Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Сорбинол РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Сорбинол РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 200мл №1

31 500 so'mdan
(3893)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
РЕКА МЕД ФАРМ
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Солевые растворы
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 infuziya uchun eritma

 

Tarkibi:

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: sorbitol – 60,0 g, kalsiy xlorid (quruq moddaga qayta hisoblanganda) – 0,10 g, kaliy xloridi – 0,30 g, magniy xlorid – 0,43 g, natriy xlorid – 6,00 g.

yordamchi modda: inyeksiya uchun suv.

 

Taʼrifi: 

tiniq, rangsiz yoki och-sariq eritma.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Tuzli eritmalar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Sorbinol reologik, shokka qarshi, dezintoksikatsiyalovchi, ishqorlovchi va ichak peristaltikasini ragʻbatlantiruvchi taʼsirlarga ega. Asosiy farmakologik faol moddalari sorbitol va natriy laktatidir. Jigarda sorbitol avval fruktozaga aylanadi, keyin u glyukozaga va soʻngra glikogenga aylanadi. Sorbitolning bir qismi shoshilinch energetik ehtiyojlar uchun ishlatiladi, boshqa qismi glikogen koʻrinishida zahira sifatida yigʻiladi. Sorbitolning izotonik eritmasi dezagregatsion taʼsirga ega va shu boisdan, toʻqimalarning mikrotsirkulyatsiyasi va perfuziyasini yaxshilaydi.

Bikarbonat eritmasidan farqli ravishda, natriy laktati yordamida metobolik atsidozni toʻgʻirlanishi, uning moddalar almashinuviga kirishishiga qarab, sekinroq, rN ning keskin siljishlarisiz oʻtadi. Natriy laktatining taʼsiri yuborilgandan keyin 20-30 minut oʻtgach namoyon boʻladi.

Natriy xloridi – regidratatsiyalovchi taʼsir koʻrsatadi. Turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlarining tanqisligini toʻldiradi.

Kalsiy xloridi kalsiy ionlari tanqisligini toʻldiradi. Kalsiy ionlari nerv impulslarini oʻtkazish jarayonini amalga oshirish, skelet va silliq mushaklarning qisqarishi, miokardning faoliyati, suyak toʻqimasining shakllanishi va qon ivishi uchun zarur. Hujayralar va qon tomir devori oʻtkazuvchanligini kamaytiradi, yalligʻlanish reaksiyalarining rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi, organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi.

Kaliy xlorid suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi. Manfiy xrono- va batmotrop taʼsir koʻrsatadi, katta dozalarda esa – manfiy ino-, dromotrop va oʻrtacha diuretik taʼsir koʻrsatadi. Nerv impulslarini oʻtkazish jarayonlarida ishtirok etadi. Asetilxolin miqdorini oshiradi va vegetativ nerv tizimining simpatik boʻlimini qoʻzgʻalishini chaqiradi. Mushak distrofiyasi va miasteniyada skelet mushaklarini qisqarishini yaxshilaydi.

 

Farmakokinetikasi

Sorbitol umumiy metabolizmga tez kirishadi, uning 80-90% jigarda oʻzlashtiriladi va glikogen koʻrinishida yigʻiladi, 5% miya toʻqimalarida, yurak mushaklarida va skelet mushaklarida yigʻiladi, 6-12% siydik bilan chiqariladi. Tomirlarga yuborilganida natriy laktatidan natriy, SO2 va N2O ajralib chiqadi va ular natriy bikarbonatini hosil qiladilar, bu qonning ishqoriy zahirasini oshishiga olib keladi. Yuborilgan natriy laktatining faqat yarmigina (izomer L) faol hisoblanadi, boshqa yarmi (izomer D) esa metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.

Natriy xloridi aylanayotgan qon xajmini faqat vaqtincha oshirib, qon tomir havzasidan tezda chiqariladi. Diurezni kuchaytiradi.

 

Qoʻllanilishi

Sorbinol kapillyar qon oqimini yaxshilash uchun travmatik, operatsiyadan va kuyishdan keyingi, gemolitik va toksik shokni oldini olish va davolash maqsadida, oʻtkir qon yoʻqotishda, kuyish kasalligida; intoksikatsiya bilan kechuvchi infeksion kasalliklarda, surunkali gepatitni zoʻrayishida; sepsisda; operatsiyadan oldingi tayyorlash uchun va operatsiyadan keyingi davrda; tromboz, tromboflebitlar, endarteritlar va Reyno kasaligini oldini olish va davolash maqsadida, arterial va venoz qon aylanishini yaxshilash uchun qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Sorbinol kattalarga vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab, minutiga 40-60 tomchi tezligida yuboriladi. Zarurati boʻlganida minutiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yoʻli bilan sinama oʻtkazilganidan keyin preparatni oqim bilan yuborishga yoʻl qoʻyiladi. 15 tomchi yuborilganidan keyin preparatni yuborish toʻxtatiladi, 3 minut oʻtgach esa, reaksiya boʻlmaganida, Sorbinol oqim bilan yuboriladi.

Travmatik, kuyish, operatsiyadan keyingi va gemolitik shoklarda kattalarga 600-1000 ml dan (bemorning tana vazniga 10-15 ml/kg) bir marta va 600-1000 ml (bemorning tana vazniga10-15 ml/kg) dan takroran, avval oqim bilan, soʻngra esa tomchilab yuboriladi.

Surunkali gepatitlarda kattalarga – 400 ml (bemorning tana vazniga 6-7 ml/kg) dan tomchilab, takroran yuboriladi. Oʻtkir qon yoʻqotishda kattalarga 1500 -1800 ml dan (tana vazniga 25 ml/kg dan) yuboriladi. Bunday hollarda reosorbilakt infuziyasini shifoxonagacha boʻlgan bosqichida, ixtisoslashgan tez yordam mashinasida oʻtkazish tavsiya qilinadi. Operatsiyadan oldingi davrda va turli jarroxlik aralashuvlardan soʻng preparat 400 ml dozada (tana vazniga 6-7 ml/kg) tomchilab 3-5 kun davomida yuboriladi. Qon tomirlarining tromboobliteratsiyalovchi kasalliklarida tana vazniga 8-10 ml/kg dozada tomchilab, takroran bir kundan keyin yuboriladi, davolash kursiga 10 ta infu ziyagacha buyuriladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: anafilaktoid reaksiyalar, angionevrotik shish, gipertermiya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: arterial bosimni oshishi yoki pasayishi, taxikardiya, hansirash, akrotsianoz.

Nevrologik buzilishlar: tremor, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, umumiy holsizlik.

Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan oʻzgarishlar: teri toshmalari, eshakemi, qichishish.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Sorbinol alkalozda, shuningdek suyuqlikni katta hajmlarini quyish mumkin boʻlmagan hollarda (miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak – qon tomir dekompensatsiyasi, III-darajali arterial gipertenziya, terminal buyrak yetishmovchiligi), suvsizlanishda qoʻllanmaydi.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Boshqa dori vositalarni tashuvchi-erituvchi sifatida qoʻllash mumkin emas.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat kislota-ishqor holati va qondagi elektrolitlarning koʻrsatkichlari, jigarning funksional holati va arterial bosimni nazorati ostida qoʻllanadi. Kalkulyoz xoletsistiti boʻlgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan yuboriladi.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar  toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq.

Bolalar. Bolalarda qoʻllash tajribasi boʻyicha maʼlumotlar yetarli emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Alkaloz koʻrinishlari paydo boʻladi, ular preparatni yuborilishi darhol toʻxtatilishi sharoitida mustaqil tez oʻtib ketadi, baʼzida kollaps, suvsizlanish (diurezning kuchayishi hisobiga). Yuborish tezligi oshirilganida taxikardiya, arterial bosimni oshishi, hansirash, bosh ogʻrigʻi, qorinda ogʻriq rivojlanishi mumkin. Koʻrsatilgan simptomlar eritmani yuborish tezligi ancha kamaytirilganidan keyin yoki toʻxtatilganidan keyin mustaqil tez yoʻqoladi.

 

Chiqarilish shakli

200 ml infuziya uchun shisha flakonlarda yeki 250 ml polimer flakonda.

 

Saqlash sharoiti

20S dan 250S gacha haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.