Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Прометей РАСТВОР

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Прометей РАСТВОР ДЛЯ ИНФУЗИИ 100мл №1

53 000 so'mdan
(1598)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
SHIJIAZHUANG PHARMA GROUP
Chiqarilish shakli
Р-Р Д/ИНФ
Farma. Guruh
Гепатопротекторные препараты
Dori tafsilotlari
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Farmakologik ta'sir
Farmakokinetikasi
Maxsus shartlar
Qo'llanilishi
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli

100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: monoammoniy glitsirrizinat – 80 mg, glitsin – 800 mg, L-tsistein gidroxlorid – 60 mg;
yordamchi moddalar: natriy xlorid, natriy sulьfit, kalьtsiy dinatriy EDTA, in'ektsiya uchun suv.

Farmakologik ta'sir

Monoammoniy glitsirrizinat jigar xolesterini metabolizmini fermentlariga kuchli o'xshashlikka ega, u kortizol va alьdosteronni inaktivatsiyasiga, yallig'lanishga qarshi ta'siri, antiallergen va himoya plyonkasi samarasi kabi, qo'llagandan keyin kortikosteroidlarni ahamiyatli samaralariga to'sqinlik qiladi, kortikosteroidlar bilan bog'liq ochiq ko'rinib turgan nojo'ya samarasi yo'q.
Preparat safro pigmentlarini metabolizmiga yordam beradi, ALT, AST ko'rsatkichlarini kamaytiradi; indutsibel γ-IFN va Ⅱ leykotsitlari bilan ifodalangan, virusga qarshi samara, NK – hujayralarni aktivligini va OKT4/OKT8 munosabatini oshiradi; retikuloendotelial sistemani aktivlaydi; semiz hujayralardan gistaminni ajralib chiqishini ingibitsiya qiladi; A2 (PL-A2) fosfatazani hujayra membranasini hosil bo'lishini va E2 (PGE2) prostaglandinni va graulematoz reaktsiyalarni ingibitsiya qiladi; erkin radikallarni va lipidlar peroksidlarini hosil bo'lishini ingibitsiya qiladi va gidrazinni gidroksidazasini aktivligini pasaytiradi; kalьtsiy kanallarini boshqaradi, lizosoma membranalarini va mitoxondriyalarni himoya qiladi, hujayralarni nekrozini va shikastlanishini kamaytiradi; epitelial hujayralarda mukopolisaxaridlarni ishlab chiqarilishiga yordam beradi.
Sistein gidroxloridi in vivo metioninga aylanadi. Metionin almashtirib bo'lmaydigan aminokislota hisoblanadi, odam organizmida xolin va kreatin sintez qilinadi. Xolin - jigarda yog'larni transportida va almashinuvida ishtirok etadi, margimush, barbiturat va uglerod tetraxloridi kabi organik moddalar bilan chaqirilgan toksik gepatitda himoya qiluvchi funktsiyani bajaradi.

Farmakokinetikasi

Eritmani (80 mg glitsirrizin) vena ichiga in'ektsiya qilingandan keyin qonda glitsirrizinni kontsentratsiyasi 10 soat chegarasida kamayadi. Keyin asta-sekin pasayib boradi. Preparatni yuborilgandan keyin 6 soatdanso'ng. Enoksolon aniqlanadi,
24 soatdan keyin maksimal kontsentratsiyaga erishiladi va preparat yuborilgandan keyin 48 soatdan so'ng deyarli to'liq yo'qoladi. Preparat asosan siydik bilan chiqariladi. Preparatni vena ichiga yuborilgandan keyin siydikda glitsirrizinni miqdori kamayadi va 27 soatdan keyin qo'llanilgan dozani 1,2% ni tashkil etadi. Glitsirrizin kislotasi preparat yuborilgandan keyin 6 soatdan so'ng siydikda aniqlanadi va 22-27 soatdan keyin maksimal kontsentratsiyaga erishiladi.

Maxsus shartlar

Nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lganida qo'llashni to'xtatish va shifokorga murojaat etish lozim.
Davolash vaqtida arterial bosimini, qon zardobida kaliy va natriy kontsentratsiyasini muntazam o'lchash lozim. Yuqori qon bosimida suv va natriyni, tutib turishda gipokalemiya va shunga o'xshashlarda qo'llashni to'xtating yoki preparat dozasini kamaytiring.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanilishi
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llash mumkin emas (samaradorligi va xavfsizligi bo'yicha ma'lumotlar yetarli emas).
Bolalarda qo'llanilishi
Samaralari va xavfsizligi bo'yicha ma'lumotlar yetarli emas.
Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Preparat transport vositalarini boshqarish va boshqa turdagi yuqori diqqat kontsentratsiyasini va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab etuvchi boshqa ishlarni bajarish qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.

Qo'llanilishi

Surunkali kasalliklarda jigar funktsiyasini yaxshilanishi:
Surunkali gepatitni zo'rayishi
Jigarni toksik shikastlanishi:
Dori intoksikatsiyasi;
Ovqatdan zaxarlanish;
Doriga allergiya:
Ekzema, dermatit, eshakemi, qichishish (purit), dozani oshirib yuborilishi yoki toksidermiya, stomatit, qichima (strofulyus), psoriaz, kallik, fliktenada qo'llaniladi.