Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Парацетамол ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Парацетамол ТАБЛЕТКА 0,5Г №20

1 000 so'mdan
(1950)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Ishlab chiqaruvchi
МЕДИСОРБ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Анальгетическое ненаркотическое средство
Dori tafsilotlari
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Qo‘llanilishi
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya ta‘sirlari
Dori shakli
Farmakologik xususiyatlari
Maxsus ko‘rsatmalar
Dozani oshirib yuborilishi
Saqlash sharoiti
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
  • Parasetamolga yuqori sezuvchanlik;
  • 8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan – buyrak va jigar yetishmovchiligi, xavfsiz bilirubinemiyalar (shu jumladan Jilber sindromi, virusli gepatit, jigarni alkogolli shikastlanishlari), alkogolizm, homiladorlik, laktasiya davri, keksalar, glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

Qo‘llanilishi

O‘rtacha yoki kuchsiz yaqqollikdagi og‘riq sindromi (bosh, tish, migrenoz og‘riq, nevralgiya, mialgiya).

Shamollash va boshqa infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida tana haroratini oshishida qo‘llanadi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Jigar mikrosomal oksidlanish stimulyatorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampisin, fenilbutazon, trisiklik antidepressantlar) gidroksilizasiyaga uchragan faol metabolitlarini hosil bo‘lishini oshiradi, bu dozani biroz oshirib yuborilganda og‘ir intoksikasiya rivojlanishiga olib keladi. Etanol o‘tkir pankreatit rivojlanishiga olib keladi. Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (shu jumladan simetidin) gepatotoksik ta‘sir xavfini kamaytiradi.

Urikozurik preparatlarning samaradorligini kamaytiradi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ko‘p miqdordagi suyuqlik bilan 0,5 g–1 g dan sutkada 2-3 marta kamida 4 soatlik interval bilan ichga qabul qilinadi. Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar uchun maksimal bir martalik dozasi 1 g, sutkalik dozasi – 4 g ni tashkil qiladi. Jigar yoki buyrak funksiyasini buzilishi, Jilber sindromi bo‘lgan pasientlarda va keksa bemorlarda preparatni qabul qilish orasidagi interval kamida 8 soatni tashkil qilishi va sutkalik doza kamaytirilishi kerak.

Bolalarga tana vazniga 10-15 mg/kg dan sutkada 3-4 marta (ko‘pi bilan 3 kun) buyuriladi.

Og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida buyurilganda qabul qilish davomiyligi 5 kun va isitmani tushiruvchi vosita sifatida buyurilganda 3 kundan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari
  • Ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq, allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi, Kvinke shishi).
  • Kam hollarda – anemiya, leykopeniya, trombositopeniya, agranulositoz.
  • Yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilganda – gepatotoksik ta‘sir, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, pansitopeniya.
  • Nefrotoksiklik (buyrak sanchig‘i, piuriya, interstisial nefrit, papillyar nekroz).
Dori shakli

tabletkalar

Farmakologik xususiyatlari

Parasetamol og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta‘sirlarga ega. Preparat og‘riq va termoregulyasiya markazlariga ta‘sir ko‘rsatib, asosan markaziy nerv tizimida siklooksigenaza I va II ni bloklaydi. Yallig‘langan to‘qimalarda xujayra peroksidazalari parasetamolning siklooksigenazaga ta‘sirini neytrallaydi, bu undan yallig‘lanishga qarshi samarasi deyarli butunlay yo‘qligini tushuntiradi. Preparat periferik to‘qimalarda prostaglandinlar sinteziga yo‘qligi tufayli, suv-tuz almashinuviga (natriy va suvni tutilishi) va me‘da-ichak yo‘llarining shilliq qavatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Metgemoglobin hosil bo‘lishi ehtimoli kam.

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigar va buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarda, boshqa yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi vositalar, shuningdek antikoagulyantlar va markaziy nerv tizimiga ta‘sir ko‘rsatuvchi preparatlar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan va shifokor nazorati ostida qo‘llanadi. Metoklpramid, domperidon yoki xolestiraminni qabul qilganda ham shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Plazmada siydik kislotasini miqdoriy aniqlaganda laborator tekshiruv natijalarini o‘zgartiradi.

Jigarni toksik shikastlanishidan saqlanish uchun parasetamolni alkogolli ichimliklar bilan birga, shuningdek alkogolni surunkali iste‘mol qilishga moyilligi bo‘lgan shaxslar tomonidan qabul qilinmasligi kerak.

Alkogolli gepatozi bo‘lgan bemorlarda jigarni shikastlanishi xavfi oshadi.

Preparatni uzoq vaqt qo‘llaganda periferik qon manzarasi va jigarning funksional holatini nazorat qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: teri qoplamalarini oqarishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish: gepatonekroz (nekrozning yaqqolligi dozani oshirib yuborilishining darajasiga bevosita bog‘liq). Kattalarda preparatning toksik ta‘siri parasetamol 10-15 g dan ortiq qabul qilgandan keyin kuzatilishi mumkin: “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, protrombin vaqtini uzayishi, jigar shikastlanishining yaqqol klinik manzarasi 1-6 kundan keyin namoyon bo‘ladi. Kam hollarda jigar funksiyasini buzilishi yashin tezligida rivojlanadi va buyrak yetishmovchiligi (tubulyar nekroz) bilan asoratlanishi mumkin.

Davolash: preparatni qabul qilishni to‘xtatish, me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish. Keyingi davolash choralarini davolash muassasi sharoitida olib borish kerak: dozani oshirib yuborilgandan keyin 8-9 soat o‘tgach SH-guruhi donatorlari va glutation-metionin sintezi o‘tmishdoshlarini, 12 soat o‘tgach – N-asetilsisteinni yuborish. Qo‘shimcha davolash choralarini (metioninni keyingi yuborishlari, N-asetilsisteinni vena ichiga yuborish) zarurati qonda parasetamolning konsentrasiyasi, shuningdek uni qo‘llangandan keyin o‘tgan vaqtga bog‘liq.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.