Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Пирацезин КАПСУЛА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Пирацезин КАПСУЛА №60

37 000 so'mdan
(4053)
Dorixonalardagi narx
Tavsif
Пирацезин КАПСУЛА №60
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
Chiqarilish shakli
Farma. Guruh
Dori tafsilotlari
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar

Pirasezin® tarkibida sinnarizin bo‘lganligi sababli, preparat sportchilarda doping-sinama o‘tkazilganida musbat reaksiya chaqirishi mumkin.

Pirasetam bilan monoterapiya bemorda zo‘riqish va uyqusizlik chaqirgan hollarda, Pirasezin® tanlov preparati bo‘ladi.

Kortikal miokloniyali bemorlarni davolashda davolashni keskin bekor qilishdan saqlanish kerak (xurujlarni qayta boshlanish xavfi).

Ruxiy buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun nojo‘ya ko‘rinishlarni rivojlanishi ko‘proq xarakterli ekanligini ko‘zda tutish kerak. Koronar yetishmovchilikni zo‘rayishi ko‘proq og‘ir bemorlarda paydo bo‘ladi; bunday hollarda dozani pasaytirish yoki davolashni to‘xtatish kerak.

Sinnarizinning antigistaminli faolligi oqibatida Pirasezin® preparatini qabul qilgandan so‘ng dori vositasi 4 kun ichida o‘tkaziladigan terining allergik sinamalari natijalariga ta‘sir qilishi mumkin.

Dori vositasi gemostazda, jarrohlik aralashuvlarida, qon ketishlarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Avtomobilni haydash, texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Dori vositasi transport vositalarini boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir ta‘sir qilishi mumkin, ayniqsa davolashni boshida.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilishi simptomlari asosan sinnarizinning antixolinergik faolligi bilan bog‘langan. Eyforiya, gallyusinasiyalar, ongni buzilishlari (somnolensiya, stupor, koma), ko‘ngil aynishlari, qusishlar, ekstrapiramid buzilishlar, gipotoniyalar, tirishishlar paydo bo‘lishi mumkin. Davolash simptomatik.

 

Dori shakli

kapsulalar

Farmakologik xususiyatlari

Pirasezin® – yaqqol gipoksiyaga qarshi va tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sirga ega, miya qon aylanishini va miya metabolizmini yaxshilovchi ta‘sirga ega majmuaviy (pirasetam+sinnarizin) nootrop preparat.

Pirasetam miyani almashinuv jarayonlariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadigan nootrop moddalar sinfiga kiradi. U miya to‘qimasida ATF konsentrasiyasini oshiradi, ribonuklein kislotasi va fosfalipidlarning biosintezini kuchaytiradi, glikolitik jarayonlar va glyukoza utilizasiyasini rag‘batlantiradi. Pirasetam bosh miyaning integrativ faoliyatini yaxshilaydi, xotiraning konsolidasiyasiga yordam beradi, serebral gipoksiyaning turli shakllarida himoyalovchi ta‘sir ko‘rsatadi, o‘rganish jarayonini yengillashtiradi.

Pirasetam ichga qabul qilinganida yaxshi so‘riladi. Organizmga kiritilganida turli a‘zolar va to‘qimalarga kiradi, shu jumladan miya to‘qimasiga ham. Deyarli metabolizmga uchramaydi. Buyraklar orqali chiqariladi. U kam zaharli (hayvonlardagi o‘tkir tajribalarda vena ichiga yuborilganida o‘lim dozasi 10 g/kg dan ortiq).

Pirasetam nevrologiya, psixiatriya va narkologiya amaliyotida qo‘llanadi.

Pirasetam kortikal miokloniyani davolashda mono- yoki kompleks terapiya sifatida, o‘roqsimon-hujayrali anemiyaning kompleks terapiyasida qo‘llanadi.

Nevrologiya amaliyotida pirasetam miya infarktiga, bosh miya jarohatiga, dissirkulyatorli va posttravmatik ensefalopatiyaga hamda insult oqibatlari bo‘lgan bemorlarda nevrologik, intellektual-mnestik va emosional-iroda kasalliklarini davolashda qo‘llanadi.

Pediatriya amaliyotida pirasetam ona qornidagi infeksiyalar, gipoksiya, tug‘ruq jarohati, oligofreniya, aqliy rivojlanishni orqada qolishi, bolalar serebral falaji chaqirgan o‘qish jarayonini kuchaytirish va perinatal miya shikastlanishlari oqibatlarini bartaraf etish zaruratidaqo‘llanadi.

Psixiatriya amaliyotida pirasetam klinik manzarada adinamiya belgilari ustun bo‘lgan turli genezli nevrotik va astenik depressiv holatlarda, astenik sindromi, xotira va diqqatni organik buzilishlari sindromida qo‘llanadi.

Surunkali alkogolizmda pirasetam asteniya holatlarini, ruxiy faoliyatning intellektual-mnestik va boshqa buzilishlarini kamaytirish uchun buyuriladi.

 

Sinnarizin miya, periferik va koronar qon aylanishini va mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi, qonning oshgan yopishqoqligini kamaytiradi va to‘qimalarning gipoksiyaga chidamliligini oshiradi, eritrositlarning deformasiyalanish qobiliyatini oshiradi.

U shuningdek qon tomirlariga bevosita spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi, biogen tomirlarni toraytiruvchi moddalarga (adrenalin, noradrenalin) ularni reaksiyasini kamaytiradi, qon tomirlariga SO2 ta‘sirini potensiyalaydi. Tizimli arterial bosimga, yurak qisqarishlarining chastotasiga, yurakning qisqaruvchanligi va o‘tkazuvchanligiga sinnarizin deyarli ta‘sir qilmaydi.

Sinnarizin o‘rtacha antigistamin faollikka ega, vestibulyar apparat qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi (nistagmni bostiradi).

Sinnarizinni farmakologik xususiyatlari ko‘proq darajada uni membranalarning kalsiy kanallarini bloklash qobiliyati bilan bog‘liq. U kalsiy ionlarining xujayraga kirishini ingibirlaydi va plazmolemmalar deposida ularning miqdorini kamaytiradi.

Sinnarizin yaxshi so‘riladi. Ichga qabul qilinganida qon plazmasida uning cho‘qqi konsentrasiyasi 1-3 soatdan so‘ng kuzatiladi; yarim chiqarilish davri taxminan 4 soat. U faol metabolizmga uchraydi. Metabolitlarining uchdan biri siydik bilan, 2/3 esa ahlat bilan chiqariladi.

Sinnarizin miya va periferik qon aylanishini buzilishlarida, vestibulyar buzilishlarda qo‘llanadi. Gistaminga qarshi faolligi bo‘lishiga qaramasdan, samaraliroq preparatlar bo‘lganligi uchun, maxsus gistaminga qarshi vosita sifatida ishlatilmaydi.

Serebrovaskulyar vosita sifatida tomirlarning spazmi, ateroskleroz, o‘tkazilgan bosh miya jarohatlari, insult bilan bog‘liq bo‘lgan miya qon aylanishini buzilishlarida buyuriladi. Preparat serebroastenik ko‘rinishlarni, bosh og‘rig‘ini, quloqlardagi shovqinni kamaytiradi, umumiy holatni yaxshilaydi.

Sinnarizin migrenda, Mener kasalligida buyuriladi.

Sinnarizin shuningdek obliterirlovchi endarteritda, trombangiitda, Reyno kasalligida, almashinib turadigan cho‘laqlikda, akrosianozda va boshqa periferik qon aylanishini buzilishlarida, periferik tomirlarning spazmini kamaytiradi va qon aylanishini yaxshilaydi.

Pirasetam va sinnarizin qo‘shilganida ikkala komponent o‘zaro bir-birining ta‘sirini, zaharliligini oshishisiz potensiyalaydi, chunki majmuaning zaharliligi alohida komponentlarning zaharligidan oshmaydi.

Preparatni MNT bo‘lgan ta‘sirida sinnarizinning sedativ samarasi ustunlik qiladi. Preparatning terapevtik samarasi 1-6 soatdan so‘ng namoyon bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

Preparat quyidagilarda qo‘llanadi:

  • miya infarkti (ilk va kechki tiklanish davrida), insult oqibati, bosh miya jarohati (tiklanish davri), dissirkulyator va posttravmatik ensefalopatiyasi bo‘lgan bemorlarda psixoorganik sindromda;
  • Mener sindromi (bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, nistagm, ko‘ngil aynishi, quyish);
  • kinetozlarni oldini olish (“yo‘l kasalligi”);
  • migrenni oldini olish;
  • intellektual rivojlanishining qoloqligi bo‘lgan bolalarda xotirani va o‘rganish qobiliyatini yaxshilash zarurati;
  • psixogen kelib chiqishga ega bo‘lgan astenik sindrom (xavotirlik, emosional diskomfort, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, xotira, diqqatni buzilishi, emosional labillik);

Pirasezin®ni ayniqsa shifokor pirasetam va sinnarizinni bir vaqtda buyurgan hollarda qo‘llash qulay – ikki kapsula o‘rniga faqat bitta qabul qilish kerak.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga kasallikning og‘irligiga qarab preparat 1-2 kapsuladan sutkada 3 marta 1-3 oy davomida buyuriladi.

5 yoshdan 12 yoshgacha bolalarga kattalar dozasining yarmi buyuriladi.

12 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 kapsuladan sutkada 1-2 marta buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Dermatologik reaksiyalar: alohida hollarda – toshma, qichishish, fotosensibilizasiya.

Kuchli so‘lak ajralishi, bosh aylanishi, tremor, asabiylik, qo‘zg‘alish (shu jumladan yakka hollarda seksual), qo‘zg‘aluvchanlik, bezovtalik, uyquni buzilishi, holsizlik, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og‘riqlari.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Pirasezin®  ni quyidagilarda qo‘llash mumkin emas:

  • jigar faoliyatini buzilishi;
  • buyrak faoliyatini buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam);
  • parkinsonizm;
  • homiladorlik;
  • laktasiya;
  • iztirob bilan kechuvchi depressiya;
  • 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Pirasezin® bilan bir vaqtda qo‘llanganda sedativ preparatlar, trisiklik antidepressantlar, nootrop va gipotenziv vositalar, shuningdek etanolning ta‘sirini kuchayishi mumkin.

Bir vaqtda qo‘llanganda vazodilatatorlar Pirasezin®ning ta‘sirini kuchaytiradi, gipotenziv vositalar esa uni kamaytiradi.

Keksalik va qarilik yoshida Pirasezin® antianginal preparatlarning ta‘sirini kuchaytiradi. Nitrogliseringa ehtiyojni kamaytiradi.

Qalqonsimon bezi gormonlari preparatlari, peroral antikoagulyantlar bilan birga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.