Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Пируцин ПОРОШОК

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Пируцин ПОРОШОК 50мг/25мл №1

390 000 so'mdan
(1095)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
DEVA HOLDING
Chiqarilish shakli
ПОР
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Farmakokinetikasi
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Dori shakli

in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizasiya qilingan kukun erituvchi bilan.

Farmakologik xususiyatlari

Epirubisin – sitotoksik antrasiklin antibiotigidir. Antrasiklinlarni eukariot xujayralarning turli biokimyoviy jarayonlar va biologik funksiyalarni izdan chiqishi ma‘lum, lekin epirubisinni sitotoksik va/yoki antiproliferativ ta‘sirini aniq mexanizmlari aniqlanmagan.

Epirubisin nukleotidli asoslarning juftlari orasida xalqalar interkalyasiyasi orqali DNK bilan kompleks xosil qiladi.va nuklein kislotalari (DNK va RNK) va oqsillar sintezini ingibisiya qiladi. Interkalyasiya topoizomerazi II ta‘siri ostida DNK parchalanishini boshlab beradi, bu sitotoksik samarani belgilaydi. Epirubisin shuningdek DNK-xelikaza faolligini ingibisiya qiladi va shu tufayli ikki spiralli DNK ning fermentativ bo‘linishini oldini oladi va replikasiya va transkripsiyani buzadi. Epirubisin shuningdek sitotoksik erkin radikallar xosil bo‘lishini chaqirib, oksidlanish/tiklanish reaksiyalarda ishtirok etadi. Epirubisinning antiproliferativ va sitotoksik ta‘siri, bu ikki mumkin bo‘lgan mexanizmlarning natijasi xisoblanadi deb taxmin qilinadi.

Farmakokinetikasi

Epirubisinning farmakokinetikasi 60 dan 150 mg/m2 dozalar doirasida proporsional xarakterga ega. Preparatni plazmadan klirensi infuziyaning davomiyligi yoki qo‘llash sxemasiga bog‘liq emas.

Vena ichiga yuborilganidan keyin epirubisin to‘qimalarda tez va faol taqsimlanadi. Epirubisinni plazma oqsillari, asosan albumin bilan bog‘lanish darajasi taxminan 77% ni tashkil qiladi va preparatning konsentrasiyasiga bog‘liq emas. Epirubisin eritrositlarda to‘planadi; uning yangi qondagi konsentrasiyasi plazmadagi konsentrasiyasidan taxminan ikki marta yuqori. Epirubisin tez va faol jigarda, shuningdek boshqa a‘zolar va xujayralarda, shu jumladan eritrositlarda metabolizmga uchraydi. Metabolizmining to‘rt asosiy yo‘llari aniqlangan:

  • epirubinolning 3(8)-digidro xosilasini xosil bo‘lishi bilan S-13 keto-guruhni qaytarilishi;
  • o‘zgarmagan preparat va epirubisinolni glyukuron kislotasi bilan kon‘yugasiyalanishi;
  • gidroliz natijasida aminoqand komponentini ajralishi va doksorubisin va doksorubisinol aglikonlarini xosil bo‘lishi;
  • oksidlanish-qaytarilish jarayonlari natijasida aminoqand komponentini ajralishi va 7-dezoksidoksorubisin va 7-dezoksirubisinol aglikonlarini xosil bo‘lishi.

In vitro sharoitidagi epirubisinolning sitotoksik faolligi epirubisinning faolligidan 1/10 ni tashkil qiladi. Epirubisinolning plazmadagi konsentrasiyasi o‘zgarmagan preparat bilan solishtirganda past bo‘lganligi tufayli, in vivo sharoitda sitotoksik samara namoyish qilish uchun ularni yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Boshqa metabolitlarini yaqqol faolligi yoki toksikligining belgilari aniqlanmagan. Epirubisin va uning asosiy metabolitlari asosan safro bilan va kamroq darajada, siydik bilan chiqariladi. 1 pasient tekshirilganida umumiy radiofaol dozaning taxminan 60% axlatda (34%) va siydikda (27%) aniqlangan. Olingan ma‘lumotlar o‘t yo‘lining jigardan tashqari obstruksiyasi va teri osti drenaji bo‘lgan 3 pasientlardagi natijalar bilan  korrelyasiya qiladi, ularda 4 kun davomida qabul qilingan dozaning taxminan 35% va 20% muvofiq o‘t va siydikda epirubisin va uning asosiy metabolitlari ko‘rinishida aniqlangan.

Aloxida guruhlardagi farmakokinetikasi

Jigar funksiyasining buzilishi bo‘lgan bemorlarda epirubisinning klirensi pasayadi. Zardob kreatininining darajasi < 5 mg/dl bo‘lgan bemorlarda epirubisinning yoki uning asosiy metaboliti – epirubisinolning farmakokinetikasini ahamiyatli o‘zgarishlari aniqlanmagan. Zardob kreatininining > 5 mg/dl darajasida plazma klirensini 50% ga pasayishi aniqlangan. Dializda bo‘lgan bemorlarda farmakokinetikasi o‘rganilmagan.

Qo‘llanilishi

Epirubisin keng ko‘lamdagi o‘smalarni davolash uchun, shu jumladan:

  • qovuqning o‘tuvchi-xujayrali raki;
  • sut bezining raki;
  • me‘da va qizilo‘ngach raki;
  • bosh va bo‘yin raki;
  • birlamchi gepatosellyulyar rak;
  • o‘tkir leykoz;
  • o‘pkaning maydaxujayrali bo‘lmagan va maydaxujayrali raki;
  • noxodjkin limfomasi;
  • Xodjkin kasalligi;
  • ko‘psonli mieloma;
  • tuxumdonlar raki;
  • me‘da osti bezi raki;
  • prostata bezining gormonreziztent raki;
  • to‘g‘ri ichak raki;
  • yumshoq to‘qimalar va suyaklarning sarkomasida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari

Vena ichiga, qovuq ichiga yoki arteriya ichiga buyuriladi.

Epirubisin monoterapiya sifatida ham, boshqa o‘smalarga qarshi preparatlar bilan birga ham qo‘llanishi mumkin, shuning uchun, preparatning dozasi va yuborish tartibini tanlashda maxsus adabiyotlarning ma‘lumotlariga amal qilish kerak.

Vena ichiga yuborish

Monoterapiya sifatida tavsiya etilgan standart doza kattalar uchun bir siklga har 3-4 haftada 60-90 mg/m2 ni tashkil qiladi. Bir siklga hisoblangan preparatning umumiy dozasi bir vaqtda ham, shuningdek ketma-ket 2-3 kunlar davomida bir necha yuborishlarga bo‘linib ham yuborilishi mumkin. Agar epirubisin boshqa o‘smalarga qarshi preparatlar bilan majmuada qo‘llanayotgan bo‘lsa, bir siklga tavsiya etiladigan doza muvofiq pasaytirilgan bo‘lishi kerak.

Alohida hollarda epirubisinning 90-120 mg/m2 yuqori dozalari bir marta 3-4 haftalik intervallar bilan ishlatilishi mumkin.

Preparatni takroriy yuborish, faqat toksikligining (ayniqsa me‘da-ichak va gematologik) hamma belgilari yo‘qolganidan keyingina mumkin.

Buyrak funksiyasini buzilishi

Buyrak funksiyasini yaqqol buzilishi (qon zardobidagi kreatininning darajasi >5 mg/dl) bo‘lgan pasientlarda epirubisinning pastroq dozalarini qo‘llash kerak.

Jigar funksiyasini buzilishi:

  • agar qon zardobidagi bilirubinning darajasi 1,2-3 mg/dl ni tashkil qilsa yoki AUC qiymati normaning yuqori chegarasidan 2-4 marta yuqori bo‘lsa, epirubisinning yuboriladigan dozasi tavsiya qilinadigandan 50% past bo‘lishi kerak.
  • agar qon zardobidagi bilirubinning darajasi 3 mg/dl dan yuqori bo‘lsa yoki AUC qiymati normaning yuqori chegarasidan 4 martadan yuqoriroq bo‘lsa, epirubisinning yuboriladigan dozasi tavsiya qilinadigandan 75% past bo‘lishi kerak.

Boshqa maxsus guruhlar

Ilgari o‘smalarga qarshi massiv davolash olgan pasientlarda, shuningdek suyak ko‘migini o‘smali infiltrasiyasi bo‘lgan pasientlarda, pastroq dozalarni buyurish yoki sikllar orasidagi intervallarni oshirish tavsiya etiladi. Keksa yoshli pasientlarda boshlang‘ich davolashda standart dozalarni va rejimlarni qo‘llash mumkin.

Trombozlar rivojlanishi va ekstravazasiyasi xavfini kamaytirish uchun epirubisinni natriy xloridining 0,9% eritmasi yoki dekstrozaning 5% eritmasini infuziyalari vaqtida, vena ichiga infuziya uchun sistema nayi orqali yuborish tavsiya etiladi. Infuziyaning davomiyligi, preparatning dozasi va infuzion eritmaning xajmiga qarab 3 dan 20 minutgachani tashkil qilishi kerak.

Qovuqqa yuborish

Qovuqning yuzaki o‘smalarini transuretral rezeksiyasidan keyin qaytalanishini oldini olish uchun, transuretral rezeksiyadan keyin darxol 80-100 mg bir martalik instillyasiya yoki transuretral rezeksiyadan keyin 2-7 kun o‘tgandan keyin 50 mg epirubisin (25-50 ml natriy xloridining 0,9% eritmasi) bilan sakkiz xar xaftalik instillyasiyalarni o‘tkazish tavsiya etiladi. Mahalliy toksiklik (kimyoviy sistit) rivojlangan holda dozani 30 mg gacha pasaytirish kerak. 50 mg dan har 4 haftalik instillyasiyalarni va so‘ngra xuddi shu dozada har 11 oylik instillyasiyalarni o‘tkazish mumkin.

Epirubisinning instillyasiyasi kateter yordamida o‘tkaziladi, bunda preparat qovuqda 1 soat davomida qolishi kerak. Preparatni qovuqning shilliq qavatiga bir tekis ta‘sir qilishini ta‘minlash uchun, pasient instillyasiya vaqtida bir yonboshdan ikkinchi yonboshga aylanib turishi kerak. Preparatni siydik bilan xaddan tashqari suyulishidan saqlanish uchun, pasientlar instillyasiyagacha 12 soat davomida ular suyuqlik qabul qilishdan saqlanishlari kerakligi haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Instillyasiya oxirida pasient qovug‘ini bo‘shatishi kerak.

Arteriya ichiga yuborish

Gepatosellyulyar raki bo‘lgan bemorlarga preparatni asosiy jigar arteriyasiga
60-90 mg/m2 dozada 3 haftadan 3 oygacha bo‘lgan interval bilan yoki 40-60 mg/m2 dozada 4 hafta interval bilan infuziya ko‘rinishida yuborish mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qon yaratish tizimi tomonidan: leykopeniya, neytropeniya, anemiya, trombositopeniya.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: epirubisinning kardiotoksikligini erta (o‘tkir) ko‘rinishi asosan sinusli taxikardiya va/yoki EKG dagi anomaliyalar hisoblanadi. Shuningdek taxiaritmiyalar (shu jumladan qorincha ekstrasistoliyasi va qorincha taxikardiyasini), bradikardiya, atrioventrikulyar blokada va Gis tutami oyoqchalarining blokadasi aniqlanishi mumkin. Bu samaralar keyinchalik kechiktirilgan kardiotoksiklikning rivojlanishini prognostik omili hisoblanmaydi, kam hollarda klinik ahamiyatli bo‘ladi va odatda preparat bilan davolashni bekor qilishni talab qilmaydi. Kechki (kechiktirilgan) kardiotoksiklik chap qorinchaning chiqarib tashlash fraksiyasini (ChQCHTF) pasayishi va/yoki xansirash, o‘pkalarning shishi, ortostatik shishi, kardiomegaliya va gepatomegaliya, oliguriya, assit, ekssudativ plevrit, galop ritmi kabi dimlangan yurak yetishmovchiligining (DYUE) simptomlari bilan namoyon bo‘ladi. Shuningdek perikardit/miokardit kabi nimo‘tkir ko‘rinishlar aniqlanishi mumkin. Antrasiklinlar chaqirgan kardiomiopatiyaning eng og‘ir shakli hayot uchun xavfli DYUE hisoblanadi, u preparatning kumulyativ dozasini cheklovchi toksiklik bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari tromboembolik asoratlar, o‘pka arteriyasining emboliyasi (qator hollarda o‘lim bilan yakunlangan), shu jumladan yuzni qizib ketishi, kuzatilishi mumkin.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonida: anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, stomatit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining giperpigmentasiyasi, ezofagit, qorin sohasida og‘riqlar yoki achishish hissi, me‘da eroziyasi, MIY dan qon ketishlar, diareya, kolit; qon zardobida umumiy bilirubin va transaminazalar darajasini oshishi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: epirubisin yuborilganidan keyin 1-2 kun davomida siydikni qizil rangga bo‘yalishi. O‘sma xujayralarining tez lizisi oqibatida giperurikemiya paydo bo‘lishi mumkin.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan: kon‘yunktivit, keratit.

Teri va teri qo‘shimchalari tomonidan: alopesiya, toshma, qichishish, terini to‘satdan qizarishi, teri va tirnoqlarning giperpigmentasiyasi, fotosezuvchanlik, ta‘sirlangan terining yuqori sezuvchanligi (nurlantirishga anamnestik reaksiya), eshakemi.

Endokrin tizimi tomonidan: amenoreya (davolash tugatilganida ovulyasiyani tiklanishi yuz beradi, lekin muddatidan oldin menopauza bo‘lishi mumkin); oligospermiya, azospermiya (qator xollarda spermatazoidlarning miqdori normal darajagacha tiklanadi; bu davolash tugaganidan keyin bir necha yil o‘tgach yuz berishi mumkin).

Mahalliy reaksiyalar: ko‘pincha infuziya o‘tkazilgan vena yo‘li bo‘ylab eritematoz chizilish aniqlanadi, so‘ngra mahalliy flebit yoki tromboflebit paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek fleboskleroz, ayniqsa, agar epirubisin katta bo‘lmagan venaga takroriy yuborilganda rivojlanishi mumkin. Preparat atrof to‘qimalarga tushgan holda mahalliy og‘riqlilik, teri osti kletchatkasini og‘ir yallig‘lanishi va to‘qimalarning nekrozi paydo bo‘lishi mumkin. Arteriya ichiga yuborilganida tizimli toksikliligiga qo‘shimcha me‘da va o‘n ikki barmoq ichakni yaralanishi (ehtimol preparatni me‘da arteriyasiga reflyuksi hisobiga) va preparat tomonidan chaqirilgan sklerozlovchi xolangit oqibatida o‘t chiqarish yo‘llarini torayishi, shuningdek perfuziyalanayotgan to‘qimaning tarqalgan nekrozi kuzatilishi mumkin. Epirubisinni qovuq ichiga qo‘llash kimyoviy sistit simptomlari (dizuriya, poliuriya, nikturiya, og‘riqli siyish, gematuriya, qovuq sohasida diskomfort, qovuq devorini nekrozi) paydo bo‘lishi va qovuqning konstriksiyasiga olib kelishi mumkin.

Boshqalar: loxaslik, asteniya, isitma, etni uvishishi, ikkilamchi infeksiyalarni qo‘shilishi, anafilaksiya, degidratasiya, o‘tkir limfoleykoz yoki mieloleykoz rivojlanishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
  • turg‘un mielosupressiyada, jigar funksiyasini og‘ir buzilishlarida, og‘ir yurak yetishmovchiligi va og‘ir aritmiyalarda, yaqinda o‘tkazilgan miokard infarktida, epirubisin va/yoki boshqa antrasiklinlar va antrasendionlar bilan chegara yig‘indi dozalarda oldingi davolashda vena ichiga yuborish mumkin emas;
  • siydik yo‘llarining infeksiyalarida, qovuqni yallig‘lanishida, gematuriyada, qovuq devoriga penetrasiya bilan invaziv o‘smalarda qovuqqa yuborish mumkin emas;
  • homiladorlik;
  • laktasiya davri;
  • epirubisin yoki preparatning boshqa komponentlariga, shuningdek boshqa antrasiklinlar va antrasendionlarga yuqori sezuvchanlik.

Ehtiyotkorlik bilan: kardiotoksiklik rivojlanishini xavf omillari bo‘lgan pasientlar; ilgari jadal ximioterapiya olgan pasientlar, suyak ko‘migiga o‘sma infiltrasiyasi bo‘lgan pasientlar, shuningdek jigar va buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar (boshlang‘ich dozalarni pasaytirish yoki dozalar orasidagi intervallarni oshirish talab etilishi mumkin); majmuaviy o‘smalarga qarshi davolash tarkibida qo‘llash, shuningdek nur bilan yoki boshqa o‘smalarga qarshi davolash bilan birga qo‘llash.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Epirubisin, asosan, boshqa sitotoksik vositalar bilan majmuada qo‘llanadi. Shuning uchun additiv toksiklik ko‘rinishlari, ayniqsa qon yaratish va MIY tizimlariga nisbatan kuzatilishi mumkin.

Epirubisin boshqa potensial kardiotoksik ximioterapevtik vositalar, shuningdek yurak-qon tomir preparatlari (masalan, kalsiy kanallarining blokatorlari) bilan majmuada qo‘llanganida, yurak faoliyatini nazorat qilish kerak.

Epirubisin jigarda faol metabolizmga uchraydi. Yondosh davolash chaqirgan jigar funksiyasini buzilishi, epirubisinning metabolizmi, farmakokinetikasi, terapevtik samaradorligi va/yoki toksikligida aks etishi mumkin.

Simetidin epirubisinning AUC ni 50% ga oshirishi mumkin, shuning uchun uni epirubisin bilan davolash boshlangunicha bekor qilish kerak.

Paklitakselni epirubisingacha yuborish o‘zgarmagan epirubisinning va uning metabolitlarining plazmadagi konsentrasiyalarini oshishiga olib kelishi mumkin.

Epirubisindan keyin taksanlar (paklitaksel yoki dositaksel) qo‘llanganida, epirubisinning farmakokinetikasini o‘zgarishlari kuzatilmagan.

Epirubisinni boshqa preparatlar bilan aralashtirish mumkin emas. Ishqoriy eritmalar bilan kontaktiga yo‘l qo‘yish mumkin emas, chunki bu epirubisinning gidroliziga olib kelishi mumkin. Kimyoviy nomutanosibligi tufayli, epirubisinni geparin bilan aralashtirish mumkin emas (aralashtirilganida cho‘kma hosil bo‘ladi).

Maxsus ko‘rsatmalar

Epirubisinni faqat sitotoksik preparatlarni qo‘llash tajribasiga ega bo‘lgan shifokorlar kuzatuvi ostida qo‘llash kerak.

Davolash boshlangunicha pasient oldingi sitotoksik davolashning o‘tkir toksik samaralaridan (stomatit, neytropeniya, trombositopeniya va tizimli infeksiyalar kabi) tiklangan bo‘lishi kerak.

Epirubisinning katta dozalarini (> 90 mg/m2 har 3-4 haftada) nojo‘ya ko‘rinishlari umuman standart dozalar (< 90 mg/m2 har 3-4 haftada) qo‘llanganidagi shundaylar bilan o‘xshash bo‘lgan, lekin neytropeniya va stomatit/mukozitning yaqqolligini darajasi oshgan bo‘lishi mumkin. Mielosupressiya natijasida mumkin bo‘lgan klinik asoratlar tufayli, yuqori dozalarda epirubisin olayotgan bemorlar, sinchikov kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Antrasiklinlar bilan davolashda erta (ya‘ni o‘tkir) yoki kechki (kechiktirilgan) kardiotoksiklik rivojlanishining xavfi mavjud. Kechiktirilgan kardiotoksiklik odatda davolash kursining kechki bosqichlarida yoki u tugatilganidan keyin 2-3 oylar davomida rivojlanadi, lekin, yanada kechiktirilganroq (davolash tugagunidan keyin bir necha oy yoki xatto yil o‘tgach) nojo‘ya samaralar rivojlanishi mumkin.

Preparat bilan davolash boshlangunicha va davolash vaqtida, yurakning og‘ir shikastlanish xavfini minimumga yetkazish uchun, uning faoliyatini nazorat qilish kerak. Buning uchun chap qorinchaning chiqarib tashlash fraksiyasini muntazam aniqlash va yurak faoliyatining yomonlashishini birinchi belgilari paydo bo‘lganida davolashni darxol to‘xtatish kerak. Yurak faoliyatining miqdoriy taxlilini adekvat usullariga (chiqarib tashlash fraksiyasini o‘lchash) radioizotop angiografiya (MUGA) va exokardiografiya kiradi. Davolashni boshlashgacha yurak faoliyatini EKG, radioizotop tekshirish yoki exokardiografiya yordamida baxolash tavsiya etiladi, ayniqsa yuqori kardiotoksiklik xavf omillari bo‘lgan pasientlarda (yurak-tomir tizimining aniq yoki yashirin kasalliklari, ko‘ks oralig‘i/perikard sohasidagi oldingi yoki yondosh nurli davolash, boshqa antrasiklinlar yoki antrasendionlarni qo‘llash bilan oldingi davolash va yurakning qisqaruvchanlik qobiliyatini pasaytiruvchi preparatlar bilan yo‘ldosh davolash). Chap qorinchaning chiqarib tashlash fraksiyasini dinamikada, ayniqsa antrasiklinlarning kumulyativ dozalari oshirilganida o‘lchash kerak. Bunda doimo bir usulni ishlatish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Dimlangan yurak yetishmovchiligining rivojlanishini xavfi epirubisinning yig‘indi kumulyativ dozasi 900 mg/m2 ko‘proqqa oshganda tez oshadi; preparatni bunday dozalarda o‘ta extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Lekin, xavf omillari bo‘lishidan qat‘iy nazar, kardiotoksiklik epirubisinning pastroq kumulyativ dozalari qo‘llanganida ham rivojlanishi mumkinligini hisobga olish kerak.

Epirubisin bilan davolash jarayonida, ayniqsa yuqori dozalar qo‘llanganida, har bir davolash sikli oldidan va sikl vaqtida gematologik ko‘rsatgichlarni, leykositlar, trombositlar, gemoglobin, shu jumladan qonning shaklli elementlari miqdorini, jigarning funksional testlari (xususan bilirubin va AST darajasi) va kreatininning zardobdagi darajasini (kreatinin darajasi 5 mg/dl dan ko‘proq bemorlarda epirubisinning dozasini pasaytirish kerak) aniqlash kerak.

Antrasiklinlar, shu jumladan epirubisinni olayotgan bemorlarda, preleykemik faza bilan yoki usiz, ikkilamchi leykoz rivojlanish xollari ta‘riflangan. Ikkilamchi leykoz ko‘proq bu preparatlar DNK ning shikastlanishini chaqiruvchi boshqa o‘smalarga qarshi vositalar, nurli davolash bilan majmuada qo‘llanganida, shuningdek ilgari jadal sitotoksik davolash yoki yuqori dozalarda antrasiklinlar olgan pasientlarda uchraydi. Ikkilamchi leykozlar 1-3 yil davomiylikdagi yashirin davrga ega bo‘lishi mumkin.

Epirubisinning ekstravagasiyasini birinchi belgilari (in‘eksiya joyida achishish yoki og‘riq) paydo bo‘lganda infuziyani darxol to‘xtatish, so‘ngra esa to‘liq doza yuborilgunicha infuziyani boshqa venaga qilish kerak. Ekstravazasiyaning keyingi ta‘sirlarini bartaraf qilish uchun mahalliy choralar ko‘rish kerak. Muzli paketlarni ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Epirubisin qo‘llanganida o‘sma xujayralarining tez lizisi oqibatida giperurikemiya kuzatilishi mumkin, shuning uchun davolash vaqtida pasientlarda siydik kislotasi, kaliy, kalsiy va kreatinin darajasini aniqlash tavsiya etiladi. Gidratasiya, ishqoriylashtirish va giperurikemiyani bartaraf qilish uchun allopurinol yordamida oldini olish, o‘smaning lizisi sindromi bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni minimumga yetkazish imkoniyatini beradi.

Epirubisin qovuq ichiga yuborilganida kateterizasiya uchun to‘sqinlik hosil qiluvchi holatlarga (masalan, qovuqning katta o‘smalari bilan bog‘liq bo‘lgan uretra obstruksiyasi) alohida e‘tibor berish kerak.

Epirubisin bilan davolanayotgan erkaklar va ayollar, kontrasepsiyaning ishonchli usullarini ishlatishlari kerak.

Epirubisin bilan ishlashda sitostatik vositalar bilan muomala qilish qoidalariga rioya qilish kerak. Preparat bilan ifloslangan yuzalarga gipoxlorit natriyning suyultirilgan eritmasi bilan (1% xlor saqlovchi) ishlov berish kerak. Preparat teriga tushganida – darhol terini sovunli suv yoki bikarbonat natriy eritmasi bilan yaxshilab yuvish kerak; agar ko‘zga tushsa – qovoqlarni tortish va ko‘zni (ko‘zlarni) katta miqdordagi suv bilan kamida 15 minut davomida yaxshilab yuvish kerak.

 

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolanish davrida, bosh aylanishi, uyquchanlik, tanglik va ko‘rishni buzilishi paydo bo‘lishi, bu psixomotor reaksiyalar tezligini sekinlashishiga va diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishiga olib kelishi mumkinligi tufayli, avtomobil va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: og‘ir mielosupressiya (asosan leykopeniya va trombositopeniya), MIY tomonidan toksik samaralar (asosan mukozit), yurak tomonidan o‘tkir asoratlar.

Davolash: epirubisinga antidot noma‘lum. Doza oshirib yuborilgan holda simptomatik davolash tavsiya etiladi.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan xona haroratida saqlansin. Yorug‘likdan himoyalansin.

Tiklangan eritma xona haroratida (25oS da) 24 soat davomida va sovutgichda (2-8oS da)
48 soat davomida  saqlanishi mumkin.