Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
СИМВАСТАТИН ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

СИМВАСТАТИН ТАБЛЕТКА 20мг №30

7 700 so'mdan
(1006)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
REMEDY GROUP
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Гиполипидемические препараты (статины)
Dori tafsilotlari
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Dori shakli: 
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Tarkibi:

Bitta tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 20 mg yoki 40 mg simvastatin,

yordamchi moddalar: oʻta jelatinlangan kraxmal, mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, butilgidroksianizol, limon kislotasi monogidrati, magniy stearati, talk, gipromelloza, titan dioksidi (E171), temir (III) oksidi (Ye172).

 

Taʼrifi:

20 mg li tabletkalar: toʻq sariq, oval, ikki tomonlama qavariq, har ikkala tomonida oʻyiqchasi va bir tomonida “20” gravirovkasi boʻlgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

40 mg li tabletkalar: qizgʻish-jigarrang, oval, ikki tomonlama qavariq, har ikkala tomonida oʻyiqchasi va bir tomonida “40” gravirovkasi boʻlgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Har bir tabletkani teng qismlarga ajratish mumkin.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ichga qabul qilinganidan keyin simvastatin GMG-KoA-reduktazaning (3-gidroksi-3-metilglutaril koenzim A reduktazaning) kuchli ingibitori boʻlgan tegishli faol beta-gidroksikislotani hosil qilgan holda jigarda gidrolizlanadi. Xolesterin biosintezining erta bosqichida GMG-KoA-reduktaza fermenti xolesterin biosintezi tezligini tartibga solgan holda GMG-KoA ni mevalon kislotasiga aylanishini katalizatsiya qiladi.

Simvastatin juda past zichlikdagi lipoproteinlardan (JPZLP) hosil boʻladigan va asosan past zichlikdagi lipoproteinlarning (PZLP) yuqori affin retseptorlari vositasida katabolizatsiyaga uchraydigan PZLP xolesterinining normal konsentratsiyalarini ham, yuqori konsentratsiyalarini ham pasaytiradi. Simvastatinning gipolipidemik taʼsir etish mexanizmi JPZLP xolesterini konsentratsiyalarini pasaytirishni ham, PZLP retseptorlari induksiyasini ham oʻz ichiga olishi mumkin boʻlib, buning natijasida PZLP xolesterinining hosil boʻlishi soʻndiriladi va uning katabolizmi oshadi. Simvastatin bilan davolash vaqtida V apolipoproteini darajasi ham sezilarli pasayadi. Bundan tashqari, simvastatin PZLP xolesterini darajasini oʻrtacha oshiradi va plazmada triglitseridlar darajasini pasaytiradi. Buning natijasida umumiy xolesterin va PZLP xolesterini nisbati, shuningdek PZLP va yuqori zichlikdagi lipoproteinlar (YUZLP) xolesterini nisbati kamayadi.

Farmakokinetikasi

Simvastatin tegishli beta-gidroksikislotaga tezda gidrolizlanadigan faol boʻlmagan laktondan iborat. Gidroliz asosan jigarda amalga oshiriladi; odam plazmasida gidroliz tezligi juda sekin kechadi.

Jigardan birinchi oʻtishida yaxshi soʻriladi va jadal metabolizmga uchraydi. Jigar shuningdek beta-gidroksikislotaning asosiy taʼsir joyi hisoblanadi. Simvastatin ichga qabul qilinganidan keyin tizimli qon oqimida beta-gidroksikislotaning miqdori qabul qilingan dozaning 5% dan kamni tashkil etgan. Plazmada faol ingibitorlarning maksimal konsentratsiyalariga preparat qabul qilinganidan keyin taxminan 1–2 soat oʻtgach erishiladi. Ovqatlanish simvastatin soʻrilishiga taʼsir koʻrsatmaydi. Preparatni koʻp marta qabul qilish uning toʻplanishiga olib kelmaydi.

Simvastatin va uning faol metabolitlarini plazma oqsillari bilan bogʻlanishi – 95% dan yuqori.

OATR1V1 transport oqsili yordamida simvastatinni gepatotsitlar bilan faol qamrab olinishi yuz beradi. CYP3A4 substrati boʻlib hisoblanadi. Beta-gidroksikislotadan tashqari yana toʻrtta faol metaboliti hosil boʻladi. Ichga qabul qilinganidan keyin 96 soat davomida organizmdan dozaning 13% siydik bilan va 60% ahlat bilan chiqariladi.

Beta-gidroksikislota metabolitini vena ichiga yuborilganidan keyin uning yarim chiqarilishi davri oʻrtacha 1,9 soatni tashkil etgan.

Farmakokinetikasi kattalarda baholangan. Bolalar va oʻsmirlarda farmakokinetikasi boʻyicha maʼlumotlar mavjud emas.

Patsiyentlarning alohida guruhlarida

C.521T>C alleli SLCO1B1 geni tashuvchilarida OATP1B1 faolligi ancha pastroq. Simvastatin kislotasining oʻrtacha ekspozitsiyasi (AUC) eng koʻp uchraydigan genotipli (TT) patsiyentlarga nisbatan S-alleli geterozigota tashuvchilarida (ST) 120% ni va gomozigota tashuvchilarida (SS) 221% ni tashkil etadi. S-alleli yevropalik aholi orasida 18% tez-tezlikda uchraydi. SLCO1B1 polimorfizmli patsiyentlarda simvastatinni yuqori ekspozitsiyasi xavfi mavjud boʻlib, bu rabdomioliz rivojlanishi yuqori xavfiga olib kelishi mumkin (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

 

Dori shakli: 

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

 

Qoʻllanilishi

Giperxolesterinemiyada

Faqat parhezga va dori vositalarisiz davolashga (masalan, jismoniy mashqlar, vaznni kamaytirish) nisbatan qoniqarli javob boʻlmaganida davolash parheziga qoʻshimcha ravishda birlamchi giperxolesterinemiyani yoki aralash dislipidemiyani davolashda.

Parhezga va qon lipidlari (masalan, PZLP aferezi) darajasini pasaytirish boʻyicha boshqa davolashga qoʻshimcha ravishda yoki bunday davolash mumkin boʻlmagan holda oilaviy gomozigotali giperxolesterinemiyani davolashda qoʻllaniladi.

Yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishda

Aterosklerozning klinik ifodalanishlari yoki xolesterin darajasi normal yoki yuqori boʻlgan qandli diabet bilan xastalangan patsiyentlarda yurak-qon tomir kasalliklari keltirib chiqaradigan oʻlim darajasi va asoratlarni pasaytirish uchun boshqa xavf omillarini muvofiqlashtirish va kardioprotektiv davolashga qoʻshimcha ravishda qoʻllaniladi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kechqurun bir marta sutkada 5 mg dan 80 mg gacha dozalarda ichga qabul qilinadi.

Zarurat boʻlganida dozaga kamida 4 haftalik interval bilan tuzatish kiritiladi. Preparatning maksimal sutkalik dozasi kechqurun bir marta 80 mg dan oshmasligi kerak. 80 mg li doza faqat ogʻir giperxolesterinemiyali va yurak-qon tomir asoratlari xavfi yuqori boʻlgan, past dozalari bilan davolash istalgan natijani bermagan, davolashdan kutiladigan foyda potensial xavfdan ortiq boʻlgan patsiyentlarga tavsiya etiladi (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Giperxolesterinemiyada

Patsiyentga standart gipoxolesterin parhezi buyuriladi, u bu parhezga simvastatin bilan davolashning barcha kursi davomida rioya qilishi kerak. Simvastatinni odatdagi boshlangʻich dozasi: kechqurun sutkada 10–20 mg. PZLP xolesterini konsentratsiyasini sezilarli darajada (45% dan ortiq) pasaytirish zarurati boʻlganida boshlangʻich doza kechqurun bir marta sutkada 20–40 mg ni tashkil etishi mumkin. Agar zarur boʻlsa, dozaga yuqorida taʼriflanganidek tuzatish kiritiladi.

Oilaviy gomozigotali giperxolesterinemiyada

Tavsiya etiladigan boshlangʻich doza: kechqurun sutkada 40 mg. Ushbu guruhdagi patsiyentlarda cimvastatinni lipidlar darajasini pasaytirish boʻyicha boshqa davolashga qoʻshimcha ravishda yoki bunday davolash mumkin boʻlmagan hollarda qoʻllash lozim.

Yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishda

Yurak ishemik kasalligi (giperlipidemiyali yoki usiz YUIK) xavfi yuqori boʻlgan patsiyentlar uchun odatdagi doza: kechqurun bir marta sutkada 20–40 mg. Dori bilan davolashni parhez va jismoniy mashqlar majmuasi bilan birgalikda boshlash mumkin. Agar zarur boʻlsa, dozaga yuqorida taʼriflanganidek tuzatish kiritiladi.

Yondosh davolashda

Simvastatin monoterapiya sifatida yoki oʻt kislotalari sekvestrantlari bilan majmuada samarali boʻladi. Simvastatinni oʻt kislotalari sekvestrantlarini qabul qilishdan eng kamida 2 soat oldin yoki qabul qilinganidan keyin 4 soat oʻtgach qabul qilish lozim.

Simvastatin bilan bir vaqtda fibratlarni (gemfibrozil (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” boʻlimiga qarang) yoki fenofibrat bundan mustasno) qabul qilayotgan patsiyentlarda simvastatin dozasi sutkada 10 mg dan oshmasligi kerak. Bir vaqtda amiodaron, amlodipin, verapamil yoki diltiazemni qabul qilayotgan patsiyentlarda simvastatin dozasi sutkada 20 mg dan oshmasligi kerak.

Buyrak yetishmovchiligida

Oʻrtacha buyrak yetishmovchiligida dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Ogʻir buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam) sutkada 10 mg dan oshadigan dozalardan imkon qadar saqlanish, ularni buyurishga zarurat boʻlganida esa preparatni oʻta ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.

Keksa yoshdagi shaxslarda

Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Bolalar va oʻsmirlarda (10–17 yoshdagi)

Oilaviy gomozigotali giperxolesterinemiyasi boʻlgan bolalar va oʻsmirlar uchun (jismoniy rivojlanishi Tanner shkalasi boʻyicha II bosqich va undan yuqorida boʻlgan oʻgʻil bolalar uchun va menarxedan keyin eng kamida bir yil oʻtgan 10–17 yoshdagi qiz bolalar uchun) odatdagi boshlangʻich doza kechqurun bir marta sutkada 10 mg ni tashkil etadi.

Tavsiya etiladigan dozalar diapazoni: sutkada 10–40 mg; tavsiya etiladigan maksimal doza: sutkada 40 mg. Dozalar davolash vazifalariga muvofiq shaxsiy ravishda belgilanishi va pediatriyada davolash boʻyicha tavsiyalarga mos kelishi kerak.

Zarurat boʻlganida dozaga tuzatish kiritish 4 hafta va undan ortiq interval bilan oʻtkaziladi. Simvastatinni prepubertat yoshdagi bolalarda qoʻllash tajribasi chegaralangan.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Nojoʻya taʼsirlari uchrash tez-tezligiga bogʻliq ravishda quyidagi toifalarga kiritilgan:

juda tez-tez (>1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/1 000), tez-tezligi nomaʼlum (mavjud maʼlumotlar asosida baholash mumkin emas).

Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: anemiya.

Ruhiy buzilishlar

Juda kam hollarda: uyqusizlik. Tez-tezligi nomaʼlum: depressiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: bosh ogʻrigʻi, paresteziya, bosh aylanishi, periferik neyropatiya.

Juda kam hollarda: xotirani buzilishi.

Nafas olish tizimi, koʻkrak qafasi va koʻks oraligʻi aʼzolari tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi nomaʼlum: oʻpkaning interstitsial kasalligi.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: qabziyat, qorinda ogʻriq, meteorizm, dispepsiya, diareya, koʻngil aynishi, qusish, pankreatit.

Jigar va oʻt chiqarish yoʻllari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: gepatit/sariqlik.

Juda kam hollarda: hayot bilan mos keladigan va mos kelmaydigan ogʻir jigar yetishmovchiligi.

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: terida toshmalar, qichishish, alopetsiya.

Tayanch-harakatlanish apparati va biriktiruvchi toʻqimalar tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: miopatiya (shu jumladan miozit), oʻtkir ogʻir buyrak yetishmovchiligi bilan yoki usiz rabdomioliz (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang), mialgiya, mushak spazmlari.

Tez-tezligi nomaʼlum: tendinopatiya, ayrim hollarda uzilish bilan asoratlangan tendinopatiya; immunitetga bogʻliq nekrozlanuvchi miopatiya (IBNM).

Reproduktiv tizim va koʻkrak bezlari tomonidan buzilishlar

Tez-tezligi nomaʼlum: erektil disfunksiya.

Umumiy buzilishlar va yuborilish joyidagi buzilishlar

Kam hollarda: asteniya, yuqori sezuvchanlik sindromi.

Angionevrotik shish, qizil yugurikka oʻxshash sindrom, revmatik polimialgiya, dermatomiozit, vaskulit, trombotsitopeniya, eozinofiliya, ECHT ni oshishi, artrit va artralgiya, eshakemi, yorugʻlik taʼsiriga sezuvchanlik, isitma, issiqlik quyilishlari, hansirash va umumiy holsizlik kabi ayrim xarakterli belgilarni ichiga olgan yaqqol yuqori sezuvchanlik sindromi kam holda qayd etilgan.

Laboratoriya tadqiqotlari

Kam hollarda: zardobda transaminazalar (alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, g-glyutamiltranspeptidaza) darajasini oshishi (jigarga taʼsiri haqida “Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang), zardobda ishqoriy fosfataza va KFK yuqori darajada boʻlishi (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Statinlarni, shu jumladan simvastatinni qabul qilish bilan bogʻliq kam uchraydigan kognitiv buzilishlar (masalan, xotirani yoʻqotish, unutuvchanlik, amneziya, xotirani buzilishi, ongni xiralashishi) holatlari haqida xabar berilgan. Odatda buzilishlar ogʻir boʻlmagan va statinlarni qoʻllash bekor qilinganida qaytuvchan boʻlgan; ularni yuzaga kelish vaqti (bir kundan to bir necha yilgacha), shuningdek simptomlar hal qilinishiga qadar boʻlgan vaqt ham (oʻrtacha 3 hafta) oʻzgarib turgan.

Ayrim statinlar qoʻllanilganida uyquni buzilishi, shu jumladan tungi dahshatli tushlar, jinsiy disfunksiya, rivojlanish tez-tezligi xavf omillari mavjudligiga (mavjud emasligiga) bogʻliq boʻlgan qandli diabet haqida xabar berilgan.

Bolalar va oʻsmirlarda

Oilaviy geterozigotali giperxolesterinemiyasi boʻlgan 10–17 yoshdagi bolalar va oʻsmirlarda 48 haftalik davolash davrida simvastatinning xavfsizlik va taʼsirini oʻzlashtiraolishlik profili platsebo profiliga oʻxshash boʻlgan. Shuningdek “Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang.

 

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • Simvastatinga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda.
  • Jigar kasalliklari faol bosqichda boʻlganida yoki zardobda transaminazalar darajasining izohlab boʻlmaydigan turgʻun oshishida;
  • Homiladorlik va laktatsiya davrida.
  • Itrakonazol, ketokonazol, pozakonazol, vorikonazol, OITV proteazasi ingibitorlari (masalan, nelfinavir), botseprevir, telaprevir, eritromitsin, klaritromitsin, telitromitsin, nefazodon va kobitsistatni saqlaydigan dori preparatlari kabi CYP3A4 kuchli ingibitorlarini (simvastatin AUC ni taxminan 5 va undan koʻp marta oshiruvchi taʼsir etadigan moddalarni) birgalikda qoʻllash.
  • Gemfibrozil, siklosporin yoki danazolni birgalikda qoʻllash.
  • Lomitapidni gomozigotali giperxolesterinemiyasi boʻlgan patsiyentlarda simvastatinni > 40 mg dozalarda qabul qilish bilan bir vaqtda qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Simvastatinning oʻzaro taʼsirlariga doir tadqiqotlar faqat kattalarda oʻtkazilgan.

Simvastatinni fibratlar bilan birgalikda qoʻllanilganida miopatiya (va rabdomioliz) rivojlanishi xavfi oshadi. Bundan tashqari, simvastatin va gemfibrozilni farmakokinetik oʻzaro taʼsiri natijasida plazmada simvastatin konsentratsiyalari oshadi. Simvastatin va fenofibratni birgalikda qoʻllanilganida miopatiya xavfi har bir preparatni alohida qoʻllanilganidagi xavflar yigʻindisidan oshib ketishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olinmagan. Farmakonadzor va farmakokinetik tadqiqotlarning boshqa fibratlarga oid tegishli maʼlumotlari mavjud emas. Miopatiya va rabdomiolizning kam uchraydigan hollari simvastatinni niatsinning (nikotin kislotasining) lipid-modifikatsiyalovchi dozalari (≥ 1 g/sutka) bilan birgalikda qoʻllanilishi bilan bogʻliq boʻlgan (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang). Oʻtkazilgan farmakokinetik tadqiqotda ajralib chiqishi uzaytirilgan 2 g nikotin kislotasini va 20 mg simvastatinni bir marta bir vaqtda qoʻllanilishi simvastatin va simvastatin kislotasi ekspozitsiyasini, shuningdek simvastatin kislotasi Smax plazma konsentratsiyasining sezilarli boʻlmagan darajada oshishiga olib kelgan.

Miopatiya va rabdomioliz rivojlanishi xavfi CYP3A4 sitoxromi kuchli ingibitorlari (plazmada GMG-KoA-reduktazaning ingibitsiya qiluvchi faolligini kuchayishi hisobiga), gemfibrozil, siklosporin, danazol bilan birgalikda qoʻllanilganida sezilarli darajada oshadi. Shu sababli mazkur preparatlarni simvastatin bilan birgalikda qabul qilish mumkin emas.

Miopatiya va rabdomioliz rivojlanishi xavfi simvastatin va lomitapidni bir vaqtda qoʻllanilganida yuqori boʻlishi mumkin (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” boʻlimiga qarang).

Fuzid kislotasi va statinlarni qabul qilgan patsiyentlarda rabdomioliz rivojlanishi (hatto oʻlim bilan yakunlanishigacha) haqida xabar berilgan. Mazkur oʻzaro taʼsir mexanizmi haligacha nomaʼlum. Agar fuzid kislotasining tizimli qoʻllanilishi haqiqatdan ham zarur boʻlsa, simvastatin bilan davolashni fuzid kislotasi bilan davolash vaqti mobaynida toʻxtatish lozim (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Miopatiya va rabdomioliz rivojlanishi xavfi CYP3A4 sitoxromining oʻrtacha ingibitorlari, amiodaron, verapamil, diltiazem, amlodipin, OATP1B1 transport oqsillarining ingibitorlari bilan birgalikda qabul qilinganida ham shuningdek oshadi (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Simvastatin kislotasi OATP1B1 transport oqsillari substrati boʻlib hisoblanadi. OATP1B1 transport oqsillarining ingibitorlari boʻlgan dori vositalarini birgalikda buyurish plazmada simvastatin kislotasi konsentratsiyasini koʻpayishiga va miopatiya rivojlanishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

Greypfrut sharbati CYP3A4 sitoxromini ingibitsiya qiladi (simvastatin kislotasining ekspozitsiyasi oshadi). Simvastatin bilan davolash vaqtida greypfrut sharbatini isteʼmol qilishdan saqlanish zarur.

Miopatiya va rabdomioliz rivojlanishining yuqori xavfi munosabati bilan “Qoʻllash usuli va dozalari”, “Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” va “Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimlarida oʻzaro taʼsir etuvchi dori vositalarini dozalari boʻyicha tavsiyalar taqdim etilgan.

Buyrak faoliyatini buzilishi boʻlgan patsiyentlarda kolxitsin va simvastatinni birgalikda buyurilganida miopatiya va rabdomioliz rivojlanishi haqidagi xabarlar mavjud. Preparatlarning bunday kombinatsiyasi qabul qilinganida sinchkov klinik nazorat qilish tavsiya etiladi.

Rifampitsin CYP3A4 ning kuchli induktori boʻlganligi tufayli, rifampitsinni uzoq vaqt davomida qabul qilayotgan patsiyentlarda simvastatin samaradorligi pasayishi mumkin.

Simvastatin CYP3A4 sitoxromini ingibitsiya qilmaydi. Shu sababli u CYP3A4 sitoxromi bilan metabolizmga uchraydigan boshqa dori preparatlarining plazmadagi konsentratsiyalariga taʼsir koʻrsatishini kutishga asos yoʻq.

Simvastatin sutkada 20–40 mg dozada kumarin antikoagulyantlari taʼsirini bir muncha kuchaytirishi mumkin. XMN oshishiga doir juda kam uchraydigan hollar haqida xabar berilgan. Kumarin antikoagulyantlarini qabul qilayotgan patsiyentlarda simvastatin bilan davolash boshlanishiga qadar va davolash vaqtida muntazam ravishda protrombin vaqtini mazkur koʻrsatkichdagi sezilarli oʻzgarishlarni kuzatish uchun aniqlash zarur. Qiymatlari barqarorlashganidan keyin protrombin vaqtini odatda kumarin antikoagulyantlarini qabul qilayotgan patsiyentlar uchun tavsiya etiladigan intervallar bilan oʻlchash mumkin. Simvastatin dozasi oʻzgarganida yoki davolash toʻxtatilganida mazkur tahlilni takrorlash lozim. Antikoagulyantlarni qabul qilmagan patsiyentlarda simvastatin bilan davolash qon ketishlar yoki protrombin vaqtini oʻzgarishlari bilan bogʻliq boʻlmagan.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Miopatiya/rabdomioliz

GMG-KoA-reduktazaning boshqa ingibitorlari kabi simvastatin gohida miopatiyani keltirib chiqaradi, u mushaklarda ogʻriqlar, mushaklarni palpatsiya qilishda ogʻriq yoki boʻshashish koʻrinishida namoyon boʻladi va kreatinfosfokinaza (KFK) darajasining normal qiymatlari oʻn martadan ortiq oshishi bilan kechadi.

Ayrim hollarda miopatiya mioglobinuriya oqibatida oʻtkir ogʻir buyrak yetishmovchiligi bilan yoki usiz rabdomioliz shakliga oʻtadi, bu juda kam hollarda oʻlimga olib keladi. Miopatiya rivojlanishi xavfi plazmada GMG-KoA-reduktazaning yuqori ingibitsiya qiluvchi faolligida oshadi.

Miopatiya/rabdomioliz xavfi preparat dozasiga bogʻliq. Miopatiya hollarining taxminan yarmisida u davolashning birinchi yili davomida yuzaga kelgan. Davolashning keyingi har yilida miopatiya rivojlanishi tez-tezligi taxminan 0,1% ni tashkil etadi. Simvastatinning 80 mg li dozasidan faqat yurak-qon tomir asoratlari rivojlanishi xavfi yuqori boʻlgan, past dozalar bilan davolash istalgan natijani bermagan, ogʻir giperxolesterinemiyali patsiyentlarda hamda davolashdan kutiladigan foyda potensial xavfdan oshgan taqdirda foydalaniladi. Agar simvastatin 80 mg dozada qabul qilinganida u bilan oʻzaro taʼsir qiluvchi preparatdan foydalanish zarur boʻlsa, simvastatinni ancha past dozalaridan yoki dorilarning oʻzaro taʼsirlashishi imkoniyati kam boʻlgan holda statinlarni qoʻllash tartibidan foydalanish lozim (quyida dori preparatlarining oʻzaro taʼsirlashishidan kelib chiqadigan miopatiya rivojlanishi xavfini pasaytirishga doir choralarga, shuningdek “Qoʻllash usuli va dozalari”, “Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” va “Dorilarning oʻzaro taʼsiri” boʻlimlariga qarang).

Yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfi yuqori boʻlgan, simvastatinni sutkada 40 mg dozada qabul qilgan xitoy millatiga mansub patsiyentlarda miopatiya preparatning xuddi shunday dozasini qabul qilgan boshqa millatlarga nisbatan taxminan 5 marta koʻproq rivojlangan. Shunday qilib, simvastatinni osiyolik patsiyentlarga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish va preparatning eng past dozalaridan foydalanish lozim.

Transport oqsillari faoliyatini pasayishi

Organik anionlarning jigar transport polipeptidlari faoliyatini pasayishi simvastatin kislotasining tizimli ekspozitsiyasini oshirishi va miopatiya va rabdomioliz rivojlanishi xavfini oshirishi mumkin. Oʻzaro taʼsirlashuvchi preparatlar (masalan, siklosporin) keltirib chiqaradigan yoki OATR1V1 ning kichik faolligini kodlovchi SLCO1B1 c.521T>S geni allelini tashuvchi patsiyentlarda soʻndirilish natijasida faoliyatning pasayishi kuzatilishi mumkin. Simvastatinning yuqori dozalarini (80 mg) qabul qilish bilan bogʻliq miopatiya rivojlanishi xavfi umumiy holda genetik testdan oʻtkazishsiz taxminan 1% ni tashkil etadi. 80 mg preparatni qabul qilgan S allelining gomozigotali tashuvchilarida (SS deb nom olgan) bir yil davomida miopatiya rivojlanishi xavfi 15% ni tashkil etadi, ayni vaqtda S allelining geterozigotali tashuvchilarida (ST) ushbu xavf 1,5% ni tashkil etadi. Eng koʻp tarqalgan genotipli (TT) patsiyentlarda ushbu xavf 0,3% ni tashkil etadi. Imkon qadar
80 mg simvastatinni buyurishdan oldin davolash xavfi va foydasini baholash doirasida S allelini aniqlash uchun genotiplashni koʻrib chiqish, SS genotipi aniqlangan shaxslarda esa preparatning yuqori dozalarini buyurishdan tiyilish lozim. Shunga qaramay, genotiplashda mazkur genni yoʻqligi miopatiya rivojlanishi imkoniyatini istisno etmaydi.

Kreatinfosfokinaza darajasini aniqlash

Agar KFK ni dastlabki darajasi sezilarli darajada (normaning yuqori chegarasidan 5 martadan koʻp yuqori darajada) ortiq boʻlsa va bunda kuchli jismoniy zoʻriqish taʼsiri hamda KFK oshishining boshqa ehtimol qilingan sabablari istisno qilingan boʻlsa, natijalarni tasdiqlash uchun tahlilni 5-7 kundan keyin takrorlash lozim.

Davolash boshlanishidan oldin

Davolash boshlanishida va simvastatin dozasi oshganida barcha patsiyentlarni miopatiya rivojlanishi xavfi ehtimoli va har qanday tushuntirib boʻlmaydigan mushak ogʻrigʻi, mushaklar bosilganda ogʻriqli holat yoki mushaklarning zaifligi paydo boʻlganida shifokorga darhol murojaat qilish zarurligi haqida ogohlantirish zarur.

Rabdomioliz rivojlanishi xavfi omillari boʻlgan patsiyentlarni davolashga ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur. KFKning referent dastlabki qiymatini davolashni boshlashdan oldin keksa yoshdagi (65 yosh va undan katta) shaxslarda, ayollarda, buyrak faoliyatining buzilishida, nazorat qilinmaydigan gipotireozda, bemor yoki uning qarindoshlari anamnezida mushakning irsiy kasalliklari boʻlganida, anamnezda statinlar yoki fibratlar bilan davolashda mushaklarning toksik shikastlanishi rivojlanishining mavjudligida, alkogolni suiisteʼmol qilishda belgilash lozim.

Ushbu hollarda davolashdan kutilgan foyda va xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholash va patsiyent holati yuzasidan klinik kuzatuvni amalga oshirish tavsiya etiladi. Agar oʻtmishda fibratlar yoki statinlar bilan davolashda patsiyentda miopatiya rivojlangan boʻlsa, ushbu sinfdagi boshqa preparatni oʻta ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Agar KFKning dastlabki qiymatlari sezilarli darajada (normaning yuqori chegarasidan 5 martadan koʻp yuqori darajada) ortiq boʻlsa, simvastatin bilan davolashni boshlash mumkin emas.

Davolash davomida

Agar statin bilan davolash vaqtida mushak ogʻrigʻi, zaiflik yoki tirishishlar paydo boʻlsa, KFK darajasini oʻlchash lozim. Agar kuchli jismoniy mashqlar boʻlmaganida tahlil KFK konsentratsiyasini sezilarli (normaning yuqori chegarasidan 5 martadan koʻp yuqori) darajada oshishini koʻrsatsa, davolashni toʻxtatish lozim. Agar mushak simptomlari ogʻir va kundalik diskomfortga sababi boʻlsa, hatto KFK qiymatlari normaning yuqori chegarasidan 5 martadan kam boʻlsa ham preparat qoʻllanilishini bekor qilish masalasini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq. Agar miopatiyaning boshqa sababi taxmin qilinsa, davolashni shuningdek toʻxtatish tavsiya qilinadi.

Ayrim statinlarni qabul qilish vaqtida va undan keyin immun vositasida nekrozlanuvchi miopatiyaning (IVNM) juda kam uchraydigan hollari haqida xabar qilingan. IVNM mushaklarning proksimal boʻlimlarida doimiy mushak zaifligi va statinlar bilan davolash bekor qilinganiga qaramay saqlanib qolgan KFK darajasining oshishi bilan, mushak toʻqimasi biopsiyasida aniqlangan sezilarli boʻlmagan yalligʻlanishsiz nekrozlanuvchi miopatiya bilan, immunodepressantlardan foydalanilganida yaxshilanishi bilan klinik ifodalanadi.

Simptomlari yoʻqolganida va KFK darajasi normal qiymatga kelganida ushbu statin bilan davolashni qayta boshlash yoki boshqa statin bilan sinchkov nazorat ostida minimal dozalarda davolashni boshlash masalasini koʻrib chiqish mumkin.

Miopatiya rivojlanishining ancha yuqori xavfi preparatning 80 mg dozasini qabul qilishga oʻtkazilgan patsiyentlarda qayd etilgan. Vaqti-vaqti bilan KFK darajasini aniqlash tavsiya etiladi, bu miopatiyaning subklinik holatlarini aniqlashga imkon beradi. Biroq bunday monitoringni olib borish miopatiya rivojlanishini oldini olmaydi.

Simvastatin bilan davolashni rejali keng qamrovli jarrohlik aralashuvlaridan bir necha kun oldin va nazarda tutilmagan jiddiy terapevtik yoki jarrohlik holati yuzaga kelgan hollarda vaqtincha toʻxtatiladi.

Dori preparatlarining oʻzaro taʼsiridan kelib chiqadigan miopatiya rivojlanishi xavfini pasaytirishga doir choralar (shuningdek «Dorilarning oʻzaro taʼsiri» boʻlimiga qarang)

Miopatiya va rabdomioliz rivojlanishi xavfi simvastatin va CYP3A4 ning kuchli ingibitorlarini, shuningdek gemfibrozil, siklosporin va danazolni bir vaqtda qoʻllanilganida sezilarli darajada oshadi (“Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar” boʻlimiga qarang). Agar CYP3A4 ning kuchli ingibitorlari bilan davolashdan voz kechish mumkin boʻlmasa, simvastatin bilan davolashni vaqtincha toʻxtatish va boshqa statinlardan foydalanishni nazarda tutish lozim.

Miopatiya va rabdomioliz rivojlanishi xavfi simvastatin va CYP3A4 ning oʻrtacha (simvastatin AUC ni taxminan 2–5 marta oshiruvchi) ingibitorlarini bir vaqtda qoʻllanilganida ham oshadi. Flukonazol, verapamil va diltiazemni bir vaqtda qoʻllanilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur, simvastatin dozasiga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin. Simvastatinni sutkada 20 mg dan yuqori dozalarda amiodaron, amlodipin, verapamil va diltiazem bilan birgalikda qoʻllanilishidan voz kechish lozim. Oilaviy gomozigotali giperxolesterinemiyasi boʻlgan patsiyentlarda simvastatinni sutkada 40 mg dan yuqori dozalarda lomitapid bilan birgalikda qoʻllanilishidan voz kechish lozim. Simvastatin bilan davolash vaqtida greypfrut sharbatini isteʼmol qilishdan saqlanish lozim.

Simvastatinni fenofibratdan tashqari boshqa fibratlar bilan qabul qilayotgan patsiyentlarda miopatiya va rabdomioliz rivojlanishi xavfi oshishi munosabati bilan simvastatin dozasi sutkada 10 mg dan oshmasligi kerak. Fenofibratni simvastatin bilan birgalikda buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim, chunki alohida qoʻllaniladigan har bir preparat miopatiya rivojlanishini keltirib chiqarishi mumkin.

Statinlar va fuzid kislotasi bilan davolashda rabdomioliz rivojlanishi hollari (shu jumladan oʻlim bilan yakunlangan holatlar) haqida xabarlar kelib tushgan. Simvastatinni fuzid kislotasining tizimli dori shakllari bilan bir vaqtda, shuningdek fuzid kislotasi bilan davolash toʻxtatilganidan keyin 7 kun davomida buyurish mumkin emas. Fuzid kislotasini tizimli qoʻllash zarurati boʻlganida fuzid kislotasi bilan davolashning jami vaqti davomida statinlarni qoʻllash bekor qilinadi. Patsiyentlar mushak zaifligi, palpatsiyada ogʻriq yoki sezuvchanlik kabi simptomlar rivojlangan taqdirda tibbiy yordam olish uchun darhol murojaat qilishlari kerak.

Statinlar bilan davolash fuzid kislotasining soʻngi dozasi qabul qilinganidan keyin 7 kun oʻtgach qayta boshlanishi mumkin. Fuzid kislotasini uzoq muddat davomida tizimli qoʻllash zarur boʻlgan ayrim hollarda, masalan ogʻir infeksiyalarni davolashda har bir alohida holatda simvastatin va fuzid kislotasini birgalikda buyurilishi zaruratini koʻrib chiqish, davolashni esa sinchkov tibbiy kuzatuv ostida amalga oshirish talab qilinadi.

Kam hollarda miopatiya/rabdomioliz GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari va niatsinni (nikotin kislotasini) lipid-modifikatsiyalovchi dozada (≥ 1 g/sutka) bir vaqtda qoʻllanilishi bilan bogʻliq boʻlgan, garchi ushbu preparatlarning har biri alohida qoʻllanilganida ham miopatiya rivojlanishini keltirib chiqarishi mumkin. Simvastatin va niatsinni (nikotin kislotasini) lipid-modifikatsiyalovchi dozada (≥ 1 g/sutka) yoki niatsinni saqlovchi preparatlar bilan majmuaviy davolashni qoʻllash koʻrib chiqilayotganida shifokor potensial foyda va xavflarni sinchkovlik bilan solishtirib koʻrishi hamda mushak ogʻrigʻi, palpatsiyada ogʻriqning mavjudligi yoki mushak zaifligining har qanday belgilari va simptomlari yuzasidan, ayniqsa davolashning dastlabki oylari davomida, shuningdek har qanday preparatning dozasi oshirilganida sinchkovlik bilan kuzatuvni amalga oshirishi kerak. Xitoy millatiga mansub shaxslarda miopatiya yuzaga kelishi tez-tezligi yuqori boʻlganligi sababli, osiyolik shaxslarga simvastatinni niatsinning (nikotin kislotasining) lipid-modifikatsiyalovchi dozalari (≥ 1 g/sutka) bilan bir vaqtda buyurilishi tavsiya etilmaydi.

Asipimoks struktura jihatidan niatsinga yaqin. Garchand atsipimoksni qoʻllanilishi oʻrganilmagan boʻlsa-da, mushaklarga toksik taʼsiri xavfi niatsin taʼsiri xavfiga oʻxshash boʻlishi mumkin.

Jigarga taʼsiri

Zardobda transaminazalar darajasi turgʻun (normaning yuqori chegarasidan 3 martadan ortiq) oshishi mumkin. Simvastatin qoʻllanilishi toʻliq yoki vaqtincha bekor qilinganida transaminazalar darajasi odatda dastlabki qiymatlariga qadar asta-sekin pasayadi.

Davolash boshlanishidan oldin va keyinchalik klinik koʻrsatmalarga muvofiq jigar faoliyatini tekshirish tavsiya etiladi. Simvastatin dozasini 80 mg gacha oshiriladigan patsiyentlarda doza oshirilishidan oldin, doza 80 mg gacha oshirilganidan keyin 3 oy oʻtgach va soʻngra davolashning birinchi yili davomida davriy (masalan, har 6 oyda) jigar faoliyatini qoʻshimcha tekshirishlari oʻtkaziladi. Transaminazalar darajasi yuqori boʻlgan patsiyentlarga alohida eʼtibor qaratish lozim. Ularga qisqa muddatlarda takroriy tahlillar oʻtkazilishi buyuriladi, soʻngra esa odatdagi patsiyentlarga nisbatan tez-tez oʻtkaziladi. Agar transaminazalar darajasini oʻsishi davom etsa, ayniqsa agar u normaning yuqori chegarasidan 3 marta yuqori boʻlsa va ushbu belgida turgʻun qolsa, simvastatin bilan davolashni toʻxtatish lozim. ALT mushaklardan ajralishini ham nazarda tutish lozim, demak ALT va KFK qiymatlarini oshishi miopatiya rivojlanishidan dalolat berishi mumkin (yuqorida Miopatiya/Rabdomioliz boʻlimiga qarang).

Agar simvastatin bilan davolash vaqtida klinik simptomlari va (yoki) giperbilirubinemiya (sariqlik) bilan jigarning ogʻir shikastlanishi rivojlansa, davolashni darhol toʻxtatish lozim. Agar yuqorida koʻrsatilgan oʻzgarishlarning muqobil sababi aniqlanmagan boʻlsa, simvastatin bilan davolashni qayta boshlash mumkin emas.

Preparatni alkogolni suiisteʼmol qiluvchi patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Simvastatin bilan davolash vaqtida zardobda transaminazalar darajasining oʻrtacha (normaning yuqori chegarasidan 3 marta yuqori darajadan kamroq) oshishi kuzatilgan. Ushbu ogʻishlar simvastatin bilan davolash boshlanishidan keyin tez orada paydo boʻlgan, koʻpincha oʻtib ketuvchi xarakterga ega boʻlgan, biron-bir simptomlar bilan kechmagan va preparat qoʻllanilishini bekor qilinishini talab qilmagan.

Qandli diabet

Statinlar sinfi qonda glyukoza darajasini oshiradi va qandli diabet rivojlanishi xavfi yuqori boʻlgan ayrim patsiyentlarda tegishli davolashni talab qiluvchi giperglikemiya rivojlanishi mumkin. Biroq bunday reaksiyani rivojlanishi xavfi statinlarni qabul qilish natijasida qon tomirlarni shikastlanishi xavfi pasayishi bilan yoʻqolib boradi va binobarin, statinlar bilan davolashni toʻxtatilishiga sabab boʻlmasligi kerak. Xavf guruhidagi (och qoringa glyukoza darajasi 5,6 dan 6,9 mmol/l gacha, TVI > 30 kg/m2, triglitseridlar darajasi yuqori, arterial gipertenziyasi boʻlgan) patsiyentlar milliy yoʻriqnomalarga muvofiq klinik va biokimyoviy nazorat qilinishi kerak.

Oʻpkaning interstitsial kasalligi

Simvastatin qoʻllanilganida, ayniqsa uzoq vaqt davomida qoʻllanilganida oʻpkaning interstitsial kasalligi rivojlanishi mumkin. Unga shubha qilinganida (hansirash, quruq yoʻtal, toliqish, tana vaznini yoʻqotilishi va isitma boʻlganida) statinlar bilan davolash toʻxtatilishi kerak.

Bolalar

Simvastatinning xavfsizligi va samaradorligi oilaviy geterozigotali giperxolesterinemiyasi boʻlgan 10–17 yoshdagi bolalar va oʻsmirlarda baholangan (sutkada 40 mg dan ortiq boʻlgan dozalar oʻrganilmagan). Oʻsishga yoki jinsiy jihatdan yetilishiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi aniqlanmagan; shuningdek qiz bolalarda hayz sikli davomiyligiga taʼsiri aniqlanmagan. Oʻsmir qizlarga simvastatin bilan davolash oʻtkazilayotganida tegishli kontratsepsiya usullarini tavsiya etish lozim. 18 yoshdan kichik boʻlgan patsiyentlarda 48 haftadan ortiq davom etadigan davolashning samaradorligi va xavfsizligi oʻrganilmagan. Jismoniy, aqliy va jinsiy yetilishga uzoq muddatli taʼsiri nomaʼlum. Simvastatin taʼsiri 10 yoshdan kichik patsiyentlarda, prepubertat yoshdagi bolalarda va menarxe boshlanishigacha boʻlgan qiz bolalarda oʻrganilmagan.

Ushbu preparat laktoza saqlaydi. Uni galaktozani oʻzlashtiraolmaydigan, laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktoza soʻrilishini buzilishi boʻlgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas.

Homiladorlik va emizish

Simvastatinni homiladorlarga, homilador boʻlishga harakat qilayotgan yoki homiladorlikka ehtimol qilinayotgan ayollarda qoʻllash mumkin emas. Simvastatin bilan davolashni homiladorlik vaqtida yoki uni toʻliq istisno qilgunga qadar toʻxtatish lozim. Simvastatinni qabul qilayotgan ayollar bolalarini emizmasliklari kerak. Fertillikka taʼsiri haqidagi maʼlumotlar mavjud emas.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsiri

Taʼsir koʻrsatmaydi yoki deyarli taʼsir koʻrsatmaydi. Bosh aylanishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Shu vaqtgacha dozani oshirib yuborilishining bir nechta hollari qayd etilgan boʻlib, maksimal qabul qilingan doza 3,6 g ni tashkil etgan. Barcha patsiyentlarning salomatligi asoratlarsiz tiklangan. Simvastatin dozasi oshirib yuborilgan taqdirda maxsus davolash mavjud emas, simptomatik va qoʻllab-quvvatlovchi davolash buyuriladi.

 

 

Chiqarilish shakli

Blisterlar (alyuminiy/PVX) qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma bilan birga karton qutiga oʻramlangan.

20 mg li tabletkalar: 30 tabletkadan qutida.

40 mg li tabletkalar: 100 tabletkadan qutida.

 

Saqlash sharoiti

30°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin. Blisterlar karton qutida saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha beriladi.