Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ПЕРТУССИН СИРОП

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ПЕРТУССИН СИРОП 100МЛ №1

2 000 so'mdan
(4244)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Herba Thymi serpylli,Kalii bromidum
Ishlab chiqaruvchi
ДЕНТАФИЛ
Chiqarilish shakli
СИРОП
Farma. Guruh
Отхаркивающие препараты, комбинации
Dori tafsilotlari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar, jig‘ildon qaynashi, ko‘ngil aynishi, qusish bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • homiladorlik, laktasiya davri.
  • yurak faoliyati dekompensasiyasi
Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri xaqida ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatni dozasini oshirib yuborish hollarida – ko‘ngil aynishi.

 

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

4 yil.

Dori shakli

Sirop

Farmakologik xususiyatlari

Tog‘rayhonning preparatlari yaqqol balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatlaridan ajralib chiqadigan sekret miqdorini oshiradi, balg‘amni suyuqlashishiga va uni chiqarib tashlanishini tezlashishiga yordam beradi. Kaliy bromidi markaziy nerv tizimini qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi.

 

Qo‘llanilishi

Preparat o‘tkir respirator kasalliklarda, traxeit, bronxit, hamda bolalarda ko‘kyo‘talda buyuriladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalarga 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichga; bolalarga yoshiga qarab, 1/2 choy qoshiqdan to 1 desert qoshiqqacha kuniga 3 marta buyuriladi.