Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Серрата ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Серрата ТАБЛЕТКА №30

45 000 so'mdan
(1706)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
КУСУМ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Ферментные препарат
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Tarkibi
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi.
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati.
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli

 ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi

Har bir ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 10 mg serratiopeptidaza

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, yengil magniy karbonati, natriy kraxmalglikolyati (A turi), magniy stearati, Opadry-YS-1-7027 oq qobig‘i, Opadry –OY-P-7171 oq  qobig‘i, izopropil spirti, dixlormetan, tozalangan suv.

Ta‘rifi: dumaloq shaklga ega, ikki tomoni qavariq, ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan, oq rangdagi tabletkalar.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamika

Serratiopeptidaza patogen bo‘lmagan ichak bakteriyasi Serratia E15 olingan bo‘lib, proteolitik ferment hisoblanadi. U fibrinolitik, yallig‘lanishga qarshi va shishga qarshi faollikka ega.

Yallig‘lanish jarayonini kamaytirishdan tashqari serratiopeptidaza, yallig‘langan to‘qimalardan og‘riq chaqiruvchi aminlarning ajralib chiqishini bloklashi hisobiga og‘riqni kuchsizlantiradi. Serratiopeptidaza qonning alfa-2-makroglobulini bilan 1:1 nisbatda bog‘lanadi, u uning antigenligini niqoblaydi, lekin uning fermentativ faolligini saqlab qoladi. So‘ngra yallig‘lanish joyida ekssudatga sekin o‘tadi va qonda uning darajasi asta-sekin kamayadi. Bradikinin, gistamin va serotoninning gidrolizi yordamida serratiopeptidaza bevosita kapillyarlar dilatasiyasini kamaytiradi va ularning o‘tkazuvchanligini nazorat qiladi.

Serratiopeptidaza plazminning ingibitorlarini bloklaydi va shu bilan plazminning fibrinolitik faolligiga yordam beradi. Serratiopeptidaza shishni kamaytirishi va mikrosirkulyasiyani yaxshilashi tufayli balg‘amning ajralishiga yordam beradi.

 

Farmakokinetika

Preparat me‘da orqali o‘zgarmasdan o‘tadi va ichakda so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 1 soat mobaynida erishiladi. Serratiopeptidaza ozgina miqdorda siydikda aniqlanadi. Serratiopeptidaza  ingichka ichakda  so‘riladi  va faol holatdagi ferment sifatida qonda aylanib yuradi.

Qo‘llanilishi

Yuqori nafas yo‘llarining kasalliklari (balg‘amning qovushqoqligini kamaytiradi, antibiotiklarni yaxshi so‘rilishiga yordam beradi);

Jarohatlar: sport shikastlanishlari, paylarning cho‘zilishi va uzilishi, sinishlar va chiqishlar (shishlarni kamaytirish va jarohat joyida mikrosirkulyasiyani tiklash uchun);

Jarrohlikdan  keyingi davr (infeksion asoratlarni va chandiqli bitishmalarni profilaktikasi yoki davolash uchun, shishni yo‘qotish uchun);

LOR-a‘zolarining kasalliklari;

Dermatit  og‘riq bilan birga kuzatilganda;

A‘zolarning va hujayralarning transplantasiyasida (transplantantni ko‘chishini oldini olish va transplantant ko‘chgan joylarda mikrosirkulyasiyani tiklash uchun).

Qo‘llash usuli va dozalari

Peroral qo‘llanadi

Preparat majmuaviy davolashda 10 mg dozada (1 tabletka) ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar sutkada 2- 3 marta buyuriladi.

Tabletkalarni chaynamasdan, 1 stakan suv bilan birga yutish kerak.

Maksimal 1 martalik doza – 10 mg.

Maksimal 1 sutkalik doza – 30 mg.

Davolash kursining davomiyligi 1-4 haftagacha,  patologik jarayonning xarakteri va dinamikasiga bog‘liq  holda  belgilanadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, epigastriyda diskomfort, diareya.

Juda kam hollarda: burundan qon ketishi va qon aralash balg‘amni chiqishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • Oshqozon yara kassaligi;
  • Prepartga yuqori sezuvchanlik;
  • Homiladorlik va emizish davrida;
  • Bolalar va  18 yoshgacha bo‘lgan  o‘smirlar;

Eslatma: Qonning quyulish xususiyatlarida, jigar va buyrak tomonidan buzilishlari bo‘lgan bemorlar va antikoagulyantlar bilan davolanayotgan bemorlar serratiopeptidaza buyurilgan vaqtda vrach tomonidan sinchikovlik bilan nazorat qilinishlari  lozim.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Serratiopeptidazani va karbamazepinni bir vaqtda qo‘llanilganda karbamazepinni qon zardobidagi konsentrasiyasini, hamda karbamazepinni samarasini kamaytirishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik davrida qo‘llanilishi:

Homiladorlik davrida serratipeptidazani qo‘llash xavfli emasligini isbotlovchi odamlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar haqida ma‘lumotlar yetarli emas. Bundan tashqari, hayvonlarda  o‘tkazilgan serratiopeptidazani homiladorlikka, embrional/homilaning rivojlanishiga, tug‘ruqqa va tug‘ilishdan keyingi rivojlanishga bo‘ladigan asoratlari haqida eksperimental tadqiqotlar yetarli emas. Serratiopeptidazani homiladorlik davrida faqat jiddiy ko‘rsatmalar bo‘lgandagina qo‘llash mumkin.

Laktasiya davrida qo‘llanilishi: Emizish davrida davolashni qo‘llash. Serratiopeptidaza ko‘krak sutiga o‘tishi ma‘lum emas. Laktasiya davrida serratipeptidaza bilan davolangan bemor onalarning bolalarida nojo‘ya ta‘sirlar kuzatilmagan.

Dori vositasini avtotransport vositalarini yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish kobiliyatiga ta‘siri .

Yetarlicha ma‘lumotlar yo‘q.

 Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach, ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, epigastriyda diskomfort, balg‘amda qon paydo bo‘lishi va qon ketishlari.

Davolash: simptomatik davolash.

Saqlash sharoiti

Quruq, salqin joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan  haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati.

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.