Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Селлсепт ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Селлсепт ТАБЛЕТКА 500мг №50

280 000 so'mdan
(3995)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
mycophenolate mofetil
Ishlab chiqaruvchi
ХОФФМАН ЛЯ РОШ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Иммунодепрессант
Dori tafsilotlari
Qoʻllanilishi
Farmakologik xususiyatlari
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruxi:
  Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli va oʻrami
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllanilishi

Sellsept® siklosporin va glyukokortikosteroidlar bilan majmuaviy davolash koʻrinishida qoʻllanadi.

Kattalar va tana yuzasining maydoni ≥1,25 mboʻlgan bolalar (taxminan 12 yoshdan katta bolalar):

-buyrak allogen koʻchirib oʻtkazilgandan keyingi bemorlarda transplantatni oʻtkir koʻchishini oldini olish.

Kattalar:

– yurak allogen koʻchirib oʻtkazilgandan keyin transplantatni oʻtkir koʻchishini oldini olish;

-jigar allogen koʻchirib oʻtkazilgandan keyin bemorlarda transplantatni oʻtkir koʻchishini oldini olish uchun qoʻllanadi.

 

Farmakologik xususiyatlari

Immunodepressant, inozinmonofosfatdegidrogenaza ingibitori

Mikofenolat mofetil (MMF) mikofenol kislotasining (MFK) 2-morfolinoetil efiridir. MFK – de novo guanozinli nukleotidlar sintezini susaytiruvchi inozinmonofosfatdegidrogenazaning (IMFDG) kuchli selektiv raqobatli boʻlmagan va qaytuvchi ingibitoridir, MFK ning IMFDG ni fermentativ faolligini susaytirish yoʻlining mexanizmi, extimol, MFK tuzilishi boʻyicha nikotinamiddinukleotidfosfat kofaktori sifatida va suv molekulasini katalizlovchi sifatida xam imitatsiya qilishi bilan bogʻliq. Bu, de novo guanozinli nukleotidlar biosintezini muhim bosqichi hisoblangan – IMF ni ksantozo-5-monofosfatga oksidlanishiga toʻsqinlik qiladi. MFK boshqa xujayralarga nisbatan limfotsitlarga yaqqolroq sitotoksik taʼsir koʻrsatadi, chunki T- va V-limfotsitlarning proliferatsiyasi de novo purinlar sinteziga juda kuchli tarzda bogʻliq boʻlib, ayni paytda boshqa turdagi hujayralar esa metabolizmning boshqa aylanma yoʻllariga oʻtishlari mumkin.

Samaradorlik

Buyrak, yurak va jigar koʻchirib oʻtkazilganidan keyin azoni koʻchishini oldini olish boʻyicha oʻtkazilgan klinik tadqiqotlarda Sellsept® quyidagi preparatlar: antitrombotsitar immunoglobulin, SMAO (sichqon monoklonal antitelalar ortokloni), siklosporin va glyukokortikosteroidlar bilan majmuada qoʻllangan.

Transplantatlarni  koʻchib ketishini profilaktikasi (oldini olish)

Kattalar

Sellsept® preparatini glyukokortikosteroidlar va siklosporin bilan majmuada qoʻllash xavfsizligi va samaradorligi bemorlarda buyrak, yurak va jigar trnasplantatsiyasidan keyin baholangan.

Bolalar

Sellsept® preparatini glyukokortikosteroidlar va siklosporin bilan majmuada qoʻllash xavfsizligi, farmakokinetikasi va samaradorligi bolalarda buyrak transplantatsiyasidan keyin 3 oylikdan 18 yoshgacha boʻlgan 100 nafar bolalar ishtirokidagi tadqiqotda baholangan.

Buyrak transplantatsiyasi

Kattalar

Sellsept® glyukokortikosteroidlar va siklosporin bilan majmuada qoʻllanganda transplantatsiyadan keyingi birinchi 6 oy davomida samarasizlikni rivojlanish va davolash davomidagi gistologik isbotlangan koʻchish tezligini statistik ishonchli pasaytirgan, sutkada 2 g dozada transplantatni kumulyativ nobud boʻlish tezligi va buyrak transplantatsiyasidan keyin 12 oy ichida oʻlim koʻrsatkichini pasaytiradi, lekin sutkada 3 g dozada xar qanday sabab boʻyicha tadqiqotdan muddatidan oldin chiqib ketishlar sonini oshiradi.

Bolalar

Bolalarda buyrak transplantatsiyasidan keyin barcha yosh guruxlarida Sellsept® preparatini (suspenziya tayyorlash uchun kukun) qabul qilish 600 mg/m2 dozada kuniga ikki marta (1 g gacha kuniga ikki marta) amalga oshirilgan.

Transplantatsiyadan keyingi davrning 6-nchi oyiga kelib, gistologik isbotlangan koʻchish hollarining umumiy soni kattalardagi ushbu koʻrsatkichning qiymatlari bilan bir hil boʻlgan va turli yosh guruhlarida oʻxshash boʻlgan. Transplantatsiyadan keyingi 12 oy davomidagi transplantatni nobud boʻlishi (5%) va oʻlimning umumiy soni (2%), buyrak transplantatsiyasini oʻtkazgan kattalarda kuzatilgan qiymatlar bilan bir xil boʻlgan.

Yurak transplantatsiyasi

Koʻchishi.

Sellsept® preparati va azatioprin guruxlarida gemodinamikaning buzilishiga olib kelgan gistologik isbotlangan koʻchishlar sonida farqlar boʻlmagan.

Yashab qolish.

Yurak koʻchirib oʻtkazilganidagi oʻlim koʻrsatkichi va takroriy transplantatsiyalar koʻrsatkichi boʻyicha MMF azatioprindan ustun ekan.

Jigar transplantatsiyasi

Sellsept® preparati glyukokortikosteroidlar va siklosporin bilan majmuada qoʻllanganda oʻtkir koʻchishni azatiopringa nisbatan samaraliroq oldini olgan va azatioprindagi kabi yashab qolishni taʼminlagan.

Xavfsizlik boʻyicha klinik oldi maʼlumotlari

Buyrak koʻchirib oʻtkazilganida qoʻllanilgan terapevtik dozadan 2-3 marta va yurak koʻchirib oʻtkazilgandan keyingi patsiyentlardagi shunday koʻrsatkichga nisbatan 1,3-2 marta yuqori dozalarda qoʻllaganida, MMF oʻsmalarni hosil boʻlishini ragʻbatlantirmagan va erkak kalamushlarning fertilligiga taʼsir qilmagan.

Genotoksiklikka ikki testda, jiddiy toksik samara koʻrsatuvchi dozalarda, MMF potensial xromosomali beqarorlikni chaqirish qobiliyatiga egaligi koʻrsatilgan. Genotoksiklikka boshqa testlarda preparatda mutagen faollik borligi aniqlanmagan.

Urgʻochi kalamushlarda fertillik va reproduktivlikni oʻrganish yuzasidan oʻtkazilgan eksperimentlarda preparatni peroral qabul qilinishi onaga xech qanday toksik taʼsirsiz birinchi avlod pogʻonasida rivojlanish nuqsonlarini (shu jumladan anoftalmiya, agnatiya vagidrotsefaliya) chaqirgan. Avlodning keyingi boʻgʻinlarida fertillik va reproduktivlikka taʼsiri aniqlanmagan.

Teratogenlikni oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlarida, onaga xech qanday toksik taʼsirsiz avlodda homilalarning rezorbsiyasi va tugʻma rivojlanish nuqsonlari (shu jumladan kalamushlarda anoftalmiya, agnatiya va gidrotsefaliya va quyonlarning avlodlarida yurak-qon tomir tizimi, buyrakni rivojlanish nuqsonlari, yurak va buyraklar ektopiyasi, diafragmal va kindik churralari) aniqlangan.

MMF ni xayvonlarga taʼsirini oʻrganish yuzasidan oʻtkazilgan toksikologik tadqiqotlarda asosiy shikastlanishlar qon yaratuvchi va limfoid aʼzolarda joylashgan va buyrak koʻchirib oʻtkazilganidan keyin bemorlarga tavsiya qilingan 2 g sutkalik klinik doza qabul qilinganida preparatning tizimli ekspozitsiyasi darajasiga ekvivalent boʻlgan yoki ekspozitsiyasi darajasi kam boʻlgan. MMF ning noklinik toksiklik profili, odamlardagi klinik tadqiqotlarda aniqlangan noxush koʻrinishlarga mos keladi, ular xavfsizlik boʻyicha patsiyentlar populyatsiyasi uchun muhim maʼlumotlarni olish imkonini bergan (“Nojoʻya taʼsiri” boʻlimiga qarang).

 

Farmakokinetikasi

MMF ning farmakokinetik xarakteristikasi buyrak, yurak va jigar koʻchirib oʻtkazilgan patsiyentlarda oʻrganilgan. Umuman, buyrak va yurak koʻchirib oʻtkazilgan bemorlarda MFK ning farmakokinetik profili bir xil. Jigarni koʻchirib oʻtkazilgan va 1,5 g dozada MMF qabul qilayotgan patsiyentlarda, ilk posttransplantatsion davrda MFK ning konsentratsiyalari, buyrak koʻchirib oʻtkazilgan, MMF ni 1 g dozada qabul qilayotgan bemorlardagi bilan bir xil boʻlgan.

Soʻrilishi

Peroral qabul qilinganidan keyin MMF ni tez va toʻliq soʻrilishi va faol metaboliti – MFK ni hosil boʻlishi bilan toʻliq tizimoldi metabolizmi yuz beradi. Peroral qabul qilinganida MMF ning biokiraolishligi “konsentratsiya – vaqt” egri chiziq osti maydoni (AUCmfk) ga muvofiq, vena ichiga yuborilgandagi koʻrsatkichning oʻrtacha 94% ni tashkil qiladi. Peroral qabul qilinganidan keyin MMF ning plazmadagi konsentratsiyasi aniqlanmaydi (aniqlash boʻsagʻasidan past – 0,4 mkg/ml).

Ilk posttransplantatsion davrda (buyrak, yurak yoki jigar koʻchirib oʻtkazilganidan keyin 40 kungacha) AUCmfk oʻrtacha kattaligi, kechki posttransplantatsion davrdagi (koʻchirib oʻtkazilganidan keyingi 3-6 oy) ga nisbatan taxminan 30% ga past, maksimal konsentratsiyasi esa – taxminan 40% ga past boʻlgan. Buyrak transplantatsiyasidan keyin bemorlarda preparatni 1,5 g dan sutkada ikki marta qoʻllanganda ovqat qabul qilish MMF ni soʻrilish darajasiga (AUCmfk) taʼsir qilmaydi. Biroq preparat ovqatlanish vaqtida qabul qilinganida MFK ning maksimal konsentratsiyasi 40% ga pasayadi.

MMF ikkita peroral shaklining bioekvivalentligini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotda, 500 mg li ikkita tabletkani 250 mg li toʻrtta kapsulaga ekvivalent ekanligi koʻrsatilgan.

Taqsimlanishi

Odatda, preparatni qabul qilgandan soʻng taxminan 6-12 soatdan keyin plazmada MFK konsentratsiyasini ikkilamchi oshishi kuzatiladi, bu preparatni jigar-ichak retsirkulyatsiyasidan dalolat beradi. Kolestiramin bir vaqtda buyurilganda AUCmfk taxminan 40% ga pasayadi, bu jigar-ichak retsirkulyatsiya jarayonini uzilishidan dalolat beradi.

MFK klinik axamiyatli konsentratsiyalarda plazma albumini bilan 97% ga bogʻlanadi.

Metabolizmi

MFK asosan glyukuroniltransferaza (UGT1A9 genining izoformasi) taʼsiri ostida metabolizmga uchraydi MFK ning farmakologik nofaol fenol glyukuronidi (MFKG) hosil boʻladi. In vivo sharoitda MFKG jigar-ichak retsirkulyatsiyasi jarayonida erkin MFK ga qayta aylanadi, u farmakologik faollikka ega boʻlgan va ehtimol, MFK ning ayrim nojoʻya samaralariga (diareya, leykopeniya) sabab boʻlishi mumkin boʻlgan atsilglyukuronidni hosil qiladi.

Chiqarilishi

Radiofaol nishonlangan MMF peroral qabul qilinganidan keyin olingan dozaning 93% siydik bilan, 6% esa axlat bilan chiqariladi. Yuborilgan dozaning katta qismi (taxminan 87%) siydik bilan MFKG koʻrinishida chiqariladi. Preparatning ozgina miqdori (dozaning ≤1%) siydik bilan MFK koʻrinishida chiqariladi.

MFK va MFKG ning klinik aniqlanadigan konsentratsiyalari gemodializ yoʻli bilan chiqarilmaydi. Biroq MFKG yuqoriroq konsentratsiyalarida (>100 mkg/ml) uning ayrim qismi yoʻqotilishi mumkin. Kolestiramin tipidagi oʻt kislotalarining sekvestrantlari, jigar-ichak retsirkulyatsiyasini toʻxtatib, AUCmfk koʻrsatkichni pasaytiradi.

MFK ni taqsimlanishi bir nechta transporterlarga: organik anionlarning transport polipeptidi (OATP) va koʻp dorilarga chidamlilik bilan assotsiatsiyalangan oqsil-2 (KDCHBA-2) ga bogʻliq. OATP va KDCHBA-2 ning izoformalari, shuningdek sut bezi raki rezistentligi oqsili glyukuronidni safro orqali ekskretsiyasi bilan  assotsiatsiyalangan transporterlari hisoblanadi. Koʻp dorilarga rezistentlik bilan assotsiatsiyalangan oqsil-1 xam MFK ni tashilishida ishtirok etishi mumkin, lekin uning ishtiroki soʻrilish jarayoni bilan cheklangan. MFK va uning metabolitlari buyrakda organik anionlarning transporterlari bilan potensial reaksiyaga kirishishi mumkin.

Aloxida klinik hollardagi farmakokinetikasi

Ogʻir surunkali buyrak yetishmovchiligi (kalavalar filtratsiyasi tezligi ˂25 ml/min/1,73 m2) boʻlgan bemorlarda preparatni bir marta qabul qilish bilan oʻtkazilgan tadqiqotlarda, AUCmfk koʻrsatkichi sogʻlom koʻngillilar va buyrakni shikastlanishi kamroq boʻlgan bemorlarga nisbatan 28-75% ga ortiq boʻlgan. Bir martalik doza qabul qilinganidan keyin ogʻir buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda AUCmfk koʻrsatkichi sogʻlom koʻngillilar va buyrakni oʻrtacha shikastlanishi boʻlgan bemorlarga nisbatan 3-6 marta yuqori boʻlgan, bu MFKG ni buyrak orqali chiqarilishi xususidagi maʼlumotlar bilan muvofiq keladi.

Ogʻir darajadagi surunkali buyrak yetishmovchiligida MMF ni koʻp martalik yuborish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazilmagan.

Buyrak transplantati funksiyasini tutilishi boʻlgan bemorlarda koʻchirib oʻtkazishdan keyin MFK uchun AUC0-12 oʻrtacha qiymati, koʻchirib oʻtkazilganidan keyin transplantat kechikishsiz faoliyat koʻrsatishni boshlagan bemorlardagi koʻrsatkich bilan bir xil boʻlgan. Buyrak transplantatining funksiyasini kechikishi boʻlgan patsiyentlarda, qon plazmasida MFK ning erkin fraksiyasini va konsentratsiyasini tranzitor oshishi kuzatilishi mumkin. Extimol, bu patsiyentlarda Sellsept® preparatining dozasiga tuzatish kiritish zarurati yoʻq (“Aloxida hollarda dozalash” boʻlimiga qarang). Plazmadagi MFKG uchun AUC0-12 oʻrtacha qiymati, koʻchirib oʻtkazilganidan keyin transplantat kechikishsiz faoliyat boshlagan bemorlardagiga nisbatan 2-3 marta yuqori boʻlgan.

Birlamchi faoliyat koʻrsatmayotgan transplantati boʻlgan patsiyentlarda buyrak transplantatsiyasidan keyin qon plazmasida MFKG ning konsentratsiyasini oshishi kuzatilgan; MFK ni kumulyatsiyasi, agar aniqlangan boʻlsa xam, MFKG ga nisbatan ancha kamroq darajada boʻlgan.

Jigarni shikastlanishi boʻlgan bemorlar. Jigar sirrozi boʻlgan koʻngillilarda MMF peroral qabul qilinganidan keyin MFK va MFKG ning farmakokinetikasida oʻzgarishlar aniqlanmagan. Jigar patologiyasini bu jarayonga taʼsiri, extimol, konkret kasallikka bogʻliqdir. Asosan oʻt chiqarish yoʻllarining shikastlanishi bilan kechuvchi jigar kasalligida (masalan, birlamchi biliar sirrozda) MFK va MFKG ning farmakokinetikasida oʻzgarishlarni inkor etib boʻlmaydi.

Buyrak koʻchirib oʻtkazilgan bolalik yoshidagi (≤18 yosh) patsiyentlarda, MMF 600 mg/m2 dozada sutkada ikki marta (maksimal 1 g gacha sutkada ikki marta) peroral qabul qilinganidan keyin MFK uchun AUC, buyrak koʻchirib oʻtkazilganidan keyin, erta va kech koʻchirib oʻtkazilgandan keyingi davrda preparatni 1 g dozada sutkada ikki marta qabul qilgan katta patsiyentlardagi bilan bir xil boʻlgan. MFK uchun yosh guruxlari orasida AUC qiymati erta va kech koʻchirib oʻtkazishdan keyingi davrda farq qilmagan.

Keksa va qari yoshdagi (≥65 yosh) bemorlarda preparatning farmakokinetikasi oʻrganilmagan.

 

Tarkibi:

bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: mikofenolat mofetil – 250 mg;

yordamchi moddalar: oldindan jelatinlangan makkajoʻxori kraxmali – 29,76 mg, kroskarmelloza natriy – 11,90 mg, povidon (K-90) – 5,95 mg, magniy stearati – 4,50 mg;

qobigʻi: korpusi – jelatin, titan dioksidi (Ye171), temir III oksidi boʻyovchisi (Ye172), temir II oksidi boʻyovchisi (Ye172); qopqoqchasi – jelatin, titan dioksidi (Ye171), indigokarmin boʻyovchisi (Ye132);

siyox tarkibi: shellak, temir II, III oksidi boʻyovchisi (Ye172), kaliy gidroksidi.

 

Taʼrifi: 

tiniq boʻlmagan jigarrang korpus va tiniq boʻlmagan moviy rangli qopqoqchadan tashkil topgan №1 qattiq jelatin kapsulalar; korpusida qora rangli “Roche” yozuvi, qopqoqchasida – qora rangli “CellCept 250” yozuvi bor; kapsulalarning ichidagi modda – oqdan to deyarli oq rangligacha boʻlgan, qisman quyqa mayda granulalangan kukun.

 

Farmakoterapevtik guruxi:

 Immunodepressiv vosita.

 

 

  Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga qabul qilish uchun buyuriladi

Kattalar

Buyrak transplantatini koʻchishini oldini olish

Preparatni qabul qilishni transplantatsiya operatsiyasi oʻtkazilganidan keyin 72 soat davomida boshlash kerak. Buyrak transplantati boʻlgan bemorlarga 1 g dan sutkada ikki marta qabul qilish tavsiya etiladi (sutkalik doza 2 g). Garchi klinik tadqiqotlarda 1,5 g sutkada ikki marta qabul qilgan (sutkalik doza 3 g) xam xavfsiz va samarador ekanligi koʻrsatilgan boʻlsada, buyrak koʻchirib oʻtkazilganidan keyin bemorlarda uning samaradorlikdagi afzalligi aniqlanmagan. MMF ni sutkada 2 g qabul qilgan bemorlarda xavfsizlik profili umuman, 3 g li sutkalik dozani qabul qilgan patsiyentlardagi xavfsizlik profilidan yaxshi boʻlgan.

Yurak transplantatini koʻchishini oldini olish

Preparat qabul qilishni transplantatsiya operatsiyasi oʻtkazilganidan keyin 5 kun davomida boshlash kerak. Tavsiya qilingan dozalash tartibi – 1,5 g dan sutkada 2 marta (sutkalik doza 3 g) ni tashkil etadi.

Jigar transplantatini koʻchishini oldini olish

Preparat qabul qilishni transplantatsiya operatsiyasi oʻtkazilganidan keyin iloji boricha erta (patsiyentning preparatni oʻzlashtira olish imkoniyatiga qarab) boshlash kerak. Tavsiya qilingan dozalash tartibi – 1,5 g dan sutkada 2 marta (sutkalik doza 3 g) ni tashkil etadi.

Ayrim hollarda dozalash

Neytropeniyada (neytrofillarning mutloq soni 1 mkl qonda <1300) MMF bilan davolashni toʻxtatish yoki uning dozasini kamaytirish va patsiyentni sinchiklab kuzatish kerak (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Ogʻir surunkali buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda (kalavalar filtratsiyasining tezligi 25 ml/min/1,73 m2 dan kam) eng yaqin posttransplantatsion davrdan tashqari sutkada 2 marta 1 g dan yuqori boʻlgan dozalardan saqlanish kerak. Yurak yoki jigar koʻchirib oʻtkazilgan ogʻir buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar boʻyicha maʼlumotlar yoʻq (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Buyrak transplantati funksiyasini kechikishi boʻlgan bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi (“Aloxida klinik hollardagi farmakokinetikasi” boʻlimiga qarang).

Jigar parenximasining ogʻir shikastlanishi boʻlgan va buyrak koʻchirib oʻtkazilgan bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi (“Aloxida klinik hollardagi farmakokinetikasi” boʻlimiga qarang). Yurak koʻchirib oʻtkazilgan, jigar parenximasini ogʻir shikastlanishi boʻlgan patsiyentlar boʻyicha maʼlumotlar yoʻq.

Buyrak koʻchirib oʻtkazilgan keksa va qari yoshli (≥65 yosh) bemorlarga tavsiya qilingan doza 1 g dan sutkada 2 martaga teng, yurak yoki jigar koʻchirib oʻtkazilganidan keyin esa – 1,5 g dan sutkada 2 marta buyuriladi(“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Bolalar:

-buyrak transplantatini koʻchishini oldini olish (profilaktikasi): buyrak transplantatsiyasini oʻtkazgan, tana yuzasining maydoni 1,25-1,50 m2 12 yoshdan katta bolalik yoshidagi patsiyentlarga 750 mg li kapsulalarni sutkada ikki marta (sutkalik doza 1,5 g) buyurish mumkin; tana yuzasining maydoni 1,50 m2 dan katta boʻlganida 1 g li kapsulalarni sutkada ikki marta (sutkalik doza 2 g) buyurish mumkin;

-bolalarda yurak yoki jigar koʻchirib oʻtkazilganidan keyin preparatni qoʻllash xavfsizligi va samaradorligi boʻyicha maʼlumotlar yoʻq.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Immunodepressantlarni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan nojoʻya taʼsirlarining profilini koʻpincha, asosiy kasallikni mavjudligi va bir vaqtda koʻplab dori vositalarining qoʻllanishi tufayli aniqlash qiyin boʻladi.

Klinik tadqiqotlarning maʼlumotlari

Buyrak, yurak yoki jigar transplantatini koʻchib ketishini oldini olish uchun MMF ni siklosporin va glyukokortikosteroidlar bilan majmuada qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan asosiy nojoʻya reaksiyalar, diareya, leykopeniya, sepsis va qusish hisoblanadi; shuningdek ayrim turdagi, masalan, opportunistik infeksiyalarni uchrash tezligini oshishi xaqida xam maʼlumotlar bor (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Xavfli oʻsmalar.

Umuman majmuaviy immunosupressiya fonida boʻlgan kabi, immunosupressiv tizimning komponenti sifatida MMF qoʻllanganida xam, limfomalar va boshqa xavfli oʻsmalar, ayniqsa terining, xavfli oʻsmalarini  rivojlanish xavfi yuqoridir (“Nojoʻya taʼsiri” boʻlimiga qarang). Buyrak, yurak yoki jigar koʻchirib oʻtkazilgan va kamida 1 yil davomida kuzatilgan bemorlardagi nazoratli klinik tadqiqotlarda, limfoproliferativ kasalliklar yoki limfomalar MMF ni (sutkada 2 yoki 3 g dozalarda) boshqa immunodepressantlar bilan majmuada olgan 0,4-1% bemorlarda rivojlangan. Teri raki (melanomadan tashqari) 1,6-3,2% bemorlarda, boshqa tur xavfli oʻsmalar – 0,7-2,1% bemorlarda aniqlangan. Buyrak yoki yurak koʻchirib oʻtkazilganidan keyin patsiyentlarda xavfsizlik boʻyicha uch yillik maʼlumotlar, bir yillik koʻrsatkichlarga nisbatan, xavfli oʻsmalar bilan kasallanish koʻrsatkichida xech qanday kutilmagan oʻzgarishlar aniqlanmagan.

Jigar koʻchirib oʻtkazilganidan keyin bemorlar kamida 1 yil davomida, lekin 3 yildan kam davr davomida kuzatilganlar.

Opportunistik infeksiyalar.

Barcha posttransplantatsion patsiyentlarda opportunistik infeksiyalarni rivojlanish xavfi yuqori va immunosupressiya darajasi oshishi bilan koʻpayadi (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang). Buyrak, yurak yoki jigar koʻchirib oʻtkazilganidan keyin 1 yil davomida kuzatilgan (sutkada 2 g) MMF ni (sutkada 2 yoki 3 g) boshqa immunodepressantlar bilan majmuada qoʻllanganda bemorlardagi nazoratli klinik tadqiqotlarda, eng koʻp uchragan infeksiyalar teri va shilliq qavatining kandidozi, sitomegalovirus (SMV) infeksiyasi: SMV viremiya/SMV sindrom (13,5%) va oddiy gerpes virusi chaqirgan infeksiya boʻlgan.

Buyrak koʻchirib oʻtkazilganidan keyin sepsis (odatda SMV bilan bogʻliq) nazorat guruhi patsiyentlariga nisbatan, MMF qabul qilgan patsiyentlarda koʻproq yuz bergan. MMF ni 3 g dozada qabul qilgan patsiyentlarda sepsis holatlari soni, MMF ni 2 g dozada qabul qilgan patsiyentlarga nisbatan  yuqoriroq boʻlgan.

Bolalar (3 oylik – 18 yoshli bolalar).

3 oylikdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarda (N=100) 600 mg/m2 MMF ni sutkada 2 marta peroral qabul qilingan klinik tadqiqotda nojoʻya reaksiyalarning turi va uchrash tezligi, preparatni 1 g dozada sutkada 2 marta qabul qilgan katta patsiyentlardagidan deyarli farq qilmagan. Lekin, diareya, leykopeniya, sepsis, infeksiyalar, anemiya kabi nojoʻya reaksiyalar, ayniqsa 6 yoshgacha boʻlgan bolalarda koʻproq (≥10%) uchragan.

Keksa va qari yoshli (≥65 yosh) bemorlarda majmuaviy immunosupressiv davolash doirasida MMF bilan davolashda ayrim infeksiyalarni (shu jumladan manifestli sitomegalovirus infeksiyasining toʻqimaga invaziv shakllari), shuningdek, meʼda-ichakdan qon ketishlari va oʻpka shishi xavfi, yoshroq patsiyentlarga nisbatan yuqori boʻlishi mumkin (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Buyrak transplantatini koʻchishini oldini olish boʻyicha nazoratli tadqiqotlarda (3 tadqiqotda, 2 va 3 mg sutkalik doza boʻyicha maʼlumotlar), yurakni koʻchirib oʻtkazish boʻyicha nazoratli tadqiqotlarda va jigarni koʻchirib oʻtkazish boʻyicha nazoratli tadqiqotlarda siklosporin va glyukokortikosteroidlar bilan majmuada MMF olgan ≥10% va 3-10% bemorlarda aniqlangan noxush koʻrinishlar.

 

Buyrak koʻchirib oʻtkazilganidan keyingi nojoʻya koʻrinishlar (n=991)*

Yurak koʻchirib oʻtkazilganidan keyingi nojoʻya koʻrinishlar (n=289)**

Jigar koʻchirib oʻtkazilganidan keyingi nojoʻya koʻrinishlar (n=277)***

Infeks-ion va parazitar kasal-liklar

3-<10%

infeksiyalar, sepsis

infeksiyalar, sepsis

infeksiyalar, sepsis

Qon va limfa

tizimlari tomonidan buzilish-lar

≥10%

anemiya (shu jumladan gipoxrom anemiya), leykotsitoz,

leykopeniya, trombotsitopeniya

anemiya (shu jumladan gipoxrom anemiya), leykotsitoz,

leykopeniya, trombotsitopeniya, ekximozlar

anemiya (shu jumladan gipoxrom anemiya),

leykotsitoz, leykopeniya,

trombotsitopeniya

3-≤10%

ekximozlar,

politsitemiya,

qon ketishlari

petexiyalar, protrombin va tromboplastin vaqtini uzayishi,

qon ketishlari

ekximozlar,

protrombin va tromboplastin vaqtini uzayishi, pansitopeniya,

qon ketishlari

Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar

3-≤10%

kandli diabet, qalqonsimon bezi oldi bezining kasalliklari

(paratireoid gormoni

darajasini oshishi)

qandli diabet, Kushing sindromi, gipotireoz

qandli diabet

Moddalar almashi-nuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar

≥10%

 

atsidoz (metabolik yoki

respirator), gipervolemiya, tana vaznini oshishi

 

3-≤10%

atsidoz (metabolik yoki respirator), degidratatsiya, gipervolmiya,

tana vaznini oshishi

alkaloz, degidratatsiya, podagra, gipovolemiya, gipoksiya, respiratoz atsidoz, chanqoq,

ozib ketish,

gipervolemiya

atsidoz (metabolik yoki respirator), degidratatsiya,

gipervolemiya, gipoksiya, gipovolemiya,

tana vaznini oshishi, ozib ketish

Nerv

tizimi tomonidan buzilishlar

≥10%

bosh aylanishi, uyqusizlik,

tremor,

bosh ogʻrigʻi

ajitatsiya, xavotirlik,

ongni chalkashishi, depressiya,

bosh aylanishi, gipertonus, uyqusizlik, paresteziyalar, uyquchanlik,

tremor, qoʻzgʻaluvchanlik,

bosh ogʻrigʻi

xavotirlik,

ongni chalkashishi, depressiya,

bosh aylanishi, uyqusizlik, paresteziyalar,

tremor,

bosh ogʻrigʻi

3-≤10%

xavotirlik, depressiya, gipertonus, paresteziyalar, uyquchanlik

tirishishlar, emotsional labillik, gallyutsinatsiyalar, neyropatiya, fikrlashni buzilishi,

vertigo,

bosh aylanishi

Ajitatsiya, tirishishlar, deliriy, ogʻizni qurishi, gipertonus, gipesteziyalar, neyropatiya,

psixoz,

uyquchanlik, fikrlashni buzilishi,

alahsirash,

qoʻzgʻalish

 

Koʻrish aʼzolari tomonidan buzilishlar

≥10%

ambliopiya

3-<10%

ambliopiya, katarakta,

konʼyunktivit

koʻrishni buzilishi, konʼyunktivit, koʻzlarga

qon quyilishi,

koʻrishni buzilishi, ambliopiya, konʼyunktivit

 

Eshitish aʼzolari tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlari

3-<10%

 

karlik, quloq

ogʻrigʻi,

quloqlarda shovqin

karlik

Yurak tomonidan buzilishlar

≥10%

 

aritmiya, bradikardiya, yurak yetishmovchiligi, perikardga

suyuqlik yigʻilishi

 

taxikardiya

3-<10%

stenokardiya, yurak boʻlmachalarini xilpillashi, taxikardiya,

yurakni urib ketishini his etish

 

stenokardiya, aritmiyalar

(supraventrikulyar va yurak qorinchalari ekstrasistoliyasi, boʻlmachalarni lipillashi va xilpillashi, supraventrikulyar va qorinchalar taxikardiyasi), yurak urishini toʻxtab qolishi,

dimlangan yurak yetishmovchiligi, xushdan ketishlar

 

yurak boʻlmachalarni hilpillashi, aritmiyalar, bradikardiya, xushdan ketishlar

 

Qon tomirlari tomonidan buzilishlar

≥10%

arterial bosimni oshishi

arterial bosimni pasayishi va oshishi

arterial bosimni pasayishi va oshishi

3-<10%

arterial bosimni pasayishi, ortostatik gipotenziya, tromboz, vazodilatatsiya

ortostatik gipotenziya,

oʻpka gipertenziyasi, vazospazm,

venoz bosimni oshishi

arterial tromboz, vazodilatatsiya

 

Nafas tizimi, koʻkrak qafasi va koʻks oraligʻi

aʼzolari tomonidan buzilishlar

≥10%

yoʻtalni kuchayishi, xansirash, faringit, pnevmoniya,

bronxit

astma, yoʻtalni kuchayishi, xansirash, faringit, plevra boʻshligʻida suyuqlikni toʻplanishi, pnevmoniya, rinit, sinusit

yoʻtalni kuchayishi, xansirash, faringit, pnevmoniya, plevra boʻshligʻida suyuqlikni toʻplanishi, sinusit, atelaktaz

3-<10%

astma, plevra boʻshligʻida suyuqlikni toʻplanishi, oʻpka

shishi, rinit, sinusit

apnoe, atalektaz,

bronxit, burundan qon ketishi, qon tupurish,

xiqchoq tutish,

oʻsmalar, pnevmotoraks,

oʻpka shishi, balgʻam ajralishini kuchayishi,

tovushni oʻzgarishi

astma, bronxit, burundan qon ketishi,

giperventilyatsiya,

pnevmotoraks,

oʻpka shishi,

nafas yoʻllari kandidozi,

rinit

Meʼda-

ichak

yoʻllari tomonidan buzilishlar

10%

qabziyat, diareya, dispepsiya, koʻngil aynishi va qusish,

ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining kandidozi, qorinda ogʻriq

qabziyat, diareya, dispepsiya, meteorizm, koʻngil aynishi va qusish,

ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavati-

ning kandidozi

anoreksiya, qabziyat, diareya, dispepsiya, meteorizm, koʻngil aynishi va qusish, koʻngil aynishi va qusish, ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining

kandidozi, churra, peritonit, assit, qorinda ogʻriq, qorinni dam boʻlishi

3-<10%

anoreksiya, meteorizm, gastroenterit, meʼda-ichakdan qon ketishi,

meʼda-ichak yoʻllarining kandidozi, gingivit, milklar giperplaziyasi, gepatit, ichak tutilishi, stomatit, ezofagit, ishtahani yoʻqolishi, gastrit, churra, qorinni dam boʻlishi

anoreksiya,

disfagiya, gastroenterit, gingivit, milklar giperplaziyasi, melena, stomatit, ezofagit, ishtahani yoʻqolishi, churra, qorinni dam boʻlishi

disfagiya, gastrit, meʼda-ichakdan qon ketishi, ichak tutilishi, melena, ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatini yaralanishi, ezofagit,

toʻgʻri ichakni shikastlanishi, meʼda yarasi

 

 

Jigar va oʻt chiqarish yoʻllari tomonidan buzilishlar

≥10%

 

laktatdegidrogenaza (LDG), aspartataminotransferaza (AST), alaninaminotransferaza (ALT) faolligini oshishi, bilirubinemiya

 

bilirubinemiya, xolangit, xolestatik sariqlik, gepatit,

jigar fermentlari (shu jumladan aspartataminotransferaza (AST), alaninaminotransferaza (ALT)) faolligini oshishi

3-≤10%

jigar funksiyasini buzilishi,

ishqoriy fosfatazaning konsentratsiyasini oshishi,

gepatit,

jigar fermentlari (shu jumladan aspartataminotransferaza (AST), alaninaminotransferaza (ALT)) faolligini oshishi

jigar funksiyasini buzilishi,

ishqoriy fosfatazaning konsentratsiyasini oshishi,

sariqlik,

jigar fermentlari (shu jumladan aspartataminotransferaza (AST), alaninaminotransferaza (ALT)) faolligini oshishi

sariqlik

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar

≥10%

akne, oddiy gerpes

akne, oddiy gerpes, oʻrab oluvchi temiratki, toshma

toshma, qichishish, kuchli terlash, qiyin bitadigan yaralar

3-10%

sochlarni toʻkilishi, terining xavfsiz oʻsmalari, zamburugʻli dermatit, oʻrab oluvchi temiratki, girsutizm, qichishish, teri raki, teri gipertrofiyasi (shu jumladan aktinik keratoz), kuchli terlash, teri yaralari, toshma

terining xavfsiz oʻsmalari, zamburugʻli dermatit, gemorragiyalar, qichishish, teri raki, teri gipertrofiyasi, kuchli terlash, teri yaralari, qiyin bitadigan yaralar, sellyulit

akne, zamburugʻli dermatit, gemorragiyalar,

oddiy gerpes,

oʻrab oluvchi temiratki, girsutizm, terining xavfsiz oʻsmalari, teri yaralari, vezikulo-bullez toshma, sellyulit, moyakni shishi, abssesslar

Skelet-mushak va biriktiruvchi toʻqima tomonidan buzilishlar

≥10%

belda ogʻriq

oyoqlarda tirishishlar, mushaklarda ogʻriq, mushak kuchsizligi, belda ogʻriq

Belda ogʻriq

3-<10%

boʻgʻimlarda ogʻriq, oyoqlarda tirishishlar,

mushaklarda ogʻriq,

mushak kuchsizligi

boʻgʻimlarda ogʻriq, boʻyinda ogʻriq

boʻgʻimlarda ogʻriq, oyoqlarda tirishishlar,

mushaklarda ogʻriq,

mushak kuchsizligi, osteoporoz

Buyrak va siydik-chiqarish yoʻllari tomonidan buzilishlar

≥10%

gematuriya, buyrak naychalarining nekrozi, siydik chiqarish yoʻllarining infeksiyalari

buyrak funksiyasini buzilishi (buyrak

funksiyasini pasayishi, qon zardobida kreatinin konsentratsiyasini oshishi), oliguriya, siydik chiqarish yoʻllarining infeksiyalari

buyrak funksiyasini buzilishi (buyrak

funksiyasini pasayishi, qon zardobida kreatinin konsentratsiyasini oshishi), oliguriya, siydik chiqarish yoʻllarining infeksiyalari

3-<10%

albuminuriya,

dizuriya, gidronefroz,

piyelonefrit,

tez-tez siyish

dizuriya,

gematuriya, nikturiya, buyrak yetishmovchiligi,

tez-tez siyish, siydikni tutib turaolmaslik

va tutilishi

oʻtkir buyrak yetishmovchiligi, diz-uriya, gematuriya,

buyrak yetishmovchi-ligi, tez-tez siyish, siydikni tutib turaolmaslik

Jinsiy aʼzolar, sut bezlari tomonidan buzilishlar

3-<10%

impotensiya

impotensiya

 

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar

≥10%

asteniya, isitma, infeksiyalar, koʻkrak qafasida ogʻriqlar, shishlar, sepsis

asteniya, isitma, et uvishishi, infeksiyalar, koʻkrak qafasida ogʻriqlar, shishlar, sepsis

asteniya, isitma, et uvishishi, infeksiyalar, koʻkrak qafasida ogʻriqlar, shishlar, sepsis

3-≤10%

kistalar (shu jumladan limfotsele va

gidrotsele), yuzni shishi,

grippsimon sindrom,

lohaslik,

chanoqda ogʻriq

kistalar (shu jumladan limfotsele va

gidrotsele), yuzni shishi,

grippsimon sindrom,

lohaslik,

chanoqda ogʻriq,

teri qoplamalarini oqarishi

kistalar (shu jumladan limfotsele va gidrotsele), grippsimon sindrom, lohaslik, boʻyinda ogʻriqlar

Laborator va instrumental

koʻrsatgichlar

≥10%

giperxolesterinemiya,

giperglikemiya, giperkaliyemiya, gipokaliyemiya, gipofosfatemiya

giperbilirubinemiya, qoldiq azotni oshishi, kreatinin konsentratsiyasini oshishi, qon zardobida fermentlar (laktatdegidrogenaza (LDG), aspartataminotransferaza (AST), alaninaminotransferaza (ALT)) ning faolligini oshishi, giperxolesterinemiya,

giperglikemiya, gipokaliyemiya, giperlipidemiya, giperurikemiya, gipokaliyemiya, gipomagniyemiya, giponatriyemiya

giperbilirubinemiya, qoldiq azotni oshishi, kreatinin konsentratsiyasini oshishi, giperglikemiya,

giperkaliyemiya, gipokaliyemiya, gipokalsiyemiya, gipoglikemiya, gipomagniyemiya,

gipofosfatemiya, giponatriyemiya

3-<10%

ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi, qon zardobida fermentlar (gammaglutamiltranspeptidaza, laktatdegidrogenaza (LDG), aspartataminotransferaza (AST), alaninaminotransferaza (ALT)) ning faolligini oshishi, qon zardobida kreatinin konsentratsiyasini oshishi, giperkalsiyemiya, giperlipidemiya, gipokalsiyemiya, gipoglikemiya, gipoproteinemiya, giperurikemiya

ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi,

gipokalsiyemiya, gipoxloremiya, gipoglikemiya, gipoproteinemiya, gipofosfatemiya

ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi, qon zardobida fermentlar (aspartataminotransferaza (AST), alaninaminotransferaza (ALT) ning faolligini oshishi, giperxolesterinemiya, giperlipidemiya, giperfosfatemiya, giponatriyemiya

  • (jami n=1483), ** (jami n=578), *** (jami n=564)

Buyrak transplantatini koʻchishini oldini olish boʻyicha uchta nazoratli klinik tadqiqotda 2 g sutkalik dozada MMF ning xavfsizlik profili, 3 g sutkalik doza qoʻllangandagiga nisbatan biroz yaxshi boʻlgan.

Preparatni postregistratsion qoʻllash

Infeksiyalar: ogʻir, xayotga xavf tugʻdiruvchi infeksiyalarning aloxida hollari (meningit, infeksion endokardit), tuberkulyoz kabi ayrim infeksiyalar va atipik mikobakterial infeksiyalarni uchrash tezligini oshishi.

Sellsept® preparatini qabul qilgan patsiyentlarda rivojlanib boruvchi multifokal leykoensefalopatiya (RBML), baʼzida oʻlim bilan yakunlanuvchi hollari kuzatilgan. Bu holatlar xaqidagi xabarlarda patsiyentlarda RBML rivojlanishi xavfini qoʻshimcha omillari, immunosupressiv davolash va immunitet xolatini yomonlashishini oʻz ichiga olgan, maʼlumotlar bor.

Sellsept® qabul qilgan patsiyentlarda VK-virusi (BK virus-associated nephropathy) bilan assotsiatsiyalangan nefropatiyani rivojlanish hollari kuzatilgan. Bu infeksiya jiddiy asoratlarga, baʼzida buyrak transplantatini nobud boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Qon va limfa tizimi tomonidan: Sellsept® preparatini boshqa immunosupressiv preparatlar bilan majmuada qabul qilgan patsiyentlarda parsial qizil xujayrali aplaziya (PQXA) ni rivojlanish hollari kuzatilgan.

Rivojlanish anomaliyalari: postregistratsion davrda homiladorlik vaqtida Sellsept® preparatini boshqa immunodepressantlar bilan majmuada qabul qilgan patsiyentlarning bolalarida tugʻma rivojlanish anomaliyalari holatlari qayd qilingan.

Homiladorlik, tugʻruqdan keyingi va perinatal holatlar: mikofenolat mofetil qabul qilgan patsiyentlarda, asosan homiladorlikning I uch oyligida homila tashlash hollari qayd etilgan.

Ovqat xazm qilish aʼzolari tomonidan: kolit (baʼzida sitomegalovirus etiologiyali), pankreatit, ichak vorsinkalarining atrofiyasini aloxida hollari kuzatilgan.

Preparat postregistratsion qoʻllanganda kuzatilgan boshqa noxush reaksiyalar, nazoratli klinik tadqiqotlarda qayd qilingan noxush reaksiyalardan farq qilmaydi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar

MMF, MFK va preparatning boshqa komponentlariga individual yuqori sezuvchanlik.

Gipoksantinguaninfosforiboziltransferaza tanqisligi (gipoksantinguaninfosforiboziltransferazaning nasliy tanqisligi bilan bogʻliq kam uchraydigan genetik kasallik – Lesh-Nayen va Kelli-Zigmiller sindromlari).

Azotioprim bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas (ikkala preparat xam suyak koʻmigi faoliyatini susaytiradi, ularni bir vaqtda qabul qilish oʻrganilmagan).

Tana yuzasining maydoni >1,25 m2 boʻlgan bolalar (taxminan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar).

Homiladorlik (Sellsept® preparatini, uning mutagen va teratogen taʼsir potensiali borligi tufayli, homiladorlik vaqtida qoʻllash mumkin emas).

Tugʻruq yoshidagi, yuqori samarali kontratsepsiya usullaridan foydalanmaydigan ayollar.

Emizish davrida qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan:

Meʼda-ichak yoʻllari (MIY) kasalliklari (zoʻrayish bosqichidagi), MMF ni takrolimus, sirolimus va jigar-ichak retsirkulyatsiyasiga taʼsir qiluvchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Asiklovir

MMF va atsiklovir bir vaqtda qoʻllanganida, xar bir preparat aloxida qoʻllanganidagiga nisbatan plazmada MFKG va atsiklovirning yuqoriroq konsentratsiyalari kuzatilgan. Buyrak yetishmovchiligida plazmada MFKG va atsiklovirning konsentratsiyalari oshishi tufayli, bu ikki preparatni naychalar sekretsiyasi uchun nisbatan raqobatlashish extimoli bor, bu har ikkala preparatning konsentratsiyasini yanada oshishiga olib kelishi mumkin.

Antatsidlar va proton nasosi ingibitorlari (PNI).

Sellsept® preparati antatsidlar (alyuminiy va magniy gidroksidi) va proton nasosi ingibitorlari (lansoprazol va pantoprozol) bilan birga qoʻllanganida MFK ning konsentratsiyasini pasayishi kuzatilgan. Lekin Sellsept® preparatini PNI preparati bilan bir vaqtda va usiz qabul qilgan patsiyentlarda, transplantatning koʻchish tezligi orasida axamiyatli farq boʻlmagan. Bu xulosa nazariy jihatdan antatsidlarga xam taalluqli, chunki ular Sellsept® preparati bilan bir vaqtda qabul qilinganida, MFK ning konsentratsiyasi, Sellsept® preparati PNI bilan bir vaqtda qabul qilinganiga nisbatan, ancha kam darajada pasayadi.

Kolestiramin

Oldindan 4 g dan sutkada 3 marta 4 kun davomida kolestiramin qabul qilgan sogʻlom koʻngillilarga MMF 1,5 g bir martalik dozada buyurilganidan keyin, AUCMFK ni 40% kamayishi kuzatilgan. MMF va jigar-ichak retsirkulyatsiyasiga taʼsir qiluvchi preparatlar bir vaqtda qoʻllanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Siklosporin

MMF siklosporinning farmakokinetikasiga taʼsir qilmaydi. Biroq siklosporin MFK ning jigar-ichak retsirkulyatsiyasiga taʼsir koʻrsatadi, bu, buyrak transplantatsiyasidan keyin, Sellsept® preparati va siklosporin qabul qilayotgan patsiyentlarda (sirolimus yoki belatatseptni Sellsept® preparatining analogik dozalari bilan birga qabul qilayotgan patsiyentlarga nisbatan) siklosporinni qabul qilish toʻxtatilganida AUCMFK ni taxminan 30% ga oshishiga olib kelishi mumkin. Aksincha, patsiyentlarni siklosporin bilan davolashdan MFK ning jigar-ichak retsirkulyatsiyasiga taʼsir qilmaydigan immunosupressantlar bilan davolashga oʻtkazilganda, MFK ekspozitsiyasini oʻzgarishini kutish mumkin.

Telmisartan

Sellsept® preparati bilan bir vaqtda qoʻllash MFK ning konsentratsiyasini taxminan 30% ga kamayishiga olib keladi. Telmisartan MFK ni chiqarilishiga, peroksisomadagi proliferatorlar tomonidan faollashtiriladigan gamma retseptorning ekspressiyasini oshirish yoʻli bilan taʼsir koʻrsatadi, bu oʻz navbatida UGT1A9 genining ekspressiyasi va faolligini oshiradi. Sellsept® preparatini telmisartan bilan yondosh davolash bilan birga yoki usiz qabul qilayotgan patsiyentlarda transplantatni koʻchishlari soni va noxush koʻrinishlar profili solishtirilganda, dorilarning oʻzaro taʼsirining klinik koʻrinishlari aniqlanmagan.

Gansiklovir

MMF ning tavsiya qilingan dozalarini bir marta peroral qabul qilish va buyrak yetishmovchiligini MMF (“Aloxida klinik hollardagi farmakokinetikasi” va “Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimlariga qarang) va gansiklovirning farmakokinetikasiga buyrak yetishmovchiligini maʼlum boʻlgan taʼsirini xisobga olib, gansiklovirni vena ichiga yuborishdagi tekshirishlarning natijalari boʻyicha, bu ikki preparatlarni (naycha sekretsiyasi jarayoniga raqobatlashuvi) bir vaqtda qoʻllash, MQKG va gansiklovirning konsentratsiyasini oshishiga olib kelishini kutish mumkin. MFK ning farmakokinetikasini axamiyatli oʻzgarishi kutilmaydi, shuning uchun MMF ning dozasiga tuzatish kiritish kerak emas. Agar MMF va gansiklovir (yoki uning olddorisi, masalan, valgansiklovir) buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarga buyurilsa, bemorlarni sinchiklab kuzatish kerak.

Peroral kontratseptivlar.

Psoriazi boʻlgan 18 ayollar ishtirokida oʻtkazilgan tadqiqotlarda Sellsept® preparati (1 g sutkada 2 marta) etinilestradiol (0,02-0,04 mg) va levonorgestrel (0,05-0,2 mg), dezogestrel (0,15 mg) yoki gestoden (0,05-0,1 mg) saqlovchi majmuaviy peroral kontratseptivlar bilan bir vaqtda 3 ta xayz koʻrish sikli davomida qabul qilinganida, Sellsept® preparatini progesteron, lyuteinlovchi gormon (LG) va follikulostimullovchi gormon (FSG) ning konsentratsiyasiga klinik axamiyatli taʼsiri aniqlanmagan.

Shunday qilib, Sellsept® peroral kontratseptivlar taʼsiri ostida ovulyatsiyani susaytirilishiga taʼsir qilmagan.

Biroq, Sellsept® preparatini qabul qilish vaqtida peroral kontratseptivlarga qoʻshimcha ravishda kontratsepsiyaning boshqa usullarini xam ishlatish lozim (“Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi” boʻlimiga qarang).

Takrolimus

Jigar va buyrak koʻchirib oʻtkazilgandan keyin patsiyenetlarda bir vaqtda qoʻllanganida MFK ning AUC va maksimal konsentratsiyasiga (Smax) taʼsiri aniqlanmagan. Buyrak transplantatsiyasidan keyin patsiyentlarda Sellsept® preparatini qoʻllash, takrolimusning konsentratsiyasiga taʼsir qilmagan. Barqaror jigar transplantati boʻlgan bemorlarda MMF 1,5 g dozada sutkada 2 marta koʻp marta qabul qilinganidan keyin takrolimusning AUC koʻrsatkichi taxminan 20% ga oshgan.

Sirolimus

Buyrak transplantatsiyasidan keyin patsiyentlarda Sellsept® preparati va siklosporinni bir vaqtda qabul qilish, sirolimus va Sellsept preparatini majmuada qabul qilgan patsiyentlarga nisbatan, MFK ning ekspozitsiyasini 30-50% ga kamayishiga olib kelgan.

Rifampitsin

Bir vaqtda yurak va oʻpka transplantatsiyasidan keyin patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritilganidan keyin MFK ekspozitsiyasini 70% ga (AUC0-12) kamayishi aniqlangan, bir vaqtda qoʻllanganida klinik samarani tutib turish uchun MFK ekspozitsiyasini nazorat qilish va Sellsept® preparatining dozasiga tuzatish kiritish tavsiya etiladi.

Ichakda β-glyukuronidazani ishlab chiqaruvchi bakteriyalarni nobud boʻlishiga olib keluvchi antibiotiklar (masalan, aminoglikozidlar, sefalosporinlar, ftorxinolonlar va penitsillinlar guruhiga mansub antibiotiklar), MFKG/MFK jigar-ichak retsirkulyatsiyasini izdan chiqarishi mumkin, bu oʻz navbatida MFK ning tizimli ekspozitsiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Quyidagi antibiotiklar toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud

Siprofloksatsin va amoksitsillin klavulon kislotasi bilan majmuada.

Buyrak transplantatsiyasidan keyin patsiyentlarda siprofloksatsin yoki amoksitsillinni klavulon kislotasi bilan majmuada peroral qabul qilinganidan keyingi kunlar MFK ning minimal konsentratsiyasini 54% ga pasayishi kuzatiladi. Antibakterial davolash davom ettirilganida bu samara pasayadi, davolash toʻxtatilganidan keyin esa – yoʻqoladi. Bu koʻrinishning klinik axamiyati nomaʼlum, chunki minimal konsentratsiyani oʻzgarishi MFK ning yigʻindi ekspozitsiyasini oʻzgarishini noadekvat aks ettirishi mumkin.

Norfloksatsin va metronidazol.

Norfloksatsinni metronidazol bilan majmuada qoʻllanishi, Sellsept® preparatini bir marta qabul qilingandan soʻng MFK AUC0-48 koʻrsatkichini 30% ga pasaytiradi. Bu antibiotiklarning birini alohida qoʻllanganda MFK ning tizimli ekspozitsiyasiga bunday taʼsir kuzatilmaydi.

Trimetoprim/sulfametoksazol

Trimetoprim/sulfametoksazol bilan majmuada qoʻllanganda MFK ning tizimli ekspozitsiyasiga (AUC, Cmax) taʼsiri aniqlanmagan.

Boshqa oʻzaro taʼsirlar

Probenetsidni va MMF ni bir vaqtda qoʻllanganda maymunlarda plazmada MFKG ning AUC koʻrsatkichini 3 marta oshishi aniqlangan. Shunday qilib, buyrak kanalchalari sekretsiyasiga uchraydigan boshqa dori vositalari MFGK bilan raqobatlashishi mumkin, bu, plazmada MFKG yoki buyrak kanalchalari sekretsiyasiga uchraydigan boshqa preparatning xam konsentratsiyasini oshishiga olib keladi.

Sevelamer

Kattalar va bolalarda sevelamer va MFK ni bir vaqtda qoʻllash, MFK ning Smax va AUC0-12 koʻrsatkichlarini muvofiq 30% va 25% ga pasaytirgan. Sevelamer va kalsiy saqlamaydigan boshqa fosfat bogʻlovchi preparatlarni MFK ning soʻrilishiga taʼsirini kamaytirish uchun, Sellsept® preparati qabul qilinganidan keyin 2 soat oʻtgach buyurilishi kerak.

Tirik kuchsizlantirilgan vaksinalar

Immunosupressiya xolatida boʻlgan patsiyentlarga yuborilmasligi kerak. Boshqa vaksinalarga javoban antitelalarni hosil boʻlishi pasayishi mumkin (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

 

Maxsus koʻrsatmalar

Oʻsmalar

Umuman majmuaviy immunosupressiya fonida xam, immunosupressiv sxemaning komponenti sifatida MMF buyurilganida xam, limfomalar va boshqa xavfli oʻsmalar, ayniqsa terining xavfli oʻsmalarini rivojlanish xavfi yuqori boʻladi (“Nojoʻya samaralari” boʻlimiga qarang). Bu xavf, extimol, xar qanday boshqa preparatni qoʻllash bilan emas, balki immunosupressiyaning jadalligi va davomiyligi bilan bogʻliqdir.

Teri rakini yuqori xavfi boʻlgan barcha bemorlardagi kabi, quyosh va ultrabinafsha nurlarining taʼsirini muvofiq yopiq kiyim kiyish va ximoya omilining yuqori qiymatiga ega boʻlgan quyoshdan ximoyalovchi kremlarni ishlatish bilan cheklash kerak.

MMF olgan bemorlar infeksiyalarning xarqanday belgilari, qonovchanlik, qon ketishlari yoki suyak koʻmigini susayishining boshqa belgilari xaqida darxol shifokorga xabar berish kerakligi xaqida maʼlumot olgan boʻlishlari kerak.

Infeksiyalar

Immun tizimini xaddan ziyod susaytirilishi shuningdek infeksiyalarga, shu jumladan opportunistik infeksiyaga, sepsisga va oʻlim bilan yakunlanuvchi boshqa infeksiyalarga moyillikni oshirishi mumkin (“Nojoʻya taʼsirlari” boʻlimiga qarang). Bunday hollar yashirin virusli infeksiyani, masalan, V yoki S gepatitni yoki poliomaviruslar tomonidan chaqirilgan infeksiyani qayta faollashuvini oʻz ichiga oladi. Immunosupressiv davo qabul qilgan V yoki S gepatiti virusini tashuvchi-bemorlarda V yoki S gepatiti virusini qayta faollashuvi oqibatida gepatitni rivojlanish hollari toʻgʻrisida xabar berilgan. JC-virusi bilan assotsiatsiyalangan, baʼzida oʻlim bilan yakunlanuvchi PML rivojlanishi hollari, Sellsept® qabul qilgan patsiyentlarda kuzatilgan. Bu xolatlar xaqidagi xabarlarda patsiyentlarda immunosupressiv davolash va immunitetning xolatini yomonlashishini oʻz ichiga oluvchi PML rivojlanishini qoʻshimcha xavf omillari borligi xaqida maʼlumotlar bor. Immunosupressiyasi boʻlgan patsiyentlarda nevrologik simptomlar boʻlganida, PML ning differensial diagnostikasini oʻtkazish va nevrologning maslaxatini tavsiya qilish kerak.

Buyrak transplantatsiyasini oʻtkazgan va Sellsept® qabul qilgan patsiyentlarda VK-virusi (BK virus-associated nephropthy) bilan assotsiatsiyalangan nefropatiyani rivojdanish hollari kuzatilgan. Ushbu infeksiya jiddiy asoratlarga, baʼzida buyrak transplantatining nobud boʻlishiga olib kelishi mumkin. VK-virusi bilan assotsiatsiyalangan nefropatiyani rivojlanish xavfi boʻlgan bemorlarni aniqlash uchun, MMF qabul qilayotgan patsiyentlarning xolatini monitoringini oʻtkazish kerak. VK-virusi bilan assotsiatsiyalangan nefropatiya simptomlari rivojlanganida, immunosupressiyani pasaytirish masalasini koʻrish kerak.

Qon tozimi va immun tizimi

Sellseptni boshqa immunosupressiv preparatlar bilan majmuada qabul qilgan patsiyentlarda parsial qizil xujayrali aplaziyani (PQXA) rivojlanish hollari kuzatilgan. Sellsept® preparati buyurilganida PQXA rivojlanishini va boshqa immunodepressantlar va ularning majmuasini bunga qoʻshgan xissasini mexanizmi nomaʼlum. Ayrim hollarda PQXA Sellsept® preparatining dozasi pasaytirilganidan yoki bekor qilinganidan keyin qaytuvchi boʻlgan. Biroq, transplantatsiyani oʻtkazgan patsiyentlarda immunosupressiyani pasaytirish transplantatni xavf ostiga qoʻyishi mumkin.

MMF qabul qilayotgan patsiyentlar, infeksiya, qonovchanlik, qon ketishlarining har qanday belgilari yoki suyak koʻmigini susayishining boshqa belgilari toʻgʻrisida darhol shifokorga xabar berishlari lozimligi toʻgʻrisida maʼlumot olgan boʻlishlari lozim.

MMF bilan davolanishda birinchi oy davomida har hafta, davolashning ikkinchi va uchinchi oyi davomida – oyda ikki marta, soʻngra esa birinchi yil davomida – har oyda qonning kengaytirilgan formulasini aniqlash lozim. Neytropeniyani rivojlanishi mumkinligiga alohida eʼtibor berish kerak. Neytropeniya ham MMF ni qabul qilish bilan, ham boshqa dori preparatlarini qoʻllanishi bilan, virusli infeksiyalar bilan yoki ushbu sabablarni qoʻshilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin (“Alohida holatlarda dozalash” boʻlimiga qarang). Neytropeniya yuz berganida (neytrofillarning mutloq soni <1.3x103/mkl) MMF bilan davolashni toʻxtatib turish yoki dozani kamaytirish, ayni paytda patsiyentlarni sinchkov kuzatuvini oʻtkazish lozim.

MMF bilan davolash davomida vaksinatsiya samarasizroq boʻlishi mumkin; tirik kuchsizlantirilgan vaksinalarni qoʻllashdan saqlanish kerak (“Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri” boʻlimiga qarang). Milliy tavsiyalarga muvofiq grippga qarshi vaksinatsiyani oʻtkazish mumkin.

Meʼda-ichak yoʻllari

MMF ni qabul qilish meʼda-ichak yoʻllari tomonidan nojoʻya reaksiyalar (MIY shilliq qavatining yaralanishi, meʼda-ichakdan qon ketishlari, MIY ning perforatsiyasi) bilan kechishi mumkin. MMF ni zoʻrayish bosqichidagi ovqat xazm qilish yoʻllarining kasalliklari boʻlgan bemorlarda qoʻllanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

MMF IMFDG ning ingibitoridir, shuning uchun nazariy jihatdan, uni gipoksantinguaninfosforiboziltransferazaning kam uchraydigan genetik jihatdan tanqisligi (Lesha-Nayen va Kelli-Zigmiller sindromi) boʻlgan patsiyentlarda qoʻllash mumkin emas.

Oʻzaro taʼsirlar

MMF jigar-ichak retsirkulyatsiyasiga taʼsir qilish xususiyatiga ega boʻlgan immunosupressantlarni (masalan, siklosporin) oʻz ichiga olgan majmuaviy terapiyadan, ushbu samaradan holi boʻlgan preparatlar (masalan, sirolimus va belatatsept) bilan davolashga oʻtishda va aksincha, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Mazkur oʻtish MMF ning ekspozitsiyasini oʻzgarishiga olib kelishi mumkin. MMF jigar-ichak sikliga taʼsir koʻrsatuvchi preparatlar (masalan, kolestiramin, antibiotiklar) bir vaqtda qoʻllanganida, ularning, Sellsept® preparatining plazmadagi konsentratsiyasini va samaradorligini pasaytirish xususiyati tufayli, ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

MMF va takrolimus yoki sirolimusni bir vaqtda qoʻllanishi yuzasidan xavf va foyda nisbati aniqlanmagan. MMF ni azatioprin bilan bir vaqtda qoʻllash tavsiya etilmaydi, chunki ikkala preparat suyak koʻmigini susaytiradi va ularni bir vaqtda qabul qilish oʻrnganilmagan.

Alohida guruh patsiyentlari

Sellsept® preparatini homiladorlik vaqtida va emizish davrida qoʻllash mumkin emas.

Ogʻir surunkali buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda 1 g dan koʻproq dozalarni sutkada 2 marta buyurishdan saqlanish kerak (“Aloxida klinik xolatlardagi farmakokinetikasi” va “Aloxida holatlarda dozalash” boʻlimlariga qarang). Yurak yoki jigarni koʻchirib oʻtkazilishini oʻtkazgan, ogʻir buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlar boʻyicha maʼlumotlar yoʻq.

Qari bemorlarda, yoshroq patsiyentlarga nisbatan nojoʻya koʻrinishlarning xavfi yuqoriroq boʻlishi mumkin.

Preparat bilan muomala qilish

MMF kalamushlar va quyonlarda oʻtkazilgan eksperimentlarda teratogen taʼsir namoyon qilganligi tufayli, Sellsept® preparati kapsulasining butunligini buzmaslik kerak. Sellsept® preparati kapsulasida saqlanuvchi kukun bilan nafas olishdan yoki uni bevosita teri va shilliq qavatiga tushishidan saqlanish kerak. Agar bu holat yuz bersa, bu sohani sovunlab suv bilan, koʻzlarni esa – oddiy suv bilan yaxshilab yuvish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanilishi

Sellsept® preparatini homiladorlik vaqtida va yuqori samarali kontratsepsiya usullaridan foydalanmaydigan tugʻruq yoshidagi ayollarda qoʻllash mumkin emas.

Davolashni boshlashdan oldin reproduktiv potensialiga ega boʻlgan xam erkaklarni, xam ayollarni, homilani oʻlimi va tugʻma rivojlanish nuqsonlarini xavfi yuqori ekanligi toʻgʻrisida xabardor qilingan boʻlishi lozim, homiladorlikni oldini olish va uni rejalashtirish choralari toʻgʻrisida maslahat berish kerak.

Sellsept® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin tugʻruq potensialiga ega boʻlgan patsiyentlarda, sezuvchanligi kamida 25 mXB/ml boʻlgan zardob yoki siydik tahlil usulidan foydalanganda homiladorlikni aniqlash yuzasidan ikkita test sinamasining manfiy natijasi olingan boʻlishi kerak, ikkinchi test birinchi test oʻtkazilganidan keyin 8-10 kundan soʻng va bevosita Sellsept® preparatini qabul qilish boshlanishidan oldin oʻtkazilishi kerak.

Homiladorlikni aniqlash yuzasidan takroriy testlar keyingi kuzatuv vaqtidagi standart tashriflar vaqtida oʻtkazilishi lozim. Homiladorlik yuzasidan barcha testlarning natijalarini patsiyent bilan muhokama qilish lozim. Patsiyentlar, homiladorlik yuz bergan hollarda ular zudlik bilan davolovchi shifokor bilan maslahatlashishlari lozimligi xususida xabardor qilingan boʻlishlari lozim.

Sellsept® preparatining mutagen va teratogan taʼsir potensiali borligi tufayli, tugʻruq yoshidagi ayollar, agar jinsiy hayotdan saqlanishning iloji boʻlmasa, ikkita ishonchli kontratsepsiya usulini bir vaqtda, shu jumladan xech boʻlmaganda bitta yuqori samarali usulni Sellsept® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin, davolash vaqtida va davolash tugaganidan keyin olti hafta davomida ishlatishlari lozim (chunki Sellsept® preparati bilan davolash fonida kontratseptiv preparatlar peroral qabul qilinganda gormonlarning konsentratsiyasi potensial ravishda pasayishi mumkin). Faol jinsiy hayotni olib boruvchi erkaklarga davolash vaqtida va davolash tugaganidan keyin kamida 90 kun davomida prezervativlarni ishlatish tavsiya etiladi.

Prezervativlarni xam normal reproduktiv funksiyaga ega boʻlgan erkaklar, xam vazektomiya operatsiyasini oʻtkazgan erkaklar ishlatishlari lozim, chunki urugʻ suyuqligini oʻtishi bilan bogʻliq boʻlgan xavf shuningdek vazektomiyani oʻtkazgan erkaklarga ham taalluqlidir. Bundan tashqari, erkak patsiyentlarning ayol-sheriklari davolash vaqtida va Sellsept® preparatining oxirgi dozasi qabul qilinganidan soʻng 90 kun davomida yuqori samarali kontratsepsiya usullaridan foydalanishlari tavsiya etiladi.

Homiladorlik vaqtida MMF ni boshqa immunosupressantlar bilan majmuada davolanayotgan patsiyent qiz bolalarda postregistratsion davrda qoʻllanganda tugʻma rivojlanish nuqsonlari, shu jumladan juda koʻp sonli rivojlanish nuqsonlari aniqlangan.

Eng koʻp quyidagi rivojlanish nuqsonlari qayd etilgan:

  • yuzning labdagi yoriq, tanglaydagi yoriq, mikrognatiya va koʻz gipertelorizmi kabi rivojlanish nuqsonlari;
  • quloqning rivojlanish anomaliyalari (masalan, tashqi/oʻrta quloqning shaklini anomaliyasi yoki yoʻqligi) va koʻzning rivojlanish anomaliyalari (masalan, koloboma, mikroftalm);
  • barmoqlarning rivojlanish nuqsonlari (masalan, polidaktiliya, sindaktiliya, braxidaktiliya);
  • yurakning boʻlmachalararo va qorinchalararo toʻsiqning defekti kabi anomaliyalari;
  • qiziloʻngachning rivojlanish nuqsonlari (masalan, qiziloʻngach atreziyasi);
  • nerv tizimining rivojlanish nuqsonlari (umurtqa ravogʻini ajralishi).

Tibbiy adabiyotlarda ona qornida rivojlanish vaqtida mikofenolat mofetilning taʼsiriga uchragan yangi tugʻilgan chaqaloqlarning 23-27% da rivojlanish nuqsonlari toʻgʻrisida xabar berilgan. Qiyoslash uchun, yangi tugʻilgan chaqaloqlarda rivojlanish nuqsonlari xavfi umumiy populyatsiyada taxminan 2% ni va yirik aʼzolar transplantatsiyasini oʻtkazgan, mikofenolat mofetil bilan bir qatorda, boshqa immunosupressantlar bilan davolanayotgan patsiyentlarda taxminan 4-5% ni tashkil etgan.

Mikofenolat mofetilni qabul qilgan patsiyent ayollarda, asosan homiladorlikning 1 uch oyligida oʻz-oʻzidan homila tashlash xavfini oshishi aniqlangan.

Tibbiy adabiyotlardan olingan maʼlumotlarga koʻra, mikofenolat mofetil qabul qilgan patsiyentlarda xavf, yirik aʼzolar transplantatsiyasidan keyin boshqa immunosupressantlar bilan davolanayotgan patsiyentlardagi 12-33% xavfga nisbatan 45-49% ni tashkil etdi.

Hayvonlarda oʻtkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklikni borligini koʻrsatdi.

Sellsept® preparatini emizish davrida, emizilayotgan bolalarda jiddiy noxush reaksiyalar yuz berishi mumkinligi tufayli, qoʻllash mumkin emas.

Kalamushlarda MMF koʻkrak suti bilan ajralib chiqadi. MMF ni ayol suti bilan chiqarilishi nomaʼlum.

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Transport vositalarini boshqarishda, mashinalar bilan ishlashda va boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanganda, preparat bosh aylanishi va diqqatni jamlashga va psixomotor reaksiyalar tezligiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan boshqa nojoʻya samaralarni chaqirishi mumkinligini xisobga olish kerak.

 

Dozani oshirib yuborilishi

MMF ning dozasini oshirib yuborilishi boʻyicha maʼlumotlar klinik tadqiqotlarda va postregistratsion qoʻllash vaqtida olingan. Koʻpchilik hollarda noxush koʻrinishlar xaqidagi maʼlumotlar qayd qilinmagan. Doza oshirib yuborilganida quyida taʼriflangan koʻrinishlarga qoʻshimcha noxush koʻrinishlar aniqlanmagan.

MMF ning dozasini oshirib yuborilishi, extimol xaddan ziyod immunosupressiyaga (buning oqibati sifatida infeksiyalarga sezuvchanlikni oshishiga) va suyak koʻmigi faoliyatini susayishiga olib kelishi mumkinligi kutiladi (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang). Neytropeniya rivojlanganida Sellsept® preparatini qabul qilishni toʻxtatish yoki preparatning dozasini kamaytirish kerak (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang). MFK ni organizmdan gemodializ usuli bilan yoʻqotish mumkin emas. Lekin plazmada MFKG ning yuqori konsentratsiyalarida (≥100 mkg/ml) uning katta boʻlmagan miqdori chiqariladi. Oʻt kislotalarini bogʻlovchi preparatlar, masalan, kolestiramin, MFK ekskretsiyasini (chiqarilishini) oshirib, uni organizmdan yoʻqotilishiga yordam berishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli va oʻrami

Kapsulalar 250 mg

10 kapsuladan polivinilxlorid plyonka va alyumin folgali blisterda

10 blisterdan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan ximoyalangan joyda, 30oS dan yuqori boʻlmagan xaroratda saqlansin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil. Yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha beriladi.