Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
РИНГЕР РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

РИНГЕР РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 250МЛ №1

3 000 so'mdan
(2987)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
POTASSIUM CHLORIDE,CALCIUM CHLORIDE,SODIUM CHLORIDE
Ishlab chiqaruvchi
СИНТЕЗ
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Солевые растворы
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
 Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 Infuziya uchun eritma.

 

Tarkibi:

1 l eritma saqlaydi:

faol moddalar: natriy xloridi 8,6 g, kalsiy xloridi 0,33 g, kaliy xloridi 0,3 g.

yordamchi modda: inyeksiya uchun suv-1 litrgacha.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

Tuzli eritmalar.

 

Farmakologik xususiyatlari

Ringer eritmasi yoʻqotilgan ekstratsellyular suyuqlikning va asosiy elektrolitlar (natriy, kaliy, kalsiy) va xloridlarning oʻrnini toʻldiradi.

Regidratatsiyalovchi va dezintoksikatsiyalovchi taʼsir koʻrsatadi.

 

 

Farmakokinetikasi

Aylanayotgan qon hajmini toʻldiruvchi vosita sifatida qoʻllanganida, qon tomir xavzasidan tashqaridagi boʻshliqqa tez chiqishi sababli, samarasi faqat 30-40 minut davomida saqlanadi (shuning uchun eritma aylanayotgan qon hajmini faqat qisqa muddatli toʻldirish uchun yaroqlidir). Siydik bilan chiqariladi.

 

 

Qoʻllanilishi

Eritrotsitlar oʻrnini toʻldirishning zarurati boʻlmagan hollarda plazma oʻrnini bosuvchi vosita sifatida: shok, kollaps, kuyish, davomli qayt qilish va diareyada qoʻllanadi. Preparat turli genezli degidratatsiyada, giponatriyemiyada, gipovolemik shokda (yordamchi davolash sifatida), suyuqlikni yoʻqotilishi bilan bogʻlik boʻlgan metabolik alkalozda qoʻllanadi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Eritma faqat vena ichiga (v/i) yuborish uchun moʻljallangan.

Doza patsiyentning yoshiga, tana vazniga, klinik holatiga va laborator koʻrsatkichlariga qarab, shifokor tomonidan buyuriladi. V/i tomchilab sutkada 500 ml dan 1000 ml gacha yuboriladi, yuborishning oʻrtacha tezligi tana vazniga – 3,0 ml/kg yoki minutiga 70 tomchini yoki soatiga 250 ml ni tashkil qiladi.

Eritmani buyurish, har bir patsiyent uchun suyuqlikni tutib turuvchi yoki ehtiyojini oʻrnini bosuvchi hajmini nazarda tutilgani hisobiga asoslangan boʻlishi kerak.

Umumiy sutkalik doza tana vaznining 2-6% ni tashkil qiladi.

Parenteral preparatlarni ishlatishdan avval zarrachalar borligini tekshirish va rangini oʻzgarishishini vizual tekshirish lozim.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Suyuqlikning katta hajmi yuborilganda atsidoz rivojlanishi mumkin.

Noadekvat yuqori dozada suv-elektrolit balansi buzilishi, shu jumladan gipovolemiya, gipernatriyemiya, giperkaliyemiya, giperkalsiyemiya, giperxloremiya boʻlishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • preparatning komponentlariga oʻta yuqori sezuvchanlik;
  • dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligi;
  • giperkaliyemiya;
  • oliguriya va anuriya;
  • oʻtkir buyrak yetishmovchiligi;
  • oʻpka shishi;
  • miya shishi;
  • giperkoagulyatsiya;
  • gipergidratatsiya;
  • tromboflebit;
  • metabolik atsidoz;
  • giperkalsiyemiya;
  • yondosh davolash.

 

 Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Quyidagi dori vositalari bilan bir vaqtda qoʻllanganida organizmda natriyni tutilishi oshishi mumkin: nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar, androgenlar, anabolik gormonlar, estrogenlar, kortikotropin, mineralokortikoidlar, vazodilatatorlar yoki ganglioblokatorlar.

Kaliyni tejovchi diuretiklar, AAF ingibitorlari va kaliy preparatlari bilan qabul qilinganida giperkaliyemiyani rivojlanish xavfi kuchayadi.

Yurak glikozidlari bilan majmuada qoʻllanganda, ularning zaharli samaralarining ehtimoli oshadi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Katta hajmda tez yuborilgan hollarda kislota-ishqor muvozanatini va elektrolitlarning darajasini nazorat qilish kerak. Qon rN ning oʻzgarishi kislotali boʻlishi K+ – ionlarini qayta taqsimlanishiga olib keladi (rN ni pasayishi zardobda K+ – ionlarining miqdorini oshishiga olib keladi).

Uzoq muddat qoʻllanganida plazmadagi elektrolitlarning konsentratsiyasini va sutkalik diurezni nazorat qilish kerak.

Xlor ionlarining darajasini yuqoriligi tufayli, preparatni uzoq muddat qoʻllash tavsiya qilinmaydi.

Homiladorlik davrida ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun boʻlgan xavfdan ustun boʻlgan hollarda qoʻllangadi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Doza sezilarli oshirib yuborilganida, atsidoz va gipergidratatsiya koʻrinishlari kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda preparatni yuborishni darhol toʻxtatish kerak. Simptomatik davolash oʻtkaziladi.

 

Chiqarilish shakli

Infuziya uchun eritma 100 ml, 250 ml va 500 mldan flakonlarda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq. yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.