Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Спеман ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Спеман ТАБЛЕТКА №100

65 000 so'mdan
(2830)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Himalaya Drug
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Препарат растительного происхождения, применяемый при заболеваниях предстательной железы
Dori tafsilotlari
Qo‘llash usuli va dozalari.
Nojo‘ya ta‘sirlari:
Dozani oshirib yuborilishi:
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri:
Saqlash sharoiti:
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli
Tarkibi
Farmakologik ta‘siri
Qo‘llanilishi
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Qo‘llash usuli va dozalari.

Ichga buyuriladi. Prostata bezini xavfsiz kattalashishi: dastlab 2 tabletkadan kuniga 2-3 marta, keyinchalik erishilgan samarani bir maromda saqlab turuvchi dozagacha kamaytiriladi.

Oligospermiya: 2 tabletkadan kuniga 3 marta 4-6 oy davomida buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari:

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

 

Dozani oshirib yuborilishi:

Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

 

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri:

Oligospermiyada «Tenteks forte» preparati bir vaqtda ishlatilganida davolash samarasi oshadi.

 

Saqlash sharoiti:

Quruq joyda, +10°S dan +30°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.

O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz.

 

 
Dori shakli

Tabletkalar

Tarkibi

Spemanning har bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi:

Faol komponentlar:

Kukunlar: 65 mg uxlatadigan vitaniya ildizi (Withania somnifera), 32 mg uzun bargli asterkant urug‘i (Astercantha longifolia), 16 mg kompas latuk urug‘i (Lactuca scariola), 16 mg baxmal qichishtiruvchi loviya urug‘i (Mucuna pruriens), 16 mg mozaikali oltin (Suvarnavang). Ekstraktlar: 32 mg chiroyli argireya ildizi (Argyreia speciosa), 32 mg yerbag‘rli temirtikan mevalari (Tribulus terrestris), 32 mg to‘rsimon leptadeniya poyasi (Leptadenia reticulate), 16 mg marvarid parmeliya qavati (Parmelia perlata).

Yordamchi moddalar: magniy stearati, mikrokristall sellyuloza, krospovidon, natriy karboksimetilsellyuloza, aerosil (kolloid kremniy dioksidi).

Ta‘rifi:

Dumaloq, ikki yoqlama qavariq, och-jigarrangdan to‘q-jigarranggacha rangli dog‘lari bo‘lgan tabletkalar.

Farmakologik ta‘siri

Tabletkalarning tarkibiga kiruvchi o‘simliklarning ta‘sir etuvchi moddalari spermatogenezni rag‘batlantiradi, spermatoidlarning faolligini oshiradi, spermaning yopishqoqligini pasaytiradi, prostata bezidagi dimlanish ko‘rinishlarini kamaytiradi, prostata bezini xavfsiz kattalashishida dizurik buzilishlarning yaqqollik darajasini kamaytiradi.

 

Qo‘llanilishi

Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini simptomatik davolash uchun oligospermiyada spermatozoidlarning xarakatchanligi pasayganida qo‘llanadi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

Preparatning alohida komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.