalar, aromatik birikmalar, V guruh vitaminlari, xolin bor. Triterpen birikmalar va flavonoidlar mavjudligi tufayli sillik mushaklar, yurak va bosh miya tomirlarining siqilishi boʻshashadi, tomirlar tonusi meʼyorlashadi, tomir devorlari funksiyasi, yurak toʻqimalarining qisqarish funksiyasi yaxshilanadi.
Arslonquyruq oʻti ekstrakti oʻz tarkibida uglevodlar, efir moyi, oshlovchi moddalar, achchiq moddalar, flavonoidlar, organik kislotalar, beta-karotin, mineral moddalarni saqlaydi, bu ushbu oʻsimlikka biologik faollikning ancha keng doirasini, xususan, asab va yurak-qon tomir tizimlarining funksiyasini faollashtirishni namoyon etish imkonini beradi.

Maxsus shartlar
BFQ dori vositasi hisoblanmaydi.
 
Qo'llanilishi

“Stresson” biologik faol moddalar kompleksi asab va yurak-qon tomiri tizimi va turli organlarning silliq mushaklariga sinergik taʼsir koʻrsatadi. Shu munosabat bilan bioqoʻshimcha tavsiya etiladi:
- tomirlarning tonusini va qon bosimi darajasini meʼyorida saqlab turish, yurak faoliyatini yaxshilash, kapillyarlar tizimi (ularning egiluvchanligi va oʻtkazuvchanligi) ni mustahkamlash uchun;
- asab tizimini tashqaridan boʻladigan kuchli qoʻzgʻatuvchilardan himoya qilish uchun: yumshoq tinchlantiruvchi taʼsir yaxshi dam olish va sogʻlom uyquga koʻmaklashadi;
- buyraklar funksiyasining (siydikning meʼyorida hosil boʻlishi) yaxshilanishi, safroning ajralib chiqishi va ovqatning yaxshi hazm boʻlishi uchun.
Natijada organizmning ishlash qobiliyati va umumiy jismoniy holati yaxshilanadi.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori taʼsirchanlik.
 
Maxsus saqlash sharoitlari

Yaroqlilik muddati: 2 yil.

Saqlash sharoitlari: quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda +25°С dan yuqori boʻlmagan temperaturada saqlansin.

Dozirovkasi
Kattalarga 1 ta kapsuladan kuniga 1-2-marta yetarli miqdordagi suv bilan ichiladi.