Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
РЕОСОРБИЛАКТ РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

РЕОСОРБИЛАКТ РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 200МЛ №1

20 000 so'mdan
(4615)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
MAGNESIUM CHLORIDE,SODIUM LACTATE,SODIUM CHLORIDE,POTASSIUM CHLORIDE,CALСIUM CHLORIDE,SORBITOL
Ishlab chiqaruvchi
САНТА ФАРМ
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Дезинтоксикационные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Dori shakli:

 infuziya uchun eritma

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Reosorbilakt reologik, shokka qarshi, dezintoksikasiya qiluvchi, ishqorlovchi va ichak peristaltikasini rag‘batlantiruvchi ta‘sirlarga ega. Asosiy farmakologik faol moddalari sorbitol va natriy laktatidir. Jigarda sorbitol avval fruktozaga aylanadi, keyin u glyukozaga va so‘ngra glikogenga aylanadi. Sorbitolning bir qismi shoshilinch energetik ehtiyojlar uchun ishlatiladi, boshqa qismi glikogen ko‘rinishida zahira sifatida yig‘iladi. Sorbitolning izotonik eritmasi dezagregasion ta‘sirga ega va shunday qilib, to‘qimalarning mikrosirkulyasiyasi va perfuziyasini yaxshilaydi.

Bikarbonat eritmasidan farqli ravishda, natriy laktat yordamida metobolik asidozni to‘g‘irlanishi, uning moddalar almashinuvga kirishishiga qarab sekinroq, rN ning keskin siljishlarisiz o‘tadi. Natriy laktatning ta‘siri yuborilgandan keyin 20-30 minut o‘tgach namoyon bo‘ladi.

Natriy xloridi – regidratasiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlarining tanqisligini to‘ldiradi.

Kalsiy xloridi kalsiy ionlari tanqisligini to‘ldiradi. Kalsiy ionlari nerv impulslarini o‘tkazish jarayonini amalga oshirish, skelet va silliq mushaklarning qisqarishi, miokardning funksiyasi, suyak to‘qimasining shakllanishi va qonning ivishi uchun zarur. Hujayralar va qon tomir devori o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish reaksiyalarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi, organizmning infeksiyalariga chidamliligini oshiradi.

Kaliy xloridi suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi. Salbiy xrono- va batmotrop ta‘sir ko‘rsatadi, katta dozalarda esa – salbiy ino-, dromotrop va o‘rtacha diuretik ta‘sir ko‘rsatadi. Nerv impulslarini o‘tkazish jarayonlarida ishtirok etadi. Asetilxolinning miqdorini oshiradi va vegetativ nerv tizimining simpatik bo‘limining qo‘zg‘alishini chaqiradi. Mushak distrofiyasi va miasteniyada skelet mushaklarining qisqarishini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi 

Sorbitol umumiy metabolizmga tez kirishadi, uning 80-90% jigarda o‘zlashtiriladi va glikogen ko‘rinishida yig‘iladi, 5% miya to‘qimalarida, yurak mushaklarida va skelet mushaklarida yig‘iladi, 6-12% siydik bilan chiqariladi. Qon tomirlarga yuborilganida natriy laktatidan natriy, SO2 va N2O ajralib chiqadi va ular natriy bikarbonatini hosil qiladilar, bu qonning ishqoriy zahirasini oshishiga olib keladi. Yuborilgan natriy laktatining faqat yarmigina (izomer L) faol hisoblanadi, boshqa yarmi (izomer D) esa metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.

Natriy xloridi aylanayotgan qon xajmini faqat vaqtincha oshirib, qon tomir havzasidan tezda chiqariladi. Diurezni kuchaytiradi.

Qo‘llanilishi

– kapillyar qon oqishini yaxshilash uchun travmatik, operasiyadan va kuyishdan keyingi, gemolitik va toksik shokni oldini olish va davolash maqsadida, o‘tkir qon yo‘qotishda, kuyish kasalligida;

– intoksikasiya bilan kechuvchi infeksion kasalliklarda, surunkali gepatitning zo‘rayishida;

– sepsisda;

– operasiyadan oldingi tayyorlash uchun va operasiyadan keyingi davrda;

tromboz, tromboflebitlar, endarteritlar oldini olish va davolash maqsadida, arterial va venoz qon aylanishini yaxshilashda

– Reyno kasaligida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Reosorbilakt kattalarga vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab, minutiga 40-60 tomchi tezligida yuboriladi. Zarurati bo‘lganida minutiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo‘li bilan sinama o‘tkazilganidan keyin preparatni oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yiladi. 15 tomchi yuborilganidan keyin preparatni yuborish to‘xtatiladi, 3 minut o‘tgach esa, reaksiya bo‘lmaganida, Reosorbilakt oqim bilan yuboriladi.

Travmatik, kuyish, operasiyadan keyingi va gemolitik shoklarda kattalarga 600-1000 ml dan (10-15 ml/kg bemorning tana vazniga) bir marta va 600-1000 ml (10-15 ml/kg bemorning tana vazniga) dan takroran, avval oqim bilan, so‘ngra esa tomchilab yuboriladi.

Surunkali gepatitlarda kattalarga – 400 ml (6-7 ml/kg bemorning tana vazniga) dan tomchilab, takroran yuboriladi. O‘tkir qon yo‘qotishda kattalarga 1500 -1800 ml dan (tana vazniga 25 ml/kg dan) yuboriladi. Bunday holda reosorbilakt infuziyasini gospitalgacha bo‘lgan bosqichida, ixtisoslashgan tez yordam mashinasida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Operasiyadan oldingi davrda va turli xirurgik aralashuvlardan so‘ng preparat 400 ml dozada (6-7 ml/kg tana vazniga) tomchilab 3-5 kun davomida yuboriladi. Qon tomirlarining tromboobliterasiyalovchi kasalliklarida tana vazniga 8-10 ml/kg dozada tomchilab, takroriy, kunora yuboriladi, davolash kursiga 10 ta infuziyagacha.

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni 10 ml/kg dozasida yuborish taviya qilinida, 6 yoshdan 12 yoshgacha – kattalarga tavsiya qilingan dozasining yarimi yuboriladi. 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga kattalar  bilan bir xil dozada yuboriladi

Nojo‘ya ta‘sirlari

Alkaloz va allergiya reaksiyasi (teri toshmasi, qichishish).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

— Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.

— alkalozda,

— suyuqlikni katta hajmlarini quyish mumkin bo‘lmagan xollarda (miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-tomir dekompensasiyasi, III-darajali arterial gipertenziya, terminal buyrak yetishmovchiligi), suvsizlanishda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Reosorbilakt  fosfat- i karbonat saqlovchi eritmalar bilan qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori vositalarini tashuvchi-erituvchi sifatida qo‘llash mumkin emas. 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat kislota-ishqor holatining va qondagi elektrolitlarning ko‘rsatkichlari, jigarning funksional holati va arterial bosimning nazorati ostida qo‘llanadi. Kalkulyoz xolesistiti bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan yuboriladi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar  to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Alkaloz ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, ular preparatni yuborilishi darhol to‘xtatilishi sharoitida mustaqil tez o‘tib ketadi, ba‘zida kollaps, suvsizlanish (diurezning kuchayishi hisobiga). Yuborish tezligi oshrilganida taxikardiya, arterial bosimni oshishi, hansirash, bosh og‘rig‘i, qorinda og‘riq rivojlanishi mumkin. Ko‘rsatilgan simptomlar eritmani yuborish tezligi ancha kamaytirilganidan keyin yoki to‘xtatilganidan keyin mustaqil tez yo‘qoladi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.