Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Серридаза ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Серридаза ТАБЛЕТКА 10мг №30

32 000 so'mdan
(3963)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Serratiopeptidase
Ishlab chiqaruvchi
Scott-Edil Pharmacia Limited
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Ферментные препарат
Dori tafsilotlari
Dozani oshirib yuborilishi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Dozirovkasi
Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, anoreksiya, epigastriyda diskomfort, ayrim xollarda – qon ketishi va balg'amda qon laxtalari.
Davolash: simptomatik.

Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

Xar bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: serratiopeptidaza 10,0 mg;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati, talьk, izopropil spirti, bo'yovchi (temir qizil oksidi) , (AF Coat Non aqueous extra white), kolloid suvsiz kremniy, metilen xlorid.

Farmakodinamikasi

Serratiopeptidaza Serratia E15 nopatogen ichak bakteriyalaridan ajratib olingan proteolitik ferment xisoblanadi. Unga fibrinolitik, yallig'lanishga qarshi va shishga qarshi faollik xos. Yallig'lanish jarayonining yaqqolligini kamaytirishdan tashqari, serratiopeptidaza yallig'langan to'qimalardan og'riq aminlarining ajralib chiqishini bloklanishi oqibatida og'riqning yaqqolligini kamaytiradi. Serratiopeptidaza qonning α2-makroglobulini bilan 1:1 nisbatida bog'lanadi, u uning antigenligini niqoblaydi, lekin fermentativ faolligini saqlaydi. So'ngra asta-sekin yallig'lanish joyida u ekssudatga o'tadi va uning qondagi darajasi pasayadi.
Serratiopeptidaza bevosita kapillyarlarning dilatatsiyasini (kengayishini) kamaytiradi va bradikinin, gistamin va seratoninni gidrolizi oqibatida ularning o'tkazuvchanligini nazorat qiladi. Shuningdek serratiopeptidaza plazmin ingibitorlarini bloklaydi, shunday qilib plazminning fibrinolitik faolligiga yordam beradi. Balg'amning struktur oqsillarining proteolizi tufayli, balg'amning reologik xususiyatlarini yaxshilaydi va uning chiqarilishiga yordam beradi.
Preparatning fermentativ faolligi, α-ximotripsinga qaraganda 10 marta yuqori.
Surunkali yallig'lanish o'chog'ida serratiopeptidaza polipeptid tabiatli yallig'lanish mediatorlari (bradikinin), fibrin darajalarini pasayishiga yordam beradi, lekin alьbumin, va α- va ᵞ-globulin kabi tirik organizm oqsillariga axamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi.
Preparat yallig'lanish joyiga yaxshi kiradi, nekrozlangan to'qimalar va ularning parchalanish maxsulotlarini eritib yuboradi, giperemiyani kamaytiradi va antibiotiklarning kirishini va faolligini tezlashtiradi. Preparat so'lak va burundan ajralmalarning yopishqoqligini kamaytiradi va shu bilan ularning chiqarilishini yengillashtiradi.

Farmakokinetikasi
Preparat me'da orqali o'zgarmagan ko'rinishda o'tadi va ichakda so'riladi. Qon plazmasidagi Smax 1 soat o'tgach erishiladi. Serratiopeptidaza qon oqimiga faol ferment shaklida yetib boradi, shuningdek o't-safro bilan faol shaklida chiqariladi va axamiyatsiz miqdorda siydikda aniqlanadi.
 
Nojo'ya samaralari

Immun tizimi tomonidan: o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar (arterial gipotenziya, anafilaktik shok), angionevrotik shish (yuzning shishini xam qo'shib).
Nerv tizimi tomonidan: bosh og'rig'i, bosh aylanishi.
Nafas tizimi tomonidan: burundan qon ketishi, balg'amni qon aralashmasi bilan ajralib chiqishi, o'tkir eozinofil pnevmoniya.
Ovqat xazm qilish yo'llari tomonidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, qorinda og'riq.
Gepato-biliar tizimi tomonidan: transaminazalar darajasini oshishi, jigar faoliyatini buzilishi; jigar yetishmovchiligi.
Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: toshma, eshakemi, qichishish, bullez toshmalar, ekzema, ekssudativ ko'p shakilli eritema, eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).

Maxsus shartlar

Preparat qonning ivish tizimiga ta'sir qilishi tufayli, uni qon ketishining xavfida va qonning ivish vaqtining buzilishlarida extiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Bir vaqtda antikoagulyantlar va antitrombotik vositalarni olayotgan bemorlarda Serridazani extiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Jigar funktsiyasining buzilishlari bo'lgan bemorlarda Serridaza qo'llanganda, sinchkov tibbiy kuzatuv kerak, chunki ularning xolati yomonlashishi mumkin. Agar jigar funktsiyasining buzilishlari yomonlashsa, preparatni qo'llashni to'xtatish kerak.
Buyraklar funktsiyasining buzilishlari (kreatinin klirensi 30 ml/minutdan kam) bo'lgan bemorlarda Serridazani extiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Bunday xollarda ogoxlantirish chorasi sifatida buyraklar funktsiyasining monitoringi tavsiya etiladi. Agar buyraklar funktsiyasining buzilishlari yomonlashsa, preparatni qo'llashni to'xtatish kerak.
Serridaza yurak-qon tomir tizimining jiddiy kasalliklari bo'lgan bemorlarni davolash uchun tavsiya etilmaydi. Klinik tasdiqlangan YuIK, serebrovaskulyar buzilishlari, periferik arteriyalarning obliterirlovchi kasalliklari yoki axamiyatli xavf omillari bo'lgan bemorlarga Serridaza ni buyurishdan oldin, xavf/foyda nisbatini sinchkov baxolash kerak.
Juda kam xollarda preparatni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan teri tomonidan jiddiy, eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekrolizni xam qo'shib, shu jumladan anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalar kuzatilgan. Terida birinchi toshma paydo bo'lganda, shilliq qavatlarning shikastlanishlarida yoki o'ta yuqori sezuvchanlikning xar qanday boshqa belgilarida preparatni qo'llashni to'xtatish kerak. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Serridaza psixomotor reaktsiyalarni sekinlashtirishi mumkin, shuning uchun preparatni qo'llash vaqtida transport vositalarini boshqarish yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.

Qo'llanilishi

Xirurgik kasalliklar: boylamlarning cho'zilishlari va uzilishlari, sinishlar va chiqishlar, plastik operatsiyalar chaqirgan shishlar.
Nafas yo'llarining kasalliklari: balg'amning yopishqoqligini kamaytiradi va nafas yo'llaridan ko'chib chiqishini yengillashtiradi.
LOR-a'zolarining kasalliklari: burun yondosh bo'shliqlarning sekretini ajralib chiqishini yengillashtiradi.
Teri kasalliklari: o'tkir yallig'lanishli dermatozlar.
Ayollar jinsiy a'zolarining va sut bezlarining kasalliklari: gematomalar, sut bezlaridagi dimlanish.

Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; qonning ivuvchanligini buzilishida qo'llash mumkin emas.
Extiyotkorlik bilan: buyraklar va jigar funktsiyasini buzilishi, xomiladorlar va laktatsiya davridagi ayollar.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

NYaQP: Serridaza va tizimli NYaQP bir vaqtda qo'llash, ularni yallig'langan to'qimalarga kirishini tezlashtiradi.
Antibiotiklar: Serridaza va antibiotiklarni bir vaqtda qo'llash, ularning yallig'langan to'qimalarga kirishini tezlashtiradi.
Antikoagulyantlar va antitrombotik vositalar: Serridaza bilan bir vaqtda qo'llanganda antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi, shuning uchun dori vositasini bunday qo'shilishi xolida, bemorni sinchkov va muntazam ravishda kuzatish tavsiya etiladi.

Dozirovkasi

Preparat kattalarga 1 tabletkadan sutkada 2 - 3 marta ovqatdan keyin buyuriladi.
Tabletkalarni chaynamasdan 1 stakan suv bilan birga yutish kerak.
Maksimal sutkalik doza – 30 mg.
Doza va davolash kursining davomiyligi patologik jarayonning xarakteri va dinamikasiga bog'liq va xar bir xolda shaxsiy shifokor tomonidan belgilanadi.