Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Преднизолон ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Преднизолон ТАБЛЕТКА 5мг №10

12 500 so'mdan
(3794)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Prednisolone
Ishlab chiqaruvchi
УЗБЕКИСТАН
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Гормональные препараты
Dori tafsilotlari
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi.
Qoʻllash usuli va dozalari.
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar.
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 

tabletkalar

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 5 mg prednizolon;

yordamchi moddalar: 62,0 mg laktoza monogidrati, 43,5 mg makkajoʻxori kraxmali, 6,5 mg qayta jelatinlangan makkajoʻxori kraxmali, 2,5 mg talk, 0,5 mg magniy stearati.

 

Taʼrifi: 

dumaloq, ikki tomoni yassi, chetlari qiya, bir tomonida boʻlish uchun oʻyiqchasi, boʻlish uchun oʻyiqchaning yuqorisida “PD” va pastida “5,0” gravirovkasi boʻlgan oq rangli tabletkalar.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

glyukokortikosteroid

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi.

Prednizolon Nikomed – sintetik glyukokortikosteroid preparat, gidrokortizonning degidratatsiyalangan analogi. Yalligʻlanishga qarshi, allergiyaga qarshi, immunodepressiv taʼsir koʻrsatadi, beta-adrenoretseptorlarni endogen katexolaminlarga sezuvchanligini oshiradi. Glyukokortikosteroidlarning (GKS) sitoplazmatik retseptorlari (GKS retseptorlari hamma toʻqimalarda mavjud, ular ayniqsa jigarda koʻp) bilan oqsillar hosil boʻlishini (shu jumladan hayot uchun muhim jarayonlarni boshqaruvchi fermentlarni) induksiyalovchi majmuani hosil qilib oʻzaro taʼsir koʻrsatadi.

Oqsillar almashinuvi: plazmada globulinlarning miqdorini kamaytiradi, jigar va buyraklarda albuminning sintezini oshiradi (qon plazmasida albumin/globulin koeffitsentini oshishi bilan), mushak toʻqimasida oqsil sintezini pasaytiradi va katabolizmni kuchaytiradi. Lipidlar almashinuvi: yuqori yogʻ kislotalari va triglitseridlarning sintezini oshiradi, yogʻni qayta taqsimlaydi (yogʻni toʻplanishi asosan yolka kapori, yuz, qorinda oshadi), giperxolesterimiya rivojlanishiga olib keladi.

Uglevodlar almashinuvi: meʼda-ichak yoʻllaridan uglevodlarni soʻrilishini oshiradi; glyukozo-6-fosfataza faolligini oshiradi (jigardan qonga glyukozani tushishini oshiradi); fosfoyenolpiruvatkarboksilazaning faolligini va aminotransferazalarning sintezini oshiradi (gyukoneogenezni faollashishi); giperglikemiyani rivojlanishiga olib keladi.

Suv-elektorlit almashinuvi: organizmda natriy va suvni tutib qoladi, kaliyni chiqarilishini ragʻbatlantiradi (mineralokortikoid faollik), meʼda-ichak yoʻllaridan kalsiyni soʻrilishini pasaytiradi, suyak toʻqimasining minerallizatsiyasini pasaytiradi.

Yalligʻlanishga qarshi samarasi eozinofillar va semiz hujayralaridan yalligʻlanish mediatorlarining chiqishini susayishi; lipokortinlarning hosil boʻlishini induksiyalanishi va gialuron kislotasini ishlab chiqaruvchi semiz hujayralarning sonini kamayishi; kapillyarlarning oʻtkazuvchanligini kamayishi; hujayra membranalari (ayniqsa lizosomol) va organellalar membranasini barqarorlanishi bilan bogʻliq.

Yalligʻlanish jarayonining barcha bosqichlariga taʼsir koʻrsatadi: araxidon kislotasi darajasida prostaglandinlarning sintezini (lipokortin fosfalipaza A2 ni susaytiradi, oraxidon kislotasining ajralib chiqishini bostiradi va yalligʻlanish, allergiya va boshqalar jarayoniga yordam beruvchi endoperikislar, leykotriyentarning biosintezini ingibirlaydi), “yalligʻlanishga qarshi sitokinlar” (interleykin-1, oʻsma nekrozi omili alfa va boshqalar) sintezini ingibirlaydi; turli shikastlovchi omillarning taʼsiriga hujayra membranasining chidamliligini oshiradi.

Immunodepressiv samarasi limfoid toʻqimasining involyutsiyasi chaqirgan limfotsitlarning proliferatsiyasini susayishi (ayniqsa T-limfotsitlar), V-limfotsitlarning migratsiyasini bostirilishi va T- va V-limfotsitlarning oʻzaro taʼsiri, limfotsitlar va makrofaglardan sitokininlarning ajralib chiqishini tormozlanishi (interleykin-1,2; gamma-interferon) va antitelalarning hosil boʻlishini pasayishi bilan bogʻliq.

Allergiyaga qarshi samarasi allergiya mediatorlarining sintezi va sekretsiyasini kamayishi, sensibilizatsiyalangan semiz hujayralar va bazofillardan gistamin va boshqa biologik faol moddalarning ajralib chiqishini tormozlanishi, aylanib yuruvchi bazofillar, T- va V-limfotsitlar, semiz hujayralarning soni kamayishi; limfoid va biriktiruvchi toʻqimalarning rivojlanishini bostirilishi, allergiya mediatorlariga effektor hujayralarning sezuvchanligini pasayishi, antitelalar hosil boʻlishini susayishi, organizmning immun javobini oʻzgarishi bilan bogʻliq.

Nafas yoʻllarining obstruktiv kasalliklarida taʼsiri asosan yalligʻlanish jarayonlarining tormozlanishi, shilliq qavatlarining shishishi olini olishi yoki yaqqolligini kamayishi, bronxlar epiteliysining shilliq osti qavatini eozinofil infiltratsiyasini va bronxlarning shilliq qavatida aylanib yuruvchi immun majmualarning toʻplanishini kamayishi, shuningdek shilliq qavatning eroziyalanishi va deskvamatsiyasini tormozlanishi bilan bogʻliq.

Mayda va oʻrta kalibrli bronxlarning beta-adrenoretseptorlarini endogen katexolaminlar va ekzogen simpatomimetiklarga sezuvchanligi oshiradi, shilliqni ishlab chiqarilishini kamayishi hisobiga qovushqoqligini kamaytiradi.

Adrenokortikotrop gormonining (AKTG) sintezi va sekretsiyasini susaytiradi va ikkilamchi  – endogen GKS sintezini susaytiradi.

Yalligʻlanish jarayoni davomida biriktiruvchi toʻqimaning reaksiyasini tormozlaydi va chandiq toʻqimasini rivojlanishi imkoniyatini pasaytiradi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganida prednizolon meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi. Qondagi maksimal konsentratsiyasiga ogʻiz orqali qabul qilinganidan keyin 1-1,5 soat davomida erishiladi. Prednizolonning 90% gachasi plazma oqsillari: transkortin bilan (kortikosteroidlarni bogʻlovchi globulin) va albuminlar bilan bogʻlanadi: Prednizolon jigarda, qisman buyrak va boshqa toʻqimalarida, asosan glyukuron va sulfat kislotasi bilan konʼyugatsiyalanish yoʻli bilan metabolizmga uchraydi. Metabolitlari faol emas.

Safro bilan va siydik bilan kalava filtratsiyasi yoʻli bilan chiqariladi va 80-90% naychalar orqali qayta soʻriladi. Dozaning 20% buyraklar orqali oʻzgarmagan holda chiqariladi. Ichga qabul qilinganidan keyin plazmadan yarim chiqarilish davri 2-4 soatni tashkil qiladi.

 

 

Qoʻllanilishi.
  • Biriktiruvchi toʻqimaning tizimli kasalliklari (tizimli qizil yugurik, sklerodermiya, tugunli periarteriit, dermatomiozit, revmatoid artrit).
  • Boʻgʻimlarning oʻtkir va surunkali kasalliklari: podagrik va psoriatik artrit, osteoartrit (shu jumladan posttravmatik), poliartrit (shu jumladan keksalar poliartriti), yelka-kurak periartriti, ankilozlovchi spondiloartrit (Bexterev kasalligi), yuvenil artrit, kattalardagi Still sindromi, bursit, nospetsifik tendosinovit, sinovit va epikondelit.
  • Revmatik isitmalash, oʻtkir revmokardit.
  • Bronxial astma, astmatik status.
  • Oʻtkir va surunkali allergik kasalliklar – shu jumladan dori vositalari va ozuqa mahsulotlariga allergik reaksiyalar, zardob kasalligi, eshakemi, allergik rinit, angionevrotik shish (Kvinke shishi), dori ekzantemasi, pollinoz.
  • Teri kasalliklari: pufakchali yara, psoriaz, ekzema, atopik dermatit, kontaktli dermatit, (terining katta yuzasini shikastlanishi bilan), toksidermiya, seboreyali dermatit, eksfoliativ dermatit, toksik epidermal nekroliz (Layella sindromi), bullyoz gerpetikshaklli dermatit, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi).
  • Miya shishi (shu jumladan miya oʻsmasi yoki xirurgik aralashuv, nur terapiyasi yoki bosh travmasi fonidagi) oldindan parenteral yoʻli bilan yuborilganidan keyin.
  • Koʻzning allergik kasalliklari: konʼyunktivitning allergik shakllari, shox pardaning allergik yaralari.
  • Koʻzning yalligʻlanish kasalliklari – simpatik oftalmiya, ogʻir sust kechuvchi old va orqa uveitlar, koʻruv nervining nevriti.
  • Buyrak kasalliklari: birlamchi va ikkilamchi buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi (shu jumladan buyrak usti bezlari olib tashlanganidagi holat), buyrak usti bezlarining tugʻma giperplaziyasi, autoimmun genezli buyrak kasalliklari (shu jumladan oʻtkir glamerulonefrit), nefrotik sindrom.
  • Nimoʻtkir tireoidit;
  • Qon yaratish aʼzolarining kasalliklari: agranulotsitoz, panmiyelopatiya, autoimmun gemolitik anemiya, limfo- va miyeloblast leykozlar, limfogranulomatoz, trombotsitopenik purpura, kattalardagi ikkilamchi trombotsitopeniya, eritroblastopeniya (eritrotsitaranemiya), tugʻma (eritroid) gipoplastik anemiya;
  • Oʻpka kasalliklari – oʻtkir alveolit, oʻpka fibrozi, II-III darajali sarkoidoz, tuberkuzyozli meningit, oʻpka tuberkulyozi, aspiratsion pnevmoniya (spetsifik kimyoterapiya bilan birga), Berillioz, Leffler sindromi (boshqa usul bilan davolab boʻlmaydigan); oʻpka raki (sitostatiklar bilan majmuada).
  • Tarqoq skleroz.
  • Meʼda-ichak yoʻllarining (MIY) kasalliklari – yarali kolit, Kron kasalligi, lokal enterit.
  • Gepatit.
  • Transplantatni koʻchish reaksiyasini oldini olish.
  • Onkologik kasalliklar fonidagi giperkalsiyemiya, sitostatik davolashni oʻtkazilishidagi koʻngil aynishi va qusish.
  • Miyelom kasalligi.

 

 

Qoʻllash usuli va dozalari.

Preparatning dozasi va davolash davomiyligi koʻrsatmalar va kasallikning ogʻirligiga qarab shifokor tomonidan shaxsiy belgilanadi.

Preparatni buyurishda glyukokortikosteroidlarning sutkalik sekretor ritmini hisobga olish kerak: ertalab dozaning katta qismi (yoki hammasi) buyuriladi.

Tabletkalarni ovqatlanish vaqtida yoki bevosita ovqatlanishdan soʻng koʻp boʻlmagan miqdordagi suv bilan qabul qilish kerak.

Oʻrinbosar davolash – sutkada 20-30 mg; tutib turuvchi doza – sutkada 5-10 mg ni tashkil qiladi. Baʼzi kasalliklarda (nefrotik sindrom, baʼzi revmatik kasalliklar) yuqoriroq dozalar buyuriladi. Agar anamnezda psixozlar boʻlsa, yuqori dozalar shifokorning qatʼiy nazorati ostida buyuriladi.

Bolalar uchun dozalar: boshlangʻich doza – 4-6 marta qabul qilishda sutkada 0,1-2 mg/kg, tutib turuvchi doza – sutkada 0,3-0,6 mg/kg.

Preparat uzoq muddat qabul qilinganida dozani asta-sekin pasaytirish kerak. Uzoq muddatli davolashni birdan toʻxtatish mumkin emas!

 

Nojoʻya taʼsirlari

Noxush nojoʻya reaksiyalar (NNR) ning rivojlanish tez-tezligi va yaqqollik darajasi qoʻllash davomiyligiga, ishlatilayotgan dozaning kattaligiga va prednizolonni buyurilishidagi sirkad ritmiga rioya qilish imkoniyatiga bogʻliq.

Noxush nojoʻya reaksiyalar (NNR) ning rivojlanish tez-tezligi boʻyicha tasnifi:

Juda tez-tez (>1/10);

tez-tez (>1/100, <1/10);

tez-tez emas (>1/1000,<1/100);

kam (>1/10000, <1/1000);

juda kam (<1/10000);

tez-tezligi nomaʼlum (mavjud maʼlumotlar asosida baholashning iloji yoʻq).

Prednizolon qoʻllanganida quyidagilar aniqlanishi mumkin:

Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: prednizolon uzoq vaqt peroral qoʻllanganida buyrak usti bezlari poʻstloq qismining yetishmovchiligi (gipotalamusni ingibirlanishi bilan boshlanib, buyrak usti bezlari poʻstlogʻining atrofiyasi bilan tugaydigan) (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang), buyrak usti bezlari poʻstloq qismining yetishmovchiligi oqibatidagi “bekor qilish” sindromi (bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, bosh aylanishi, anoreksiya, holsizlik, emotsional holatni oʻzgarishi, apatiya va stress vaziyatlarga noadekvat reaksiya (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang)), “steroidli” qandli diabet glyukozaga sezuvchanlikni pasayishi bilan, qandli diabeti boʻlgan patsiyentlarda qonda glyukozaning konsentratsiyasini oshishi. Oʻsish gormonining sekretsiyasini buzilishi va oʻsish gormoniga sezuvchanlikni pasayishi natijasida bolalarda oʻsishni sekinlashishi.

Tez-tez: Isenko-Kushing sindromi (oysimon yuz, gipofizar tur semirish, girsutizm, arterial bosimni oshishi, dismenoreya, amenoreya, mushak kuchsizligi, striyalar), fiziologik dozadan yuqori boʻlgan (odatda sutkada 50 mg dan ortiq) peroral dozalar uzoq vaqt buyurilganida (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang), mineralokortikoid samara oqibatida gipokaliyemiya, tugʻruq yoshidagi ayollarda amenoreya, ichga qabul qilinadigan yuqori dozalar bilan davolanishda xolesterin, triglitseridlar va lipoproteinlarning darajasini oshishi, ishtahani oshishi yoki pasayishi, tana vaznini oshishi.

Tez-tez emas: peroral kichik dozalar bilan davolanishda qandli diabet (<1%), peroral kichik dozalar bilan davolanishda xolesterin, triglitseridlar va lipoproteinlarning konsentratsiyasini oshishi.

Kam: qalqonsimon bezining faoliyatini oʻzgarishi.

Juda kam: ketoatsidoz va giperosmolyar koma, latent gipertireozni koʻrinishlari, porfiriyani rivojlanishini tezlashishi, oʻsmani lizis boʻlish sindromi (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Tez-tezligi nomaʼlum: kalsiyning chiqarilishini oshishi, gipokalsiyemiya, manfiy azot balansi (oqsillarni kuchli parchalanishi).

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: ogʻiz boʻshigʻi shilliq qavatining kandidozi, kolitda, ileitda va divertikulitda meʼda-ichak yoʻllarini teshilishi xavfi.

Tez-tez emas: atsetilsalitsil kislotasi va boshqa nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar (NYAQP) bilan davolangan patsiyentlarda meʼdaning peptik yarasi, meʼda-ichakdan qon ketishlar (0,5%).

Juda kam: yuqori dozalar bilan uzoq vaqt davolanishdan keyin pankreatit.

Tez-tezligi nomaʼlum: qoʻngil aynishi, qusish, meteorizm, xiqichoq

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: arterial bosimini oshishi (natriyni tutilishi oqibatida, bu suyuqlikni ushlanib qolishiga olib keladi), surunkali yurak yetishmovchiligini ogʻirlashishi (natriyni tutilishi oqibatida).

Juda kam: yurakning minutli hajmini pasayish xavfi bilan kechuvchi kardiomiopatiya, gipokaliyemiya oqibatidagi aritmiya, oʻtkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Tez-tezligi nomaʼlum: bradikardiya (hatto yurak toʻxtab qolgunicha).

Oʻtkir va nimoʻtkir miokard infarkti boʻlgan bemorlarda – nekroz oʻchoqlarini tarqalishi, chandiq toʻqimasini shakllanishini sekinlashishi, bu yurak mushagini yorilib ketishiga olib kelishi mumkin.

Ruhiyatni buzilishi

Tez-tez: eyforiya, depressiya, “steroidli” psixoz.

Tez-tez emas: uykusizlik, kayfiyatni oʻzgarishlari, shaxsni oʻzgarishi, maniakal sindrom (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang) va gallyutsinatsiyalar.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Kam: kognitiv faoliyatni buzilishi (masalan, xotirani susayishi), epidural lipomatoz.

Juda kam: latent tutqanoqni koʻrinishlari, bosh miyaning soxta oʻsmasi (bosh ogʻrigʻi, noaniq koʻrish va koʻrishni buzilishi kabi simptomlar bilan kechuvchi xavfsiz bosh suyagi ichki gipertenziyasi).

Tez-tezligi nomaʼlum: deliriy, dezoriyentatsiya, paranoyya, bosh suyagi ichki bosimini oshishi, asabiylik yoki bezovtalik, bosh aylanishi, vertigo, tirishishlar.

Koʻrish aʼzolari tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: koʻz ichi bosimini oshishi (prednizolon bilan peroral davolangan 40% gacha patsiyentlar), preparat bilan peroral uzoq muddat davolanishda 30% holatda orqa subkapsulyar katarakta.

Kam: katarakta (preparat bilan peroral uzoq muddat davolanishda).

Juda kam: ekzoftalm (preparat bilan peroral juda uzoq muddat davolanishda), xorioretinopatiya.

Tez-tezligi nomaʼlum: koʻzlarning ikkilamchi bakterial, zamburugʻli yoki virusli infeksiyalarini rivojlanishiga moyillik, koʻz shoxpardasining trofik oʻzgarishlari.

Suyak-mushak va biriktiruvchi toʻqima tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: belda ogʻriq, harakatchanlikni pasayishi, oʻtkir ogʻriq, umurtqa pogʻonasini kompression sinishlari va umurtqalarning balandligini kamayishi, katta suyaklarni sinishi (preparat bilan uzoq vaqtperoral davolanishda 25% (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang)) kabi muvofiq simptomlar bilan kechuvchi osteoporoz; yuqori dozalarda davolanishda miopatiya (10%).

Tez-tez emas: suyak toʻqimasining tomirsiz aseptik nekrozi.

Juda kam: tendinopatiya, ayniqsa axillov payining va sonning toʻrtboshli mushagini tendinopatiyasi (“Oʻzaro taʼsir” boʻlimiga qarang).

Tez-tezligi nomaʼlum: suyaklarni patologik sinishlari, yelka va son suyaklari boshchasini aseptik nekrozi, mushak massasini kamayishi (atrofiyasi).

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: teri va shilliq qavatlarni shikastlovchi zamburugʻli infeksiyalar, striyalar, xusnbuzarlar, ekximozlar va petexiyalarni hosil boʻlishi, dermatit, yuz eritemasi, atrofiya, girsutizm, yaralarni bitishini buzilishi, kuchli terlash, teleangioektaziya va terini yupqalashishi.

Juda kam: epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi.

Tez-tezligi nomaʼlum: giper- yoki gipopigmentatsiya.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: mavjud kasallikni niqoblanishi yoki ogʻirlashishiga olib keluvchi immunosupressor va yalligʻlanishga qarshi samara (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Tez-tez emas: allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, mahalliy allergik reaksiyalar).

Tez-tezligi nomaʼlum: anafilaktik shok.

 

Infeksion va parazitar kasalliklar

Juda tez-tez: infeksiyaga yuqori moyillik, mavjud infeksiyani ogʻirlashishi, latent infeksiyani faollashishi va prednizolonning immunosupressor va yalligʻlanishga qarshi samarasi oqibatida infeksiyaning simptomlarini niqoblanishi (“Maxsus koʻrsatmalar” boʻlimiga qarang).

Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: eozinofillar va limfotsitlarning sonini kamayishi.

Tez-tez: leykotsitlar va trombotsitlar sonini oshishi.

Kam: qon ivishini oshishi tufayli tromboz xavfi.

Nafas tizimi, koʻkrak qafasi va koʻks aʼzolari tomonidan buzilishlar

Juda tez-tez: oʻpka raki boʻlgan patsiyentlarda oʻpka abssessi.

Tez-tez: tuberkulezni rivojlanishini yuqori xavfi.

Tez-tez emas: nafas mushaklarini shikastlovchi miopatiya.

Buyrak va siydik chiqarish yoʻllari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: tungi poliuriya.

Tez-tez emas: kalsiy va fosfatning ekskretsiyasini kuchayishi tufayli siydik toshlarini hosil boʻlishi.

Tez-tezligi nomaʼlum: leykotsituriya.

Laborator va instrumental maʼlumotlar

Kam: “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfatazaning faolligini oshishi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar.
  • Prednizolonga va boshqa steroidlarga yoki har qanday yordamchi moddaga yuqori sezuvchanlik (“Tarkibi” boʻlimiga qarang);
  • Tizimli mikozlar;
  • Laktatsiya;
  • Galaktozani oʻzlashtiraolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktazani kam soʻrilish sindromi.
  • Bolalarda oʻsish davrida GKS faqat mutloq koʻrsatmalar boʻyicha va davolovchi shifokorning oʻta sinchkov kuzatuvi ostida qoʻllanishi lozim.
  • Preparatni quyidagi kasalliklar va holatlarda ehtiyotkorlikbilan buyurish lozim:
  • Meʼda-ichak yoʻllarining kasalliklari – meʼda va oʻnikki barmoq ichak yara kasalligi, ezofagit, gastrit, oʻtkir yoki latent peptik yara, yaqinda qilingan ichak anastomozi, perforatsiyalanish yoki absesslanish xavfi boʻlgan nospetsifik yarali kolit, divertikulit;
  • Virusli, zamburugʻli va bakterial tabiatli parazitar va infeksion kasalliklar (hozirgi vaqtdagi yoki yaqinda oʻtkazilgan, shu jumladan yaqinda bemor bilan muloqatda boʻlganda) – oddiy gerpes, oʻrab oluvchi gerpes (viremik bosqichi), suvchechak, qizamiq; amebiaz, strongiloidoz; tizimli mikoz; faol va latent tuberkulyoz. Ogʻir infeksion kasalliklarda faqat spetsifik mikroblarga qarshi davolash fonida qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi;
  • Emlashdan oldingi va keyingi davr (emlashdan 8 hafta oldin va 2 hafta keyin), BSJ emlanganidan keyingi limfadenit;
  • Immuntanqislik holatlari (shu jumladan OITS yoki OITV infeksiyalanish);
  • Yurak-qon tomir tizimining kasalliklari, shu jumladan yaqinda oʻtkazilgan miokard infarkti (oʻtkir va oʻtkirosti miokard infarkti boʻlgan bemorlarda nekroz oʻchogʻini tarqalishi, chandiq toʻqimasining shakllanishini sekinlashishi va buning oqibatda – yurak mushagini yorilib ketishi), ogʻir surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, giperlipidemiya, kaliyni chiqaruvchi diuretiklar bilan yondosh davolash;
  • Endokrin kasalliklar – qandli diabet (shu jumladan uglevodlarga tolerantlik buzilganida), tireotoksikoz, gipotireoz, Isenko-Kushing kasalligi, semizlik (III-IV darajali);
  • Ogʻir buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, nefrourolitiaz;
  • Gipoalbuminemiya va uni rivojlanishiga moyillik tugʻdiruvchi holatlar;
  • Tizimli osteoporoz, miasteniya gravis, oʻtkir psixoz, poliomiyelit (ensefalitni bulbar shaklidan tashqari), ochiq va yopiq burchakli glaukoma, limfatik oʻsmalar, latent kechuvchi tutqanoq;
  • Homiladorlik.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Prednizolon quyidagilar bilan bir vaqtda qoʻllanganda kuzatiladigan holatlar:

“jigar” mikrosomal fermentlarining induktorlari (fenobarbital, rifampitsin, fenitoin, teofillin, efedrin) bilan uning konsentratsiyasini pasayishiga olib keladi;

diuretiklar bilan (ayniqsa “tiazidli” va karboangidraza ingibitorlari bilan) va amfoteritsin V bilan – kaliy ionlarini organizmdan chiqarilishini kuchayishiga va yurak yetishmovchiligini rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin karboangidraza ingibitorlari va “xalqali” diuretiklar osteoporozni rivojlanish xavfini oshiradi;

ftorxinolonlar bilan – paylarni uzilish xavfini oshishi;

natriy saqlovchi preparatlar bilan – shishlarni rivojlanishiga vaarterial bosimini oshishiga olib keladi;

yurak glikozidlari bilan – yurak glikozidlarining toksikligi oshadi (paydo boʻladigan gipokaliyemiya tufayli aritmiyalarni rivojlanishxavfi oshadi);

bilvosita antikoagulyantlar bilan – ularning taʼsirini kamaytiradi (kam hollarda oshiradi), dozani toʻgʻrilash talab qilinadi;

antikoagulyantlar va trombolitiklar bilan – meʼda-ichak yoʻllaridagi yaralardan qon ketish xavfi oshadi;

etanol va nosteroid yalligʻlanishga qarshi preparatlar (NYAQP)

bilan – meʼda-ichak yoʻllarida eroziv-yarali shikastlanishlarni paydo boʻlishi va qon ketishlarlarini rivojlanish xavfi kuchayadi (artritlarni davolashda NYAQP bilan majmuada ularning terapevtik samarasini qoʻshilishi tufayli, glyukokortikosteroidlarning dozasi kamaytirilishi mumkin).

paratsetamol bilan – gepatotoksikligini rivojlanish xavfi oshadi (jigar mikrosomal fermentlarini induksiyasi va paratsetamolning zaharli metabolitini hosil boʻlishi yuz beradi);

atsetilsalitsil kislotasi bilan – uni chiqarilishini tezlashtiradi va qondagi konsentratsiyasini kamaytiradi (prednizolon bekor qilinganida qonda salitsilatlarning darajasi oshadi va nojoʻya holatlarni rivojlanish xavfi oshadi) meʼda-ichakdan qon ketishlariva yaralarni hosil boʻlish xavfini oshiradi.

insulin, peroral gipoglikemik preparatlar, gipotenziv vositalar bilan – ularning samaradorligi kamayadi;

D vitamini bilan – ichakda kalsiy (Sa2+) ionlarini soʻrilishiga uning taʼsiri pasayadi;

somatotropin bilan – oxirgisining samaradorligini pasaytiradi, prazikvantel bilan – uning konsentratsiyasini pasaytiradi.

M-xolinoblokatorlari (shu jumladan antigistamin preparatlarva tritsiklik antidepressantlar) va nitratlar bilan – koʻz ichki bosimini oshishiga yordam beradi;

nerv-mushak oʻtkazuvchanligini blokatorlari (masalan pankuroniy bromidi) bilan – nerv-mushak oʻtkazuchanligini bloklanish samaradorligini pasaytiradi; uzoq vaqt bir vaqtda qabul qilingandamiopatiyaning yuqori xavfi bor;

izoniazid va meksiletin bilan – ularning metabolizmini oshiradi (ayniqsa “sekin” atsetilatorlarda), bu ularning plazmadagi konsentratsiyalarini pasayishiga olib keladi;

kvetiapin bilan – qon zardobida kvetiapinning konsentratsiyasi pasayadi;

metotreksat va shirinmiya preparatlari bilan – prednizolonning nojoʻya samaralari xavfini oshiradi.

Kortikotropin prednizolonning taʼsirini kuchaytiradi.

Ergokalsiferol va paratireoid gormon prednizolon tomonidan chaqirilgan osteopatiyani rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi.

Siklosporin va ketakonazol prednizolonni metabolizmini sekinlashtirib, qator hollarda uning zaharliligini oshirishi mumkin.

Prednizolon bilan bir vaqtda androgen va steroid anabolik preparatlarini buyurish periferik shishlar, girsutizm rivojlanishigava xusnbuzarlar paydo boʻlishiga olib keladi.

Estrogenlar va peroral estrogen saqlovchi preparatlar prednizolonning klirensini pasaytiradi, bu uning taʼsirini kuchayishigaolib kelishi mumkin.

Mitotan va buyrak usti bezlari poʻstlogʻining faoliyatini boshq aingibitorlari prednizolonning dozasini oshirish zaruratini chiqarishi mumkin.

Viruslarga qarshi tirik vaksinalari bilan bir vaqtda qoʻllanganidava immunizatsiyani boshqa turlari fonida viruslarning faolligini oshishi va infeksiyalarni rivojlanish xavfini oshishi kuzatiladi.

Immunodepressantlar, infeksiyalar va limfomani yoki Epshteyn-Barr virusi bilan bogʻliq boshqa limfoproliferativ buzilishlarni rivojlanish xavfini oshiradi.

Antipsixotik vositalar (neyroleptiklar) va azatioprin, prednizolon buyurilganida kataraktani rivojlanish xavfini oshiradi.

Antatsidlarni bir vaqtda buyurish prednizolonni soʻrilishinikamaytiradi.

Antitireoid preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllanganida prednizolonning klirensi kamayadi, tireoid gormonlari bilan esa – oshadi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Prednizolon Nikomed bilan davolanish davrida (ayniqsa uzoq vaqt) oftalmolog kuzatuvi, arterial bosimni, suv-elektrolit balansini, shuningdek periferik qon manzarasini va qondagi glyukoza miqdorini nazorat qilish kerak. Gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari (GGBU) tizimini susayishini (buyrak usti bezlari poʻstlogʻining yetishmovchiligini), Isenko-Kushing sindromi, giperglikemiya va glyukozuriyani aniqlash maqsadida patsiyentni kuzatish lozim.

Nojoʻya holatlarni kamaytirish maqsadida antatsidlarni buyurish, shuningdek organizmga kaliyni (parhez, kaliy preparatlari) kirishini oshirish mumkin. Ovqat oqsillar, vitaminlarga boy boʻlishi, yogʻlar, uglevodlar va osh tuzining miqdori cheklangan boʻlishi kerak.

Gipotireoz va jigar sirrozi boʻlgan bemorlarda preparatning taʼsiri kuchayadi. Preparat mavjud boʻlgan emotsional beqarorlik yoki psixotik buzilishlarni kuchaytirishi mumkin. Anamnezida psixozlarga ishora boʻlganida Prednizolon Nikomed yuqori dozalarda shifokorning jiddiy nazorati ostida buyuriladi. Stress vaziyatlarida (masalan jarrohlik operatsiyalari, travmalar va infeksion kasalliklarda) tutib turuvchi davolash vaqtidagi glyukokortikosteroidlarga boʻlgan ehtiyojni oshishi tufayli, preparatning dozasini toʻgʻrilashni oʻtkazish kerak.

Prednizolon Nikomed bilan uzoq muddatli davolash tugatilganidan keyin bir yil davomida stress vaziyatlarida buyrak usti bezlarining poʻstlogʻini nisbiy yetishmovchiligi rivojlanishi mumkinligi tufayli, bemorlarni sinchiklab kuzatish kerak.

Preparatni toʻsatdan bekor qilishda, ayniqsa preparat yuqori dozalarda qoʻllanilgan boʻlsa, “bekor qilish” sindromi (anoreksiya, koʻngil aynishi, tormozlanish, yoyilgan mushak-skelet ogʻriqlari, umumiy holsizlik) rivojlanishi, shuningdek Prednizolon Nikomedni buyurilishiga sababchi boʻlgan kasallik zoʻrayishi mumkin.

Prednizolon Nikomed bilan davolanish vaqtida vaksinatsiyani, uning samaradorligi (immun javobi) pasayishi mumkinligi tufayli oʻtkazish mumkin emas.

Prednizolon Nikomed interkurrent infeksiyalar, septik holatlar va tuberkulyozda buyurilganda, bir vaqtning oʻzida mikroblarga qarshi vositalar bilan davolash oʻtkazish kerak.

Har qanday maʼlum infeksion kasallikda yoki unga shubha tugʻilganda prednizolonni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak (“Nojoʻya taʼsirlari” boʻlimiga qarang). Patsiyentlar davolanish davrida virusli infeksiyalari boʻlgan bemorlar bilan muloqatdan saqlanishlari va ular bilan muloqat boʻlgan hollarda darhol shifokorga murojaat qilishlari lozim.

Bolalarda Prednizolon Nikomed bilan uzoq muddatli davolash vaqtida, ularning oʻsishi va rivojlanishi dinamikasini sinchiklab kuzatish lozim.

Buyrak usti bezlarining yetishmovchiligida oʻrinbosar davolash uchun kuchsiz mineralokortikoid samarasi tufayli, Prednizolon mineralokortikoidlar bilan kombinatsiyada ishlatiladi.

Prednizolon glyukoneogenezni kuchaytiradi. Glyukokortikosteroidlarning yuqori dozalari bilan davolanayotgan taxminan 20% patsiyentlarda insulinga past sezuvchanlik va glyukoza uchun past buyrak boʻsagʻasi bilan xavfsiz “steroidli” qandli diabet rivojlanadi.

Ushbu holat davolash bekor qilinganda qaytuvchidir. Qandli diabeti boʻlgan bemorlarda qonda glyukoza miqdorini nazorat qilish va zarurati boʻlganida davolashni toʻgʻrilash lozim.

Prednizolon bilan uzoq muddatlt davolash kalsiy va fosfatning metabolizmiga taʼsir qiladi va osteoporoz xavfini oshiradi. Glyukokortikosteroidlar tomonidan induksiyalangan suyak toʻqimasini yoʻqotilishini, kalsiy va D3 vitaminini buyurib oldini olish mumkin.

Buyraklar va siydik chiqarish yoʻllarining latent infeksion kasalliklari boʻlgan bemorlarda Prednizolon Nikomed leykotsituriya chaqirishi mumkin, bu diagnostik ahamiyatiga ega boʻlishi mumkin.

Prednizolon Nikomed 11- va 17-oksikortikosteroidlarning metabolitlari miqdorini oshiradi.

Glyukokortikosteroidlar bilan immunosupressiv davolashni oʻtkazish vaqtida tirik virusli yoki bakterial vaksinalar bilanemlash mumkin emas. Pasaygan immun reaksiya tirik kuchsizlantirilgan vaksina tomonidan infeksion kasallikni chaqirishga imkon yaratishi mumkin.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi.

Homiladorlik vaqtida (ayniqsa I uch oyligida) faqat hayotiy koʻrsatmalar boʻyicha qoʻllanadi.

Homiladorlik vaqtida uzoq muddat davolashda homilaning oʻsishini buzilishi mumkinligi inkor etilmaydi. Homiladorlikning III uch oyligida qoʻllanganida homilada buyrak usti bezlarining atrofiyasini paydo boʻlishni xavfi bor, bu holat yangi tugʻilgan chaqaloqda oʻrinbosar davolashni oʻtkazishni talab qilishi mumkin.

Glyukokortikosteroidlarning koʻkrak sutiga oʻtishi tufayli, preparatni emizish davrida qoʻllashning zarurati tugʻilganida, emizishni toʻxtatish tavsiya etiladi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Davolanish vaqtida patsiyentlar transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozaga bogʻliq nojoʻya holatlarni kuchayishi yuz berishi mumkin.

Prednizolon Nikomedning dozasini kamaytirish kerak. Davolash – simptomatik.

 

 

Chiqarilish shakli

5 mg li tabletkalar.

10 tabletkadan PVX/PVDX plyonka va laklangan alyumin folga blisterlarda.

3, 4 va 10 blisterdan qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 18-25°S haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

 

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retsept boʻyicha.