Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Ринил ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Ринил ТАБЛЕТКА №4

2 000 so'mdan
(3570)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
AGIO PHARMACEUTICALS
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Nojo'ya samaralari
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Dozirovkasi
Dozani oshirib yuborilishi
Farmakologik ta'sir
Nojo'ya samaralari

Preparat tavsiya etilgan dozada qabul qilinganida, nojo'ya ta'sirlari kam kuzatiladi.
Nojo'ya ta'sirlari kuzatilgan hollarda, ular allergik reaktsiyalar, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, qo'zg'aluvchanlikni oshishi, ko'ngil aynishi, bosh og'rig'i, og'izni qurishi ko'rinishida namoyon bo'lishi mumkin.

Maxsus shartlar

Davolanish davrida alkogolь qabul qilishdan saqlanish lozim.
Diqqatni jamlash, tezkor harakat va ruxiy reaktsiyani talab qiluvchi ishlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Adjikold 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga, homilador va emizikli ayollarga tavsiya etilmaydi.
Adjikoldni boshqa paratsetamol saqlovchi preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.

Qo'llanilishi
Tumov, burun bitishi, bosh og'rig'i, isitma, qaltirash, bo'g'imlar va mushaklar og'rig'i bilan kechuvchi shamollash kasalliklarida qo'llaniladi.
 
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatning komponentlarga o'ta yuqori sezuvchanlik; Rinil tarkibiga kiruvchi moddalarni saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish; tritsiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qabul qilish; homiladorlik, laktatsiya davri; bolalarda (6 yoshgacha) qullash mumkin emas.

Ehtiyetkorlik bilan quyidagilarda: glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida, qon kasalliklarida, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida, yopiqburchakli glaukomada, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasida, Jilьber sindromida, arterial gipertenziyada, qalqonsimon bezining kasalliklarida, qandli diabetda, bronxial astmada qo'llanadi.

Dori vositalarining o'zaro ta'siri

MAO ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanolning samarasini kuchaytiradi.
Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og'izni qurishi, qabziyat rivojlanishi xavfini oshiradi.
Glyukokortikosteroidlar glaukoma rivojlanishi xavfini oshiradi.
Paratsetamol diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi.
Xlorfeniramin MAO ingibitorlari, furazolidon bilan birga gipertonik kriz, qo'zg'aluvchanlik, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar simptomatik ta'sirni kuchaytiradi, galotan bilan bir vaqtda qo'llash qorincha aritmiyasini rivojlanishi xavfini oshiradi. Guanitidinning gipotenziv ta'sirini pasaytiradi, u esa o'z navbatida alьfa-adrenostimullovchi faolligini kuchaytiradi.

Dozirovkasi

Kattalarga: 2 tabletkadan kuniga 1-4 marta.
6-12 yoshli bolalarga: 1 tabletkadan kuniga 1-4 marta.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatni faqat tavsiya etilgan dozalarda qabul qilish kerak. Dozani oshirib yuborilishi odatda paratsetamol bilan bog'liq.
Teri qoplamalarini oqarishi, anoreksiya, ko'ngil aynishi, qusish; gepatonekroz; «jigar» transaminazalari faolligi oshishi; protrombin indeksi oshishi mumkin. Dozani oshib ketishini belgilarida darhol shifokorga murojaat qilish lozim. Davolash: keyingi faollashtirilgan ko'mirni buyurish bilan me'dani yuvish; simptomatik terapiya.

Farmakologik ta'sir

Majmuaviy preparat. Paratsetamol haroratni tushiruvchi va og'riqni qoldiruvchi ta'sir ko'rsatadi, xlorfeniramin allergiyaga qarshi va shish qaytaruvchi ta'sirga ega. Qon tomirlarning o'tkazuvchanligini kamaytiradi, burun shilliq qavati giperemiyasi va shishini yo'qotadi, nafasni yengillashtirib allergik rinit simptomlarini yo'qotadi. Fenilefrin tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko'rsatadi, natijada burunni bitishi yo'qoladi va burundan suyuqlik ajralishi kamayadi. Kofein markaziy nerv tizimiga rag'batlantiruvchi ta'sirga ega, bu charchoqlik va uyquchanlikni kamayishiga, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshishiga olib keladi.