Ilovani yuklab oling
Yuklab olish
Панкреатин ТАБЛЕТКА

Oson Apteka - Dorixonalar ma'lumotnomasi

Панкреатин ТАБЛЕТКА 125мг №50

6 798 so'mdan
(1457)
Dorixonalardagi narx
Xususiyatlari
Xalqaro nomi
Pancreatin
Ishlab chiqaruvchi
ФАРМСТАНДАРТ
Chiqarilish shakli
ТАБ
Farma. Guruh
Pharm Group Name
Dori tafsilotlari
Farmakologik xususiyatlari
Qoʻllanilishi
Qoʻllash usuli va dozalari
Dori shakli:
Nojoʻya taʼsirlari
Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar
Dorilarning oʻzaro taʼsiri
Tarkibi:
Taʼrifi: 
Farmakoterapevtik guruhi:
Maxsus koʻrsatmalar
Saqlash sharoiti
Yaroqlilik muddati
Dorixonalardan berish tartibi
Farmakologik xususiyatlari

Meʼda osti bezi fermentlarining tanqisligini oʻrnini toʻldiriladi. Ekskretor pankreatik fermentlar: lipaza, alfa-amilaza, tripsin, ximotripsin saqlaydi, oqsillarni (aminokislotalargacha), yogʻlarni (glitserin va yogʻ kislotalarigacha) va kraxmalni (dekstrin va monosaxaridlargacha) parchalanishga yordam beradi, ovqat hazm qilish jarayonini normallashtiradi. Pankreatinning tarkibiga kiruvchi fermentlar ingichka ichakning ishqoriy muhitida ajralib chiqadi, chunki meʼda shirasining taʼsiridan qobiq yordamida himoyalangan. Tripsin ingichka ichakning yuqori sohasida meʼda osti bezining ragʻbatlantirilgan sekretsiyasini ingibitsiya qilib, pankreatinning ogʻriqni qoldiruvchi samarasini namoyon etadi.

 

Qoʻllanilishi

Axiliyada, meʼda osti bezi faoliyatining yetishmovchiligi boʻlgan surunkali pakreatitda, jigar va meʼda osti bezi kasalliklari bilan bogʻliq ovqat hazm qilishining buzilishlarida, anatsid va gipatsid gastritda, surunkali enterokolitlarda qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Tabletkalar ovqat vaqtida yoki undan keyin darhol, chaynamasdan qabul qilinadi. Kattalar uchun pankreatitning bir martalik dozasi 0,5-1,0 g ni, sutkalik – 4 g ni tashkil qiladi.

1 yoshgacha boʻlgan bolalarga pankreatin kukun koʻrinishida bir marta qabul qilganda 0,1-0,15 g dan, 2 yosh – 0,2 g, 3-4 yosh – 0,25 g, 5-6 yosh – 0,3 g, 7-9 yosh – 0,4 g, 10-14 yosh – 0,5 g dan buyuriladi.

Preparat tabletkalarda bolalarga quyidagi dozalarda buyuriladi: 6-7 yosh – 1 tabletka (0,25 g), 8-9 yosh – 1-2 tabletka (0,25-0,5 g), 10-14 yosh – 2 tabletka (0,5 g).

Davolash kursi 4-6 haftadan 2-3 oygacha va undan koʻproqni tashkil qiladi.

 

Dori shakli:

 ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Ichak tutilishi simptomlari (ileotsekal boʻlimda va koʻtariluvchi chambar ichakda stikturalar hosil boʻlishi) va darhol avj oluvchi turdagi allergik reaksiyalar (mukovissedozda, ayniqsa bolalarda).

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Oʻta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan choʻchqa goʻshtini oʻzlashtiraolmaslik), oʻtkir pankreatit, surunkali pankreatitni zoʻrayishida qoʻllash mumkin emas.

 

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Temirni soʻrilishini susaytiradi (ayniqsa uzoq vaqt qoʻllanganida).

 

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 0,1 g pankreatin (proteolitik faolligi kamida – 25 XB, lipolitik faolligi kamida – 140 XB, amilolitik faolligi kamida – 1500 XB);

yordamchi moddalar: laktoza (sut qandi) – 0,2120 g, metilsellyuloza MS-16 – 0,0048 g, kalsiy stearati – 0,0032 g;

qobigʻining tarkibi: selatsefat – 0,01386 g, qizil 2S kislotali boʻyovchisi – 0,00010 g, A-1 markali titan dioksidi – 0,00100 g, polisorbat 80 – 0,00006 g.

 

Taʼrifi: 

Dumaloq, ikki yoqlama qavariq, pushti yoki toʻq pushti rangli qobiq bilan qoplangan, oʻziga xos hidli tabletkalar. Tabletka yadrosining koʻndalang kesimida dogʻlarning boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi.

 

Farmakoterapevtik guruhi:

 ovqat hazm qiluvchi ferment vosita.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

Chiqarilish shakli

Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar 25 TB.

10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga kontur uyali oʻramda. 60 tabletkadan tortiladigan plastmassa qopqoqchalar bilan berkitilgan zargʻaldoq shisha bankalarda yoki buraladigan qopqoqchali polimer bankalarda. Bankadagi erkin boʻshliq tibbiy paxta yoki polietilen zichlatgich bilan toʻldirilgan. Bankaga etiketka yoki yozuv yoki oʻzi yelimlanadigan qogʻoz yorliq yopishtiriladi.

6 kontur uyali oʻram yoki banka qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

 

Saqlash sharoiti

Quruq joyda, 12 dan 20oS gacha haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.