Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
РИБОКСИН ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

РИБОКСИН ТАБЛЕТКА 200МГ №50

3 500 so'mdan
(3436)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
INOSINE
Ishlab chiqaruvchi
ЛЕКХИМ-ХАРЬКОВ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Кардиотонические препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya reaksiyalari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Maxsus koʻrsatmalar
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

Tabletkalar

 

Tarkibi:

Faol modda: inozin 200 mg.

Yadroning yordamchi moddalari: kartoshka kraxmali, shakar, gipromelloza, natriy kroskarmelloza (natriy  karboksimetilsellyuloza), povidon 25, magniy stearati.

Qobiqning yordamchi moddalari: gipromelloza, talk, titan dioksidi, makrogol 6000 (prolietilenglikol 6000), tvin-80, xinolin sarigʻi Ye104.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Metabolik jarayonlarni muvofiqlashitruvchi vositalar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparat metabolik jarayonlarni boshqaruvchi dori vositalari guruhiga mansub. Purin hosilasi (nukleozid), adenozintrifosfatni (ATF) oʻtmishdoshi. Moddalar almashinuvi jarayonlarida, xususan karbonsuvlar almashinuvida muhim rolni oʻynaydi, Krebs siklining qator fermentlarini faolligini oshiradi. Nukleoidlarning sintezini ragʻbatlantiradi. Antigipoksik taʼsir koʻrsatadi.

Farmakokinetikasi

Ovqat hazm qilish yoʻllaridan yaxshi soʻriladi. Jigarda glyukuron kislotasini hosil qilib, va uni keyinchalik oksidlanishi bilan metabolizmga uchraydi. Oz miqdorda buyraklar orqali chiqariladi.

 

Qoʻllanishi

Yurak ishemik kasalligi, miokardiodistrofiya, infarktdan keyingi holat, yurakning tugʻma va orttirilgan porogi, yurak ritmining buzilishi (ayniqsa glikozid intoksikatsiyasida), miokarditlar, gepatitlar, jigar sirrozi, jigarning yogʻli distrofiyasi, shu jumladan alkogol yoki dori vositalari chaqirgan, urokoproporfiriyalarni (davolash kompleks davolash tarkibida).

Radioaktiv nurlanishda leykopeniyani oldini olishda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparatni ichga, ovqatdan oldin, chaynamasdan, suv bilan qabul qilinadi. Boshlangʻich sutkalik doza 600-800 mg (200 mg dan kuniga 3-4 marta). Yaxshi oʻzlashtirilganda sutkalik dozani 1,2-2,4 g gacha (400 mg dan kuniga 3 marta yoki 600 mg dan kuniga 4 martagacha) oshirish mumkin. Davolash kursi 4 haftadan 1,5-3 oygacha uzayishi mumkin. Urokoproporfiriyada sutkalik 800 mg (400 mg dan 4 marta) dozada har kuni 1-3 oy davomida qabul qilinadi.

 

Nojoʻya reaksiyalari

Preparat odatda yaxshi oʻzlashitiriladi. Ayrim hollarda terini qichishishi, qizarishi, siydik kislotasining konsentratsiyasini oshishi boʻlishi mumkin. Uzoq muddat katta dozalarda qoʻllanganda podagrani zoʻrayishi yuz berishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatga yuqori sezuvchanlik.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Terini qichishishi va qizarishi paydo boʻlganida preparat bilan davolashni toʻxtatish kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar, 200 mg dan blisterda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.