Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Спиронолактон КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Спиронолактон КАПСУЛА 25мг №30

39 800 so'mdan
(2622)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Spironolactone
Ishlab chiqaruvchi
МИНСКИНТЕРКАПС
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Диуретические препараты
Dori tafsilotlari
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Saqlash sharoitlari
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 25 mg spironolakton;

yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, laktoza monogidrati, povidon, kalsiy stearati

 

Taʼrifi:

 oq yoki krem tusli oq rangli, yassi silindrik shaklli faskali tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 Kaliyni tejovchi diuretiklar. Aldosteron antagonistlari.

Saqlash sharoitlari

25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda, original oʻramida saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Farmakologik xususiyatlari

 

Farmakodinamikasi

Preparatning taʼsir etuvchi moddasi – spironolakton – buyrakning distal naychalariga taʼsir qiluvchi aldosteronning raqobatli antagonistidir. Aldosteronni blokadasi oqibatida preparat suv va Na+ ionlarini tutib qolinishini susaytiradi va K+ ionlarini tutilib qolinishiga yordam beradi, bu nafaqat siydik bilan Na+ va Cl¯ ionlarini chiqarilishi oshiradi, balki K+ va N+ ionlarini chiqarilishini kamaytiradi. Buning natijasida bu siydik haydovchi gipotenziv samarasiga ham ega.

Farmakokinetikasi

Preparat ichga qabul qilingandan soʻng ovqat hazm qilish yoʻllarida tez va toʻliq soʻriladi. Preparatning biokiraolishligi 92-99% ni tashkil qiladi va u ovqat qabul qilinganida biroz oshadi. Spironolaktonning qon zardobidagi maksimal konsentratsiyasi 2,6 soatdan keyin kuzatiladi va 80 ng/ml ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanishi taxminan 90% ni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri 1,3 soatni tashkil qiladi.

Spironolakton jigarda metabolizmga uchraydi. Uning faol metabolitlari 7α-tiometilspironolakton va kanrenon hisoblanadi. Antialdosteron taʼsirini asosan, u spironolaktonning barcha metabolitlarni taxminan 50% ni tashkil qiluvchi kanrenon belgilaydi. Qon plazmasidagi choʻqqi konsentratsiyasining koʻrsatkichlari va unga erishish vaqti 7α-tiometilspironolaktonni uchun – 391 ng/ml va 3,2 soat koʻrsatkichlari, kanrenon uchun – 181 ng/ml, 4,3 soat. Yarim chiqarilish davri muvofiq ravishda 13,8 soat va 16,5 soatni tashkil qiladi. Spironolakton va uning metabolitlari yoʻldoshga va koʻkrak sutiga oʻtadi. Organizmdan asosan buyrak ekskretsiyasi yoʻli bilan metabolitlar koʻrinishida, ozgina qismi ahlat bilan chiqariladi. Spironolakton uchun kumulyativ samara xarakterlidir.

 

Qoʻllanilishi
  • Birlamchi giperaldosteronizm.
  • Dimlangan yurak yetishmovchiligida boshqa diuretiklarni samarasizligida yoki oʻzlashtiraolmasligida yoki zarurat boʻlganida ularning samaradorligini oshirish uchun.
  • Essensial arterial gipertenziya, asosan gipokaliyemiyada, odatda boshqa antigipertenziv preparatlar bilan majmuada.
  • Shishli va/yoki assit bilan kechuvchi jigar sirrozi.
  • Nefrotik sindromi bilan bogʻliq shishlar.
  • Gipokaliyemiyada – boshqa davolash oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan hollarda.
  • Yurak glikozidlarining qabul qilgan bemorlar uchun davolashning boshqa usullarini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq boʻlmagan yoki toʻgʻri kelmagan hollarda gipokaliyemiyani profilaktika qilish uchun qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparatni kattalar va bolalarga ichga qoʻllash uchun buyuriladi. Umuman preparatning sutkalik dozasini 1 yoki 2 marta qabul qilish uchun ovqatdan keyin buyuriladi. 1 marta qabul qilinadigan sutkalik dozani qoʻllanilishi yoki preparatni ikki marta qoʻllanganda birinchi marta qabul qilish ertalab tavsiya qilinadi.

Davolash kursining davomiyligi shaxsiy boʻlib, baʼzi hollarda bir necha yillargacha yetishi mumkin, lekin bunda preparatni juda past samarali dozada qoʻllash, qon zardobida elektrolit tarkibini va buyrak faoliyatining koʻrsatkichlarini doimo nazorat qilish doimiy zaruriy sharti hisoblanadi.

Kattalarga.

Birlamchi giperaldosteronizm.

Operatsiyaga tayyorlanishida preparatni sutkada 100-400 mg dozada qoʻllash kerak.

Operativ davolash imkoniyati boʻlmagan holatlarda preparatni uzoq muddat davomida erishilgan samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash sifatida shaxsiy tanlangan eng kichik samarali dozada qoʻllash mumkin. Bunday hollarda boshlangʻich dozani eng kichik samarali dozaga erishilguncha har 14 kunda pasaytirishga ruxsat beriladi. Uzoq muddat davolanishda nojoʻya samaralarni kamaytirish uchun preparatni boshqa diuretiklar bilan majmuada qoʻllash tavsiya qilinadi.

Dimlangan yurak yetishmovchiligi, nefrotik sindrom bilan bogʻliq shishlar

Preparatni sutkada boshlangʻich 100 mg dozada 1 yoki 2 marta qabul qilish mumkin. Sutkalik doza shuningdek 25 mg dan 200 mg gacha boʻlgan dozalar atrofida oʻzgarishi mumkin.

Yuqori dozalarda buyurilganida buyrak naychalarining yuqori proksimal boʻlimlariga taʼsir qiluvchi diuretiklar bilan majmuada qoʻllash mumkin. Bunday hollarda spironolaktonni dozasiga tuzatish kiritish lozim.

Essensial arterial gipertenziya.

Preparat boshlagʻich dozada sutkada 50-100 mg 1 yoki 2 marta qabul qilish uchun boshqa antigipertenziv preparatlar bilan majmuada qoʻllanadi. Davolashni kamida 2 hafta davom etirilishi lozim, chunki bu davr oxirida maksimal antigipertenziv samaraga erishiladi. Dozaga keyinchalik tuzatish kiritish erishilgan samaraga qarab, shaxsiy ravishda amalga oshiriladi.

Shishlar va/yoki assit bilan kechuvchi jigar sirrozi

Siydikda Na+/K+nisbati 1 dan ortiq boʻlsa, preparatni boshlangʻich sutkada 100 mg dozada qoʻllash kerak. Maksimal sutkalik doza – sutkada 100 mg. Agar nisbat 1 dan kam boʻlsa, preparatni sutkada 200 mg dozada qoʻllash kerak. Bunda maksimal doza sutkada 400 mg.

Gipokaliyemiya

Tarkibida kaliy saqlagan ozuqa kiritmasini yoki kaliy oʻrnini bosuvchi terapiyaning boshqa usullarini qoʻllash yetarli boʻlmagan patsiyentlarda preparatni sutkada 25-100 mg dozada qoʻllash kerak.

Bolalarga

Preparatni sutkada 1 yoki 2 marta qabul qilish uchun tana vazniga 1-3 mg/kg dozada qabul qilinadi. Boshqa diuretiklar bilan majmua bir maromda ushlab turuvchi terapiyada sutkalik doza tana vazniga 1-2 mg/kg ni tashkil qiladi.

Preparatni 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash zarurati tugʻilganda, tabletkani maydalash, eritish va bolaga suspenziya koʻrinishida ichish uchun berish lozim.

Keksa yoshdagi patsiyentlarga

Preparatni kichiqroq dozalardan boshlab, keyinchalik ularni maksimal samaraga erishilguncha asta-sekin koʻpaytirib qoʻllash tavsiya qilinadi. Ushbu toifadagi patsiyentlarda, ular preparatning metabolizmga va chiqarilishiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari jigar va buyrak buzilishlari oʻrin tutishi mumkin.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, aritmiya (buyrak yetishmovchiligi boʻlgan va kaliy preparatini qabul qilayotgan patsiyentlarda), vaskulit.

Qon va limfatik tizimi tomonidan: leykopeniya (jumladan agranulotsitoz), trombotsitopeniya, megaloblastik yoki aplastik anemiya, eozinofiliya.

Nerv tizimi va ruhiyat tomonidan: bosh ogʻrigʻi, uyquchanlik, bosh aylanishi, ataksiya, falaj, paraplegiya, letargiya, tormozlanish, ongni chalkashishi.

Nafas tizimi, koʻks oraligʻi va koʻkrak qafasi aʼzolari tomonidan: tovush tembrini oʻzgarishi.

Ovqat hazm qilish yoʻllari tomonidan: koʻngil aynishi, kusish, ishtahani pasayishi, qorinda va meʼdada ogʻriq, diareya, qabziyat, ichak sanchiqlari, gastrit, meʼda va 12-barmoq ichak yarasi, meʼdadan qon ketishi.

Gepatobiliar tizimi tomonidan: gepatit, jigar faoliyatini buzilishlari.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: oʻtkir buyrak yetishmovchiligi.

Tayanch-harakat apparati va biriktiruvchi toʻqima tomonidan: osteomalyatsiya, mushaklar spazmi, oyoq mushaklarini tirishishi.

Modda almashinuvini va metabolizmi tomonidan: giperkaliyemiya, giponatriyemiya, giperkreatininemiya, qon plazmasida mochevina miqdorini oshishi giperurikemiya, porfiriya, metabolik giperxloremik atsidozi yoki alkalozi, degidratatsiya.

Endokrin tizimi tomonidan: girsutizm.

Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan: libidoni pasayishi, erektil disfunksiya, ginekomastiya, hayz siklini buzilishi, dismenoreya, amenoreya, menopauza davrida metrorragiya, ayollarda sut bezlarini shishi va ogʻrigʻi, bepushtlik (yuqori dozalarda sutkada 450 mg qoʻllanganda), sut bezlarini xavfsiz oʻsmalari.

Immun tizimi, teri va teriosti qavati tomonidan: oʻta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan: toshmalar, qichishish, eshakemi, dori taʼsiridagi isitma, yuguriksimon sindromi, gipertrixoz, alopetsiya, giperemiya, uzuksimon eritema, ekzema, Stivens-Djonson sindromi.

Umumiy: asteniya, kuchli toliqish.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • Preparatning faol moddasiga va boshqa komponetlariga yuqori sezuvchanlik.
  • Oʻtkir buyrak yetishmovchiligi, buyrakning azot ishlab chiqaruvchi faoliyatini ogʻir buzilishi(kalavalar filtratsiyasining tezligi<10 ml/min), anuriya.
  • Giperkaliyemiya, giponatriyemiya.
  • Addison kasalligi.
  • Giperkaliyemiyani rivojlanishi mumkinligi tufayli, kaliyni tejovchi diuretiklar va kaliy preparatlari bilan bir vaqtda qoʻllash.
  • Homiladorlik va emizish davrida qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Bir vaqtda preparat boshqa dori vositalar bilan qabul qilinganda quyidagi holatlar yuz berishi mumkin:

antigipertenziv vositalar (ayniqsa ganglioblokatorlar, nikardipin, nimodipin) bilan – arterial bosimni haddan ziyod pasayishi; bir vaqtda qoʻllanganda antigipertenziv vositalarning dozalarini kamaytirish va keyinchalik zarurat boʻlganida dozasiga tuzatish kiritish lozim;

ammoniy xloridi, xolestiramin bilan – giperkaliyemiya va giperxloremik metabolik atsidozni rivojlanish xavfini oshishi kuzatiladi;

kaliyni tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, AAF ingibitorlari, angiotenzin II retseptorlarining blokatorlari, aldosteron retseptorlarining blokatorlari, antixolinesteraz vositalari, takrolimus, siklosporin bilan – giperkaliyemiyani rivojlanish xavfini oshishi kuzatiladi; giperkaliyemiyani rivojlanish xavfini oshishi tufayli kaliyni tejovchi diuretiklar va kaliy preparatlarini bir vaqtda qoʻllash mumkin emas;

boshqa diuretiklar bilan – diuretik samarasini kuchayishi kuzatiladi;

nosteroid yalligʻlanishga qarshi vositalar bilan – giperkaliyemiyani va spironolaktonning diuretik, natriyuretik va antigipertenziv taʼsirini yondosh pasayishi bilan kechuvchi buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavfini oshishi kuzatiladi; atsetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qoʻllanganda ham prostaglandinlar sintezi susayadi, antipirin bilan – uning jigardagi metabolizmi kuchayadi;

glyukokortikosteroidlar, adrenokortikotrop gormon (AKTG) bilan– spironolaktonning diuretik, natriyuretik taʼsirini kuchayishi va kaliyni chiqarilishini parodoksal kuchayishi kuzatiladi;

α- va β-adrenomimetiklar, karbenoksolon bilan – spironolaktonning taʼsirini susayishi yuz beradi;

antipsixotik vositalar, tritsiklik antidepressantlar bilan – spironolaktonning taʼsirini kuchayishi kuzatiladi;

barbituratlar, narkotik preparatlari, etanol bilan – ortostatik gipotenziya kuzatiladi;

terfenadin bilan – gipokaliyemiya va boshqa elektrolitlar muvozanatini buzilish oqibatida yurak qorinchalari aritmiyasini rivojlanish xavfini oshishi kuzatiladi;

karbamazepin bilan – giponatriyemiyani rivojlanish xavfi oshadi;

digoksin bilan – preparatni yarim chiqarilish davrini uzayish oqibatida glikozidli intoksikatsiyani rivojlanish xavfi oshadi;

litiy preparatlari bilan – litiyning buyrak klirensini pasayishi natijasida intoksikatsiyani rivojlanish xavfi oshadi, ushbu preparatlarni bir vaqtda qoʻllash mumkin emas;

bilvosita taʼsir qiluvchi antikoagulyantlar (kumarin hosilalari), mitotan, pressor aminlar (epinefrin), yurak glikozidlari bilan – oxirgilarining taʼsirlari susayadi;

triptorelin, buserelin, gonadorelin bilan – oxirgilarining taʼsirlari kuchayadi.

Maxsus koʻrsatmalar

Preparatni, ayniksa buyrak faoliyatini buzilishi boʻlgan bemorlarda qoʻllash qon plazmasida azot mochevina miqdorini tranzitor oshishini va giperkaliyemiyani chaqirish mumkin, bu yurak ritmini buzilishini va qaytuvchi giperxloremik metabolik atsidozni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Preparatni buyrak va jigar faoliyatini buzilishi boʻlgan bemorlar va keksa yoshdagi patsiyentlarda extiyotkorlik bilan qoʻllash kerak. Qon plazmasidagi elektrolitlar darajasini va buyrak faoliyatining koʻrsatkichlarini vaqti-vaqti bilan aniqlab turish lozim. Giperkaliyemiya rivojlangan hollarda preparat bilan davolashni toʻxtashish lozim.

Preparatni giperkaliyemiya va/yoki atsidozni rivojlanishini chaqirishi mumkin boʻlgan kasalliklari boʻlgan bemorlarda extiyotkorlik bilan qoʻllash zarur.

Qandli diabeti boʻlgan bemorlarda, ayniqsa diabetik nefropatiya bor boʻlganida preparatni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak.

Spironolakton bilan davolash kortizol, epinefrin va digoksinning konsentratsiyasini aniqlash (radioimmunologik usul bilan) jarayonini buzilishiga olib kelishi mumkin.

Adabiyot maʼlumotlari boʻyicha, hayvonlarga spironolaktonni uzoq muddat va maksimal dozada berilsa, karsinoma va miyeloid leykemiya rivojlanishiga olib keladi, shu tufayli  preparatni uzoq muddat asossiz qoʻllashdan saqlanish zarur.

Preparatni qoʻllash vaqtida spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish mumkin emas.

Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani oʻzlashtiraolmaslikning kam uchraydigan nasliy shakllari, laktoza yetishmovchiligi yoki glyukozo-galaktozani kam soʻrilish sindromi boʻlgan patsiyentlarda preparatni qoʻllash mumkin emas.

Homiladorlik yoki emizish davrida qoʻllanishi.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qoʻllash mumkin emas.

Bolalar.

Preparat pediatriya amaliyotida shifokor koʻrsatmasi boʻyicha qoʻllanadi.

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati

Davomiyligi individual boʻlgan preparatni qoʻllashning boshlangʻich davrida, belgilanadi, avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish mumkin emas.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: uyquchanlik/toliqish, ongni chalqashishi, elektrolit buzilishlari.

Davolash: simptomatik davolash. Suv-elektrolit va kislota-ishkor muvozanatini bir maromda ushlab turish kaliyni chiqaruvchi diuretiklarni buyurish, glyukoza insulin bilan parenteral yuborish lozim, murakkab vaziyatlarda – gemodializ oʻtqazish lozim. Spetsifik antidoti yoʻq.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan kontur uyali oʻramda; 3 kontur uyali oʻram qutida.