Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Рибавирин КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Рибавирин КАПСУЛА 100мг №12

35 800 so'mdan
(4009)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
КИТАЙ
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilshi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

kapsulalar

 

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: ribavirin – 200 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati (sut qandi) – 96,0 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 2,0 mg, magniy stearati – 2,0 mg;

Oq rangli qattiq jelatin kapsulalar № 0

korpus: titan dioksidi, jelatin;

qopqoqcha: titan dioksidi, jelatin.

 

Taʼrifi: 

oq rangli kapsulalar № 0.

Kapsulalarning ichidagisi – oq yoki sargʻish tusli oq kukun.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

viruslarga qarshi vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Ribavirin – yaqqol viruslarga qarshi taʼsirga ega boʻlgan nukleozidlarning sintetik analogi. Turli DNK va RNK viruslarga qarshi taʼsirning keng doirasiga ega.

Farmakodinamikasi

Ribavirin viruslar bilan shikastlangan xujayralarga oson kiradi va tez xujayra ichki adenozinkinaza tomonidan ribavirin mono-, di- va trifosfatga fosforlanadi. Bu metabolitlari, ayniqsa ribavirin trifosfat, yaqqol viruslarga qarshi faollikka ega.

Ribavirinning taʼsir mexanizmi yetarlicha aniqlanmagan. Lekin, ribavirinni inozin monofosfat degidrogenazani (IMD) ingibitsiya qilinishi maʼlum, bu samarasi xujayra ichki guanozin trifosfatning (GTF) darajasini yaqqol pasayishiga olib keladi, bu oʻz navbatida, virus DNK va virus spetsifik oqsillarning sintezini susaytirishi bilan birga kechadi. Ribavirin yangi virionlarning replikatsiyasini ingibitsiya qiladi, bu virusli yuklamaning pasayishini taʼminlaydi. Ribavirin normal faoliyat qilayotgan xujayralarda RNK sintezini bostirmasdan, virusli DNK sintezini selektiv ingibitsiya qiladi.

Ribavirin viruslarning koʻpchilik DNK va RNK siga nisbatan samarador. Ribaviringa eng sezgir DNK viruslari quyidagilar xisoblanadi: Simplex herpes virus, poks virus, virus of Marek′s illgess. Ribaviringa sezgir boʻlmagan DNK viruslari quydagilar xisoblanadi: Varicella Zoster, pseudorabies, cow smallpox. Ribaviringa eng sezgir RNK viruslari quydagilar xisoblanadi: influenza A, B, paramyxovirus (parainfluenzs, epidemic parotite, Nucasl′s illness), reoviruses, RNA tumoral viruses. Ribaviringa sezgir boʻlmagan PNK viruslari quydagilar xisoblanadi: enteroviruses, rhinovirus, Semlicy Forest.

Ribavirin S gepatiti virusiga (SGV) qarshi faollikka ega. Ribavirinning SGV qarshi taʼsir mexanizmi toʻliq aniqlanmagan. Fosforlanish sari toʻplanayotgan ribavirin trifosfati, guanozin trifosfatning xosil boʻlishini raqabatli bostirib, shu bilan virus RNK sining sintezini pasaytiradi deb taxmin qilinadi. Shuningdek, ribavirin va alfa interferonning SGV ga qarshi sinergik taʼsirining mexanizmi, interferon tomonidan ribavirinning fosforlanishini kuchayishi ham hisoblanadi.

 

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi: peroral qoʻllanganida ribavirin meʼda-ichak yoʻllarida tez soʻriladi. Bunda uning biokiraolishligi 45% dan koʻproqni tashkil qiladi.

Taqsimlanishi: ribavirin plazmada, nafas yoʻllarining shilliq sekretida va eritrotsitlarda taqsimlanadi. Ribavirin trifosfatning katta miqdori, 4-nchi kuni platoga erishib va yuborilganidan keyin bir necha hafta davomida saqlanib, eritrotsitlarda toʻplanadi. Yarim taqsimlanish davri 3,7 soatni tashkil qiladi. Taqsimlanish xajmi (Vd) – 647-802 l. Kursli qabul qilinganidan keyin ribavirin katta miqdorlarda plazmada toʻplanadi. Takroriy va bir marta qabul qilinganida biokiraolishligi koʻrsatgichlarining (AUC – “konsentratsiya/vaqt” egri chizigʻi osti maydoni) nisbati 6 ga teng. Davomli qoʻllanganidan keyin ribavirinning axamiyatli konsentratsiyasi (67% dan koʻproq) orqa miya suyuqligida aniqlanishi mumkin. Plazma oqsillari bilan axamiyatsiz bogʻlanadi.

Plazmadagi maksimal konsentratsiyaga erishish vaqti – 1 soatdan 1,5 soatgacha.

Plazmadagi terapevtik konsentratsiyaga erishish vaqti qonning minutli xajmi koʻrsatgichiga bogʻliq.

Plazmadagi maksimal konsentratsiyasining (Smax) oʻrtacha kattaligi: xar 8 soatda 200 mg dozada qabul qilinganida 1-nchi hafta oxirida taxminan 5 mkmol litr va xar 8 soatda 400 mg dozada qabul qilinganida 1-nchi hafta oxirida taxminan 11 mkmol litr.

Biotransformatsiyasi: ribavirin jigar xujayralarida mono-, di- va trifosfat koʻrinishidagi faol metabolitlariga fosforlanadi, soʻngra ular 1,2,4-triazolkarboksamidga metabolizmga uchraydi (trikarboksil kislota va triazolli karboksilli metaboliti xosil boʻlishi bilan amidli gidroliz).

Chiqarilishi: ribavirin organizmdan sekin chiqariladi. 200 mg doza bir marta qabul qilinganidan keyin yarim chiqarilish davri (T1/2) plazmadan 1 dan 2 soatgachani va eritrotsitlardan 40 kungachani tashkil qiladi. Kursli qabul qilish toʻhtatilganidan keyin T1/2 taxminan 300 soatni tashkil qiladi. Ribavirin va uning metabolitlari organizmdan asosan buyraklar orqali chiqariladi. Faqat taxminan 10% ichak orqali chiqariladi. Oʻzgarmagan xolda taxminan 7% ribavirin 24 soat ichida va taxminan 10%- 48 soat ichida chiqariladi.

Alohida klinik holatlardagi farmakokinetikasi

Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlar preparatni qabul qilganlarida ribavirinning AUC va Cmax oshadi, bu xaqiqiy klirensini pasayishi bilan bogʻliq. Jigar yetishmovchiligida (A, V va S darajalari) ribavirinning farmakokinetikasi oʻzgarmaydi. Yogʻlarni saqlovchi ovqat bilan bir martalik doza qabul qilinganidan keyin, ribavirinning farmakokinetikasi axamiyatli oʻzgaradi (AUC va Cmax 70% ga oshadi).

 

Qoʻllanilishi

Surunkali S gepatiti (interferon alfa-2b yoki peginterferon alfa-2b bilan majmuada): ilgari interferon alfa-2b yoki peginterferon alfa-2b bilan davolanmagan birlamchi bemorlar; interferon alfa-2b yoki peginterferon alfa-2b bilan monoterapiya kursidan keyingi zoʻrayishda; interferon alfa-2b yoki peginterferon alfa-2b bilan monoterapiyaga sezgir boʻlmagan bemorlarda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga, chaynamasdan va suv bilan, ovqat qabul qilish bilan birga sutkada 0,8-1,2 g 2 qabulda (ertalab va kechqurun) buyuriladi. Bir vaqtda interferon alfa-2b – teri ostiga, 3 mln. XB haftada 3 marta yoki peginterferon alfa-2b – teri ostiga, 1,5 mkg/kg haftada 1 marta. Interferon alfa-2b bilan majmuada tana vazni 75 kg gacha boʻlganida ribavirinning dozasi – sutkada 1 g (ertalab 0,4 g va kechqurun 0,6 g); 75 kg dan yuqori – sutkada 1,2 g (ertalab 0,6 g va kechqurun 0,6 g). Bir vaqtda peginterferon alfa-2b – teri ostiga, 3 mln. XB haftada 3 marta yoki peginterferon alfa-2b – teri ostiga, 1,5 mkg/kg haftada 1 marta. Peginterferon alfa-2b bilan majmuada tana vazni 65 kg gacha boʻlganida ribavirinning dozasi – sutkada 0,8 g (ertalab 0,4 g va kechqurun 0,4 g); 65-85 kg da – sutkada 1 g (ertalab 0,4 g va kechqurun 0,6 g); 85 kg dan yuqori – sutkada 1,2 g (ertalab 0,6 g va kechqurun 0,6 g).

Davolash davomiyligi – 24 – 48 hafta; bunda ilgari davolanmagan bemorlar uchun – 24 haftadan kam emas, genotip 1 virusili bemorlarda – 48 hafta. Interferon alfa bilan monoterapiyaga sezgir boʻlmagan bemorlarda, shuningdek qaytialanishlarda – kamida 6 oydan 1 yilgacha (kasallikning klinik kechishi va oʻtkazilayotgan davolashga javobga qarab).

 

Nojoʻya taʼsirlari

Nerv tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, umumiy kuchsizlik, lohaslik, uyqusizlik, asteniya, depressiya, taʼsirchanlik, bezovtalik, emotsional beqarorlik, asabiylik, qoʻzgʻalish, tajavvuzkor xulq, ongni chalkashishi, kam hollarda – suitsidal moyillik, silliq mushaklarning tonusini oshishi, tremor, parastezityalar, gipersteziya, gipesteziya, xushdan ketish.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, bradi- yoki taxikardiya, yurak urishi, yurakni toʻxtashi.

Qon yaratish aʼzolari tomonidan: gemolitik anemiya, leykopeniya, neytropeniya, granulotsitopeniya, trombotsitopeniya; juda kam hollarda – aplastik anemiya.

Nafas tizimi tomonidan: dispnoe, yoʻtal, faringit, xansirash, bronxit, oʻrta otit, sinusit, rinit.

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: ogʻizni qurishi, ishtaxani pasayishi, koʻngil aynishi, qusish, diareya, abdominal ogʻriq, qabziyat, taʼmni buzilishi, pankreatit, meteorizm, stomatit, glossit, milklardan qon ketishi, giperbilirubinemiya.

Sezgi aʼzolari tomonidan: koʻzyoshi bezini shikastlanishi, konʼyunktivit, koʻrishni buzilishi, eshitishni buzilishi/yoʻqolishi, quloqlarda shovqin.

Tayanch-xarakat apparati tomonidan: artralgiya, mialgiya.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: oqib kelishlar, libidoni pasayishi, dismenoreya, amenoreya, menorragiya, prostatit.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eritema, eshakemi, gipertermiya, angionevrotik shishi, bronxospazm, anafilaksiya, fotosensibilizatsiya, koʻpshaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.

Boshqalar: sochlarni toʻkilishi, konʼyunktivit, alopetsiya, sochlarning tuzilishini buzilishi, terining quruqligi, gipotireoz, koʻkrak qafasida ogʻriq, chanqoqlimk, zamburugʻli infeksiya, virusli infeksiya, grippsimon sindrom, koʻp terlash, limfadenopatiya.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan xolatlar

Oʻta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri, IIb-III darajali surunkali yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi – minutiga 50 ml dan kam), ogʻir anemiya, jigar yetishmovchiligi, dekompensatsiyalangan jigar sirrozi, autoimmun kasalliklar (shu jumladan autoimmun gepatit), qalqonsimon bezining davolashga berilmaydigan kasalliklari, suitsidal fikirlar bilan ogʻir depressiya, bolalar va oʻsmirlar (18 yoshgacha).

Ehtiyotkorlik bilan

Reproduktiv yoshdagi ayollar (xomiladorlik yuz berishi yaxshi emas), dekompensatsiyalangan qandli diabet (ketoatsidoz xurpujlari bilan); oʻpkalarning surunkali obstruktiv kasalliklari, oʻpka arteriyasining tromboemboliyasi, surunkali yurak yetishmovchiligi, qalqonsimon bezining kasalliklari (shu jumladan tiriotoksikoz), qonning ivishini buzilishlari, tromboflebit, miyelodepressiya, gemoglobinopatiya (shu jumladan talassemiya, oʻroq-xujayrali anemiya), depressiya, suitsidga moyillik (shu jumladan anamnezdagi), keksalar.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Magniy va alyuminiy birikmalari, semitikon saqlovchi dori vositalari preparatning biokiraolishligini pasaytiradi (AUC 14% ga kamayadi, bu klinik ahamiyatga ega emas).

Interferon alfa-2b yoki peginterferon alfa-2b bilan birga qoʻllanganda – taʼsirning sinergizmi.

Zidovudin va/yoki stavudin bilan davolash vaqtida ribavirinni buyurish, ularning fosforlanishini pasayishi bilan birga kechadi, bu OITV-viremiyaga olib kelishi va davolash sxemasini oʻzgartirishni talab qilishi mumkin.

Purinli nukleotidlarning fosforlangan metabolitlarining konsentratsiyasini (shu jumladan didanozinni, abakavirni) va bu bilan bogʻliq boʻlgan sutli atsidoz rivojlanishi xavfini oshiradi.

Sitoxrom R450 ishtirokidagi jigarning fermentativ faolligiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Yogʻlarni koʻp saqlovchi ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish, ribavirinning biokiraolishligini oshiradi (AUC va Cmax 70% ga oshadi).

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparatning teratogenligini xisobga olish kerak, reproduktiv yoshdagi erkaklar va ayollar davolash vaqtida va davolash tugaganidan keyin 7 oy davomida samarali kontratseptiv vositalarni ishlatishlari kerak.

Laboratoriya tekshirishlarini (leykotsitar formula va trombotsitlar sonini xisoblash bilan qonning klinik taxlili, elektrolitlar, kreatinin miqdori, jigarning funksional sinamalarini aniqlash) davolashni boshlash oldidan, 2 va 4 haftada, keyin muntazam oʻtkazish kerak.

Ribavirin bilan davolash jarayonida koʻpchilik xollarda gemoglobinning miqdorini maksimal pasayishi, davolash boshlanganidan keyin 4-8 hafta oʻtgach aniqlanadi. Gemoglobin 110 mg/ml dan kamga pasayganida, ribavirinning dozasini vaqtincha kuniga 400 mg ga kamaytirish, gemoglobin 100 mg/ml dan kamga pasayganida, dozani dastlabkidan 50% gacha qichqartirish kerak. Koʻpchilik xollarda dozani tavsiya etilgan oʻzgarishlari gemoglobinning darajasini tiklanishini taʼminlaydi. Gemoglobin 85 mg/ml dan kamga pasayganida, preparatni qabul qilishni toʻxtatish kerak.

Oʻta yuqorpi sezuvchanlik (eshakemi, angionevrotik shishi, bronxospazm, anafilaksiya) oʻtkir nomoyon boʻlganida, preparatni qoʻllashni darxol toʻxtatish kerak. Oʻtkinchi toshmalar davolashni uzish uchun asos boʻlmaydi.

Davolanish vaqtida charchoqlik, uyquchanlik yoki dezoriyentatsiya sezuvchi shaxslar, avtotransportni xaydash va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanishdan saqlanishlari kerak.

Keksa patsiyentlarda buyrak faoliyatini yomonlashishi mumkinligi tufayli, preparatni qoʻllash oldidan, buyrak faoliyatini, xususan kreatinin klirensini aniqlash kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilshi

Nojoʻya taʼsirlarining yaqqolligini kuchayishi mumkin.

Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

Kapsulalar 200 mg dan.

30, 60 yoki 120 kapsuladan polimer banka yoki polimer flakonda.

Har bir banka yoki flakon, 3, 6, 12 kontur uyali oʻram qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.