Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
РУМАЛОН АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

РУМАЛОН АМПУЛЫ 1МЛ №10

99 800 so'mdan
(1403)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Glicosamineglycane-peptide complex
Ishlab chiqaruvchi
ФЕРЕЙН
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Костно-мышечная система
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Dori shakli

mushak ichiga yuborish uchun eritma

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Xayvonlardan olinadigan majmuaviy preparat, glikozaminoglikan-peptid kompleksi saqlaydi. Preparatning ta‘siri uning faol komponentlarini birgalikdagi ta‘siri bilan bog‘liq. Tog‘ay gialin to‘qimalarida moddalar almashinuvini normallashtiradi: sulfat guruhi qo‘shilgan mukopolisaxaridlar va kollagen biosintezini kuchaytiradi, bo‘g‘im tog‘aylari regenerasiyasini rag‘batlantiradi, fermentlar faolligini kamaytiradi va tog‘ay to‘qimalarida katabolik jarayonlarini tormozlaydi.

Farmakokinetikasi

Tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Qo‘llanilishi

Bo‘g‘imlarning degenerativ-distrofik kasalliklari: gonartroz, barmoqlararo bo‘g‘imlar artrozi, koksartroz, spondilez, spondiloartroz, meniskopatiya, tizza qopqog‘i xondromalyasiyasida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat mushak ichiga chuqur yuboriladi: birinchi kuni— 0,3 ml, ikkinchi kuni — 0,5 ml va keyinchalik xaftada 3 marta 1 ml dan 5-6 xafta davomida yuboriladi. Takroriy davolash kursi – xuddi shu sxema bo‘yicha shifokor maslahatidan keyin buyuriladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

JSST ma‘lumotlari bo‘yicha noxush samaralari ular rivojlanish tez-tezligiga muvofiq quyidagicha tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda ( ≥1/10 000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10 000), tez-tezligi noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlarga ko‘ra paydo bo‘lish tez-tezligini aniqlash imkoni bo‘lmagan).

 

Immun tizimi tomonidan:

Kam hollarda: allergik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktoid reaksiyalar, anafilaktik shok.

Ushbu yo‘riqnomada ta‘riflanmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganda, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va bu haqida shifokorga xabar berish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik,
  • revmatoid artrit,
  • 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar,
  • homiladorlik, emizish davri,
  • kontrasepsiyani ishonchli usullariga rioya qilmaydigan reproduktiv yoshdagi ayollarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Rumalon® preparatini nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar va glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.

Bilvosita antikoagulyantlar, antiagregant vositalar va fibrinolitiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda ular ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Bevosita antikoagulyantlar, antiagregant vositalar va fibrinolitiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda qon ivishi ko‘rsatkichlarini tez-tez nazorat qilish zarur.

Preparatni qo‘llash diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga (transport vositalarini boshqarish, xarakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispetcher va operator ishi) ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas (ushbu guruh pasientlarida preparatni qo‘llash xaqida ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli)

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Xozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilish xolatlari qayd etilmagan.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.