Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Ремантадин КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Ремантадин КАПСУЛА 100мг №10

15 000 so'mdan
(1985)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Ремантадин КАПСУЛА 100мг №10
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Chiqarilish shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Paratsetamol va atsetilsalitsil kislotasi remantadinning samaradorligini pasaytiradi. Simetidin remantadinning metabolizmini sekinlashtiradi va qon plazmasida uning konsentratsiyasini oshirishi mumkin.

Alkogolni isteʼmol qilishdan saqlanish kerak, chunki markaziy nerv tizimi tomonidan kutilmagan reaksiyalar paydo boʻlishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli:

 kapsulalar

 

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: rimantadin gidroxloridi 100 mg.

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, stearin kislotasi, quyosh sarigʻi pigmenti (Ye110).

kapsulaning korpusi va qopqoqchasining tarkibi: jelatin, titan dioksidi (Ye117).

 

Taʼrifi:

 oq kiritmalari boʻlgan och pushti ranglidan jigarranggacha tusli zargʻaldoq rangli, kukun saqlovchi qattiq oq/oq jelatin kapsulalar №0.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 tizimli qoʻllash uchun viruslarga qarshi vosita, bevosita taʼsirga ega viruslarga qarshi vosita, siklik aminlar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Remantadin amantadin hosilasi boʻlib, viruslarga qarshi yaqqol faollikka ega vositadir. U A grippi virusiga qarshi samaralidir. Remantadin V grippi virusiga taʼsir qilmaydi yoki kuchsiz taʼsir koʻrsatadi. Remantadin ehtimol, virus qobigʻini shakllanishini buzib viruslarning replikatsiya siklining ilk bosqichlarida ingibitsiya qiladi. Genetik tadqiqotlar, Remantadinning A grippi virusiga nisbatan viruslarga qarshi taʼsirida M2 virioni genining spetsifik oqsili muhim ahamiyatga egaligini koʻrsatdi. Remantadin in vitro sharoitida odamda ajratib olingan A grippi virusining barcha uchta antigen podtiplarini – H1N1, H2N2 va H3N2 ni replikatsiyasini ingibitsiya qiladi. Remantadin M2 oqsili membranasining ion kanallari faolligini sekinlashtiradi. Natijada virus qobigʻini endosoma bilan fuziyasi (bogʻlanishi) uchun va ribonukleoprotein kompleksidan matritsaning M1 proteinining dissotsiatsiyasi uchun zarur boʻlgan virusning ichki muhitini atsidifikatsiyasini susayishi yuz beradi. Shunday qilib, virusning replikatsiyasi infeksiyaning ilk bosqichlarida bloklanadi.

In vitro sharoitlarda Remantadinga nisbatan A grippi virusining sezgirligi va dori vositasining klinik samaradorligi oʻrtasida korrelyatsiya aniqlanmagan. Sezuvchanlikni oʻrganish yuzasidan (hujayra kulturasida Remantadinning virus replikatsiyasini 50% va undan ortiqqa ingibitsiya qila oluvchi konsentratsiyasi bilan ifodalangan) tekshirish natijalari eksperimentda ishlatilgan hujayra kulturasi, hujayralar yetishtiriladigan ozuqa muhiti va yuborilgan A grippi virusi shtammning miqdoriga qarab, 4 ng/ml dan 20 mkg/ mlgacha oʻzgarib turadi.

A grippi virusining ajratib olingan epidemik shtammlari orasida Remantadinni yopiq muhitida qoʻllanganda ajratib olingan remantadinga chidamli shtammlari mavjud. Rezistent viruslar transmissiv boʻlib, tipik grippga oʻxshash kasallikni chaqiradi. Remantadin A grippining faolsizlantirilgan vaksinaning immunogenetik xususiyatlariga taʼsir qilmaydi. Vaksinatsiyadan keyin, gripp epidemiyasi yuz berganda Remantadin, antitelalarni hosil boʻlishi uchun zarur boʻlgan 2-4 xafta davomiylikdagi, vaqt davomida kasallikdan himoya qilishi mumkin.

Remantadin shuningdek kana ensefalitining qoʻzgʻatuvchilari hisoblangan flaviviruslarga nisbatan ham samaralidir.

Farmakokinetikasi

 Ichga qabul qilingandan keyin taʼsir etuvchi modda – rimantadin gidroxloridi meʼda-ichak yoʻlidan yaxshi soʻriladi va yuqori biokiraolishlik xususiyatiga ega. Taʼsir etuvchi moddaning taʼminan 40% qonning plazma oqsillari bilan, asosan albuminlar bilan bogʻlanadi. Qon plazmasida maksimal konsentratsiyasiga 5-7 soatdan soʻng erishiladi. Remantadin jigarda jadal metabolizmga uchraydi, gidroksillanish, konʼyugatsiya va glyukuronidatsiyaga uchraydi. Kattalarda yarim chiqarilish davri oʻrtacha 25 soatni, keksa yoshdagi shaxslarda – 32 soatni, bolalarda – 13-38 soatni tashkil qiladi. Asosan siydik bilan 15% – buyrak orqali oʻzgarmagan holatda chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

Kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalarda grippni, kasallikning erta bosqichida davolash.

Kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalarda grippni oldini olish.

Kattalarda virus etiologiyali kana ensefalitini oldini olish uchun qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Remantadin ovqatdan keyin, suv bilan birga qabul qilinadi. Kapsulani chaynash mumkin emas.

Grippda davolash

Remantadinni qabul qilishni kasallikning birinchi simptomlari boshlanishidan keyinoq darhol 48 soat ichida boshlash kerak.

Kattalarga

Birinchi kuni 100 mg (1 kapsula) dan kuniga 3 marta, ikkinchi va uchunchi kunlari – 100 mg dan kuniga 2 marta, toʻrtinchi va beshinchi kunlari – 100 mg dan kuniga bir marta buyuriladi. Kasallikning birinchi kunida preparatni bir qabul qilishda 300 mg dan      (3 kapsula) qoʻllash mumkin.

Bolalarga

Preparatni bolalar uchun qoʻllashni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish kerak.

10 dan 14 yoshgacha – 100 mg (1 kapsula) dan kuniga 1 marta, 14 yoshdan oshganlarga – kattalar uchun tayinlangan dozalari buyuriladi.

Davolash kursining davomiyligi 5 kunni tashkil qiladi.

Grippni oldini olish (profilaktikasi) uchun

Kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalarga 100 mg dan kuniga bir marta 10-15 kun davomida buyuriladi.

Kattalarda kana soʻrganidan keyin virus chaqiradigan kana ensefalitini oldini olish:

100 mg (1 kapsula) dan kuniga 2 marta, 3 kun davomida. Alohida hollarda (shifokor koʻrsatmasiga binoan) – 5 kun buyuriladi.

Remantadin bilan profilaktikani kana chaqqandan soʻng darhol, lekin koʻpi bilan 48 soatdan keyin boshlash kerak.

Kattalarda kana soʻrmasdan virus etiologiyali kana ensefalitini oldini olish

Alohida hollarda (xavf guruhlari, oʻrmon joylarida sayohat ishtirokchilari, palatkalarda yashaganda va b.) kattalarga 100 mg dan kuniga 1 marta 15 kun davomida buyuriladi.

Agar dori vositasini qabul qilishni oʻtkazib yuborgan boʻlsangiz, bu haqda eslashingiz bilanoq uni darhol qabul qiling, biroq agar navbatdagi qabul qilish vaqti kelgan boʻlsa, uni oʻtkazib yuboring. Hech qachon dozani ikki marta oshirib qabul qilmang.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Remantadin boshqa dori vositalari kabi, barcha patsiyentlarda xam namoyon boʻlavermaydigan nojoʻya taʼsirlarni chaqirishi mumkin.  MedDRA (Reglamentar faoliyat  terminologiyasining tibbiy lugʻati) tasnifi tizimi boʻyicha nojoʻya taʼsirlarning tez-tezligi:

juda tez-tez (≥ 1/10);

tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha);

tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha);

kam hollarda (≥ 1/10 000 dan < 1/1000 gacha);

juda kam hollarda (< 1/10 000);

kelib chiqishi nomaʼlum (maʼlumotlarga asoslanib aniqlashni iloji yoʻq).

Ruhiyatni buzilishi

Tez-tez emas: depressiya, eyforiya, gallyutsinatsiyalar.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: uyqusizlik.

Tez-tez emas: bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, kuchli qoʻzgʻaluvchanlik, eʼtiborni buzilishi,  ataksiya, uyquchanlik, giperkinez, tremor, oʻzini yoʻqotib qoʻyish, tirishishlar, hid bilishni oʻzgarishi yoki yoʻqolishi.

Eshitish aʼzolari tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlar

Tez-tez emas: quloqlarni shangʻillashi.

Yurak tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: yurakni urishi, yurak yetishmovchiligi, yurak blokadasi, taxikardiya.

Qon tomirlar tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: gipertenziya, bosh miyada qon aylanishini buzilishi, xushdan ketish.

Nafas tizimi, koʻkrak qafasi va koʻks oraligʻi aʼzolari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: xansirash, bronxospazm, yoʻtal.

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: koʻngil aynishi, qusish.

Tez-tez emas: anoreksiya, ogʻizni qurishi, qorinda ogʻriq, ich ketishi,  dispepsiya.

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar

Nomaʼlum: qichishish,  papulyoz toshma, yoyilgan toshma, eshakemi.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar

Tez-tez emas: asteniya, charchoq.

Nojoʻya taʼsirlar tez-tezligi ayniqsa meʼda-ichak yoʻllari va nerv tizimi tomonidan nojoʻya taʼsirlar tavsiya etilgan dozalar oshirilganida oshadi.

Alohida hollarda, tavsiya etilgan dozalar oshirilganidan keyin koʻz yoshini oqishi, tez-tez siyish, qaltirash, qabziyat, koʻp terlash, stomatit, gipesteziya, koʻzlarda ogʻriq kuzatiladi.

Koʻpchilik hollarda dori vositasini qabul qilishni toʻxtatgandan soʻng nojoʻya taʼsirlar yoʻqoladi.

Agar davolanish vaqtida yoʻriqnomada koʻrsatilmagan qandaydir nojoʻya taʼsirlar paydo boʻlsa yoki eslatib oʻtilgan nojoʻya taʼsirlarning birontasi ayniqsa kuchli namoyon boʻlsa, shifokorga murojaat qilishni soʻraymiz.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • Taʼsir etuvchi moddaga, adamantan guruhi hosilalariga va/yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
  • jigar va/yoki buyrak funksiyasini ogʻir buzilishlari;
  • tireotoksikoz;
  • homiladorlik va emizish davrida qoʻllash mumkin emas.

 

Maxsus koʻrsatmalar

 

Dori vositasini meʼda-ichak yoʻllarining kasalliklari, jigar va/yoki buyrak funksiyasini yengil va oʻrtacha ogʻirlik darajadagi buzilishlari, yurakning ogʻir kasalliklari, shu jumladan yurak ritmining buzilishlari  boʻlgan patsiyentlarga, hamda keksa yoshdagi shaxslarga ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim. Bunday hollarda dori vositasining dozasini kamaytirish tavsiya etiladi.

Anamnezda tutqanoq borligiga va oʻtkazilayotgan tutqanoqqa qarshi davolashga koʻrsatmalar boʻlsa, remantadinni qoʻllash fonida tutqanoq hurujlarini rivojlanish xavfi oshadi. Bunday hollarda Remantadinni dozasini kuniga 100 mg gacha kamaytiriladi. Agar hurujlar rivojlansa, dori vositasini  qabul qilish toʻxtatiladi.

Remantadinning 100 mg kapsulasi laktoza monogidratini saqlaydi. Ushbu dori vositasini galaktozani tugʻma oʻzlashtiraolmasligi boʻlgan, Lapp laktaza tanqisligi yoki glyukoza –galaktozani kam soʻrilishi sindromi boʻlgan patsiyentlarda qoʻllash mumkin emas.

Dori vositasining tarkibiga sariq quyosh pigmenti boʻyovchisi (Ye110) kiradi, allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davri

Remantadinni homiladorlik va emizish davrida qoʻllash xaqidagi maʼlumotlar yoʻq.  Xayvonlarda oʻtkazilgan tadqiqotlarda remantadin yoʻldosh toʻsigʻi orqali oʻtishi, koʻkrak suti bilan chiqarilishi aniqlangan.

Remantadinni homiladorlik va emizish davrida qoʻllash mumkin emas. Fertillikni oʻrganish boʻyicha tadqiqotlarda hayvonlarda serpushtlikni susaytirishi aniqlangan.

Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlart bilan xizmat koʻrsatish qobiliyatiga taʼsiri

Dori vositasini qabul qilish vaqtida bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi yoki markaziy nerv tizimi tomonidan boshqa nojoʻya taʼsirlar kuzatilgan patsiyentlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishiga gumon qilinganda, darhol shifokorni chaqirish kerak. Dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan. Zaharlanish holatlarida organizmning hayot uchun muhim boʻlgan funksiyalarini bir maromda ushlab turishni taʼminlash lozim.

Remantadinning kimyoviy analogi – amantadin bilan zaharlanish holatlari maʼlum.

Simptomlari: qoʻzgʻaluvchanlik, gallyutsinatsiyalar, aritmiya, letal holat.

Davolash: fizostigmin kattalarga 1-2 mg dan va bolalarga 0,5 mg dan zarurat boʻlganida takrorlash bilan vena ichiga yuboriladi, biroq kuniga 2 mg dan koʻp emas. Remantadin gemodializ yoʻli bilan chiqarilmaydi.

 

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan polivinilxloridli va alyumin folgali qobiqli kontur-uyali oʻramda.

1 yoki 3 konturuyali oʻram qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 250 S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

 

Yaroqlilik muddati

2 yil

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.