Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Релаксил КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Релаксил КАПСУЛА №20

20 000 so'mdan
(3299)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
КИЕВ ВИТАМИННЫЙ ЗАВОД
Chiqarilish shakli
КАПС
Farma. Guruh
Седативные препараты
Dori tafsilotlari
Qoʻllashdagi xavfsizlikning tegishli choralari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllashdagi xavfsizlikning tegishli choralari

Jigar faoliyatini ogʻir buzilishlari yoki anamnezida ogʻir jigar kasalliklari boʻlgan patsiyentlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qoʻllash kerak. Depressiyasi boʻlgan bemorlarda preparatni qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Preparat kapsula qobigʻining tarkibida azorubin (Ye 122) va qora brilliant (Ye 151) boʻyovchisi saqlaydi, ular yuqori sezuvchanligi boʻlgan shaxslarda allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.

 

Dori shakli: 

qattiq kapsulalar

 

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 125 mg valeriananing 0,8% li quruq suv-spirtli ekstarkti (Valeriana officinalis L.), 25 mg qalampir yalpizning quruq ekstrakti (Mentha piperita L.), 25 mg dorivor limonoʻtning quruq ekstrakti (Melissa officinalis L.);

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, kartoshka kraxmali, ogʻir magniy oksidi, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.

Qattiq jelatin kapsula azorubin (Ye 122) va qora brilliant BN (Ye 151) boʻyovchilari saqlaydi.

 

Taʼrifi:

kukun yoki presslangan massa.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 uxlatuvchi va sedativ preparatlar.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Relaksil – yengil sedativ taʼsirga ega oʻsimlikdan olingan majmuaviy preparatdir. Preparat tinchlantiruvchi samara koʻrsatadi va kuchsiz tranzitor asabiylashishda (aqliy yuklama, qoʻzgʻalgan holat, taʼsirchanlikda kundalik sedativ vosita sifatida) qoʻllanadi.

Valeriana sedativ taʼsir koʻrsatadi. U bezovtalik, qoʻzgʻalish va asabiy yuklama oqibatidagi zoʻriqish kabi taʼsirchanlik simptomlarida holatga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Uyqusizlikda tezroq uyquga ketishga yordam beradi.

Limonoʻt shuningdek sedativ va spazmolitik taʼsir koʻrsatadi.

Qalampir yalpiz tinchlantiruvchi preparatlarda valeriana bilan birga anʼanaviy qoʻllanadi.

Relaksil kuchli taʼsir qiluvchi tinchlantiruvchi vositalarni qoʻllash maqsadga muvofiq boʻlmagan nevrozlarda qoʻllanadi.

Farmakokinetikasi

Preparatning farmakokinetik tadqiqotlari oʻtkazilmagan.

 

Qoʻllanilishi

Quyidagi simptomlar bilan kechuvchi nevrozlarda:

  • asabiy qoʻzgʻalish;
  • bezovtalik;
  • diqqatni jamlashni pasayishi;
  • uyquni buzilishlarida qoʻllanadi.
Qoʻllash usuli va dozalari

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: aqliy yuklama, qoʻzgʻalgan holat yoki taʼsirchanlikda – 2 kapsuladan sutkada 2 marta; uyqusizlikda – 2 kapsuladan uyqudan
1 soat oldin buyuriladi. Kapsulalarni butunligicha, ovqatlanishdan qatʼiy nazar suv bilan qabul qilinadi. Relaksil preparati uchun taʼsirni asta-sekin namoyon boʻlishi xarakterli. Davolashning optimal samarasiga erishish uchun preparatni kamida 2 hafta davomida uzluksiz qoʻllash tavsiya etiladi. Davolash muddati cheklanmagan. Preparatni hatto uzoq vaqt qoʻllaganda ham koʻnikib qolish kuzatilmaydi.

Davolash toʻxtatilgandan keyin bekor qilish sindromi kuzatilmaydi. Agar davolash boshlangandan keyin 14 davomida holatning yaxshilanishi kuzatilmasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat odatda yaxshi oʻzlashtiriladi, lekin baʼzida meʼda-ichak yoʻllari tomonidan simptomlar (koʻngil aynishi, abdominal spazmlar) paydo boʻlishi mumkin, ularning tez-tezligi aniqlanmagan. Juda kam hollarda uyquchanlik, astenik koʻrinishlar (holsizlik, kayfiyatni pasayishi) kuzatilgan. Agar boshqa nojoʻya koʻrinishlar (masalan, yuqori sezuvchanlik reaksiyalari – toshmalar, qichishish, terini qizarishi) paydo boʻlsa, shifokorga murojaat etish kerak.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Preparatni boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri yuzasidan tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Sintetik uxlatuvchi vositalar bilan majmuada qoʻllashdan oldin tibbiy diagnostika va shifokor kuzatuvi talab etiladi. Bir vaqtda qoʻllanilganda boshqa sedativ va uxlatuvchi vositalarning taʼsiri kuchayishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Homiladorlik yoki emizish davrida qoʻllanishi.

Homiladorlik yoki emizish davrida preparatni qoʻllashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun Relaksilni bu davrda qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Bolalar.

Preparat 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga buyurilmaydi.

Avtotransportni boshqarganda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlaganda reaksiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati.

Preparat tavsiya etilgan dozalarda avtomobilni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsir qilmaydi, lekin preparatning sedativ taʼsiri tufayli, shaxsiy sezuvchanlikni aniqlagancha ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.

Preparat yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin va bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari. Taxminan 20 g valeriana ildizlarining, preparatning 42 kapsulasiga ekvivalent bir martalik dozasi yuqori toliqish, abdominal spazmlar, yorugʻlikka sezuvchanlik, qoʻllarda tremor, qorachiqlarni kengayishi, tushkunlik, ish qobiliyatini va diqqatni jamlashni pasayishi, bosh aylanishi kabi kuchsiz simptomlarni chaqirishi mumkin. Bu simptomlar 24 soat davomida oʻtib ketadi. Limon oʻti barglari va qalampir yalpiz dozasini oshirib yuborilishi haqida xabarlar yoʻq.

Davolash: simptomatik davolash (meʼdani yuvish, faollashtirilgan koʻmirni qoʻllash).

 

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan blisterda, 2 blisterdan qutida.

 

Saqlash sharoiti

Original oʻramida, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.