Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Ростишан СИРОП

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Ростишан СИРОП 100МЛ №1

12 400 so'mdan
(4936)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
ISSHAAN HEALTHCARE
Chiqarilish shakli
СИРОП
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Ta‘rifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 sirop

 

Tarkibi:

Zarurati bo‘yicha xushbo‘ylashtirilgan siropsimon asos.

 

Ta‘rifi: 

och-jigarrang rangli sirop

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 ishtahani oshiruvchi vosita.

 

Farmakologik xususiyatlari

Rostishan o‘simlik siropi – o‘simliklardan olinadigan preparat, tarkibida qadimgi ayurvedik tibbiyot tizimida ma‘lum bo‘lgan o‘simliklar saqlaydi.

Bolalarda ishtaxani rag‘batlantiradi va ovqat xazm bo‘lishini yaxshilaydi, yel xaydovchi, spazmolitik, immunomodulyasiya qilish ta‘siriga ega.

 

Farmakokinetikasi

Farmakokinetika bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q.

 

 

Qo‘llanilishi
  • chaqaloqlarda va bolalarda ovqat hazm qilish buzilishlarini davolash va bartaraf qilish uchun, ayniqsa bolalikda tishlar yorib chiqish jarayonida, shuningdek sog‘lom o‘sishiga yordam beradi.
  • normal ishtaxani va ichak faoliyatini ta‘minlash uchun
  • meteorizmni kamaytirish uchun yel haydovchi sifatida qo‘llanadi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga qo‘llanadi.

Kuniga ikki-uch marta qabul qilish kerak.

Bolalar: 1-2 ch.q. (5 ml dan 10 ml gacha) kuniga 3 marta yoki shifokor ko‘rsatmasiga binoan.

24 soat davomida uch dozadan ko‘p bermang. Tibbiy ko‘rsatmalardan tashqari, 3 oylikkacha bo‘lgan bolalarga berish mumkin emas.

 

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Tavsiya etilgan dozalarda o‘simlik siropi qo‘llanganda nojo‘ya samaralar kuzatilmagan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatga yoki uning alohida komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ma‘lumotlar yo‘q.

 

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Homiladorlik vaqtida, laktasiya davrida, bolalar va keksalarda:

Tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi sababli homilador ayol qo‘llashdan saqlanishi kerak. Emizikli ayollarda xavfsiz qo‘llash mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi xollari kuzatilmagan, lekin agar sirop yuqori dozalarda qabul qilinganda biron-bir odatdagi bo‘lmagan reaksiyalar yuz bergan bo‘lsa shifokor bilan maslahatlashing.

 

 

Chiqarilish shakli

100 ml flakon.

Saqlash sharoiti

Salqin, quruq va qorong‘i joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

Ishlab chiqarish sanasidan boshlab 3 yil davomida qo‘llang.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.