Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Перекись водорода

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Перекись водорода РАСТВОР 3% 50МЛ №1

700 so'mdan
(1886)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
PHARMACOM MEDICINE
Chiqarilish shakli
Р-Р
Farma. Guruh
Для лечения ран, язв и ожогов
Dori tafsilotlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Maxsus ko‘rsatmalar
Saqlash sharoiti
Dori shakli

 mahalliy qo‘llash uchun eritma.

Farmakologik xususiyatlari

Oksidantlar guruhiga mansub antiseptik vosita. Vodorod peroksidi bilan shikastlangan teri va shilliq qavatlar ishlov berilganda faol molekulyar kislorod ajralib chiqadi, bunda jarohatni mexanik tozalanishi va organik moddalarni (proteinlar, qon, yiringni) faolsizlanishi yuz beradi. Preparatning antiseptik ta‘siri sterillizasiya qiluvchi hisoblanmaydi, uni qo‘llanganda faqat mikroorganizmlar soni vaqtinchalik kamayadi. Vodorod peroksidi shuningdek gemostatik va hidni yo‘qotuvchi xususiyatlarga ham ega.

Qo‘llanilishi

Yangi va infeksiyalangan jarohatlarda, otitda, anginada, stomatologik va ginekologik kasalliklarda yuvish va chayish uchun, hamda yuzaki jarohatlardan, burundan qon ketishida va boshqa shunga o‘xshash hollarda mayda kapillyarlardan qon ketishini to‘xtatish uchun.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Sirtga, chayish va yuvish uchun qo‘llanadi. Og‘iz va tomoqni chayish uchun 3% eritmani distillangan yoki xona haroratidagi qaynatilgan suv bilan 1:11 nisbatda suyultirib tayyorlangan 0,25% eritma qo‘llanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Jarohatga ishlov berish vaqtida achishish hissi bo‘lishi mumkin. Alohida holatlarda – alergik reaksiyalar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Vodorod peroksidiga yuqori sezuvchanlik.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Bo‘shliqlarni yuvish uchun qo‘llanmaydi. Preparat ishqoriy muhitda, metall tuzlari, ayrim oksidlarning murakkab radikallari borligida, hamda yorug‘ga va issiqqa turg‘un emas.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Saqlash sharoiti

Salqin va yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.