Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
СЕНАДЕКСИН ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

СЕНАДЕКСИН ТАБЛЕТКА №10

1 000 so'mdan
(2141)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Sennae extract siccum
Ishlab chiqaruvchi
ШАРК ДАРМОН
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Слабительные препараты
Dori tafsilotlari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozasi
Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat qabul qilingandan so‘ng meteorizm, qorinda sanchiqsimon og‘riq va ich surish holatlari kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda dozasini kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish lozim bo‘ladi. Uzoq vaqt qo‘llanganda, ayniqsa katta dozalarda, elektrolitlarni yo‘qolishi asosan, kaliy, albuminuriya, gematuriya, ichak shilliq qavatida melaninni to‘planishi va muskullararo bog‘lanishlarni buzilishi holatlari kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Spastik kolitda, ko‘richakda, ichakni bekilib qolishida, cababi noaniq qorindagi og‘riqlarda, suv va elektrolit almashinuvi buzilishida, jaroxatlangan churra, qorin bo‘shlig‘i a‘zolarini o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida, peritonitda, me‘da-ichak yo‘lidan va bachadondan qon ketishi holatlarida, sistitda, qo‘llanilmaydi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Senadeksinning katta dozalarini uzoq vaqt qabul qilish yurak glikozidlari ta‘sirini kuchaytiradi va gipokaliemiya rivojlanishi bilan bog‘liq  bo‘lgan antiaritmik preparatlarga ta‘sir qiladi.

Tiazid diuretiklar, glyukokortikoidlar, qizil miya ildizi preparatlari bilan birga qabul qilganda gipokaliemiya xavfi oshadi. Tetrosiklin qatoridagi antibiotiklar absorbsiyasi buziladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigar va buyrak kasalliklarida, homiladorlikda va emizikli davrida ehtiyotkorlik bilan tavsiya etiladi. Ba‘zan senadeksin qabul qilinganda siydikni rangi o‘zgarishi mumkin, buni klinik ahamiyati yo‘q.

Homiladorlik va emizish davri:

Homiladorlikda senadeksin preparatini qabul qilgandagi xavfsizligi isbotlanmagan. Abdominal og‘riq, diareya, ichaklar spazmini rivojlanish xavfi bo‘lgani uchun buyurish tavsiya etilmaydi.

Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri:

Preparat avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim.

Dozani oshirib yuborilishi

Terapevtik dozani oshirib yuborish kuchli diareya suv-elektrolit disbalansi rivojlanishi bilan kechadi. Preparat bekor qilinib, simptomatik dori vositalarini buyurish o‘tkaziladi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Dori shakli

Tabletkalar.

Farmakologik xususiyatlari

Preparatni ichilgandan 8-10 soatdan keyin ich keltiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatni bu xususiyati, yo‘g‘on ichak reseptorlariga ta‘siri natijasida ichak peristaltikasini kuchaytirishi bilan belgilanadi. Chambarak ichakka tanlab ta‘sir ko‘rsatadi, ichakni me‘yoriy faoliyatini tiklaydi, preparatga o‘rganib qolish holatlari uchramaydi va ovqatni hazm qilishga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

 

Farmakokinetikasi

Preparatni ta‘sir etuvchi moddalari qisman ingichka ichakda so‘riladi va yo‘g‘on ichakda ajralib chiqadi, bir qismi esa bakteriyalar ta‘siri natijasida aynan yo‘g‘on ichakda ajralib chiqadi. Organizmdan siydik va ahlat bilan chiqib ketadi.

 

Qo‘llanilishi

Senadeksin turli etiologiyali spastik va atonik qabziyatlarda, shu jumladan yo‘g‘on ichak  peristaltikasini susayishiga va gipotoniyasiga qo‘llaniladi. Ich kelishini tartibga solish maqsadida gemorroyda, proktitda va orqa teshik yoriqlari kasalliklarida tavsiya etiladi.

 

Qo‘llash usuli va dozasi

Senadeksin ichga kechki ovqatdan keyin odatda 1 tabletkadan ichiladi. Ta‘siri sezilmasa bir necha kundan so‘ng bir martalik dozasini 2-3 tabletkagacha oshirish mumkin.