Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Полисорб МП

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Полисорб МП ПОРОШОК ДЛЯ СУСПЕНЗИИ 12Г №1

24 600 so'mdan
(4983)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
SILICON DIOXIDE COLLOIDAL
Ishlab chiqaruvchi
ПОЛИСОРБ
Chiqarilish shakli
ПОР
Farma. Guruh
энтеросорбирующее средство
Dori tafsilotlari
Qo‘llanilishi
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Farmakokinetikasi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Yaroqlilik muddati
Saqlash sharoiti
Dorixonalardan berish tartibi
Qo‘llanilishi
  • kattalar va bolalarda kelib chiqishi turlicha bo‘lgan o‘tkir va surunkali intoksikasiyalar;
  • har qanday genezli o‘tkir ichak infeksiyalari, shu jumladan ovqat toksikoinfeksiyalari, shuningdek noinfeksion kelib chiqishga ega diareya sindromi, disbakterioz (kompleks davolash tarkibida);
  • yaqqol intoksikasiya bilan kechuvchi yiringli-septik kasalliklar;
  • kuchli ta‘sir etuvchi va zaharli moddalar bilan, shu jumladan dori preparatlari va alkogol bilan, alkoloidlar, og‘ir metall tuzlari va boshqalar bilan o‘tkir zaharlanishlar;
  • ovqat va dorivor allergiyalar;
  • va boshqa o‘tkir rivojlanuvchi ekzo- va (yoki) endogen intoksikasiyalarda (gripp, ORVI);
  • gepatitlar va boshqa sariq kasalliklar;
  • surunkali buyrak yetishmovchiligi;
  • ekologik noxush hududlarda yashovchilarda va zararli moddalarni ishlab chiqarish korxonalari xizmatchilarida profilaktik maqsadlarda qo‘llaniladi.
Dori shakli

ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun

Farmakologik xususiyatlari

Polisorb MP (medisinskiy peroralnыy) – kimyoviy formulasi SiO2 bo‘lgan, zarrachalarining o‘lchami 0,09 mm gacha yuqori dispersiyali kremnezem asosida olingan, anorganik, noselektiv, polifunksional enterosorbentidir.

Farmakodinamikasi

Polisorb MP yaqqol sorbsion va detoksikasion xususiyatlariga ega. Me‘da-ichak yo‘llarida preparat turli tabiatga ega bo‘lgan endogen va ekzogen toksik moddalarni, shu jumladan patogen bakteriyalar va bakterial toksinlar, antigenlar, ovqat allergenlari, dori preparatlari va zaharlar, og‘ir metall tuzlari, radionuklidlar, alkogolni bog‘lab oladi va organizmdan chiqaradi. Polisorb MP shuningdek organizmning modda almashuvini ayrim mahsulotlarini, shu jumladan bilirubin, siydikchil, xolesterin va lipid komplekslarini, hamda endogen toksikozni rivojlanishiga mas‘ul bo‘lgan metabolitlarni ham sorbsiyalaydi.

 

Farmakokinetikasi

Polisorb MP me‘da-ichak yo‘llarida parchalanmaydi va so‘rilmaydi va o‘zgarmagan holda chiqariladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Polisorb MP ichga, faqat suvli suspenziya ko‘rinishida qabul qilinadi!

Suspenziyani tayyorlash uchun preparatning kerakli miqdorini 1/4-1/2 stakan suvda yaxshilab aralashtiriladi. Preparatni har gal qabul qilishdan oldin yangi suspenziyani tayyorlash va uni ovqat va boshqa preparatlarni qabul qilishdan 1 soat oldin ichish tavsiya etiladi.

Kattalarda o‘rtacha sutkalik doza 1 kg tana vazniga 0,1-0,2 g (6-12 g) ni tashkil etadi.

Preparat sutka davomida 3-4 marta qabul qilinadi.

Kattalarda maksimal sutkalik doza 1 kg tana vazniga 0,33 g (20 g) ni tashkil etadi.

Bolalar uchun doza tana vazniga qarab hisoblanadi (jadvalga qarang).

 

Pasientning tana vazni Dozasi Suvning hajmi
10 kg gacha Sutkada 0,5-1,5 choy qoshiq 30-50 ml
11-20 kg 1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lmagan” 1 choy qoshiq 30-50 ml
21-30 kg 1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lgan” 1 choy qoshiq 50-70 ml
31-40 kg 1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lgan” 2 choy qoshiq 70-100 ml
41-60 kg 1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lgan” 1 osh qoshiq 100 ml
60 kg dan ortiq 1 marta qabul qilish uchun “to‘la bo‘lgan” 1-2 osh qoshiq 100-150 ml

 

1 “to‘la” choy qoshiq – 1 gramm preparat saqlaydi,

1 to‘la osh qoshiq – 2,5-3 gramm preparat saqlaydi.

Ovqatdan allergiya bo‘lgan hollarda preparat bevosita ovqat qabul qilishdan oldin qabul qilinadi, sutkalik dozani kun davomida 3 marta qabul qilishga bo‘linadi.

Davolash davomiyligi kasallikning og‘irligiga va qo‘yilgan tashxisga bog‘liq, o‘tkir intoksikasiyalarda davolash kursi – 3-5 kun; allergik kasalliklarda, surunkali intoksikasiyalarda davolash kursi 10-14 kungacha davom etadi.

2-3 haftadan keyin shifokor tavsiyasiga ko‘ra takroriy kurslarni o‘tkazish mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda: allergik reaksiyalar, dispepsiya, qabziyat. Polisorb MP preparatini uzoq muddat, 14 kundan ortiqroq qabul qilinganida vitaminlarni so‘rilishi buziladi, shu boisdan polivitamin preparatlarni profilaktika maqsadida qabul qilish tavsiya etiladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • me‘da va 12 barmoq ichakning zo‘rayish bosqichidagi yara kasalligi;
  • me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi;
  • ichak atoniyasi;
  • preparatni individual o‘zlashtira olmaslikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Polisorb MP preparatini boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda, oxirgi vositalarning terapevtik samarasi pasayishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar
  1. Ovqat toksikoinfeksiyasi va o‘tkir zaharlanishlar.

Davolashni Polisorb MP preparatining 0,5-1% li suspenziyasi bilan me‘dani yuvishdan boshlash tavsiya etiladi. Og‘ir zaharlanishlarda birinchi sutkalarda me‘dani yuvishni zond orqali har 4-6 soatda o‘tkaziladi, shu bilan bir qatorda preparat ichga ham beriladi. Kattalarda bir martalik doza kuniga 2-3 martadan, bemorning tana vazniga 0,1-0,15 g/kg ni tashkil etishi mumkin.

  1. O‘tkir ichak infeksiyalari.

Polisorb MP preparati bilan davolashni birinchi soatlarda yoki sutkalarda kompleks davolash tarkibida boshlash tavsiya etiladi. Birinchi sutkalarda sutkalik doza 5 soat davomida qabul qilishlar orasida 1 soatlik interval bilan beriladi. 2-nchi sutkalarda sutkalik doza sutka davomida 4 marta qabul qilishga beriladi. Davolash davomiyligi 3-5 kunni tashkil etadi.

  1. Gepatitni davolash.

Gepatitni kompleks davolashda Polisorb MP kasallikning birinchi 7-10 kuni davomida detoksikasiya qiluvchi vosita sifatida odatdagi dozalarda qo‘llanadi.

  1. Allergik kasalliklar.

Dori yoki ovqat genezli (oqibatidagi) o‘tkir allergik reaksiyalarda avval Polisorb MP preparatining 0,5-1% li suspenziyasi bilan me‘dani va ichakni yuvish tavsiya etiladi. so‘ngra preparatni odatdagi dozalarda klinik samaraga erishilguncha beriladi. Surunkali ovqat allergiyasida Polisorb MP preparati bilan 7-10-15 kundan iborat davolash kurslari tavsiya etiladi, preparat bevosita ovqatdan oldin qabul qilinadi.

  1. Surunkali buyrak yetishmovchiligi.

Polisorb MP preparati bilan tana vazniga 0,15-0,2 g/kg sutkalik dozada 25-30 kun davomida 2-3 haftalik tanaffus bilan davolash kurslari qo‘llaniladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Saqlash sharoiti

25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

O‘rami ochilganidan so‘ng zich yopiladigan idishda saqlansin.

Suspenziyani saqlash muddati 48 soatdan ko‘p emas.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz.