Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Стопколик КАПЛИ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Стопколик КАПЛИ 30МЛ №1

20 810 so'mdan
(1076)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ЛЕКИНТЕРКАПС
Chiqarilish shakli
КАПЛИ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarining oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Yaroqlilik muddati
Saqlash sharoiti
Dorixonalardan  berish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga buyuriladi.

Isteʼmol qilishdan oldin bir xil emulsiya olingunicha chayqatish kerak.

Preparatning dozasini aniq oʻlchash uchun, tomchilash vaqtida flakonni vertikal ushlash kerak.

MIY sohasida kuchli gaz hosil boʻlishi va gazlarni toʻplanishi:

Bobotik odatda kuniga uch marta ovqatdan keyin va uyqudan oldin qoʻllanadi:

  • emizikli bolalar va 2 yoshgacha boʻlgan bolalar 8 tomchidan (20 mg simetikon) sutkada 4 marta
  • 2 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar 14 tomchidan (35 mg simetikon) sutkada 4 marta
  • 6 yoshdan oshgan bolalar va kattalar 16 tomchidan (40 mg simetikon) sutkada 4 marta buyuriladi.

Preparatni qulayroq qoʻllash uchun, xususan kichik bolalarda, uni qaynatib sovutilgan suv, bolalar ozuqasi yoki gazlanmagan suyuqlikning oz miqdori bilan oldindan aralashtirish mumkin.

Davolash lohaslik yoʻqolgunicha davom ettiriladi.

Diagnostik muolajalarga tayyorlash:

MIY ning rentgenografik tekshiruvi:

Tekshiruvdan bir kun oldin ertalab va kechqurun quyidagi dozani qabul qilish kerak.:

  • emizikli bolalar va 2 yoshgacha boʻlgan bolalar 10 tomchidan (25 mg simetikon) sutkada 2 marta
  • 2 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar 16 tomchidan (40 mg simetikon) sutkada 2 marta
  • 6 yoshdan oshgan bolalar va kattalar 20 tomchidan (50 mg simetikon) sutkada 2 marta buyuriladi.

MIY ni sonografik tadqiqoti:

Tekshiruvdan bir kun oldin ertalab va kechqurun (yoshga qarab) rentgenografik tekshiruvga tayyorlashdagi kabi preparatning xuddi shunday miqdorini qabul qilish kerak.

Tekshiruv boshlanishidan uch soat oldin dozani takrorlash kerak.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Nojoʻya samaralari toʻgʻrisida xabarlar yoʻq.

Barcha paydo boʻlgan nojoʻya (odatdagi boʻlmagan) samaralari, shu jumladan yoʻriqnomada koʻrsatilmagan samaralari toʻgʻrisida davolovchi shifokorga xabar berish kerak.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • simetikonga va/yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • ichak tutilishi;
  • MIYning obstruktiv kasalliklarida qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarining oʻzaro taʼsiri

Ayrim xabarlardan maʼlum boʻlishicha, simetikon peroral antikoagulyantlarning soʻrilishini buzilishini chaqirishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Stopkolik qand saqlamaydi, qandli diabeti va ovqat hazm boʻlishini buzilishi boʻlgan bemorlarda qoʻllash mumkin.

Stopkolikni qoʻllash davrida gazlangan ichimliklarni ichish tavsiya qilinmaydi.

Preparatni qabul qilish ayrim diagnostik testlar, masalan gvayak qatronini ishlatilishi bilan oʻtkaziluvchi testning natijalarini oʻzgartirishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi

Hozirgi vaqtda simetikonning teratogen yoki embriotoksik taʼsirga ega ekanligi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq. Homiladorlik va laktatsiya davrida shifokorning koʻrsatmasi boʻyicha preparatni qoʻllash mumkin.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparat kimyoviy jihatdan inert va MIY da soʻrilmaydi, hozirgi vaqtgacha Stopkolikni dozasini oshirib yuborilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq.

 

 

Chiqarilish shakli

10 ml yoki 30 ml dan polietilen tiqin bilan buraladigan plastmassa qopqoq bilan berkitilgan toʻq sariq rangli shishali flakon-tomchilagichda. Flakon qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Dorixonalardan  berish tartibi

Retseptsiz.

Dori shakli: 

Ichga qabul qilish uchun eritma.

 

Tarkibi

Faol modda: Simetikon (simetikonning 30% li emulsiya koʻrinishida) – 66,66 mg/ml.

Yordamchi moddalar: natriy saxarinati, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, natriy karmelloza, limon kislotasi monogidrati, malina xushboʻyi, tozalangan suv.

 

Taʼrifi:

 Quyuq, oqdan yoki och-sariq rangli, meva hidli, tiniq boʻlmagan suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Yel haydovchi vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Yel haydovchi vosita. Simetikon (faollashtirilgan dimetikon) – bu trimetilsiloksil guruhlari tomonidan kremniy dioksidi bilan barqarorlashtirilgan, metil guruhi qoʻshilgan toʻgʻri chiziqli siloksan polimerlarining majmuasidir. Fazalar boʻlinishi chegarasida sirt tarangligini pasaytirib, ovqat massasida va meʼda-ichak yoʻllari (MIY) ning shilligʻida gaz pufakchalarini hosil boʻlishini qiyinlashtiradi va ularni parchalanishiga yordam beradi. Bunda ajralib chiqayotgan gazlar ichak devorlari tomonidan yutilishi yoki peristaltika tufayli chiqarilishi mumkin. Bu ogʻriqli dam boʻlishlarni chaqiruvchi katta gazli-shilliqli konglomeratlarning hosil boʻlishini oldini oladi.

Sono- va rentgenografiyada tasvir nuqsonlarining paydo boʻlishini oldini oladi; kontrast plyonkani parchalanishiga toʻsqinlik qilib, yoʻgʻon ichakning shilliq qavatini kontrast preparatlar bilan yaxshi yopilishiga yordam beradi.

Simetikon peroral yuborilganidan keyin MIY dan soʻrilmaydi va ahlat bilan oʻzgarmagan holda chiqariladi. Kimyoviy inertligi tufayli MIY dagi mikroorganizmlar va fermentlarga taʼsir koʻrsatmaydi. Ovqatning soʻrilishini kamaytirmaydi, meʼda shirasining reaksiyasi va hajmini oʻzgartirmaydi.

 

 

Qoʻllanilishi
  • MIY da kuchli gaz hosil boʻlishi va gazlarni toʻplanishi (ogʻriqli sanchiqlar, qorin boʻshligʻida toʻlib ketish hissi, aerofagiya, dispepsiya, meteorizm, shu jumladan operatsiyadan keyingi davrdagi, Remgeld sindromi);
  • qorin boʻshligʻi va kichik chanoq aʼzolarining diagnostik tekshiruvlarga tayyorlash (rentgenografiya, sonografiya, gastroskopiya va duodenoskopiya – koʻpik hosil boʻlishini oldini olish);
  • ikki yoqlama kontrast tasvirni olish uchun kontrast vositalarning suspenziyasiga qoʻshimcha sifatida;
  • yuvuvchi vositalar bilan oʻtkir zaharlanishlarda koʻpikni soʻndiruvchi vosita sifatida qoʻllaniladi.