Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Простатилен СВЕЧИ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Простатилен СВЕЧИ 0,03Г №5

44 000 so'mdan
(1619)
Dorixonalardagi narx
Xaritada topish
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
PROSTATE EXTRACT
Ishlab chiqaruvchi
ЛЕКХИМ-ХАРЬКОВ
Chiqarilish shakli
СУПП
Farma. Guruh
Щелочи
Dori tafsilotlari
Maxsus ogohlantirishlar.
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti.
Yaroqlilik muddati.
Dorixonalardan berish tartibi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Qo‘llashdagi tegishli xavfsizlik choralari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Ta‘rifi:
Farmakoterapevtik guruhi:
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Maxsus ogohlantirishlar.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi.

Preparat ayollarda qo‘llash mumkin emas.

Bolalar.

Preparat bolalarga buyurilmaydi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati.

Ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtgacha prostatilen preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari to‘g‘risida xabar berilmagan.

 

Chiqarilish shakli

5 suppozitoriylardan blisterda. 1 yoki 2 blisterdan qutida.

 

Saqlash sharoiti.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati.

3 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Qo‘llash usuli va dozalari

Suppozitoriyni qo‘llashdan oldin quyidagilarni bajarish kerak:

  • birlamchi o‘ramdagi blister o‘ramning perforasiya chizig‘idan bitta suppozitoriyni yirtib oling;
  • keyin plyonkaning chetlaridan tortib, uni har tomonga yirtish va suppozitoriyni birlamchi o‘ramdan olish kerak.

Suppozitoriy to‘g‘ri ichakka chuqur qilib kiritiladi. 1 suppozitoriydan kuniga 1-2 marta  5-10 kun davomida (ertalab va kechqurun) qo‘llanadi.

Davolash kursining davomiyligi kasallikning xarakteri va og‘irligi, erishilgan davolash samarasi, davolashning xarakteriga (monoterapiya yoki majmuaviy davolash) qarab belgilanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning tarkibiy qismlariga va yirik qoramol oqsillariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Qandaydir o‘zaro ta‘sirlari to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

 

Qo‘llashdagi tegishli xavfsizlik choralari

Prostata bezining faolligini ko‘rsatkichlarining tahlilini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Suppozitoriylar qo‘llanganidan keyin qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak.

Preparat faqat erkaklar uchun mo‘ljallangan.

 

 

Dori shakli: 

rektal suppozitoriylar

 

Tarkibi:

1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 30 mg (0,03 g) prostatilen;

yordamchi moddalar: dimetilsulfoksid, polietilenoksid 1500

 

Ta‘rifi:

 och-sariq yoki kulrang tusli och-sariq rangli, o‘ziga xos hidli o‘qsimon shaklli suppozitoriylar. Marmarlikka yo‘l qo‘yiladi.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 prostata bezining xavfsiz gipertrofiyasida qo‘llaniladigan vositalar.

Farmakologik xususiyatlari

Prostatilen prostata beziga organotrop ta‘sir (prostatoprotektor samara) ko‘rsatadi. Preparat prostata bezining shishi va leykositar infiltrasiyasini kamaytiradi, mikrosirkulyasiya jarayonlarini va trombositar – qon tomir gemostazini yaxshilaydi. Spermatozoidlarning funksional faolligiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.

Prostatilen immunitetning gumoral tizimi faolligini va organizmning rezistentligining ayrim omillarini rag‘batlantiradi. Preparat antitelalar ishlab chiqarilishini muvofiqlashtiradi va neytrofillarning antimikrob faolligini rag‘batlantiradi, yallig‘lanishga qarshi ta‘sirga ega.

Prostatilen shuningdek qovuq mushaklari tonusiga, shu jumladan detruzor tonusga ta‘sir qiladi.

 

Qo‘llanilishi

Curunkali prostatitni oldini olish va davolash, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi, tromboflebit, prostata bezida o‘tkazilgan jarrohlik operasiyalardan keyingi asoratlarda, uning faoliyatini yoshga bog‘liq bo‘lgan buzilishlarida qo‘llanadi. Preparat jinsiy buzilishlarda, erkaklar bepushtligida, siyishni buzilishlarida, bavosilda qo‘llanadi.