Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
РОХТО УВЛАЖНЯЮШИЙ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

РОХТО УВЛАЖНЯЮШИЙ 0,6 % 13МЛ ГЛ КАП N1

38 400 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
РОХТО УВЛАЖНЯЮШИЙ 0,6 % 13МЛ ГЛ КАП N1
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Hydroxyethylcellulose
Ishlab chiqaruvchi
(РОХТО ФАРМАСЬЮТИКАЛ ЛТД , Япония)
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Tarkibi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Preparatning farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
QO‘LLANMA
EHTIYOTKORLIK CHORALARI
Dori shakli: 
Tarkibi:

faol moddalar:

Pantenol (0,100%),

V6 Vitamin (0,050%),

Kaliy L-asparatati (1,000%),

Dikaliy glisirrizinati (0,100%),

Xlorfeniraminamaleat (0,010%),

Natriy xondroitin sulfati (0,100%),

Tetragidrozolin gidroxloridi (0,010%).

yordamchi moddalar: ε-aminokapron kislotasi, l-Mentol, d-Kamfora, Evkalipt moyi, Xushbo‘ylashtiruvchi yalpiz No.71212, d-Borneol, Geraniol, Konsentrasiyalangan eritma, benzalkoniy xloridi 50, Xlorobutanol, Di-natriy edetati gidrati, Natriy xloridi, Polisorbat 80, Etanol, Tozalangan suv.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

asosan oftalmologiyada qo‘llanadigan vosita.

Preparatning farmakologik xususiyatlari

Yallig‘lanishga qarshi, shishga qarshi, antigistamin va vitamin vositasi.

ROHTO® ko‘z uchun tomchilari quyidagi simptomlarda samarali:

ko‘z qizarishi/ ta‘sirlanishi / qichishishi / qurishi / toliqishi. Ushbu simptomlar allergiya, chang, jismoniy toliqishdan, kompyuter, smartfondan foydalanish, o‘qishdan, televizor ko‘rish, havoning quruqligidan, shuningdek shamol, quyosh va boshqa omillar sababli kelib chiqishi mumkin.

 

 

Qo‘llanilishi

Kon‘yunktival giperemiya, ko‘zdagi qichishish, ko‘rishni zo‘riqishi (ko‘zlarni toliqishi), ko‘zlarni namlanishi, suzishdan keyingi kasalliklarni bartaraf qilish yoki ko‘zga chang yoki ter tushishi.

Ultrabinafsha va boshqa nurlanish (masalan oppoq qordan ko‘zlarni qamashishi) natijasida oftalmiya, ko‘rishni noaniqligi(ko‘zdan xar hil ajralmalar va boshqalar tufayli), blefarit (qovoqlarini yallig‘lanishi), qattiq linzalardan foydalanish oqibatidagi diskomfortda qo‘llanadi.

 

MULTI-AKTIV FORMULA 7FAOLINGREDIENTLARNIMUVOZANATLANGAN MAJMUASIGA SOSLANGAN

Faolingredientlari Ta‘siri  
Pantenol / V6 Vitamin Ko‘z xujayralari metabolizmini oshiradi Ko‘zlarni oziqlantiradi, ko‘zdagi zo‘riqishini oldini oladi va yengillashtiradi.
Kaliy L-aspartat Ko‘z hujayralarini nafas olishini yaxshilaydi va faollashtiradi
Tetragidrozolin gidroxloridi Konyunktival giperemiyani bartaraf qiladi Aniq va ravshan ko‘rishga yordam beradi.
Xlorfeniraminmaleat Antigistamin samarasi Ko‘z qichishini tinchlantiradi.
Dikaliy glisirrizinati Kuchli yallig‘lanishga qarshi samara Ko‘z kasalliklarini samarali bartaraf qiladi.
Natriy xondroitin sulfati Ko‘zlarni namlantiradi

 

 

QO‘LLANMA
  1. Qo‘lingizni yuving.
  2. Boshingizni tepaga ko‘tarib, ko‘z qovog‘ini tushuring.
  3. Ko‘zingizga tomchilarni tomizing.

*konteyner uchini kipriklaringiz va ko‘z qovog‘iga tekkizmang.

  1. Ko‘zingizni taxminan bir minutga yuming.

Yengil harakatlar bilan ko‘zingizning ichki burchaklarini bosing. * kuniga 5-6 marta 2-3 tomchidan tomizing.

 

 

EHTIYOTKORLIK CHORALARI
  1. Quyidagi holatlarda preparatdan foydalanishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing:

Ko‘zdagi kuchli og‘riq/avval ko‘z tomchilari natijasida kelib chiqqan allergik simptomlarni paydo bo‘lish hollarida / glaukoma/ uzluksiz tibbiy davolash.

 

  1. Foydalanishdan oldin quyidagi ehtiyotkorlik choralarigarioya qiling:
  • Ko‘rsatilgan doza va dozalashga qat‘iy amal qilish kerak
  • Bolalar bu preparatdan kattalar nazorati ostida foydalanishlari kerak
  • Bu preparatni yumshoq linzalar taqqanda qo‘llamaslik kerak
  • Bu preparat faqat tomizish uchun ishlatilishi kerak.

 

  1. Preparatdan foydalanish va foydalangandan keyin quyidagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish zarur:
  • Agar bu preparatdan foydalanganda ko‘zlarning shishi, qichishish, qizarishi yoki boshqa simptomlar kuzatilsa, foydalanishni darhol to‘xtating va shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.
  • Agar preparatdan foydalanilgandan so‘ng ko‘rish qobiliyati yaxshilanmasa, foydalanishni to‘xtatib shifokorga murojaat qiling

 

  1. Preparatni saqlash va muolaja qilishda quyidagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish zarur:
  • Bu preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlang
  • Idish qopqog‘ini qattiq berkiting
  • Noto‘g‘ri foydalanish va sifatini buzilishini oldini olish maqsadida boshqa idishga quymang
  • Zararlanishning oldini olish maqsadida, bu preparatni boshqa odamlar bilan birgaliqda ishlatmang
  • Saqlash muddati o‘tganidan so‘ng foydalanmang (qadoqning tashqi qismida qo‘rsatilgan)
  • Saqlash oqibatida ba‘zi bir moddalar flakon uchida yig‘ilib qolishi mumkin, ularni toza mato bilan artib tozalang.

 

 

  1. Yaroqlilik muddati:

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil. Ochilganidan so‘ng darhol foydalaning.

 

  1. Saqlash:

Salqin, bevosita quyosh nurlaridan himoyalangan joyda saqlansin. Muzlatilmasin.

Dori shakli: 

ko‘z tomchilari