Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ПРЕДНИЗОЛОН АМПУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ПРЕДНИЗОЛОН АМПУЛЫ 30МГ/МЛ 1МЛ №5

12 000 so'mdan
(4857)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
PREDNISOLONE
Ishlab chiqaruvchi
ДЖУРАБЕК
Chiqarilish shakli
АМП
Farma. Guruh
Гепатопротекторные препараты
Dori tafsilotlari
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Qo‘llanilishi
Dori shakli: 
Farmakologik xususiyatlari
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qo‘llash usuli va dozalari

Surtma terining shikastlangan sohalariga yupqa qilib, sutkada 1-3 marta, biroz ishqalab surtiladi. Davolash kursining davomiyligi kasallikning xarakteri va davolashning samaradorligiga bog‘liq bo‘lib, odatda 6-14 sutkani tashkil qiladi. Preparatni 14 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas. Preparatni 1 yoshdan katta bolalarga buyurilganida davolashning umumiy davomiyligini 3-7 sutkagacha cheklash va kortikosteroidni so‘rilishini kuchayishiga olib keluvchi choralarni (isituvchi, fiksasiya qiNojo‘ya ta‘sirlariluvchi va okklyuzion bog‘lovlar) inkor etish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat, ayniqsa preparatning komponentlariga shaxsiy o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanganida, preparat surtilgan sohalarda giperemiya, shish, qichishish, eshakemi, toshma, steroidli xusnbuzarlar, purpura, teleangioektaziyalar, achishish, ta‘sirlanish va terini qurishi paydo bo‘lishi mumkin. Uzoq muddatli davolashda, shuningdek terining ikkilamchi zararlanishlari, atrofik o‘zgarishlar, gipertrixoz rivojlanishi mumkin. Surtma uzoq vaqt davomida, ayniqsa katta shikastlanish sohalarida qo‘llanganida, prednizolonning rezorbtiv ta‘sirini ko‘rinishi sifatida giperkortisizm rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda preparatni bekor qilish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, Kushing sindromi, suvchechak, vaksinasiya davri, oddiy gerpes, jarohatli yoki yarali shikastlanishlar, terining bakterial, virusli va zamburug‘li kasalliklari, teri tuberkulezi, sifilisning teridagi ko‘rinishlari, teri o‘smalari, oddiy xusnbuzarlar, pushti xusnbuzarlar, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik, emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Prednizolon surtma shaklida mahalliy qo‘llanganda dorilarning o‘zaro ta‘siri ta‘riflanmagan. Davolanish davrida suvchechakka qarshi vaksinasiyani yoki immunizasiyaning boshqa turlarini, ayniqsa preparatni teri yuzasining katta maydonlarida uzoq muddat qo‘llanganda o‘tkazish mumkin emas.

Qo‘llanilishi

Terining mikrobsiz etiologiyali yallig‘lanish va allergik kasalliklari: eshakemi, ekzema, allergik va seboreyali dermatitlar, psoriaz, qizil yugurik, eritrodermiyani kompleks davolash tarkibida qo‘llanadi.

Dori shakli: 

sirtga qo‘llash uchun surtma 5 mg/g

Farmakologik xususiyatlari

Prednizolon – sintetik glyukokortikosteroid, mahalliy qo‘llash uchun preparatdir.

Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, shishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Yallig‘lanish meditorlari (gistamin, prostaglandinlar, leykotrienlar, liposomal fermentlar) ni ajralib chiqishini tormozlaydi. Teri yallig‘lanish reaksiyasini susaytiradi, vazodilatasiyani va yallig‘lanish o‘chog‘ida qon tomirlarning oshgan o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, surtilgan joyda qichishish va og‘riqni kamaytiradi.

 

 

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganda nojo‘ya reaksiyalarning ko‘rinishlari kuchayishi mumkin. Prednizolonni uzoq muddat davomida katta miqdorlarda qo‘llanganda giperkortisizm simptomlari paydo bo‘lishi mumkin. Simptomlari: bosh og‘rig‘i, yurak yetishmovchiligi, eshakemi, toshma, kuchli qichishish.

Davolash simptomatik. Preparatni qo‘llashni bekor qilish va shifokorga murojaat qilish lozim. Og‘ir hollarda shoshilinch tibbiy yordam zarur.

 

 

Saqlash sharoiti

 8°S dan 15°S gacha haroratda saqlansin.    

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.