Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ПОЛИЖЕН КАПСУЛЫ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ПОЛИЖЕН КАПСУЛЫ №12 ШТУКА №1

74 000 so'mdan
(2589)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
WORLD MEDICINE
Chiqarilish shakli
ШТ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Qoʻllash usuli va dozalari
Nojoʻya taʼsirlari
Dori shakli:
Tarkibi:
Farmakoterapevtik guruxi: 
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanligi boʻlgan patsiyentlarga;
  • 12 yoshgacha boʻlgan bolalarga qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Hozirgi kungacha Polijen preparatini boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli oʻzaro taʼsiri aniqlanmagan.

Boshqa vitamin va mineral preparatlari bilan bir vaqtda buyurilmaydi.

 

 

Maxsus koʻrsatmalar

Polijen preparatini kunning ikkinchi yarmida qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va emizish davrida qoʻllanishi

Polijen preparatini homiladorlik va laktatsiya davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Agar bunday davolashni oʻtkazish zarur boʻlsa, u holda qatʼiy koʻrsatmalar boʻyicha va shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida oʻtkaziladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan soʻng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Polijen preparati tavsiya etilgan dozalarda qoʻllanganida dozani oshirib yuborilish hollari kuzatilmagan. Dozasi tasodifan oshirib yuborilganida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilgan, chunki Polijen preparatini tarkibiga kiruvchi komponentlar (ayniqsa yogʻda eruvchi vitaminlar va temir) ning organizmga toksik taʼsir qilishi mumkinligini inobatga olish kerak.

 

Chiqarilish shakli

6 ta kapsuladan blisterda. 2 blister qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

15-25°S haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz beriladi.

Qoʻllash usuli va dozalari

Kuniga yoki kunora bir kapsuladan nonushtadan keyin qabul qilinadi.

Tavsiya etilgan davolash kursi 2-3 haftani tashkil etadi.

Boshqa holatlarda shifokor tavsiyasi boʻyicha qabul qilish kerak.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Tavsiya etilgan dozalarda qoʻllanganida nojoʻya taʼsirlari kam rivojlanadi.

Ayrim hollarda bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, taxikardiya, allergik reaksiyalar (eshakemi) namoyon boʻlishi mumkin.

Yaqqol ifodalangan nojoʻya reaksiyalar rivojlanganida preparatni bekor qilish kerak.

 

Dori shakli:

 kapsulalar

 

Tarkibi:

Har bir kapsulada quyidagilar saqlanadi:

faol moddalar:

Asalari suti

20 mg

Askorbin kislotasi

150 mg

Jenshen ekstrakti

40 mg

Folat kislotasi

0,5 mg

Oʻstirilgan bugʻdoy maysasi yogʻi

50 mg

Kalsiy pantotenati

10 mg

Saflor yogʻi

30 mg

Orat kislotasi

10 mg

L-Arginin

20 mg

Makroelementlar:

 

L-Lizin

20 mg

Kaliy

8 mg

Deanol bitartrati

25 mg

Kalsiy

50 mg

Soya letsitini

90 mg

Fosfor

38,71 mg

Metionin

74 mkg

Mikroelementlar:

 

Butillangan gidroksitoluyen

1 mg

Temir

14 mg

Gul changi

25 mg

Ftor

0,2 mg

Vitaminlar:

 

Magniy

1 mg

A vitamin palmitati

5000 XB

Mis

2 mg

D3 vitamini (xolekalsiferol)

400 XB

Yod

150 mkg

Ye vitamini

180 mg

Marganes

2,5 mg

Biotin

0,2 mg

Molibden

186 mkg

V1 vitamini

5 mg

Rux

15 mg

V2 vitamini

5 mg

Selen

50 mkg

V6 vitamini

4 mg

Xrom

100 mkg

V12 vitamini

15 mkg

Nikel

4 mkg

Nikotinamid

20 mg

Bor

130 mkg

yordamchi moddalar: yeryongʻoq moyi, gidrogenlangan oʻsimlik moyi, qisman gidrogenlangan oʻsimlik moyi, oq asalari mumi.

kapsula qobigʻini tarkibi: jelatin, sorbitol, natriy metilparagidroksibenzoati, glitserin, natriy propilparagidroksibenzoati, titan dioksidi, etilvanilin, karmazin, brilliant koʻki.

 

Farmakoterapevtik guruxi: 

metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita; aminokislotalar va oʻsimlik komponentlaridan tarkib topgan vitamin-mineral kompleksi.

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Polijen tarkibida organizmni normal faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan vitaminlar, mineral moddalar va aminokislotalarning muvozanatlangan majmuasi, shuningdek infeksion, hamda shamollash kasalliklariga, atrof-muhitning zararli taʼsirlariga nisbatan organizmning qarshiligini oshiradigan va organizmning umumiy tonusini oshiradigan biologik faol moddalarni saqlaydi.

Organizmda turli biokimyoviy jarayonlarda faol ishtirok etadigan vitaminlarning ratsional tanlab olingan majmuasi organizmga har tomonlama ijobiy biologik taʼsir koʻrsatadi; mineral moddalar, tabiiy kimyoviy elementlar organizmda tabiiy kimyoviy muvozanatni taʼminlaydi.

Preparatning tarkibiga kiruvchi aminokislotalar toʻqima oqsillari, fermentlar, gormonlar va boshqa biologik muhim birikmalarni sintezi uchun asosiy qurilish materiali hisoblanadi.

Jenshen keng farmakologik taʼsir doirasiga ega. Jenshenning biologik faol moddalar majmuasi markaziy nerv tizimiga ragʻbatlantiruvchi taʼsir koʻrsatadi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini kuchaytiradi. Organizmning tabiiy qarshilik koʻrsatish va regenerativ hususiyatini oshiradi.

A vitamini koʻrish pigmentlarini shakllanishida ishtirok etadi; epitelial hujayralarining butunligini taʼminlaydi, organizmning oʻsishini boshqaradi.

V1 vitamini – koferment sifatida uglevodlar almashinuvida, nerv tizimining faoliyatida ishtirok etadi.

V2 vitamini – hujayra nafasi va koʻrish jarayonining katalizatoridir; DNK shakllanishida muhim rol oʻynaydi, toʻqimalar (shu jumladan teri hujayralari) regeneratsiyasi jarayonlariga yordam beradi.

B6 vitamini  koferment sifatida aminokislotalar, oqsillar metabolizmida, shuningdek neyromediatorlarni sintezida ishtirok etadi.

B12 vitamini folat kislotasi bilan birga nukleotidlar sintezida qatnashadi; hamda eritrotsitlar va miyelin xujayralarini shakllanishida ishtirok etadi, organizmning oʻsishi uchun zarur.

Folat kislotasi megaloblastlarni normal yetilishi va normoblastlarni hosil boʻlishi uchun kerak. Eritropoezni stimullaydi, aminokislotalar (shu jumladan metionin va serin), nuklein kislotalari, purin va pirimidinlar sintezida, xolin almashinuvida ishtirok etadi.

Kalsiy pantotenati koenzima A ning tarkibiy qismi sifatida atsetillanish va oksidlanish jarayonlarida muhim rol oʻynaydi; epiteliy va endoteliyni shakllanishi va regeneratsiyasiga yordam beradi.

Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqarishda muhim rol oʻynaydi; kollagen sintezini taʼminlaydi; folat kislotasi va temir metabolizmida, shuningdek steroid gormonlar va katexolaminlarni sintezida qatnashadi.

Ye vitamini antioksidant xususiyatlariga ega, membranalarda toʻyinmagan yogʻ kislotalarini lipoperoksidlanishidan himoyalaydi; xujayralararo modda, kollagen va elastik tolalarni shakllanishida ishtirok etadi.

D3 vitamini ichaklardan kalsiy, fosfatlar va magniyni soʻrilishini stimullaydi va suyaklarning oqsil stromasi sintezini va kalsiyni suyak toʻqimasi va dentinda toʻplanishini faollashtiradi, suyak toʻqimasini rezorbsiyasiga toʻsqinlik qiladi, organizmdan qoʻrgʻoshinni chiqarilishiga yordam beradi.

Biotin – yogʻlar va uglevodlar almashinuvida, pirouzum kislotasini oksidlanishida ishtirok etadi.

Orat kislotasi – pirimidin asoslarining oraliq mahsuloti sifatida nuklein kislotalar sintezida ishtirok etadi, jigarda albuminlar hosil boʻlishini, ayniqsa uzoq davom etgan gipoksiya sharoitlarida kuchaytiradi, regeneratsiya faoliyatini yaxshilaydi, anabolizmni oshiradi.

Nikotinamid hujayra nafasi jarayonlarida, yogʻlar va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi.

Magniy neyronlar qoʻzgʻaluvchanligini va mushaklarga nerv impulslarini oʻtishini kamaytiradi, kofaktor sifatida koʻpchilik fermentativ reaksiyalarda ishtirok etadi.

Fosfor metabolitik jarayonlarda, energiya almashinuvida, suyak toʻqimasiini shakllanishida, oʻsish jarayonlarida muhim rol oʻynaydi.

Kalsiy suyak toʻqimasi va tishlarni shakllanishi uchun zarur; qon ivishi jarayonlarini taminlaydi.

Kaliy hujayra ichidagi osmotik bosimni tutib turishda, nerv impulslarini oʻtkazish jarayonlarida ishtirok etadi; mushaklar, shu jumladan miokard metabolizmi va faoliyatida muhim rol oʻynaydi.

Temir eritropoezda ishtirok etadi, gemoglobin tarkibida kislorodni toʻqimalarga tashilishini taʼminlaydi.

Rux V guruhi vitaminlarini oʻzlashtirilishini yaxshilanishiga yordam beradi, suyak toʻqimasini normal rivojlanishi uchun muhim, meʼda osti bezi shirasining tarkibiy qismi hisoblanadi, bir qator gormonlarni hosil boʻlishida ishtirok etadi.

Yod qalqonsimon bez gormonlarini sintezi uchun zarur.

Xrom qonda glyukozaning miqdorini va organizmning gormonal holatini boshqarilish jarayonlarida ishtirok etadi, qonda xolesterinning darajasini pasayishiga yordam beradi, organizm xujayralarida yogʻlarni toʻplanishiga qarshilik qiladi.

Mis hujayra nafasi jarayonida, qon hosil boʻlishida, immun reksiyalarda ishtirok etadi.

Marganes suyak toʻqimasini rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadi, toʻqimalar nafasida, immun reaksiyalarda ishtirok etadi.

Molibden oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarda ishtirok etadi, ferment kofaktori sifatida taʼsir qilishi mumkin.

Selen toʻqimalarning elastikligini boshqarilishida ishtirok etadi, yaqqol antioksidant taʼsir koʻrsatadi.

Nikel biologik tizimlar tarkibiga kiruvchi muhim element hisoblanadi (uning spetsifik metallofermentlar tarkibiga kirishi taxmin qilinadi).

Ftor tish emali va suyaklarning komponentidir.

Bor suyak toʻqimasini shakllanishida muhim ahamiyatga ega, uning mustahkamligini taʼminlaydi, osteoporoz rivojlanishini oldini oladi. Bor, suyak toʻqimasi tomonidan kalsiyning assimilyatsiyasini yaxshilaydi, deb taxmin qilinadi.

L-arginin aminokislotasi oqsillar uchun qurilish blokidir. L-arginin normal arterial bosimni taʼminlaydi va umuman yurak qon-tomir tizimining normal faoliyatini taʼminlaydi. U qon tomirlarini kengayishiga yordam beradi va shunday qilib aterosklerotik blyashkalarni rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi. Ushbu aminokislota toʻqimalarni oʻsishi, qayta tiklanishi uchun, antitelolar, gormonlar va fermentlar hosil boʻlishi uchun zarur.

Metionin – almashtirib boʻlmaydigan aminokislota boʻlib, u yogʻlarni qayta ishlanishiga yordam berib, ularni jigarda va arteriya qon-tomirlarining devorlarida toʻplanib qolishini oldini oladi. Metionin tarkibida erkin radikallarni faolsizlantiruvchi oltingugurt saqlaganligi sababli, yaqqol antioksidant taʼsir koʻrsatadi.

L-lizin toʻqimalarni oʻsishi, qayta tiklanishi uchun, antitelolar, gormonlar va fermentlarni ishlab chiqarilishi uchun zarur boʻlgan aminokislotadir. Lizinni qoʻshimcha qabul qilish toliqishni oldini oladi, kalsiyni oʻzlashtirilishi hamda suyak va biriktiruvchi toʻqimalarning tiklanishiga yordam beradi.

Gul changi – organizmning chidamliligini oshiradi, immun tizimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, mikroblarga qarshi taʼsir koʻrsatadi.

Asalari suti tarkibida A, S, Ye, V guruhi vitaminlari, aminokislotalar, mineral tuzlar, kalsiy, temir, kremniy, organik kislotalarni saqlaydi. Qon tomirlarini kengaytiradi, arterial bosimni boshqaradi, hujayralarni oziqlanishini yaxshilaydi, toliqish va stressni yengishga yordam beradi, immun tizimi, hujayralar metabolizmini hamda regenerativ jarayonlarni stimullaydi. Yalligʻlanishga qarshi va adaptogen taʼsirlarga ega. Immunitetni oshiradi.

Deanol – MNT ni yengil stimulyatori va nootrop vosita. Deanol kognitiv faoliyatlarni yaxshilaydi, almashinuv jarayonlarini faollashtiradi, miyaning gipatalamus va boshqa sohalarida sinaptik oʻtkazuvchanlikni yaxshilaydi. Deanolni katta dozalarda qoʻllash sinaptik oxirlarda atsetilxolinning miqdorini oshiradi, xolinoretseptorlarning zichligini oshiradi.

Oʻstirilgan bugʻdoy maysasining yogʻi – (E vitaminining manbai) hujayra membranalari butunligini saqlanishiga yordam beradi va xujayra tuzilmalarini erkin radikallar va lipidlarning peroksidli oksidlanishi oqibatida hosil boʻlgan reaksion hususiyatga ega mahsulotlari bilan shikastlanishdan himoya qiladi. Oʻsmalarga qarshi va immunostimulyator taʼsir koʻrsatadi.

Saflor moyi monotoʻyinmagan yogʻ kislotalarini koʻp miqdorda saqlaydi, ular qonda yuqori zichlikdagi lipoproteinlarning miqdorini (“yaxshi xolesterin”) oʻzgartirmasdan, past zichlikdagi lipoproteinlarning (“yomon xolesterin”) darajasini kamaytiradi.

Letsitinni tarkibiga essensial fosfolipidlar kiradi, ular hujayra membranalarining universal plastik materiali hisoblanadi. Fosfolipidlar hujayralar membranalarining tuzilishi va faoliyatini tiklanishiga yordam beradi va koʻpchilik hayot uchun muhim boʻlgan jarayonlarda qatnashadi. Letsitin jigarni surunkali gepatit, sirroz, oziq-ovqat, dorilar, alkogol va radiatsion shikastlanishlarida jigarning faoliyatini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

Polijen preparatining taʼsiri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarining umumiy taʼsiri bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetikkuzatishlarni oʻtkazish imkoniyati yoʻq; tarkibiga kiruvchi barcha komponentlarini markerlar yoki biotekshirishlar yordamida kuzatish mumkin emas.

 

Qoʻllanilishi
  • kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda gipo- va avitaminozlarni davolash va oldini olishda;
  • aqliy va jismoniy ish qobiliyatini pasayishi, holsizlik, diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishida;
  • sogʻayish jarayonlarini tezlashtirish uchun, xususan ogʻir kasalliklar, jarrohlik operatsiyalari va radioterapiyadan keyin;
  • turlicha rivojlangan anemiyada;
  • sportchilarning jismoniy chidamliligini oshirish uchun;
  • stress oqibatlarini oldini olish uchun;
  • ayollardagi klimakterik davrda;
  • erkaklar impotensiyasida;
  • jinsiy asteniya va bepushtlikda;
  • jinsiy yetilish davridagi vitaminlarga boʻlgan talab yuqori boʻlganida;
  • parhezga qatʼiy rioya qiluvchi shaxslar uchun;
  • muvozanatlanmagan va sifatsiz ovqatlanishda;
  • sochlarni toʻkilishi va sinuvchanligida;
  • nevrozlar, qandli diabet, boʻgʻimlarni yalligʻlanish kasalliklari, koʻz va teri kasalliklari va boshqa surunkali kasalliklarda;
  • organizmning umumiy qarshiligini oshirish uchun qoʻllanadi.