Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Ринил Хотмикс

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Ринил Хотмикс пор. апельсин 5г №5

8 951 so'mdan
(5471)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Ринил Хотмикс пор. апельсин 5г №5
Xususiyatlari
Xalqaro nomlanishi
Ishlab chiqaruvchi
(Agio , Индия)
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Chiqarilish shakli
Ta‘rifi:
Dori shakli:
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Tarkibi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Saqlash sharoiti
Farmakologik xususiyatlari
Yaroqlilik muddati
Qo‘llanilishi
Dorixonalardan berish tartibi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Chiqarilish shakli

5,0 g dan alyumin folgali bir dozali paketlarda (sashe)

5 yoki 10 dan bir dozali paketlar (sashe) qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton kutida.

Ta‘rifi:

 granulalangan apelsin yoki limon xidli och-sariq rangli kukun.

 

Dori shakli:

ichga kabul kilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun (limon yoki apelsin taʼmli).

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigarning zaharli shikastlanishidan saqlanish uchun, preparatni alkogolli ichimliklar bilan qabul qilish mumkin emas. Preparatni  qabul qilish vaqtida avtomobilni yeki boshqa mexanizmlarni boshqarish tavsiya qilinmaydi. Shikastlangan paketchalardagi dorini ishlatmaslik kerak.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin qoʻllanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: koʻngil aynishi, qusish, epigastral sohada ogʻriq, ogʻir hollarda jigar yetishmovchiligi, ensefalopatiya va komatoz holat rivojlanadi.

Davolash: meʼdani yuvish, birinchi 6 soatda faollashtirilgan koʻmir, SH-guruh donatorlarini va doza oshirib yuborilganidan keyin 8-9 soat oʻtgach glutation sintezining oʻtmishdoshlari – metionin va 12 soatdan keyin N-atsetilsistein yuborish.

 

Tarkibi:

Xar bir bir martalik paket (sashe) quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

paratsetamol                                        750,0 mg

fenilefrin gidroxloridi                10,0 mg

askorbin kislotasi (S vitamini)    60,0 mg

yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, vino kislotasi, natriy saxarini, natriy sitrati, saxaroza, suvsiz kolloidli kremniy dioksidi, Powdarome orange aromatizatori yoki laym aromatizatori, Supra sariq shafaqi boʻyovchisi.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

 OʻRK simptomlarini bartaraf etuvchi vosita. Analgetik-antipiretik.

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat.

Paratsetamol – analgetik-antipiretik. Analgetik, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yalligʻ lanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi.

Fenilefrin gidroxloridi – simpatomimetik, terapevtik dozalarda markaziy nerv tizimiga yaqqol raxbatlantiruvchi taʼsiri boʻlmagan, asosan alfa-adrenomimetik faollikka ega. Periferik tomirlariga vazo-konstriktor taʼsir koʻrsatadi. Burun-xalqum shilliq pardasi shishini kamayishiga yordam beradi.

Askorbin kislotasi organizmni infeksiyaga boʻlgan qarshiligini oshiradi.

Farmakokinetikasi

Paratsetamol meʼda-ichak yoʻllaridan tez va deyarli toʻliq soʻriladi, organizm suyuqliklarida nisbatan bir tekis taqsimlanadi. Asosan jigarda metabolizmga uchrab, bir nechta metabolitlarni hosil qiladi. Terapevtik dozalarda qabul qilinganida organizmdan yarim chiqarilish davri 2-3 soatni tashkil etadi. Preparatning asosiy qismi jigarda konʼyugatsiya boʻlganidan soʻng chiqariladi. Paratsetamolning qabul qilingan dozasini 3% dan koʻp boʻlmagan qismi oʻzgarmagan holda chiqariladi.

Askorbin kislotasi meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi, plazma oqsillari bilan bogʻlanishi 25% ni tashkil qiladi, organizm toʻqimalariga keng taqsimlanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, siydik bilan oʻzgarmagan holda oksalat shaklida chiqariladi. Haddan tashqari koʻp miqdorda qabul qilingan askorbin kislotasi oʻzgarmagan holda siydik bilan tez chiqariladi.

Fenilefrin meʼda-ichak yoʻllaridan yomon soʻriladi va ichaklarda va jigarda “birlamchi oʻtish” jarayonida monoaminooksidaza taʼsiri ostida metabolizmga uchraydi. Fenilefrin ichga qabul qilinganida preparatning biokiraolishligi cheklangan. Siydik bilan sulfat kislotasining konʼyugati shaklida deyarli toʻliq chiqariladi.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Qo‘llanilishi

Tana haroratini oshishi, bosh ogʻrigʻi, oʻtkir rinit, tumov, aksirish, mushaklar ogʻrigʻi bilan kechuvchi infeksion-yalliglanish va shamollash kasalliklarini simptomatik davolash uchun qoʻllanadi.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar: bitta paketd (sashe) dan kuniga 4 marta. Oʻram ichidagisi bir stakan issiq suvda eritiladi.

12 yoshgacha boʻlgan bolalarga preparatni qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Markaziy nerv tizimi tomonidan: psixomotor reaksiyalar tezligini pasayishi, tez charchash xissiyoti.

Ovkat hazm qilish tizimi tomonidan: ogʻizni qurishi, koʻngil aynishi, epigastriy sohasida ogʻriqlar; preparatda paratsetamol mavjudligi tufayli uzoq vaqt katta dozalarda qoʻllanganida gepatotoksik taʼsiri namoyon boʻlishi mumkin.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimini oshishi va yurak urishini tezlashishi epizodlari boʻlishi mumkin.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siydik tutilishi, paratsetamol mavjudligi tufayli katta dozalarda kabul kilinganida nefrotoksik taʼsiri boʻlishi mumkin.

Qon yaratish tizimi tomonidan: paratsetamol mavjudligi tufayli yukori dozalarda uzoq vaqt qoʻllanilishida – kam hollarda trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Fenilefrin gidroxloridini monoaminoksidaza ingibitorlari yoki tritsiklik depressantlari bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas. Qoʻllash uchun nisbiy mumkin boʻlmagan, xususan tizimli qoʻllanganida, gipertoniya, barqaror boʻlmagan stenokardiya, yaqinda oʻtkazilgan miokard infarkti, gipertireoidoz va homiladorlik hollardir.

Paratsetamolni ushbu doriga oʻta yukori sezuvchanligi boʻlgan bemorlarda ham qoʻllash mumkin emas. Aspiringa allergiyasi boʻlgan odamlarda paratsetamolga reaksiya koʻrsatmasliklari mumkin; ammo paratsetamol qabul qilinganidan soʻng, aspirin taʼsiriga koʻp sonli boʻlmagan astmatiklarda kuchsiz bronxospastik reaksiyalar kayd etilgan.

Giperoksaluriyasi boʻlgan bemorlarda S vitaminini qoʻllash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampitsin, sitovudin va boshqa jigar mikrosomal ferment induktorlari bilan bir vaqtda qoʻllanganda, paratsetamol gepatotoksik taʼsirini xavfi oshadi.