Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Сагацефпо ПОРОШОК

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Сагацефпо ПОРОШОК ДЛЯ СУСПЕНЗИИ 60МЛ №1

38 000 so'mdan
(1797)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ШАЯНА
Chiqarilish shakli
ПОР Д/СУСП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Maxsus saqlash sharoitlari
Dozirovkasi
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Xar 5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: sefpodoksim (proksetil ko'rinishida) – 50 mg;
yordamchi moddalar: MSSR granulalar, natriy kroskarmelloza, quruq shirin apelьsin aromatizatori, suvsiz kremniy kolloidi, tozalangan talьk, aspartam, bo'yovchi Sunset Yellow FCF, limon kislotasi (monogidrati), quruq ananas aromatizatori.
 
 
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Diuretiklar, aminoglikozidlar, polimiksin V, etakrin kislotasi sefalosporinlarning sekretsiyasini bloklaydi, qon zardobida ularning kontsentratsiyasini oshiradi, T1/2 uzaytiradi, nefrotoksiklikni kuchaytiradi.
NYaQP qon ketishi xavfini oshirib, sefalosporinlarning buyraklar orqali chiqarilishini sekinlashtiradi.
N2-gistamin retseptorlarini blokatorlari me'daning rN o'zgartirishi oqibatida biokiraolishligini kamaytiradi.
Bilvosita antikoagulyantlarning samarasini oshiradi (ichak mikroflorasini bostirib, protrombin indeksini pasaytiradi).
Antatsidlar (natriy gidrokarbonati, alyuminiy gidroksidi) yuqori dozalarda so'rilishini pasaytiradi.
Bakteritsid antibiotiklar bilan bir vaqtda buyurilganda sinergizm, bakteriostatiklar (makrolidlar, xloramfenikol, tetratsiklinlar) bilan – antagonizm nomoyon bo'ladi, aminoglikozidlarning nefrotoksikligini kuchaytiradi.
 
 
Farmakodinamikasi
III avlod sefalosporinlar guruxi antibiotiki, bakteritsid ta'sir qiladi, bakteriyalarning xujayra devori sintezini buzadi. Beta-laktamazalarga chidamli. Grammusbat bakteriyalarga nisbatan faol: Streptococcus pyogenes. Streptococcus pneumonia (penitsillinga chidamli shtammlardan tashqari); grammanfiy bakteriyalar: Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae (beta-laktam musbat va manfiy shtammlari), Moraxella (Branhaemella) catarrhalis, Escherichia coli, Klebsiella spp. (Klebsiella pneumonia va Klebsiella oxytoca ni xam qo'shib), Neisseria gonorrhoeae, indolmusbat Proteus, proteyning boshqa turlari, shu jumladan Proteus vulgaris; Providencia, Enterobacter (shu jumladan Enterobacter cloacae va Enterobacter aerogenes), Salmonella spp., Shigella spp.; in vitro sharoitlarida ko'pchilik shtammlarga nisbatan faol: Brucella, Neisseria, Aeromonas hydrophila, Yersinia enterocolitica, Providencia rettgeri, Providencia sruartii va Citrobacter, Morganella Serratia shtammlari.
Streptococcus spp. (D guruxi), Staphylococcus spp. Ning metitsillin-rezistent shtammlari, Corynodacterium spp. (J va K guruxlari), Paeudomonas spp. (shu jumladan Paeudomonas aeruginosa), Listeria monocytogenes, Acinetobacter baumannii, Clostridium difficile, Bacteroides spp. ga nisbatan nofaol. Anaeroblarga nisbatan, Bacteroides, Corynodacter, Yersinia ning ko'pchilik turlarini xam qo'shib kuchsiz faollikka ega. Citrobacter, Enterobacter, Bacteroides larning xromosomal kelib chiqishga ega bo'lgan sefalosporinazalari tomonidan parchalanadi.
 
 
Farmakokinetikasi
Sevpodoksim proksetil olddorilarga (prodrags) kiradi, u organizmda (ingichka ichakda) faol metabolit sefpodoksimga aylanib deesterifikatsiyalanadi.
100 dan 400 mg gacha preparat bir marta yoki ko'p marta qabul qilinganidan keyin 1,9-3,1 soat o'tgach 1,0-4,5 mg/l terapevtik kontsentratsiyaga erishiladi. Mutlaq biokiraolishligi – 50%.
Qon oqsillari bilan bog'lanadi (20-30%).
Dozaning taxminat 30-35% o'zgarmagan xolda 12 soat davomida siydik bilan chiqariladi. T1/2 2,1 dan 2,8 soatgacha tebranadi.
Buyraklarning funktsiyasi buzilganda chiqarilishi pasayadi: KK 50-80 ml/minut bo'lganda, T1/2 3,5 soatni, 30-49 ml/minutda – 5,9 soatni, 5-29 ml/minutda – 9,8 soatni tashkil qiladi.
Keksa yoshli shaxslarda, shu jumladan bronx-o'pka infektsiyasi bo'lganlarda T1/2 ni va qondagi kontsentratsiyasini katta bo'lmagan oshishi aniqlanadi, lekin dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
 
Nojo'ya samaralari
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish, eozinofiliya, eshakemi, angionevrotik shish, isitma, anafilaktik shok.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ta'sirchanlik, yuqori charchoqlik, uyqusizlik, “daxshatli” tush ko'rishlar.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: xayz ko'rish siklining buzilishi.
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, persistirlanuvchi diareya, ich kelishini kechikishi, gastrit, qusish, qorin og'rig'i, disbakterioz (Clostridium difficile ni o'sishi), soxtamembronoz kolit, so'lak oqishi, meteorizm, ishtaxani pasayishi.
Nafas tizimi tomonidan: yo'tal.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi.
Qon yaratish a'zolari tomonidan: trombotsitoz, trombotsitopeniya, leykotsitoz, leykopeniya, limfotsitoz, granulotsitoz, bazofiliya, monotsitoz, neytropeniya, limfotsitopeniya, burundan qon ketishi.
Laboratoriya ko'rsatgichlari: “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, LDG, GGT, mochevina, kreatininni oshishi, giper- yoki gipoglikemiya, gipoproteinemiya va gipoalьbuminemiya, Hb ni pasayishi, Kumbsning musbat reaktsiyasi, protrombin vaqtini oshishi. Ko'krakda og'riq, ko'p terlash, xolsizlik.
 
Maxsus shartlar
Sevpodoksim proksetil qo'llanganda, boshqa sefalosporinlardagi kabi, xatto sinchiklab anamnez to'planganida xam, anafilaktik shok bo'lishi mumkinligini istisno qilish mumkin emas. Penitsillinga yuqori sezuvchanligi bo'lgan patsiyentlarda, qarama-qarshi allergik reaktsiyalar bo'lishi mumkinligini yodda tutish kerak.
Og'ir turg'un diareya bo'lganida, antibiotiklar bilan o'tkazilayotgan davolash bilan bog'liq bo'lgan soxtamembronoz kolit rivojlanishi extimolini ko'rish kerak. Chunki bu xolat bemorning xayoti uchun xavf solishi mumkin, sefpodoksim proksetil bilan davolashni darxol to'xtatish va muvofiq davolashni buyurish kerak. Peristalьtikaga ta'sir ko'rsatuvchi preparatlarni qo'llash mumkin emas.
Buyraklar funktsiyasi buzilishlari (KK 30 ml/minutdan past) bo'lgan patsiyentlarda bir martalik doza ikki marta kamaytiriladi.
Sefpodoksim proksetil olgan patsiyentlarda, protrombin vaqtining o'zgarishini kam xollari ta'riflangan. K vitaminining yetishmovchiligi (sintezini buzilishi, ovqatlanishni buzilishi) bo'lgan patsiyentlarda davolanish vaqtida protrombin vaqtini nazorat qilish va protrombin vaqti oshganda davolashni boshlashgacha yoki davolash vaqtida K vitaminini buyurish (10 mg/xaftada) talab qilinishi mumkin.
Sefpodoksim proksetil odatda tavsiya etilgan standart dozalardan yuqori dozalarda qo'llangandan keyin, o't-safro p UZI da soyalar aniqlanadi, ular yanglishib toshlarga qabul qilinadi. Ular sefpodoksim proksetilning kalьtsiyli tuzlarining pretsipitatlaridan iborat bo'lib, ular davolash yakunlanganidan yoki sefpodoksim proksetil bilan davolash to'xtatilganidan keyin yo'qolib ketadi. Bunday o'zgarishlar kamdan-kam qanday-bo'lmasin simptomatika beradi, lekin bunday xollarda xam faqat konservativ davolash tavsiya etiladi. Agar bu ko'rinishlar klinik simptomatika bilan birga kechsa, unda preparatni bekor qilish xaqidagi qarorni davolovchi shifokor qabul qiladi.
Sefpodoksim proksedil olgan patsiyentlarda, mumkin, o't-safro yo'llarining obstruktsiyasi oqibatida rivojlanayotgan pankreatitning kamdan-kam xollari ta'riflangan. Bu bemorlarning ko'pchiligida bungacha o't-safro yo'llarida dimlanishning xavf omillari bo'lgan, masalan, oldin o'tkazilgan davolash, og'ir kasalliklar va to'liq parenteral oziqlantirish. Bunda sefpotoksim proksetil ta'siri ostida o't-safro yo'llarida xosil bo'lgan pretsipitatlarning rolini istisno qilish mumkin emas.
Giperbilirubinemiyasi bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarga sefpodoksim proksetil buyurilganda extiyotkorlikka rioya qilish kerak. Sefpotoksim proksetilni yangi tug'ilgan, ayniqsa chala tug'ilgan chaqaloqlarda qo'llash mumkin emas, ularda bilirubinli entsefalopatiya rivojlanishini xavfi bor.
Uzoq muddatli davolashda qon manzarasini muntazam nazorat qilish kerak.
Sefpodoksim proksetil bilan davolashda kam xollarda bemorlarda Kumbs sinamasining soxtamusbat natijalari aniqlanishi mumkin. Boshqa antibiotiklar kabi, sefpodoksim proksetil galaktozemiya sinamasiga soxtamusbat natija berishi mumkin. Soxtamusbat natijalar siydikda glyukozani aniqlashga xam olinishi mumkin, shuning uchun sefpodoksim proksetil bilan davolash davomida zarurati bo'lganida glyukozuriyani faqat ferment usuli bilan aniqlash kerak.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtomobilni xaydaganda bosh aylanish xavfini e'tiborga olish kerak.
 
Qo'llanilishi
Sefpodoksimga sezuvchan mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig'lanish kasalliklari:
yuqori va quyi nafas yo'llarining infektsiyalari: tonzillit, faringit, o'tkir sinusit, o'tkir bronxit, pnevmoniya; surunkali bronxitning zo'rayishi (alkogolni suiste'mol qiluvchi shaxslarda, chekuvchilarda va 65 yoshdan oshgan shaxslarda);
siydik chiqarish yo'llarining asoratlanmagan infektsiyalari (tsistit);
asoratlanmagan gonoreya;
ayollarda anorektal soxasining Neisseria gonorrhoeae chaqirgan asoratlanmagan infektsiyalari;
teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari;
preparatga sezuvchan mikroorganizmlar chaqirgan boshqa infektsiyalar (MIY infektsiyalari, og'iz bo'shlig'ining infektsiyalari) da qo'llaniladi.
 
 
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
sefpodoksimga, preparatning komponentlariga, boshqa sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik.
anamnezda penitsillin yoki boshqa beta-laktam antibiotikka o'ta yuqori sezuvchanlikning (anafilaksiya) darxol yoki og'ir reaktsiyasining bo'lganida qo'llash mumkin emas.
Extiyotkorlik bilan: xomiladorlik, laktatsiya davri, surunkali kolit, buyrak yetishmovchiligi, “xalqali” diuretiklar va boshqa nefrotoksik dori vositalari bilan birga qo'llash.
Buyraklar funktsiyasi buzilishlarida qo'llanilishi
Buyrak yetishmovchiligida extiyotkorlik bilan buyuriladi.
Buyraklar funktsiyasining yaqqol buzilishlari (KK 30 ml/minutdan past) bo'lgan patsiyentlarda bir martalik doza ikki marta kamaytiriladi.
 
Maxsus saqlash sharoitlari
60 ml HDPE flakonda. 1 flakon tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan karton qutida.

Saqlash sharoiti
Yorug'likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin.
Zich yopiq ko'rinishda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
 
Dozirovkasi

Ichga, ovqatlanish vaqtida.

Dozalash bolaning yoshiga bog'liq. O'rtacha doza 12-soatlik intervallar bilan ikki dozalarda kuniga 8 mg/kg ni tashkil qiladi. Uni ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak, chunki me'daning rN ni oshishi biokiraolishligini pasayishiga olib keladi. Dozalash bo'yicha qo'llanma sifatida quyidagi jadval ishlatilishi mumkin:

Вазн (кг)

Доза

10 - 15 кг

5 мл хар 12 соатда

≥15 кг

10 мл хар 12 соатда

Buyraklar funktsiyasi yaqqol buzilishlari (KK 30 ml/minutdan past) bo'lgan patsiyentlarda bir martalik doza ikki marta kamaytiriladi.

 
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
Xomiladorlik va emizish davrida qo'llanishi
Xomiladorlik vaqtida ona uchun potentsial foydani xomila uchun mumkin bo'lgan xavf bilan qiyoslab, extiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparatni laktatsiya davrida buyurishning zarurati bo'lganida, emizishni to'xtatish kerak.