Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ПРОЗЕРИН АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ПРОЗЕРИН АМПУЛЫ 0,5МГ/МЛ 1МЛ №10

7 000 so'mdan
(1916)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
NEOSTIGMINE METHYLSULFAT
Ishlab chiqaruvchi
ДКП ФАРМФАБРИКА
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Нервная система
Dori tafsilotlari
Qo‘llash usuli va dozalari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar

Preparat teri ostiga 0,5-2 mg (1-4 ml) sutkada 1-2 marta buyuriladi. Kattalar uchun maksimal bir martalik doza – 2 mg, sutkalik – 6 mg ni tashkil qiladi. Davolash kursining davomiyligi (miasteniya, miastenik kriz, operasiyadan keyingi ichak va qovuq atoniyasi, miorelaksantlarning dozasini oshirib yuborilishidan tashqari) – 25-30 kun. Zarurat tug‘ilganida 3-4 haftadan keyin takroriy kurs buyuriladi. Umumiy sutkalik dozaning ko‘proq qismini bemor ko‘proq charchagan paytda, ya‘ni kunduzi buyuriladi.

Miasteniya: preparat teri ostiga yoki mushak ichiga sutkada 0,5 mg (1 ml) dozada buyuriladi. Davolash kursi, yuborish yo‘llarini o‘zgartirish bilan uzoq muddatlidir.

Miastenik krizis (nafasni va yutishni qiyinlashishi bilan): preparat vena ichiga
0,25-0,5 mg (0,5-1 ml) dozada, keyinchalik – teri ostiga uncha katta bo‘lmagan intervallarda buyuriladi.

Operasiyadan keyingi ichak va qovuq atoniyasi, shu jumladan operasiyadan keyingi siydikni tutilishi: preparat teri ostiga yoki mushak ichiga 0,25 mg (0,5 ml) dozada operasiyadan keyin iloji boricha vaqtliroq va takroran – har 4-6 soatda 3-4 kun davomida buyuriladi.

Miorelaksantlarning dozasi oshirib yuborilganida antidot sifatida (atropin sulfati 0,6-1,2 mg dozada vena ichiga oldin yuborilganidan keyin, puls tezligi minutiga 80 zarbgacha oshganda): preparat vena ichiga sekin 0,5-2 mg dozada 0,5-2 minutdan so‘ng buyuriladi. Zarurat tug‘ilganida in‘eksiyalar, umumiy dozani 5-6 mg (10-12 ml) dan oshirmasdan 20-30 minut davomida (shu jumladan bradikardiya holida atropin) takroran bajariladi. Muolaja vaqtida  o‘pkaning sun‘iy ventilyasiyasi ta‘minlanadi.

Bolalar (faqat stasionar sharoitida qo‘llaniladi).

Gravis miasteniyasi:

  • yangi tug‘ilgan chaqaloqlar: boshlang‘ich etapida preparat 0,1 mg dozada in‘eksiya ko‘rinishida mushak ichiga buyuriladi. Shundan keyin doza shaxsiy ravishda tanlanadi, odatda 0,05-0,25 mg yoki tana vazniga 0,03 mg/kg preparat xar 2-4 soatda mushak ichiga yuboriladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kasallikning o‘ziga xosligi tufayli, preparatning sutkalik dozasi butunlay bekor qilinguncha kamaytirilishi mumkin;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: preparat zaruratga qarab, 0,2-0,5 mg dozada in‘eksiya ko‘rinishida buyuriladi. Preparatning dozasiga pasientning reaksiyasiga muvofiq tuzatish kiritilishi kerak.

Miorelaksantlarning dozasi oshirib yuborilganida antidot sifatida (atropin sulfati 0,6-1,2 mg dozada vena ichiga oldin yuborilganidan keyin, puls tezligi minutiga 80 zarbgacha oshganda): preparat vena ichiga sekin tana vazniga 0,05 – 0,07 mg/kg dozada 1 minut davomida yuborish buyuriladi. Bolalar uchun maksimal tavsiya qilingan doza 2,5 mg ni tashkil qiladi.

Boshqa ko‘rsatmalar: preparat 0,125-1 mg dozada in‘eksiya ko‘rinishida buyuriladi. Pasientning shaxsiy ehtiyojlariga muvofiq dozalar o‘zgartirilishi mumkin.

 

 

Dori shakli: 

in‘eksiya uchun eritma

 

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 0,5 mg neostigmin metilsulfati;

yordamchi modda: in‘eksiya uchun suv.

 

Ta‘rifi:

 tiniq, rangsiz suyuqlik.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

antixolinesteraz vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Prozerin – qaytuvchan ta‘sirga ega xolinesterazaning sintetik blokatoridir. Asetilxolin bilan struktur yaqinlikka egaligi bilan bog‘liq bo‘lgan asetilxolinesterazaga yuqori yaqinlikka ega. Asetilxolin kabi prozerin dastlab xolinesterazaning katalitik markazi bilan o‘zaro ta‘sirga kirishadi, lekin keyinchalik, asetilxolindan farqli ravishda, o‘zining karbamin guruhi hisobiga u ferment bilan barqaror birikma hosil qiladi. Ferment vaqtincha (bir necha minutdan bir necha soatgacha) o‘zining spesifik faolligini yo‘qotadi. Ushbu muddat tugaganidan keyin prozerinning sekin gidrolizi hisobiga xolinesteraza blokatordan ozod bo‘ladi va o‘zining faolligini tiklaydi. Shunday ta‘siri asetilxolinning xolinergik sinapslarda to‘planishiga va ta‘sirini kuchayishiga olib keladi. Prozerin yaqqol muskarinli va nikotinli ta‘sir ko‘rsatadi, skelet mushaklariga bevosita qo‘zg‘atuvchi ta‘sirga ega.

Yurak qisqarishlari tez-tezligini pasayishini chaqiradi, ekskretor bezlarning sekresiyasini oshiradi (so‘lak, bronxial, ter va me‘da-ichak yo‘llarining) va gipersalivasiya, bronxoreya rivojlanishiga, me‘da shirasining kislotaligini oshishiga yordam beradi, qorachiqni toraytiradi, akkomodasiya spazmini chaqiradi, ko‘z ichki bosimni pasaytiradi, ichak va qovuqning silliq mushaklari tonusini kuchaytiradi (peristaltikani kuchaytiradi va sfinkterlarni bo‘shashtiradi), bronxlar spazmini chaqiradi, skelet mushaklar tonusini oshiradi.

Farmakokinetikasi

Parenteral yuborilganida prozerinning biokiraolishligi yuqori – 0,5 mg, parenteral yuborilgan prozerin 15 mg ichga yuborilganiga muvofiq keladi. Preparatning dozasi oshirilganida biokiraolishligi oshadi. Mushak ichiga yuborilganida qonda maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti 30 minutni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari (albumin) bilan bog‘lanishi – 15-25%. Preparat gematoensefalik to‘siqdan yomon o‘tadi va markaziy ta‘sirga ega emas. Ikki yo‘l bilan metabolizmga uchraydi: xolinesteraza bilan bog‘langan joyidagi gidrolizi hisobiga va jigarning mikrosomal fermentlari tomonidan metabolizmga uchraydi. Jigarda faol bo‘lmagan metabolitlari hosil bo‘ladi. Yuborilgan dozaning 80% buyrak orqali 24 soat ichida chiqariladi (ulardan 50% – o‘zgarmagan ko‘rinishda  va 30% metabolitlari ko‘rinishida). Mushak ichiga yuborilganida yarim chiqarilish davri – 51-90 minut, vena ichiga yuborilganida – 53 minutni tashkil qiladi.

 

Qo‘llanilishi

Miasteniya, o‘tkir miastenik krizis; bosh miya jarohatlaridan keyingi harakat buzilishlari; falajlar; meningit, poliomielit, ensefalit o‘takizilganidan keyingi tiklanish davri; nevrit, ko‘ruv nervi atrofiyasi; ichak atoniyasi, qovuq atoniyasi; qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar tomonidan nerv-mushak impuls o‘tkazilishini blokadasidan keyingi ko‘rinishlarni yo‘qotishda qo‘llaniladi.

 

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: aritmiya, bradi- yoki taxikardiya, atrioventrikulyar blokada, tugunli ritm, EKGda nospesifik o‘zgarishlar, yurakni to‘xtab qolishi, arterial bosimni pasayishi (asosan parenteral yuborilganida).

Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, xushdan ketish, holsizlik, uyquchanlik, tremor, tirishishlar, skelet mushaklarini, shu jumladan til va hiqildoq mushaklarini spazmi va tortishishi, oyoqlarni uvishishi, dizartriya.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan: mioz, ko‘rishni buzilishi.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan: hansirash, nafasni hatto to‘xtab qolishigacha susayishi, bronxospazm, bronxial sekresiyani kuchayishi.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: gipersalivasiya, ichakni spastik qisqarishi va peristaltikani kuchayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm, diareya, beixtiyor ich kelishi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siyishni tezlashishi, beixtiyor siyish.

Immun tizimi, teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: toshma, qichishish, giperemiya, eshakemi, allergik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok.

Boshqalar: ter ajralishini kuchayishi, issiqlik hissi, ko‘z yoshini oqishi, artralgiya.

Preparat qo‘llanganida terini qichishishi, toshmalar va hatto anafilaktik shokkacha bo‘lgan boshqa allergik samaralar ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlarni yo‘qotish uchun preparatning dozasi kamaytiriladi yoki uni qo‘llash to‘xtatiladi. Zarurati bo‘lganida atropin, metasin va boshqa xolinolitik vositalar yuboriladi.

 

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ta‘sir etuvchi moddaga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Tutqanoq; giperkinezlar, vagotomiya; yurak ishemik kasalligi; aritmiyalar; bradikardiya; bronxial astma; yaqqol ateroskleroz; tireotoksikoz; me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi; peritonit; me‘da-ichak yo‘llari va siydik chiqarish yo‘llarining mexanik  obstruksiyasi (to‘silib qolishi); dizuriya bilan kechuvchi prostata bezining gipertrofiyasi; infeksion kasallikning o‘tkir davri; o‘ta holsizlangan bolalardagi intoksikasiyalar; qutbsizlantiruvchi miorelaksantlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

 

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparat boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida quyidagilar bo‘lishi mumkin:

mahalliy anesteziya preparatlari va ayrim umumiy anestetiklar, antiaritmik preparatlar, organik nitratlar, trisiklik antidepressantlar, tutqanoqqa qarshi vositalar, parkinsonizmga qarshi vositalar, guanetidin bilan – prozerinning samaradorligini pasayishi kuzatiladi;

m-xolinoblokatorlar bilan – prozerinning xolinomimetik samarasi susayadi;

qutbsizlantiruvchi miorelaksantlar bilan – oxirgilarining ta‘sirini uzayishi va kuchayishi yuz beradi;

qutbsizlantirmaydigan qarshi miorelaksantlar bilan – oxirgilarining ta‘siri susayishi mumkin. Prozerin qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlarning dozasi oshirib yuborilganida antidot sifatida qo‘llanadi;

boshqa antixolinesteraz preparatlar bilan – toksiklikni kuchayishi kuzatiladi;

m-xolinomimetiklar bilan – me‘da-ichak yo‘llarining faoliyatini buzilishi, nerv tizimiga toksik ta‘siri;

β-adrenoblokatorlar bilan – bradikardiyani kuchayishi;

efedrin bilan – prozerinning ta‘sirini potensiyalanishi yuz beradi.

Neomisin, streptomisin, kanamisin bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Miasteniyada aldosteron antagonistlari, glyukokortikosteroidlar va anabolik gormonlar bilan birga buyuriladi.

Nomutanosibligi. Prozerinni ishqoriy eritmalar va oksidlovchilar bilan bir shprisda aralashtirish mumkin emas, chunki bu uni buzilishiga olib keladi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparatning dozasini, unga yuqori shaxsiy sezuvchanlik bo‘lishi mumkinligini hisobga olib, ehtiyotkorlik bilan aniqlash kerak.

Arterial gipotenziyada, yurak ritmi buzilganida, ayniqsa bradikardiyada, n.vagus tonusi ustunligida, gipertireoidizmda, Addison kasalligida, antixolinergik vositalar qo‘llanganidagi me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida, miasteniyasi bo‘lgan bolalarda va qutbsizlantirishga qarshi samaraga ega (neomisin, streptomisin, kanamisin)  antibiotiklar, mahalliy va umumiy anestetiklar, xolinergik impuls o‘tkazilishini ko‘taruvchi aritmiyaga qarshi  preparatlar qo‘llanganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Prozerinning katta dozalari qo‘llanganida undan avval yoki bir vaqtda atropin buyurilishi kerak.

Keksa yoshli bemorlarda preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Davolash vaqtida miastenik (terapevtik dozasi yetarli bo‘lmaganida) yoki xolinergik (dozani oshirib yuborilishi oqibatida) kriz paydo bo‘lganida, simptomatikasining o‘xshashligi tufayli preparatni keyingi qo‘llanishi sinchiklab differensial diagnostikani talab etadi.

Tibbiy yoki stomatologik davolash va jarrohlik aralashuvidan oldin shifokorga prozerinni qabul qilayotgani haqida xabar berish kerak.

Dori vositasini ichak va qovuqda operasiya o‘tkazgan bemorlarga, parkinsonizmli bemorlarga alohida ehtiyotkorlik bilan  buyurish kerak.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.

Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Preparatni qo‘llash zarurati tug‘ilganida emizishni to‘xtatish kerak.

Bolalar.

Bolalarda preparat faqat stasionar sharoitida qo‘llanadi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir etishining o‘ziga xos xususiyatlari.

Davolanish davrida avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash mumkin emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: xolinopeseptorlarni o‘ta yuqori qo‘zg‘alishi bilan bog‘liq (xolinergik kriz): taxikardiya, bradikardiya, gipersalivasiya, yutishni qiyinlashishi, mioz, bronxospazm, nafasni qiyinlashishi, ko‘ngil aynishi, qusish, peristaltikani kuchayishi, diareya, siyishni tezlashishi, koordinasiyani buzilishi, til mushaklarini va skelet mushaklarini tortishishi, sovuq ter chiqishi, asta-sekin umumiy holsizlikni rivojlanishi, falajlik, arterial bosimni pasayishi, xavotirlik, sarosimalik. Juda yuqori dozalari qattiq hayajon, betoqatlikni chaqirishi mumkin. O‘lim holati yurakni to‘xtab qolishi yoki nafas falaji, o‘pka shishi natijasida yuz berishi mumkin. Miasteniya gravis bo‘lgan dozani oshirib yuborilishining ehtimoli yuqori bemorlarda, mushaklarni tortishishi va parasimpatomimetik samaralari bo‘lmasligi yoki kuchsiz ifodalangan bo‘lishi mumkin, bu dozani oshirib yuborilishini miastenik kriz bilan differensial tashxisini qiyinlashtiradi.

Davolash: doza kamaytiriladi yoki preparatni yuborish to‘xtatiladi. Zarurati bo‘lganida atropin (1 ml 0,1% eritma), metasin yuboriladi. Keyingi davolash simptomatik.

 

Chiqarilish shakli

1 ml dan ampulalarda, 10 ampuladan qutida; 5 ampuladan blisterda, 2 blisterdan qutida; 10 ampuladan blisterda, 1 blisterdan qutida.

 

 

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, original o‘ramda saqlansin.