Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Ринорус СПРЕЙ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Ринорус СПРЕЙ НАЗАЛЬНЫЙ 0,1% 20мл №1

19 000 so'mdan
(3786)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
СИНТЕЗ
Chiqarilish shakli
спрей наз
Farma. Guruh
Средства для лечения заболеваний ЛОР органов
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Yaroqlilik muddati
Saqlash sharoiti
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

nazal tomchilar

 

Tarkibi:

1 ml tomchida quyidagilar saqlanadi:

faol modda: ksilometazolin gidroxloridi – 0,5 yoki 1 mg;

yordamchi moddalar: benzalkoniy xloridi, natriy xloridi, dinatriy edetati (etilendiamintetrasirka kislotasining dinatriyli tuzi [trilon B]), natriy digidrofosfat digidrati, natriy gidrofosfati dodekagidrati, evkalipt barglari moyi (evkalipt moyi), inyeksiya uchun suv.

 

Taʼrifi:

 tiniq, rangsiz yoki biroz boʻyalgan suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

kongestiv vosita – vazokonstriktor (alfa-adrenomimetik).

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Ksilometazolin alfa-adrenomimetik faollikka ega mahalliy qon tomirlarni toraytiruvchi (dekongestantlar) guruhiga mansub, burunning shilliq qavatini shishi va giperemiyasini bartaraf etib, burunning shilliq qavatining qon tomirlarini toraytiradi, burun orqali nafas olishni yengillashtiradi.

Preparatning taʼsiri uni qoʻllagandan bir necha minutdan keyin boshlanadi va 10 soatgacha davom etadi.

 

Farmakokinetikasi

Preparat mahalliy qoʻllanilganda deyarli soʻrilmaydi, shuning uchun qon plazmasidagi konsentratsiyasi juda past (zamonaviy analitik usullar yordamida aniqlab boʻlmaydi).

 

Qoʻllanilishi

Rinit (tumov) koʻrinishlari bilan kechuvchi oʻtkir respirator kasalliklar, oʻtkir allergik rinit, sinusitlar, oʻrta otit (burun-halqumning shilliq qavatini shishini kamaytirish uchun majmuaviy davolash tarkibida), rinoskopiyani oʻtkazishni yengillashtirish uchun qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Nazal tomchilar

Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga 2-3 tomchidan 0,1% li ksilometazolin eritmasi har bir burun yoʻliga sutkada 3-4 marta yuboriladi.

2 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarga 0,05% li ksilometazolin eritmasi har bir burun yoʻliga sutkada 1-2 marta yuboriladi. Kuniga 3 martadan ortiq qoʻllash mumkin emas.

Preparatni tanafussiz 3-5 kundan koʻp qoʻllash mumkin emas.

 

 

Nojoʻya taʼsirlari

Tez-tez va/yoki uzoq muddat qoʻllanilganda – burun-halqum shilliq qavatini taʼsirlanishi va/yoki qurishi, achishish, paresteziyalar, aksirish, gipersekretsiya; kam hollarda – burun shilliq qavatini shishi, qusish, bosh ogʻrigʻi, yurak urib ketishi, taxikardiya, arterial bosimni oshishi, uyqusizlik, koʻrishni buzilishi, depressiya (uzoq vaqt yuqori dozalar qoʻllanilganda).

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Ksilometazolinga yuqori sezuvchanlik, arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz, glaukoma, atrofik rinit, gipertireoz, bosh miya pardalarida jarroxlik aralashuvlari (anamnezda), homiladorlik, bolalarda (6 yoshgacha – 0,1% li eritma uchun va 0,05% eritma uchun – 2 yoshgacha) qoʻllash mumkin emas.

Monoaminooksidaza ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar bilan davolaganda qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan – qandli diabet, laktatsiya davri, YUIK, III-IV funksional sinf stenokardiyasi, prostata bezining giperplaziyasi.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

MAO ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda qoʻllanilganida tizimli taʼsiri kuchayishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Flakon qopqoqchasi burab ochiladi. Flakonning tubiga yengil bosib burun hga tomiziladi. Uzoq vaqt, masalan surunkali rinitda qoʻllash mumkin emas. Tavsiya etilgan dozadan yuqori dozalarda transport vositalari yoki qurilmalarni boshqarish qobiliyatiga taʼsir qilishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: nojoʻya samaralarni kuchayishi.

Davolash: shifokor kuzatuvi ostida simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

Nazal tomchilar 0,05% va 0,1%

5 yoki 10 ml dan tomchilagich-tiqin va buraladigan qalpoqcha bilan polietilen flakonlarda.

Har bir flakon qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutida.

50 flakondan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutida (statsionar uchun).

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.