Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
РИНОМАКС ОКСИ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

РИНОМАКС ОКСИ КИДС СПРЕЙ 0,025% 10МЛ №1

12 000 so'mdan
(3427)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Tavsif
РИНОМАКС ОКСИ КИДС СПРЕЙ 0,025% 10МЛ №1
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik hususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli

Burun uchun sprey 0,025% li 10 ml dan, toʻq shisha flakonlarida, yigʻib oluvchi trubkadan, dozalovchi nasosdan va sepuvchi uchlikdan tashkil topgan moslama bilan berkitilgan. Sepuvchi – uchlikka shaffof qopqoqcha oʻrnatiladi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

Dori shakli: 

nazal sprey.

 

Tarkibi:

0,025% li 100ml eritma saqlaydi

faol modda: oksimetazolin gidroxloridi – 0,025 g;

yordamchi moddalar: evkalipt moyi, natriy digidrofosfati, natriy edetati, benzalkoniy xlorid eritmasi, propilenglikol, tozalangan suv.

 

 

Taʼrifi: 

tiniq, rangsiz yoki och-sariq rangli, oʻziga xos hidli suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 LOR-aʼzolari kasalliklarini davolash uchun vositalar.

Farmakologik hususiyatlari

Oksimetazolin tomirlarni toraytiruvchi va antikongestiv taʼsir koʻrsatadi. Alfa 1–adrenoretseptorlarni ragʻbatlantiradi va aplikatsiya joyida tomirlarni toraytiradi, yuqori nafas yoʻllarining shilliq qavatini shishini kamaytiradi, burundan nafas olishni yengillashtiradi, venoz sinuslariga qonning oqib kelishini kamaytiradi.

 

Farmakokinetikasi

Mahalliy qoʻllanganida oksimetazolin ahamiyatsiz darajada tizimli soʻrilishga uchraydi, shuning uchun uni qon plazmasidagi konsentratsiyasi kam. Taʼsiri 15 minutdan keyin namoyon boʻladi. Taʼsirining davomiyligi 10-12 soat. Asosan oʻzgarmagan holda buyraklar va ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 5-8 sutka.

 

Qoʻllanilishi

Burun shilliq qavatini, burun-xalqum va gaymor boʻshliqlaridagi shishni kamaytirish uchun:

– shamollash kasalliklarida (oʻtkir rinit);

– burun boʻshliqlarining yalligʻlanishida (oʻtkir sinusit);

– yevstaxiitda;

– allergik rinitda; (shu jumladan, pichan isitmasida);

– oʻtkir otitda (yordamchi davolash vositasi sifatida, chunki yevstaxiyev nayining teshigini atrofidagi shilliq qavatining shishini kamaytiradi).

Shuningdek burun boʻshligʻining qoʻrishni yengillashtirishi uchun yoki jarrohlik muolajalarida ham qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

1 dan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarda – har bir burun yoʻliga bir martadan sepiladi, zarurati boʻlganida muolajani qaytarish mumkin.

Sepish vaqtida boshni tashlash tavsiya etilmaydi.

Davolanishning maksimal mumkin boʻlgan davomiyligi – 5 kun.

Sepishni toʻgʻri bajarish uchun sepgichni vertikal, uchlik yuqoriga yunaltirilgan holda ushlash kerak. Soʻngra tinik himoyalovchi qopqoqchani yechish, uchlik burun yoʻliga kiritish, tez keskin bir marta sepgichni bosish va sepgichni boʻshatmasdan burundan chiqarib olish kerak. Sepish vaktida burundan biroz havo olish lozim, bu oksimetazolinni optimal yuborilishiga yordam beradi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Oksimetazolin odatda yaxshi oʻzlashtiriladi. Preparatni tez-tez yoki uzoq muddat qoʻllanganida: burun yoʻllarining shilliq qavatining taʼsirlanishi, achishishi va torayishi, gipersekretsiya, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, havotirlik, qoʻzgʻalish, yurak urishi, taxifilaksiya, koʻngil aynishi, arterial bosimni (AB) ni oshishi, burun va tomoqda sanchilish yoki qurishi, aksirish, burun shilliq qavatining giperemiyasi va atrofiyasi kuzatilishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatga, shu jumladan boshqa intranazal qoʻllash uchun shishga qarshi vositalariga oʻta yuqori sezuvchanlik, atrofik rinit, gipertireoz, burun yoʻllarining sekret ajratib chiqarishisiz boʻlgan yalligʻlanishi, 1 yoshgacha boʻlgan yosh bolalar, homiladorlik, laktatsiya.

Ehtiyotkorlik bilan: surunkali buyrak yetishmovchiligi, aritmiyalar, prostata bezining giperplaziyasi klinik belgilari bilan, yopiqburchakli glaukoma, yaqqol ateroskleroz, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabet, arterial gipertenziya.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Preparat boshqa tomirlarni toraytiruvchi vositalari bilan buyurilganda (yuborish usulidan qatʼiy nazar) nojoʻya samaralarining oʻzaro kuchayishi mumkin. Oksimetazolin mahalliy ogʻriqsizlantiruvchi vositalarining soʻrilishini sekinlashtiradi va ularning samarasini uzaytiradi. MAO ingibitorlari (ular bekor qilingandan keyingi 14 kunlik davri davomida) va tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda buyurilganda – AB ni oshishi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Buyurilgan dozalarni oshirmaslik kerak. Yurak-tomir tizimining kasalliklari, gipertireoz, arterial gipertoniyasi boʻlgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Odatda oksimetazolin tavsiya qilingan dozalarda qoʻllanganida rinit belgilarini yoʻq qilish uchun 3 kun yetarli. Agarda bu davrda belgilar yoʻqolmasa davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak. Bir flakonni bir nechta shaxslarda ishlatish infeksiyaning tarqalishiga olib kelishi mumkin. Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni toʻxtatish tavsiya qilinadi. Intranazal yuborish uchun moʻljallangan preparatni koʻzga tushishidan saqlanish kerak. Preparat koʻrishga taʼsir qiladi, reaksiya tezligini pasayishi mumkin. Preparat tavsiya qilinganidan ortiq dozalarda uzoq muddat qoʻllanganida yurak-tomir tizimiga va markaziy nerv tizimiga (MNT) umumiy taʼsirini istisno qilib boʻlmaydi. Bunday hollarda transport vositalari yoki qurilmalarni boshqarish qobiliyati pasayishi mumkin.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatish mumkin emas.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: taxikardiya, arterial gipertenziya, MNT susayishi.

Davolash: simptomatik davolash.