Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Раунатин ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Раунатин ТАБЛЕТКА 2МГ №10

2 000 so'mdan
(1768)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
БИОСТИМУЛЯТОР
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli:

 qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: rauvolfi ekstrakti (rauvolfi alkaloidlarining yigʻindisi) (Rouvolfiya qustiruvchi ildizining quruq ekstrakti (31-33:1) (estragent:metanol)) – 2 mg;

yordamchi moddalar: qand-shakar; makkajoʻxori kraxmali; glyukoza monogidrati; kalsiy stearati; stearin kislotasi; mineral moyi; yengil magniy karbonati; titan dioksidi     (Ye 171); povidon; talk; suvsiz kolloid kremniy dioksidi; asalari mumi; sariq xinolin (Ye104) va patentlangan koʻk V (Ye131) saqlovchi sikovit Green Z2755 boʻyovchisi.

 

Taʼrifi: 

Ikki tomoni qavariq yuzali, och-yashil rangli qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tabletkalarning yuzasida dogʻlar boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Koʻndalang kesimida uchta qavat koʻrinadi.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Gipotenziv vositalar. Markaziy taʼsir mexanizmiga ega antiadrenergik vositalar. Rauvolfiya alkaloidlari.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Preparat ilonsimon rauvolfiya ildizlarining yoki kendirdoshlar oilasining qustiruvchi rauvolfiya tomirlari poʻstlogʻining alkaloidlari yigʻindisini saqlaydi. Alkaloidlar rezerpin, serpentin, aymalindan iborat. Alkaloidlarning umumiy miqdori – 90% dan kam emas.

Raunatin markaziy nerv tizimida (MNT) (kortiko-gipotalamik strukturalarda, ayniqsa gipotalamusning orqa qismida) biogen monoaminlar (noradrenalin, dofamin, serotonin) miqdorini pasayishi bilan bogʻliq boʻlgan gipotenziv samaraga ega. Periferik adrenergik nerv oxirlarining presinaptik membranalarining vezikulalarida, tomirlarning devorida, buyrak usti bezlarining miya qavatida mediatorni toʻplanish jarayonlarini buzib, preparat adrenergik oʻtkazilishni bloklaydi, bu arterial bosimni asta-sekin pasayishiga olib keladi. Preparatning gipotenziv samarasi rezerpindagiga qaraganda asta-sekinroq rivojlanadi, ammo yaqqolligi boʻyicha rezerpindan qolishmaydi. Preparatning oʻziga xos xususiyati buyrakda kalavalar filtratsiyasini kuchaytirishi boʻlib, bu buyrakning qon aylanishini oshishiga olib keladi.

Preparat shuningdek antiaritmik taʼsirga va markaziy nerv tizimiga tinchlantiruvchi taʼsirga ega. Preparatning sedativ taʼsiri rezerpinnikiga qaraganda kamroq darajada namoyon boʻladi.

Preparatning terapevtik samarasi asta-sekin, uni qoʻllash boshlanganidan keyin 10-14 kunlari rivojlanadi va 2-3 oy davomida saqlanadi.

Qator hollarda raunatin rezerpindan koʻra yaxshi oʻzlashtiriladi.

Farmakokinetikasi

Preparat alkaloidlari meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi; qondagi Smax qabul qilinganidan keyin 1-3 soat oʻtgach kuzatiladi. Qon oqsillari bilan bogʻlanishi –         40-50%. T½ – 50-170 soat; ichakda va jigarda metabolizmga uchraydi, chiqarilishi, asosan ahlat bilan, shuningdek siydik bilan amalga oshiriladi.

 

Qoʻllanilishi

Yengil va oʻrtacha darajali arterial gipertenziyada qoʻllaniladi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Raunatin kattalarga ichga, ovqatdan keyin buyuriladi.

1-nchi kuni boshlangʻich doza odatda kechasiga 1 tabletkani tashkil qiladi, 2-nchi kuni –      1 tabletkadan sutkada 2 marta; 3-nchi kuni – 1 tabletkadan sutkada 3 marta, soʻngra umumiy doza sutkada 4-6 tabletkagacha yetkaziladi. Turgʻun terapevtik samaraga erishilgandan keyin (odatda 10-14 kundan keyin) preparatning dozasi asta-sekin sutkada                        1-2 tabletkagacha kamaytiriladi. Davolash kursi – 3-4 hafta, lekin ayrim holatlarda koʻrsatmalar boʻyicha preparatni uzoq muddat tutib turuvchi dozada (sutkada 1 tabletka) qabul qilish lozim.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat odatda yaxshi oʻzlashtiriladi. Baʼzida quyidagilar boʻlishi mumkin:

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: shishlar, qon quyilishi, bradikardiya, stenokardiyasi boʻlgan bemorlarda yurak sohasidagi ogʻriqlar kuchayishi mumkin; uzoq muddat qoʻllanganida stenokardiya xurujlarining tez-tezligi oshishi mumkin.

Nerv tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi, uyquchanlik, koʻp terlash, depressiya, umumiy holsizlik; uzoq muddat qoʻllanganida – dahshatli tushlar koʻrishni paydo boʻlishi, parkinsonizm simptomlarini rivojlanishi.

Koʻrish aʼzolari tomonidan: mioz.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: koʻngil aynishi, qusish, diareya, qorinda ogʻriq, ishtahani oshishi yoki pasayishi, soʻlak oqishi, ogʻizni qurishi, meʼda shirasi sekretsiyasini oshishi.

Gepatobiliar tizimi tomonidan: yuqori dozalarda uzoq muddat qoʻllanganida jigar funksiyasi buzilishi mumkin.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: dizuriya, impotensiya.

Endokrin tizimi va moddalar almashinuvi tomonidan: libidoni pasayishi, natriyni tutilishi, prolaktinning sekretsiyasini oshishi, galaktoreya, ginekomastiya, sut bezlarini dagʻallashishi, tana vaznini oshishi.

Allergik reaksiyalar: teri toshmalari, qichishish, shilliq qavatlarni qurishi, burun shilliq qavatining shishi.

Qon yaratish tizimi tomonidan: trombotsitopenik purpura.

Nojoʻya koʻrinishlari doza kamaytirilganida yoki preparatni qabul qilishda qisqa muddatli tanaffusdan (1-3 kun) soʻng oʻtib ketadi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Rauvolfiya alkaloidlariga individual yuqori sezuvchanlik; arterial gipotenziya, yurak yetishmovchiligi, yurakning organik shikastlanishlari, bradikardiya, aortal nuqsonlar, yaqqol serebral ateroskleroz, depressiya, tutqanoq, parkinsonizm, zoʻrayish bosqichidagi meʼda va oʻn ikki barmoq ichakning yara kasalligi, nefroskleroz, bronxial astma, feoxromotsitoma, elektr tirishishli davolashda (elektr tirishishli davolashni oʻtkazishdan kamida 7 kun oldin preparatni bekor qilish lozim) qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qoʻllanganda qoʻzgʻalish va gipertenziya rivojlanishi mumkin. Raunatinning antigipertenziv taʼsiri boshqa antigipertenziv vositalar (tiazidli diuretiklar, b-adrenoblokatorlar, AAF ingibitorlari, kalsiy ionlarining antagonistlari) bilan qoʻllanganida kuchayadi. Alkogol barbituratlar, antidepressantlarning markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi taʼsirini kuchaytiradi. Angishvonagul preparatlari yoki xinidin raunatin bilan bir vaqtda qoʻllanganida aritmiya chaqirishi mumkin. Parkinsonizmga qarshi vositalar va simpatomimetiklarning samaradorligini pasaytiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat bilan davolash shifokorning kuzatuvi ostida oʻtkazilishi lozim. Stenokardiyasi boʻlgan bemorlarda yurak sohasidagi ogʻriq kuchayishi mumkin.

Rejalashtirilgan jarrohlik aralashuvi oldidan operatsiyalardan bir necha kun oldin preparatni qabul qilishni toʻxtatish lozim. Umumiy narkoz ostida shoshilinch operatsiyaning zarurati holatida, raunatin qabul qilayotgan bemorlarga atropin bilan premedikatsiya qilish lozim.

Elektroimpuls terapiyasi seansi oldidan preparatni qoʻllash mumkin emas.

Rauvolfiya alkaloidlari ovqat hazm qilish yoʻllarida motorika va sekretsiyani oshirishi tufayli, meʼda yara kasalligi boʻyicha anamnestik maʼlumotlari boʻlgan bemorlarda preparat qoʻllanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Shuningdek, preparatni holsizlangan bemorlarda va keksa yoshdagi patsiyentlarda; buyrak yetishmovchiligida, oʻt-tosh kasalligida, aritmiyada, yaqinda miokard infarktini oʻtkazgan bemorlarda qoʻllanganida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Agar patsiyentda ayrim qandlarni oʻzlashtiraolmaslik aniqlangan boʻlsa, ushbu preparatni qoʻllashdan avval shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Bolalar. Preparatni bolalarda qoʻllash boʻyicha  maʼlumotlar yoʻq.

Homiladorlik yoki emizish davrida qoʻllanilishi. Homiladorlik va emizish davrida preparatni qoʻllash mumkin emas, chunki alkaloid rezerpin yoʻldosh orqali va koʻkrak sutiga oʻtadi. Preparatni emizish vaqtida qoʻllashning zarurati tugʻilganida emizishni toʻxtatish lozim.

Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga taʼsir qilish qobiliyati. Preparat tezkor reaksiyalarga patsiyentning qobiliyatini izdan chiqarishi mumkin, ayniqsa davolashni boshida, shuning uchun preparat bilan davolanish kursi vaqtida patsiyentlar yuqori diqqat va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanishlari lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: koʻp terlash, umumiy holsizlik va yaqqol arterial gipotenziya. Ogʻir holatlarda qisqa davrli eyforiyadan soʻng uyquchanlik, gipodinamiya, ogʻir depressiya (oʻz joniga qasdga olib kelishi mumkin), yaqqol parkinsonizm koʻrinishlari, xushni yoʻqotish, koma, tirishish, nafasni susayishi, gipotermiya rivojlanadi.

Davolash: meʼdani yuvish, faollashtirilgan koʻmirni qabul qilish. Jadallashtirilgan diurez koʻrsatilgan. Arterial bosimi yaqqol pasayganida, kollapsda bemorning oyoqlarini biroz koʻtarib oʻtqiziladi; zarurati boʻlganida vena ichiga angiotenzinamidni yoki 2% li noradrenalin gidrotartrati eritmasini qoʻshib, reopoliglyukinni yoki mezatonni yuborish koʻrsatilgan. Oʻpka shishini rivojlanish xavfi tufayli, adrenomimetik vositalari ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Teri ostiga 10% li kofein-benzoat natriy eritmasini yuboriladi. Nafasni keskin susayishi yoki uni tutilishi, nafas yoʻllaridan shilliqni soʻrib chiqarishni, intubatsiya va oʻpkaning sunʼiy ventilyatsiyasi, oksigenoterapiyani oʻtkazishni talab qiladi.

Raunatin va rauvolfinning boshqa preparatlari bilan zaharlanishda maxsus antidoti yoʻq.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar №10, №20, №10x5 blisterlar korobkada; №10, №20 blisterlarda.

 

Saqlash sharoiti

Original oʻramida, 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.