Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
РИНОМАКС ХОТ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

РИНОМАКС ХОТ ЛИМОН ПОРОШОК 22г №15

52 500 so'mdan
(3047)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
НИКА ФАРМ
Chiqarilish shakli
ПОР
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Dorilarning oʻzaro taʼsiri

MAO ingibitorlari, sedativ vositalar, etanolning samarasini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi va antipsixotik vositalar va fenotiazin hosilalari siydikni tutilishi, ogʻizni qurishi, qabziyat xavfini oshiradi. Glyukokortikosteroidlar glaukomaning rivojlanishi xavfini oshiradi. Paratsetamol diuretik preparatlarining samaradorligini pasaytiradi. Galotan qorinchalar aritmiyasi xavfini oshiradi. Guanetdin fenilefrinning alfa-adrenostimulyatsiya qiluvchi, tritsiklik antidepressantlar – simpatomimetik samarasini kuchaytiradi.

Bir vaqtda barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampitsin, zidovudin va jigarning mikrosomal fermentlarining boshqa induktorlari qabul qilinganida gepatotoksik taʼsirining rivojlanishini xavfi oshadi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Metoklopramid, domperidon, kolestiramin, antikoagulyantlar (varfarin) qabul qilayotgan patsiyentlarga preparatni bir vaqtda buyurish zaruratini shifokor individual ravishda aniqlaydi. Homiladorlikda preparatni buyurish zaruratini shifokor individual ravishda hal qiladi. Jigarni paratsetamol bilan toksik shikastlanishidan saqlanish uchun, preparatni alkogol bilan qabul qilishdan saqlanish kerakligi toʻgʻrisida patsiyentlarni xabardor qilish lozim. Preparatni surunkali alkogolizmi boʻlgan patsiyentlarga buyurish tavsiya qilinmaydi. Preparatning faol komponentlari sedativ taʼsir koʻrsatmasligi tufayli, tavsiya qilingan dozalarda avtomobilni haydash va mexanizmlar bilan ishlashga cheklanishlar yoʻq.

Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish hollarida, jigarning jiddiy shikastlanishining muddati kechikkan belgilarining paydo boʻlishini xavfi bor.

Preparat dozasini oshirib yuborilishi, paratsetamolning taʼsiri bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Simptomlari: teri qoplamalarining oqarishi, anoreksiya, koʻngil aynishi, qusish, jigar transaminazalarining faolligini oshishi, gepatonekroz, protrombin vaqtini oshishi.

Davolash: meʼdani yuvish, faollashtirilgan koʻmirni buyurish, simptomatik davolash. Paratsetamol bilan zaharlanishda maxsus antidoti N-atsetilsisteindir.

 

 

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun naʼmatak taʼmli kukun 5 va 10 g dan paketchalarda.

5, 10, 25, yoki 50 paketchalarda qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.

Qoʻllanilishi

Yuqori harorat, etni uvishishi, bosh ogʻrigʻi, boʻgʻimlar va mushaklardagi ogʻriqlar, burunning bitishi, tomoq va burun boʻshliqlarining ogʻrigʻi bilan birga kechuvchi infeksion-yalligʻlanish kasalliklarida (OʻRK, OʻRVI, gripp) qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Bir paketcha ichidagisi stakanga solinadi, qaynoq suv quyiladi, toʻliq erib ketguncha aralashtiriladi va qaynoq holida ichiladi.

Kattalarga va 12 yoshdan oshgan bolalarga: 1 paketchadan har 4-6 soatda qabul qilinadi, ammo 24 soat davomida 4 paketchadan ortiq emas.

12 yoshgacha boʻlgan bolalarga shifokor koʻrsatmasi boʻyicha qoʻllanilsin.

Preparatni ogʻriq qoldiruvchi vosita sifatida 5 kundan ortiq va isitmani tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan ortiq qabul qilish tavsiya etilmaydi. Agar shamollash va gripp simptomlari saqlansa, shifokorga murojaat qilish lozim.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Paratsetamolning taʼsiri bilan bogʻliq nojoʻya taʼsirlari: allergik reaksiyalar (teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish); kam xollarda – trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz kuzatilishi mumkin.

Fenilefrinning taʼsiri bilan bogʻlik nojoʻya taʼsirlari: koʻngil aynishi, bosh ogʻrigʻi, arterial bosimni biroz oshishi, kam hollarda yurak urib ketishi (preparat bekor qilinganidan keyin oʻtib ketadi).

Uzoq muddat yuqori dozalarda qoʻllanganida jigar va buyraklar funksiyasining buzilishini havfi kuzatilishi mumkin.

Noxush reaksiyalar paydo boʻlganida shifokorga murojaat qilish lozim.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

 

– jigar va/yoki buyrak funksiyasining yaqqol buzilishlari;

– gipertireoidizm (tireotoksikoz);

– yurak kasalliklari (aorta ogʻzining yaqqol stenozi);

– oʻtkir miokard infarkti, taxiaritmiya;

– arterial gipertenziya;

– tritsiklik antidepressantlar, beta-adrenoblokatorlar, MAO ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish (shu jumladan, ular bekor qilingandan keyingi 14 kungacha boʻlgan davr);

– bir vaqtda boshqa paratsetamol saqlovchi vositalar va “shamollash”, gripp va burunning bitishi belgilarini yengillashtirish uchun vositalarni qabul qilish;

– prostata bezining giperplaziyasi;

– yopiq burchakli glaukoma;

– 12 yoshgacha boʻlgan bolalar (shifokor koʻrsatmasisiz).

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

Glyukozo-6-fosfatdegidrogenazaning genetik tanqisligida, xavfsiz giperbilirubinemiyalarda, buyrak yoki jigar yetishmovchiligida, qandli diabet va glyukozaning soʻrilishini nasliy buzilishlarida (preparat 3 g saxaroza saqlaydi), homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida va keksalarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.

 

Dori shakli: 

ichga qabul qilish uchun naʼmatak taʼmli eritma tayyorlash uchun kukun.

 

Tarkibi:

bir paketcha quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: paratsetamol – 0,750 g; fenilefrin gidroxloridi – 0,010 g.

yordamchi moddalar: limon kislotasi; natriy sitrati; qand; natriy saxarinati; naʼmatakni eruvchan quruq ekstrati.

 

Taʼrifi: 

Och-jigarrangdan toʻq–jigarrang ranggacha boʻlgan oʻziga xos hidli donador kukun. Oq rangli kristallar va oson sochiluvchan qumoqlar boʻlishi mumkin. Kukunni 250 ml issiq suvda eritilganda, oʻziga xos naʼmatak damlamasining mazasi boʻlgan jigarrang rangli eritma hosil boʻladi.

 

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

OʻRK simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparatdir, taʼsiri uning tarkibiga kiruvchi komponentlari bilan bogʻliq.

Paratsetamol – analgetik-antipiretik, ogʻriq va termoregulyatsiya markazlariga taʼsir qiladi. Ogʻriq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Bosh va mushak ogʻriqlarini, isitma koʻrinishlarini kamaytiradi, tomoq ogʻrigʻini yumshatadi.

Fenilefrin gidroxloridi – qon-tomirlarni toraytiruvchi taʼsir koʻrsatadi, burun orqali nafasni yengillashtiradi va burun yoʻllari va burunoldi boʻshliqlarning tozalanishiga yordam beradi.