Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
ПАНТЕНОЛ АЭРОЗОЛЬ

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

ПАНТЕНОЛ АЭРОЗОЛЬ 5% 58Г №1

31 500 so'mdan
(3075)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
DEXPANTHENOL
Ishlab chiqaruvchi
МИКРОФАРМ
Chiqarilish shakli
АЭРОЗОЛЬ
Farma. Guruh
Средства, стимулирующие регенерацию
Dori tafsilotlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Nojoʻya taʼsirlari
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Maxsus koʻrsatmalar
Chiqarilish shakli
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Dori shakli: 
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi: 
Farmakologik hususiyatlari
Qoʻllanilishi
  • jarohatlar, quyoshdan va termik kuyishlar,
  • bullyoz va puffakli dermatit, bichilish, furunkullarni ochilishi va sanatsiyasidan keyin,
  • aseptik operatsiyadan soʻnggi yaralar, yomon bitayotgan teri transplantantlari,
  • teri yoriqlari, shu jumladan laktatsiya davridagi sut bezlari yoriqlarini va yalligʻlanishini davolash va oldini olish
  • emizikli bolalarga parvarish uchun: emizikli bolalarda bichilishlarni oldini olish va davolash, kichik shikastlanishlarda, yoʻrgakdan eritema boʻlishda, terining bitish jarayonini faollashtirishda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Aerozol sutkada 1 yoki bir necha marta butun shikastlangan yuza preparat (koʻpik) bilan qoplanishi uchun 10 – 20 sm uzoqlikdan sepish yoʻli bilan sirtga qoʻllaniladi. Davolash kursining davomiyligi kasallikning ogʻirligiga bogʻliq.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Teri allergik reaksiyalari kuzatilishi mumkin, bunda preparatni qoʻllashni toʻxtatish lozim.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Taʼriflanmagan.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Qoʻllashdan oldin flakonni yaxshilab silqitish lozim.

Balloncha bosim ostida. Quyosh nuri tushishidan va 50°S dan yuqori haroratdan saqlansin. Qoʻllanib boʻlgandan soʻng balloncha kuch bilan ochilmasin va yoqib yuborilmasin. Ochiq olov va qizib turgan buyumlar yaqinida sepilmasin. Olov oladigan manbalardan uzoqda saqlansin.

Homiladorlik va laktatsiya

Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni koʻrsatma boʻyicha qoʻllash mumkin.

Pediatriyada va keksa yoshdagi shaxslarda qoʻllanilishi

Keksa yoshdagi shaxslarda va yosh bolalarda qoʻllanishida cheklashlar mavjud emas, ammo bolalarga kattalar nazorati ostida qoʻllash lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va oʻramida koʻrsatilgan yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

130 g dan 150 ml hajmli alyumin aerozol ballonda, klapan va polipropilen purkagich uchlik va polietilen qalpoqcha bilan taʼminlangan. Ballon qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi  bilan birga karton qutida joylangan.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz

Dori shakli: 

sirtga qoʻllash uchun aerozol

 

Tarkibi:

100 g aerozol quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 4,63 g dekspantenol;

yordamchi moddalar: setostearil spirti, suyuq mum, suyuq parafin, suv, pirosirka kislotasi, propellent uch xil gazdan tarkib topgan: propan, izo-butan, n-butan.

 

Taʼrifi: 

biroz nordon hidli oq koʻpik.

 

Farmakoterapevtik guruhi: 

Oʻta yuqori chandiqlanishni davolash uchun boshqa preparatlar. Dekspantenol.

 

 

Farmakologik hususiyatlari

Dekspantenol – Pantenol spreyi preparatining faol moddasi hisoblanadi. Organizmda dekspantenol pantoten kislotasiga oʻtadi, u koferment A ning tarkibiy qismi hisoblanib, atsetil guruhini qoʻshilish va oksidlanish jarayonida muhim rol oʻynaydi, uglevod, yogʻ almashinuvi va atsetilxolin sintezida ishtirok etadi. Yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi va toʻqimalar regeneratsiyasini yaxshilaydi.

Farmakokinetikasi

Sirtga qoʻllanilganida teri orqali tez soʻriladi va pantoten kislotasiga aylanadi, plazma oqsillari bilan (asosan beta-globulinlar va albuminlar) bogʻlanadi.