Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
СЕПТЕФРИЛ-ДАРНИЦА ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

СЕПТЕФРИЛ-ДАРНИЦА ТАБЛЕТКА 0,2мг №20

17 400 so'mdan
(4040)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ДАРНИЦА
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Средства для лечения заболеваний ЛОР органов
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakoterapevtik guruhi.
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
 Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Berish tartibi.
Dori shakli: 

tabletkalar.

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: dekametoksin (100% quruq moddaga qayta hisoblaganda) – 0,2 mg;

yordamchi moddalar: saxaroza, povidon, kartoshka kraxmali, kalsiy stearati.

 

Ta‘rifi: 

dumaloq shaklli yassi yuzali, chetlari qiya va riskali oq yoki deyarli oq rangli, tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi.

Tomoq kasalliklarida qo‘llanadigan preparatlar. Turli anestetiklar.

Farmakologik xususiyatlari

Dekametoksin to‘rtlamchi ammoniy birikma bo‘lib, kation sirt tarangligiga faol ta‘sir qiluvchi moddalar guruhiga kiradi. Dekametoksin mikrob hujayrasi sitoplazmatik membranasining lipidlarining fosfat guruhlari bilan birikadi, bu uning o‘tkazuvchanligini buzilishiga va parchalanishiga olib keladi.

Dekametoksin keng antimikrob ta‘sir doirasiga ega. Staphylococcus spp (shu jumladan penisillinga chidamli S. aureus shtammlari), Streptococcus spp., Stomatococcus spp., Corynebacterium spp. (shu jumladan, S. diphthteriae) ga nisbatan faol. Sodda hayvonlar, achitqisimon zamburug‘lar, ayniqsa Candida ablicans, dermatomisetlarga nisbatan faollik namoyon qiladi.

Dekametoksin bakterisid, fungisid va sporosid ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek difteriya ekzotoksinini faolsizlantiradi.

Dekametoksin odam organizmining spesifik va nospesifik immunologik reaktivligini susaytirmaydi.

 

Qo‘llanilishi
  • Og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, xiqildoq kasalliklarini (gingivit, og‘iz bo‘shlig‘i parodontiti, stomatit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kandidozi, faringit, laringit, tonzillit, anginaning boshlang‘ich bosqichini) majmuaviy davolash takibida mahalliy davolash;
  • patogen stafilokokklar, difteriya tayoqchalari, kandidalarni tashuvchilarda og‘iz bo‘shlig‘i, halqum va burun-xalqumning sanasiyasi
  • og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq va xiqildoqda o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvlardan keyin antimikrob profilaktikasida qo‘llaniladi.

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Og‘iz chayilgandan keyin tabletkani og‘iz bo‘shlig‘ida to‘liq erib ketmaguncha ushlab turish kerak. Kattalarga Septefril 1 tabletkadan kuniga 4-6 marta buyuriladi. Davolash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak. Preparatni ovqatdan keyin qabul qilinadi, so‘ngra 1 soat davomida ovqatlanish va suyuqlik ichishdan saqlanish kerak.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar, shu jumladan teri toshmalari, terini qichishishi.

Tabletkalar so‘rilib ketganidan keyin yo‘qoladigan gipersalivasiya kuzatilishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Dekametoksinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

 

 Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni antibiotiklar va tizimli mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatuvchi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llash antibakterial samarani kuchaytiradi.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatning tarkibiga saxaroza kiradi, shuning uchun qandli diabeti bo‘lgan pasientlar preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llashlari kerak, fruktoza, glyukoza-galaktoza, saxaroza-izomaltozani nasliy o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

7 kundan ortiq qo‘llanganida tomoq mikroflorasining muvozanatini buzilishlari paydo bo‘lishi mumkin.

So‘lakda preparatning shimish vaqtida konsentrasiyasini oshirish uchun, so‘lakni tez-tez yutishdan saqlanish kerak.

Tomoqni va hiqildoqni chayish uchun turli preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash maqsadga muvofiq emas.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.

Septefrilni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash to‘g‘risida klinik ma‘lumotlar yo‘q. Preparatni homiladorlarda qo‘llash mumkin emas. Emizayotgan ayollar tomonidan preparatni qo‘llashning zarurati tug‘ilganda, emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.

Bolalar.

Septefrilni bolalarda qo‘llashni havfsizligi va samaradorligi bo‘yicha klinik tajribalar yo‘q.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Septefril preparatining dozasini oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar tushmagan.

 

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda; 10 tabletkadan blisterda, 1 blisterdan qutida.

 

 

Saqlash sharoiti

Original o‘ramida, 25oS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Berish tartibi.

Reseptsiz.